I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Yagona industrial va yangi industrial jam iyat nazariyalari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
Yagona industrial va yangi industrial jam iyat nazariyalari. Yagona
industrial jam iyat nazariyasi fransuz sotsiologi R. Aron nomi bilan b o g iiq bo‘- lib, turli mamlakatlarda industriallashish jarayoni ular uchun yagona industrial jam iyatning shakllanishiga olib keladi, degan fikrga asoslanadi. Ushbu naza- riyaga muvofiq texnik taraqqiyot nafaqat iqtisodiy qonunlarning amalda q o i- lanilishini, balki qonunlarning m ohiyatini ham modifikatsiyalaydi: mulkchi- likning yetakchilik roli bekor qilinadi, iqtisodiy hokimiyat yirik korporatsiya lar qo‘liga o‘tadi, davlatning yordami bilan boylik va kambag‘allik o‘rtasidagi farq yo‘qotiladi. 21 I BO'LIM. JAHON XO'JALIGI TIZIMI Yangi industrial jamiyat nazariyasi amerikalik iqtisodchi Dj. Gelbreyt tomoni- dan yaratilgan. U murakkab va takomillashgan texnikani amaliyotda qo‘llash kapi- talizmning qayta ichki rivojlanishiga, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, yaxshi tashkil etilgan xizmatlar tizimiga erishish va avvalgi ijtimoiy ziddiyatlar- ni yumshatish imkonini beradi, degan g‘oyani isbotlashga hararakat qiladi. Uning fikricha, hozirgi kapitalizm iqtisodiy tizimi turlicha ikki sektor — «rejali tizim» va «bozor tizimi»ning majmuasidan iborat. Postindustrial jamiyat nazariyasi. Amerikalik sotsiolog Daniyel Bell fikriga ko‘ra, postindustrial jamiyat quyidagi beshta belgi orqali tavsiflanadi: • tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmatlar ko‘rsatishga o‘tish; • bandlar tarkibida malakali mutaxassislar ulushining ortib borishi; • nazariy bilimlarning yetakchiligi; • texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o‘rnatishga yo‘nal- tirilishi; • yangi «intellektual texnologiyalar» bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish jarayoni ning ta’minlanishi. D. Bell «industrializm» inqirozidan chiqish yo‘lini «postindustrial tendensiya- larni» rivojlantirishga madaniyat va din o‘rtasidagi uzilgan aloqalarni tiklash orqa li erishish mumkin, deb hisoblaydi. Postindustrial jamiyat haqidagi g‘oyalarning boshqa variantini amerikalik sotsiolog va futurolog A. Tofflerning superindustrializm nazariyasida ko‘rish mumkin. U zamonaviy jamiyatda yuz berayotgan, murakkab va turli xil o‘z- garishlar jarayonlarini industrializmning falokati va «yangi sivilizatsiya»ning dunyoga kelishi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Bunday «o‘tish davrini» u tari- xiy rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan «o‘zgarishlar to‘lqini» nazariyasi bilan tushuntiradi. Yagona sivilizatsiya haqidagi ijtimoiy-madaniy nazariyaning asosida barcha mamlakatlarning yagona siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizim, ya’ni liberal demok- ratiyaga qarab asta-sekinlik bilan harakatlanish g‘oyasi yotadi. Ushbu nazariya ning zamonaviy tarafdorlari bunday tizimga liberallashuv natijasida G‘arb erish- gan, boshqa mamlakatlar ham bunga erishadi va butun dunyo yagona jamiyatga aylanadi, deb ta’kidlashadi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi jahon mam- lakatlarini yagona jamiyatga birlashtiruvchi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirib, chegaralarni yo‘qotuvchi, tobora kuchayib borayotgan kuchga e’tibor qaratadi. Ushbu kuch iqtisodiyotlarni baynalminallash boiib, globallashuvga ayla nadi va uning transmillaylashuvi hamda integratsiyalashuvi orqali namoyon bo‘la- di. Bu modernizatsiyalashuv tufayli G‘arbda dastlab vujudga kelgan hozirgi zamon industrial va postindustrial jamiyatlar uchun xos belgilar jahonning boshqa mam lakatlari uchun ham xos boiadi. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S. Xattington- ga tegishli bo‘lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi «sovuq urush- dan» keyin yanada ko‘p qutbli bo‘ladi va quyidagi sakkiz sivilizatsiyalardan tash kil topadi: G‘arb, Islom, Induizm, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin ame- rikasi. Ushbu nazariyaga ko‘ra oxirgi vaqtlarda jahon iqtisodiyotida G‘arbning roli pasayib, Osiyo sivilizatsiyalarining o‘rni esa sezilarli darajada ortib boradi. Sivili zatsiyalar o‘rtasida sivilizatsiyalar tarkibidagi aloqalar sivilizatsiya markazi hisob- langan mamlakatlarga tomon tortilib, kuchayib boradi. Natijada istiqbolda dunyo yagona sivilizatsiyadan emas, balki turli sivilizatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida o‘xshash va farqli jihatlar mavjud boiadi. 22 1-BOB. JAHON XO'JALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling