1. Dunyo mamlakatlari xo‘jalik hayotining baynalminallashish jarayo
nining chuqurlashuvi. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida
tovar ishlab chiqarish ustuvorlik qilgan bo‘lsa, hozirgi davrda jahon xo‘jalik alo-
qalariga bir milliy ishlab chiqarish natijalarigina jalb etilmasdan, ishlab chiqarish
omillari ham jalb etilmoqda. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish
ning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini intensiv rivojlantirish, texnologiya
larni xalqaro ayirboshlash, xalqaro kapital va ishchi kuchi migratsiyasi jarayon-
lari takomillashmoqda.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi. Ushbu holat milliy iqtiso
diyotning tashqi dunyo uchun ochiqligini bildiradi. Xalqaro tovarlar savdosida boj
xona bojlarini pasaytirish, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay inves-
titsiya muhitini yaratish, davlat tashqi migratsiya siyosatini yanada erkinlashtirish
kabi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda.
3. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi — milliy xo‘jaliklarning
xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayo-
nidir. Shuni ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyotidagi hududiy integratsiya jarayon
larining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri ziddiyatlidir. Ushbu jarayon, bir
tomondan, hududiy integratsiya birlashmalari faoliyatiga ijobiy ta’sir etsa, ikkin-
chi tomondan, uchinchi dunyo mamlakatlari bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarning
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada jahon xo‘jaligida regionlashish, ya’ni min-
taqalashish jarayoni vujudga keldi.
4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida vujudga kelgan transmilliylashish jarayoni alohida mamlakatlarga yoki
bir necha mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar faoliyati bilan bog‘liq xal
qaro ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |