Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy ilmiy oqimlar
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Hasanboy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Kene «Iqtisodiy jadval»
- «Iqtisodiy jadval»
Fransua Kenening
«Iqtisodiy jadvali» qabul qilingan ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish tahliliga urinish tashkil qildi. Takror ishlab chiqarish jarayonini ko‘rib chiqib, Fransu Kene daromadning paydo bo‘lishi, kapital va daromadning o ‘zaro almashishi, ishlab chiqarish sarfi bilan yakuniy sarf orasidagi munosabatlami tahlil qildi. Qayta ishlab chiqarish jarayoni mavridi sifatida u «ishlab chiqarish mehnatining ikkita katta turi- xomashyo ishlab chiqarish va sanoat orasidagi munosabat» ni ko‘rsatdi. Bularning hammasi «Iqtisodiy jadval»da o ‘z aksini topdi. Fransua Kene «Iqtisodiy jadval» ni tuzishda ma’lum qarashlardan kelib chiqi b, qator mulohazalarni bayon etgan edi, ya’ni u ilmiy abstraksiyalashga 6 suyandi. U oddiy qayta ishlashni tahlilning boshlanishi uchun qonuniy deb hisoblab, tashqi savdo ta’sirida baho o‘zgarishlarini mavhumlashtirdi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishni tahlil qilar ekan, Kene tovar kapitali harakatini alohida olib qaradi, chunki qayta ishlab chiqarish masalasi, avvalo, ijtimoiy mahsulot realizatsiyasi masalasidir. «Iqtisodiy jadval» fiziokratlarning hamma asosiy fikrlarini jamiyatning uch sinfga (mulkdorlar, fermerlar va unumsiz) ajratishi, sof mahsulot (qo'shimcha qiymat)ning faqat qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilishi, sanoat uchun faqat qiymatning tuzilishi xarakterli ekanligi, savdoda teng qimmatli narsalar almashuvi erkin raqobatning natijasi ekanligini o‘z ichiga olgan edi.Fermerlar kapitali dastlabki yillik avanslarga bo‘linadi. Kene umumiy jamoat mahsulotining qiymatiga aloqador va natural shakli orasidagi farqlarni ko‘rsatdi, kapital va daromad kategoriyalarini ajratdi. «Iqtisodiy jadval» muallifi renta oladigan mulkdorlar egalik qiladigan yer-mulk mavjudligidan xo'jalikni yer ijaraga olib, kapital jam g‘aradigan fermerlar yuritishidan kelib chiqqan edi. Fermerlar kapitali ikki qismdan iborat:1) 10 yilgacha muddatga berilgan, har yili o‘ndan biri (1 milliard livr) yillik mahsulot qiymatiga kiruvchi 10 mlrd. livrdan iborat dastlabki avans (asosiy kapital);2) Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish xodimlari ish haqi, h om ashyochiqimlariga sarflanadigan 2 mlrd livrdan iborat yillik avans (aylanma kapital);kapitalning bu qismi bir yil davomida xizmat qiladi, uning qiymati esa mahsulot qiymatiga kiradi, u to‘laligicha kapital hajmini to'ldirishga sarflanadi.Fermerlarning yillik mahsulot qiymati oshirilgan kapital qiymati (13 mlrd. livr) dan tashqari 2 mlrd livr miqdoridagi sof mahsulot qiymatini o’z ichiga olib, ami 5 mlrd livrni tashkil qiladi. O’zining natural shakliga ko’ra qishloq xo’jaligini mahsuloti 1) aylanma capital hajmini qoplashga zarur bo’lgan urug’ va oziq-ovqatdan; 2) ayirboshlash uchun olingan oziq-ovqatdan va 3) sanoat uchun olingan xomashyodan iborat bo’ladi va o’z aksini topadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling