I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


 Jahon xo‘jaligin in g globallashuvi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana08.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1248760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

1.4. Jahon xo‘jaligin in g globallashuvi
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendensiyalaridan 
hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan boshqa ten- 
densiyalar kuchsiz namoyon bo‘layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatil- 
moqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integ- 
ratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqt- 
da ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam 
ko‘rinishida), ishchi kuchi (eksportyorlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol 
ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xiz­
matlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayo- 
nidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlana- 
di (1.4.1-rasm):
• tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk obyektlari xalqaro savdosi;
• ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;
• xalqaro moliyaviy operatsiyalar.
1.4.1-rasm
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi
Qayd etib o‘tilgan yo‘nalishlar o‘rtasidagi nisbat oxirgi yillarda sezilarli dara- 
jada o‘zgarib bormoqda.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar yorda- 
mida ifodalash mumkin:
• xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, uning o‘sish sur’atlari;
• to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;
• kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;
• yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyiha- 
larning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o‘zgarishi;
patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog‘liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
• bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi, dinamikasi;
• xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
• valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
23


I BO'LIM. JAHON XO'JALIGI TIZIMI
1.4.2-rasm

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling