Mashg`ulot turi: Ma’ruza. Ajratilgan soat
Download 1.42 Mb.
|
Matematika toplamlar ustida amallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dizyunksiya.
Misollar:
1. «Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari parallel», «Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari teng» degan sodda mulohazalardan «parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari parallel va teng» degan murakkab mulohazani olamiz. Ikkala mulohaza ham chin, shuning uchun ularning konyunksiyasi ham chin. 2. «7 < 5 va 7 — juft son» degan mulohaza yolg'on, chunki konyunksiyaga kiruvchi ikkala mulohaza ham yolg'on. 3. Matematikada ikki mulohazaning konyunksiyasi qo'sh tengsizlik bilan beriladi. Haqiqatan 3 < 6 < 11 tengsizlik 3<6 va 6<11 ikkita mulohazaning konyunksiyasi, ya'ni 3 < 6 < 11 tengsizlikni 3<6 va 6<11 ko'rinishda yozish mumkin. Berilgan tengsizlik chin, chunki bu tengsizlikni tashkil etgan tengsizliklarning har biri chin. Kiritilgan inkor va konyunksiya amallaridan foydalanib, elementar mulohazalardan |A, |B, A^B mulohazalar tuzish bilan bir qatorda, murakkabroq mulohazalar ham tuzish mumkin. Masalan: |A^B, |(A^B),A^ |B. Dizyunksiya. Dizyunksiya lotincha «disjunctio» so'zidan olingan bo'lib. farqlayapman degan ma'noni bildiradi. A, B mulohazalarning dizyunksiyasi A v B ko'rinishda (v — dizyunksiya belgisi ) belgilanib, «A yoki B» deb o'qiladi. Bu amal quyidagi chinlik jadvaliga ega: Agar A va B — mulohazalar bo'lsa, u holda A v B ham mulohaza bo'ladi. A va B mulohazalarning ikkalasi ham yolg'on bo'lgandagina A v B mulohaza yolg'on bo'ladi, qolgan hollarning barchasida dizyunksiya chin bo'ladi. Shunday qilib, «A v B» mulohaza A va B mulohazalarning dizyunksiyasi deyiladi.
Misollar: 1. «Yozda biz tog'ga chiqamiz yoki dengizga boramiz» dizyunksiyani qaraymiz. Bu mulohaza quyidagi hollarda chin bo'ladi: biz tog'ga chiqamiz, ammo dengizga bormaymiz; dengizga boramiz, lekin tog'ga chiqmaymiz; biz tog'ga ham chiqamiz, dengizga ham boramiz. Yangi mulohaza yolg'on bo'ladi: biz tog'ga ham chiqmaymiz, dengizga ham bormaymiz. 2. 10 7 mulohazaning chin yoki yolg'on ekanligini aniqlaylik. 10 7 yozuv «10 katta yoki teng 7 dan». 10 7 mulohaza dizyunksiya bo'ladi. Bu dizyunksiya chin, chunki u 10 > 7 chin mulohaza va 10 = 7 yolg'on mulohazadan tashkil topgan. Shuningdek, 10 < 10 mulohaza ham chin, chunki bu mulohaza 10 = 10 chin va 10 < 10 yolg'on mulohazalardan tuzilgan. 3. 11 12 mulohaza yolg'on, chunki bu mulohaza «11 > 12» va «11 = 12» yolg'on mulohazalarning dizyunksiyasidan iborat. Inkor, konyunksiya va dizyunksiya amallaridan foydalanib, A, B, C, ... mulohazalardan har xil murakkab mulohazalar tuzish mumkin. 11>6>11>6> Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling