I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodi
yotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari- ning harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabat lar yuzaga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo‘- yicha guruhlash mumkin. An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohi- da shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, tex nologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi. Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo‘jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili odatda, kapital, ishchi kuchi va tex nologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababli xalqaro iqtisodiy munosa batlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro hara kati hosilasi hisoblansa-da, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqti sodiy munosabatlar sifatida tan olingan. 1.2. Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari Jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivoj lanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo‘- jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning o‘tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida ham mavjud bo‘lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo‘jalik yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlar- ning juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyo- larning ba’zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo‘jalik yuritish- dan tovar ishlab chiqarishga o‘tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga keli shi xalqaro savdo va jahon xo‘jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elemen- tiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni jahon xo‘jaligi- ning rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni va uning bos- qichlarida ham o‘z aksini topgan (1.2.1 -rasm). -KMG€>4 17 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling