I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Jahon iqtisodiyotining globallashuv bosqichlari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
Jahon iqtisodiyotining globallashuv bosqichlari
1 Bosqichlari ! Xususiyatlari 1 1890-1920-yy. Xomashyo m anbalarini bosib olish. Maqsad kapital, to’g'ridan to'g‘- ri investitsiyalarni eksport qiluvchi mamlakatlar nazorati ostida bo'lgan hududlarda tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilishdan iborat II 1920-1970-yy. Bozorlarni egallash. To‘g‘ridan to'g'ri investitsiyalarni eksport qilish kapital eksport qiluvchi sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar da jadal iqtisodiy o'sish bosqichini tugatish imkonini beruvchi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning boshqa mamlakatlarga ko'chirib o‘t- kazishga yo'naltirilganligi III 1970-yildan hozirga qadar Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tabiiy resurslar yoki bozorlarga ega bo'lishdan tashqari jadal sur’atlarda o'sib borayot gan bozorlarda global raqobat afzalliklarini samarali ta’minlash, saq- lab qolish va oshirishga harakat qilishadi: • investitsiyalar tarkibini takomillashtirish; • global yoki hududiy xalqaro integratsiya afzalliklaridan foydalanish; • qo‘shimcha texnologik, tashkiliy yoki bozor imkoniyatlariga ega bo'lish Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni quyidagi omillar ta’sirida rivojla- nadi (1.4.3-rasm): • iqtisodiy — xalqaro ishlab chiqarish va jahon savdosining globallashuvi; • ijtimoiy — dunyo mamlakatlarida odatlarning birxillashishi, milliy an’analar- ning kuchsizlanishi; • siyosiy — davlat chegaralarining «shaffofligi», bir qutbli dunyoning shaklla nishi; • texnologik — transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi; • xalqaro — xalqaro iqtisodiy tashkilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standart- larning joriy etilishi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon — iqtisodiy fao- liyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi. Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonini rag‘batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtiso diyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro sav do, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo‘yiladigan cheklovlar- ni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. Shu bilan bogiiq holda globalla shuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni hisoblanadi, ular o‘rtasidagi qara ma-qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo‘jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to‘qnash keladi. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyoti uchun quyidagi salbiy oqibatlarni yuza ga keltirishi mumkin: 24 1-BOB. JAHON XOJALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI 1.4.3-rasm. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling