I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
davrini o‘z ichiga oladi. Ushbu davr jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 1920-yil-
dan keyingi jadal rivojlanishiga qaramay xalqaro moliya tizimining yuqori daraja- da beqarorligi, industrial mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib keti- shi bilan ajralib turadi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi to‘rtinchi bosqich II jahon urushining oxirlaridan boshlanib, 90-yillarning birinchi yarmiga qadar davom etdi. Ush bu davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo‘lga qo‘yish yoki yangi xal qaro iqtisodiy tartibni shakllantirish davri sifatida tavsiflanadi. Bu davrda jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi: barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari; dunyo mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik va mehnat unumdor- ligini oshirish sohasida birlashish tamoyillarining kuchayishi; tashqi savdo siyosa- tini erkinlashtirish; ilmiy-texnik taraqqiyotning jadal rivojlanishi; mustamlakachi- lik tizimining parchalanishi. Bundan tashqari, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan mamlakatlar ning faol jalb etilishi, jahonning kapitalistik va sobiq sotsialistik xo‘jaliklari o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi ro‘y berdi. Milliy xo‘jaliklaming jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashib, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik sezilarli darajada kuchaydi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro tash kilotlar tizimi yaratildi va xalqaro korporatsiyalar faoliyatining faollashuvi kuzatildi. Jahon xo‘jaligining beshinchi — zamonaviy rivojlanish bosqichi 90-yillarning boshlaridan boshlandi. 0 ‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (0 ‘IYoK) va sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining bozor iqti sodiyotiga o‘tishi, xalqaro integratsiya jarayonlarining kuchayishi va xalqaro korpora tsiyalarning jahon xo‘jaligi subyekti sifatidagi rolining ortib borishi jahon iqtisodiyo tining zamonaviy rivojlanish bosqichidagi asosiy omillar hisoblanadi. Jahon xo‘jaligi XX asr va XXI asr bo‘sag‘asida global miqyosga ega ekanligi, bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanishi, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlari asosida faoliyat yuritishi va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi bilan ajralib turadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uch elementni — milliy iqtiso diyotlar, ularni bog‘lab turuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro korpo ratsiyalar tomonidan yaratilgan xalqaro iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi. Demak, zamonaviy jahon xo‘jaligi — bu bozor iqtisodiyotining obyektiv qonun- lariga bo‘ysunuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar orqali o‘zaro bog‘liq milliy xo‘- jaliklar yig‘indisi sifatidagi global iqtisodiy organizmdir. Jahon xo‘jaligining amal qilish jarayoni XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos qator rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. 19 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling