Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


T ak rorlash u ch u n savollar


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

T ak rorlash u ch u n savollar:
1. "Prognoz" va "bashorat" tushunchalarining mazmunini tushuntiring.
2. Ilmiy va ilmiy b o ’lmagan prognozlar haqida tushuncha bering.
3. Izlanuvchan va normativ prognozlam ing farqi nimada?
4. Tabiatshunoslikka oid qanday prognozlam i bilasiz?
5. Ijtimoiy sohaga oid qanday prognozlar mavjud?
6. Prognozlashtirish qamrab olish vaqtiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
7. "Rim klubi"ga taqdim etilgan turli prognozlar haqida nimalami bilasiz?
8. Y agona xalqaro norma, qoida va standartlarga o ’tishning zarurati nimada?
1 1-m avzu. Z a m o n a m izn in g o la m sh u m u l m u a m m o la ri va O ’zb ek iston n in g
k elajagi
1. Olamshumul muammolar tushunchasi. ulamine mazmuni. beleilar va turlari
Insoniyat taraqqiyotining XX asrdagi o ’ziga xosligi shundaki, u kishilar 
hayot kechirishining turli sohalarida ju d a ulkan m uvaffaqiyatlarga erishdi. Mehnat 
qilishda asosiy e ’tibor insonning q o ’l kuchi bilan bajariladigan ishlam ing turli- 
tuman m ashina va mexanizm lar zim m asiga yuklanishi, transport sohalarining, 
ayniqsa, avtomobil, tem ir yo ’l va aviatsiyaning rivojlanishi yuz berdi, aloqa, fan, 
texnologiyalar va boshqa ko ’plab sohalarda misli k o ’rilmagan muvaffaqiyatlarga 
erishildi.
Shu bilan birga ayni XX asrda insoniyat ikki m arta jahonni qamrab olgan 
urushlar girdobida qoldi. U larda ju d a katta, m illionlarda hisoblanuvchi qurbonlar 
berildi. XX asm ing 60 - 70 yillarida esa u yana murakkab muammolar -
olamshumul deb tavsiflanuvchi m uam m olarga duch keldi. U lam ing vujudga 
kelishi ilm iy-texnika taraqqiyoti bilan bog’langan b o ’lib, insoniyatning tabiiy 
m uhitga ta ’siri, energiya bilan ta ’minlash, aholi sonining tez sur’atlar bilan 
k o ’payishi, moddiy resurslar bilan ta ’minlash kabilam i o ’z ichiga oladi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, olim lar orasida haligacha m uammolaming 
qaysilarini olamshumul deb ataluvchilar guruhiga kiritish borasida bir fikrga 
kelingan emas. Bunga ana shu m uam m olarga turli nuqtai nazardan yondoshishlar 
ham sabab bo’lmoqda. Bunga sabab b o ’luvchi qiyinchiliklardan yana biri
141


shundaki, biror m am lakat uchun atrof-m uhit m uam m osi keskin b o ’lsa, boshqasi 
uchun aholini ish bilan ta ’m inlash va ularni boqish masalasi m uhim roq, uchinchi 
davlatga esa energiya va xom ashyoning aniq biror turi bilan ta ’m inlanish masalasi 
birlamchi aham iyatga ega va hokazo.
Insoniyat tarixi dalolat beradiki, jam iyat taraqqiyotining turli davrlarida turli 
m uam m olar uning oldida dolzarblik kasb etishi m um kin, vaqt o ’tishi bilan esa bir 
m uam m oning dolzarbligi o ’z o ’mini boshqasiga, so ’ngra uchinchisiga b o ’shatib 
berishi m um kin. Tarix dalolat berishicha, qadim gi rim liklar Tibr suvlarining 
ifloslanganligidan q ay g ’urib, chora qidira boshlaganlar. Eram izdan oldingi birinchi 
yuz yillikda Lukretsiy «N arsalarning tabiati haqida» degan asarida erni bolani 
em izadigan, boqadigan onaga o ’xshatadi. Sharqning m ashhur m utafakkirlaridan 
biri M oxandis G andi: “ Er har bir kishining o chko’zligini em as, balki ehtiyojini 
qondiradi” deb aytgan. U er hosildorligining ham chegarasi borligi, unga rioya 
kilish zarurligini uqtiradi. «A vesto»da ham tabiat bilan inson o ’rtasidagi m uloqotda 
m utanosiblikka rioya qilish haqida ajoyib fikrlar aytiladi. Shu m a’noda turli ilmiy 
m aktablarda olam shum ul m uam m olar turlicha m iqdorda talqin qilinadi. M asalan, 
G. Kan va J.F elpslar fikricha hozirgi paytda kam ida 19 um um bashariy m uam m o 
m avjud b o ’lib, ulardan 9 tasi asosiy hisoblanadi.
XX 
asrning 60-70 yillarida m azkur m uam m olarga insoniyat e ’tiborini 
qaratgan olim lardan R. X eylbroner, O. Toffler, P. va A. Erlixlar, J. Forrester, D. 
M edouzlar o ’z ishlarida asosiy global m uam m olar sifatida planeta aholisi 
m iqdorining k o ’payib ketishi, resurslarning ozayishi va ekologik m uam m olarga 
e ’tibor qaratgan b o ’lsalar, V. Leontev, M. M esarovich, E. Pestel va boshqalar 
global m uam m olar k o ’pligini ta ’kidlaganlari holda, asosiy xavfni rivojlanayotgan 
m am lakatlam ing iqtisodiy qoloqligida k o ’rganlar. A. Pechchei, E. Laslo kabi 
sotsiologlar esa asosiy m uam m o sifatida insonning o ’zgarib boruvchi tabiiy va 
ijtimoiy m uhitga m oslashuvi m asalasini k o ’rsatganlar.
Hozirgi paytda inson va jam iyatning tabiiy m uhit bilan m unosabatlari, 
shuningdek ijtim oiy m unosabatlar sohasidagi m uam m olarni quyidagi belgilarga 
k o ’ra olam shum ul m uam m olar qatoriga kiritish rasm b o ’lgan:
a) ta ’sir doirasiga k o ’ra haqiqatan ham um um planeta, um um jahon xarakteriga ega 
b o ’lib, barcha xaiqlar, davlatlar va davlatlar guruhlarining ham masi uchun hayotiy 
aham iyatga eg a b o ’lsa;
b) 
echimi 
topilm agan 
taqdirda 
butun 
insoniyatning, 
um um an 
barcha 
sivilizatsiyalam ing m avjudligiga halokatli ta ’sir qilsa, eng kam ida hayot kechirish 
va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining pasayisliiga olib kelsa;
v) kechiktirm asdan echim i topilishini talab qilsa;
g) yechim i topilishi uchun barcha m am lakatlam ing, barcha xalqlarning, butun 
jah o n ham jam iyatining birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qilsa.
Hozirgi vaqtda butun insoniyatni tashvishlantirib turgan jahonshum ul 
m uam m olarga yuqoridagi asoslar b o ’yicha nazar tashlansa asosan quyidagilar 
kiradi: a) insoniyatni urush xavfidan qutqarish; b) insoniyatning haddan ortiq 
k o ’payib ketishi - dem ografik muammo; v) er yuzidagi k o ’pgina m am lakatlar 
aholisini oziq-ovqat bilan ta ’m inlash m uam m osi; g) insoniyatni xom ashyo va 
resurslar bilan ta ’m inlash m uam m osi; d) insoniyat jam iyati va uni qurshab turgan
142


tabiiy muhit o ’rtasidagi m unosabatlarda vujudga kelgan ekologik muammo; e) 
dunyo okeani resurslaridan va kosmosdan foydalanish m uammolari, j) terrorizm va 
ekstremizm xavfi muammolari va boshqalar.
1. 
Ekologik 
m u am m o . 
Insoniyat 
sivilizatsiyasi 
biosfera 
tabiiy-tarixiy 
rivojlanishining qonuniy natijasi bo’lib, uning hozirgi bosqichida planetamizdagi 
barqaror ekologik muvozanatni saqlab qolish, O ’zbekiston Respublikasi birinch 
Prezidenti I.A.Karim ov ta ’kidlaganidek, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatanni 
qoldirish biz uchun taqdim i belgilovchi m uam m olar darajasiga k o ’tarildi. Jahon 
sog’liqni saqlash xalqaro tashkilotining xulosalariga k o ’ra, dolzarbligi jihatidan, 
tabiiy atro f muhitni m uhofaza qilish muammosi yadro urushi xavfini bartaraf etish 
bilan bir tartibda turadigan eng muhim vazifa, deb e ’tiro f etilmoqda. Chunki, 
«D unyoda insonning biologik tur sifatida yashashiga bevosita xavf-xatar mavjud. 
Y a’ni, yalpi yadro urushi xavfi ancha kam aygan bo’lsa ham, ekologik tanglik 
xavfi, biogenetik buzilishlar xavfi hamon taxlikali xolatda saqlanib qolmoqda». 
Haqiqatdan ham, hozirgi kunda, bir tom ondan, yadro qurollariga ega bo’lgan 
m am lakatlam ing o ’zaro kelishuvi asosida «sovuq urush» siyosati asta-sekin 
bartaraf etilib, planetar masshtabda, bu xavf-xatam ing oldini olish imkoniyatlari 
reallashib borishi bilan, tabiatni muhofaza qilish muammosi oldingi o ’ringa 
chiqmoqda.
Umuman olganda m azkur muammo yangi emas. Ammo u hozirgi paytdagi 
ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuvi bois yangicha ahamiyat kasb etgan. 
Agar u ilgari asosan tabiatning stixiyali kuchlari ta ’sirining natijasida yuz bergan 
b o ’lsa, hozir uning mohiyati kundan kunga kuchayib va kengayib borayotgan 
inson xo ’jalik faoliyati bilan belgilab berilmoqda.
Tabiiy muhidagi eng asosiy komponent b o ’lmish kislorodning ahamiyati 
beqiyosdir. M utaxasislar fikricha kislodordning yarmidan ko ’prog’i quruqlikdagi 
o ’simliklar, qolgani esa suvdagi mikroorganizm lar va o ’sim liklar tomonidan ishlab 
chiqariladi. Keyingi 500 yilda inson faoliyati natijasida o ’rm onlam ing uchdan ikki 
qismi y o ’qolib ketdi. U lam ing 40 foizi so’nggi 100 yilda sodir etildi. Bu jarayon 
shu tarzda davom etadigan bo’lsa, 40-50 yildan keyin tropik o ’rm onlar yo’qolib 
ketadi. O ’rm onlar esa kislorod ishlab chiqaruvchi asosiy manbalardan biri 
hisoblanadi. U lam ing qisqarishi munosabati bilan har yili kislorod miqdori ham 
m utanosib ravishda yiliga 10-12 mlrd. tonnaga kam ayib bormoqda. Karbonat 
angidrid miqdori esa o ’rta asrlarga nisbatan 10-12 foizga ortdi. Kislorod umumiy 
miqdorining kam ayishiga sanoat ishlab chiqarishi, avtomobil, havo transportidagi 
ichki yonish dvigatellarining ishlashi hisoblanadi. Bitta sam olyotning Evropa va 
A m erika o ’rtasida qatnovi natijasida ishlatadigan kislorod miqlorining 50-100 
tonna ekanligini, uni ishlab chiqarish uchun 10 ming gektarlik o ’rmon bir kun 
"ishlashini", o ’rm onlam ing esa tobora qisqarib borayotganini tasavvur qilsak, 
buning qanchalik muhim ligini tushunamiz.
Biosferaning yana bir muhim tarkibiy qismi suv hisoblanadi va uning inson 
hayotidagi ahamiyati barchaga ayon. Er yuzida suv zahiralari ko ’p b o ’lishiga 
qaramasdan, ulam ing atigi 3 foizigina chuchuk suvlardir. Uning ham uchdan ikki 
qismi Arktika va A ntaktidadagi muzliklar holida turibdi. B a’zi hisob-kitoblarga
143


k o ’ra 2100 y ilga borib chuchuk suv zahiralari ishlatib b o ’linadi, 2230 yilga borib 
planetaning suv zahiralari butunlay tugaydi.
T abiatning ifloslanishi shu darajaga etdiki, daryolar, dengizlar, okeanlar, 
havo basseyni kabi tabiiy tozalovchilar ularni tozalab bera olmay qolm oqdalar. 
BM T m a'lu m o tlarig a k o ’ra 1970 yilda sanoatning tabiiy muhitni ifloslantiruvchi 
chiqindilarining um um iy hajmi 40 mlrd. tonna bo ’lgan b o ’lsa, XX asr nihoyasida u 
104-105 m lrd. tonnaga etdi. Insoniyatning salbiy x o ’ja lik faoliyati tufayli hozir 
qayta sh o ’rlangan va botqoqlikka aylangan, qayta qum bosgan, karerlardan 
chiqqan jin s la r qoplab yotgan erlam ing um um iy m aydoni 4,5 mln. kv. km .ga 
etgan. Bu quruqlik um um iy m aydonining 3 foizini tashkil etadi. H ozir Er yuzidagi 
m aydonlam ing 30 mln. kv. km. ch o ’lga aylangan b o ’lib, ular quruqlik um um iy 
m aydonining 20 foizi dem akdir.
Ilgari paytlarda m uhitning ifloslanishi lokal xarakterda edi. Hozirgi paytda 
esa xavfli chiqitlar paydo bo 'lg an m am lakatdan ju d a uzoqda b o'lgan m am lakatlar 
aholisi ham uning ta ’sirini boshidan kechirm oqdalar, y a’ni m uhit ifloslanishi 
chegara bilm aydi. lfloslanishning global xarakter kasb etishi bilan birga ular 
oqibatlarining ekosferaga - Er yuzida hayot m avjudligini ta ’m inlayotgan tabiiy 
jaray o n lar tizim iga - ta ’siri xarakteri ham o ’zgarm oqda. Agarda shoshilinch 
choralar k o ’rilm asa, ushbu oqibatlar iqlim, atm osfera havosining sifati, Er yuzidagi 
suv balansiga halokatli ta ’sir k o ’rsatadi. H ozirning o ’zidayoq planetadagi yashil 
o ’sim liklar bilan qoplangan m aydonlam ing sezilarli darajada kam ayganligi qayd 
etilm oqda. Bu ju d a katta m aydonlardagi erlam ing eroziya ta ’siriga tushganligida, 
k o ’plab m am lakatlarda sahrolam ing kengayib unum dor erlarga bostirib kirishida 
k o ’rinm oqda. Inson bilan tabiat m uloqoti paytida inson o ’z extiyojini o ’ylab, faqat 
ehtiyojinigina em as,balki o chko’zligini ham o ’ylab. tabiatning o ’ziga xos biologik 
ehtiyojlari borligini unutib q o ’ygani tufayli m azkur inqirozlar ro ’y bera boshladi.
M oddiy n e ’m atlarni ishlab chiqarishga b o ’lgan ehtiyojlam ing uzluksiz o ’sib 
borishi, tabiatga "antropotexnogen bosim ni" 
oshirib yubordi, natijada biosfera 
ekologik m uvozanatiga putur etm oqda. "Kelajak haqida bahs: A tro f m uhit" 
to ’plam ining m ualliflari fikricha, hozirgi kunga kelib, planetam izda har yili 100 
mlrd. tonna foydali qazilm alar qazib olinm oqda, 800 mln. tonna turli m etallar 
eritilm oqda, 6 0 mln. tonna su n ’iy m ateriallar sintez qilinayotir. Qishloq x o ’ja lig id a 
foydalanilayotgan 500 mln. tonna mineral m adaniy o 'g ’itlar, 3 mln. tonna turli 
pestitsidlar, zaharli m oddalarning uchdan bir qismi suv xavzalarini, atm osfera 
havosini 
b u lg ’atm oqda. 
Um um an, jahonda 
sanoat va boshqa sohalarida 
ishlatilayotgan 500 mlrd. kubom etr oqovalar suv x aw a larig a y o ’naltirilib, ularning 
dunyo okeanlaridagi qattiq ch o ’kmalari miqdori har yili 14,4 mlrd. tonnani tashkil 
qilm oqda». D unyoda energetika quvvatlarini ishlab chiqarish har 12 yilda, sanoat 
m ahsulotlarini ishlab chiqarish — 15 yilda 2 baravarga oshib borishi bilan XXI 
asrning dastlabki o ’n yilligidayoq tabiatga "industrial bosim "ning 2,5 - 3 m arta 
oshishi kutilm oqda.
Turli y o q ilg ’ilam i ishlatish oqibatida atm osfera havosi yiliga 20 mlrd. 
tonnadan k o ’proq uglerod ikki oksidi va 700 mln. tonnadan oshiqroq ishlab 
chiqarishning b u g ’, gaz, chang chiqindilari, asosan uglerod oksidining, "parnik 
effekti" natijasida, keyingi 60-70 yilda planeta iqlim ining o ’zgarishi, m uzliklar va
144


aysberglarni eritib, dunyo okeanlari suv satxini yiliga 1,5 mm. ko'tarib, massasini 
520-540 kubkilom etrga oshirmoqda. Agar ahvol shu tarzda davom etadigan bo ’lsa, 
m utaxassislarning xulosalariga k o ’ra, kelajakda okean satxi 68 m etrga k o ’tarilib, 
suv bosish xavfi b o ’lgan joylarda qariyib I mlrd. kishini "ekologik k o ’chishlarga" 
giriftor qilishi m um kin. Erdan ekologik m uvozanat qonunlariga amal qilm asdan 
pala-partish foydalanish oqibatida, keyingi 100 yil davom ida planetam izning 27 
foiz er maydoni madaniy dehqonchilik uchun yaroqsiz holga kelgan. Chunki, 
qishloq x o ’jaligida foydalanilayotgan unum dor tuproq qatlam ining yuvilib ketishi 
yoki shamol eroziyasi tufayli k o ’chishi, har gektar hisobiga, o ’rtacha 730 
kilogram m ni, haydalib dehqonchilik qilinadigan erlarda esa, 2 tonnani tashkil 
qiladi. Vaholanki, I sm gumusli tuproq qatlam ining yo ’qotilishi hosildorlikni I 
sentnerga kam aytiradi. M utaxassislarning hisob-kitoblariga k o ’ra, bu hodisaning 
oldini olish bilan 30 mln. kishini yil davom ida boqish uchun etadigan qishloq 
x o ’ja lik mahsulotlari etishtirish mumkin. Jahonda antropogen ch o ’llam ing paydo 
b o ’lish jarayoni kuchaym okda. Planetam izdagi har yili 50 ming kvadrat kilom etr 
em ing cho’llarga aylanish xodisasi shu darajada davom etsa, XXI asrda 600-700 
mln. kishining (er shari aholisining ettitasidan birining) hayoti x av f ostida qolish 
ehtim olligi m avjud. hozirgi kunda er yuzidagi 1 mlrd. kishining surunkali ochlikka 
m axkum etilganligini, ulam ing oziq-ovqat ratsioniga 230 mlrd. kaloriya (37 mln. 
tonna g ’alla) etishm asligini hisobga oladigan bo ’lsak, erlarning ekologik vaziyati 
yom onlashib borayotganligining iqtisodiy, siyosiy oqibatlari yanada yaqqol 
nam oyon b o ’ladi. Shuning uchun ham ekologik barqaror taraqqiyotni ta ’minlash 
vazifasi - insoniyat hayot darajasini 
oqilona tashkil qilishning shart-sharoitini 
yaratishi bilan - m uhim am aliy aham iyatga m olik masaladir.
Ekologik xato ekologik inqiroz 
tom on q o ’yilgan birinchi qadamdir. 
Ekologik 
xatoliklar, tangliklar, inqirozlar asosida tabiiy-ekologik 
qonunlarni 
buzish, 
ulami 
bilm aslik, 
biosferaning 
imkoniyat 
chegaralari 
bilan 
hisoblashm aslik 
yotadi. 
Ekologik 
inqiroz deganda, 
faqat-atrof m uhitning 
ifloslanishi, turlarning 
kam ayib ketishigina tushunilm aydi. Ekologik inqiroz 
deganda, ekokom ponetlar orasidagi tabiiy bog’lanishlarning buzilishi, er usti va 
er 
osti boyliklari, tabiat zahiralarining kam ayib borishi, ekosistemalarning 
biologik m ahsuldorligini pasayishi, iqlimning o’zgarishi, suv, havo, tuproq 
sifatlarining 
salbiy 
tom onga 
o ’zgarib 
ketishi 
va 
texnikaning 
ekologik 
asoslanm aganligi 
tufayli yuzaga kelgan 
ekologik tahdidlar tushuniladi. 
«Ekologik inqirozning oldini olish, - deb yozadi nem is ekologi B.Grijimek, - unga 
qarshi kurashdan ko ’ra doim o bir necha chandon arzonroqdir». Masalan, paxta 
yakkahokim ligidan O ’zbekistonda olingan daromad (1960-1987yillar), Orol 
dengizi va uning atrofidagi ekologik inqirozni tugatishga ketadigan sarf-xarajatdan 
k o ’ra 7-10 baravar kamdir.
O ’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 1.A.Karimov «O ’zbekiston
XXI 
asr b o ’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» asarida «A srlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, m amlakatimiz 
aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni 
sezmaslik, q o ’l 
qovushtirib 
o ’tirish - o ’z-o ’zini o ’limga mahkum etish bilan barobardir... 
Ekologik xavfsizlik muam m osi 
allaqachonlar 
milliy va niintaqaviy doiradan
145


chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson 
o ’zaro muayyan 
qonuniyatlar asosida munosobatda b o ’ladi. Bu qonuniyatlam i 
buzish o ’nglab b o ’lmas ekologik falokatlarga olib keladi», deb k o ’rsatgan edi.
O ’zbekistonning dastlab chor Rossiyasi, keyinchalik «qizil imperiya» 
mustam lakasi bo ’lib qolishi mintaqadagi ekologik vaziyatning keskinlashishida 
muhim siyosiy om il b o ’ldi. Xususan, mustamlakachilik, totalitarizm , sub’ektivizm, 
volyuntarizim , m a’m uriy buyruqbozlikka asoslangan m arkazlashgan davlat 
siyosatiga ko’ra, respublikam izni qishloq x o ’jaligi, asosan texnika ekinlari xom 
ashyo bazasiga aylantirilishi - ekologik ziddiyatlarining kuchayishiga olib keldi.
O ’zbekistonda 
qishloq, 
x o ’jaligini 
rivojlantirish 
uchun 
tabiatni 
ekspluatatsiya qilish tadbirlari "kapitalizm bosqichini chetlab o ’tgan", "qoloq" 
o ’lkalam i ijtim oiy-iqtisodiy, siyosiy-m a’naviy rivojlantirish uchun ko’rsatilgan 
g ’am xo’rlik nam unasi”, deb baholandi. Ayniqsa, O ’zbekiston m ustaqillikka 
erishguncha b o ’lgan davm ing keyingi 10-15 yil ichida sug’orib dehqonchilik 
qilinadigan yangi 
er m aydonlarining 
intensiv o ’zlashtirilishi 
"ekologik 
qashshoqlik" darajasini g ’oyat oshirib yubordi.
1975-1990 yillar mobaynida respublika dehqonchiligida foydalanilgan er 
fondi 1,4 m artaga o ’sdi, lekin har 100 gektar erdan olinadigan yalpi mahsulot 
hajmi, y a ’ni m ehnat unum dorligi 1975 yil darajasida qolib ketgani xolda, aholi jon 
boshiga hisoblaganda 1990 yilda 1980 yilga nisbatan 14,8 foizga qisqarib, 632 
so’mdan 542 so ’m ga tushib ketdi».
Iqtisodiy 
ehtiyojlar 
va 
manfaatlarning 
mutlaqlashtirilishi, 
tabiatni 
ekspluatatsiya qilish, ekologik beqaror vaziyatni vujudga keltirdi. O ’zbekiston 
hududida 1,0 mln. gektar er maydonining sho’rlanish jarayoni kuchaydi. 
Q orakalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo viloyatlarida 90-95, Xorazm va 
Qashqadaryo viloyatlarida 60-70 foiz er maydoni kuchli sho’rlanish darajasiga 
etdi. Respublikaning agrar sohasida xo ’jalik yuritishidagi "paxta yakka xokimligi" 
1986 yilga kelib, su g ’orib dehqonchilik qilinadigan em ing 73,4 foizini tashkil 
qildi. (Jahon ilm iy jam oatchiligi, etakchi m utaxasssislar xuiosalariga, tajribalariga 
ko ’ra, bu ko ’rsatkich 50,0 foizdan oshsa, er qashshoqlanib, hosildorlikkeskin 
kam ayishi, keyinchalik esa, uning madaniy dehqonchilik uchun yaroqsiz holga 
kelishi isbotlangan). N atijada, O ’zbekistonda erlam ing gumus miqdori 0,4-1,0 
foizga tushib qoldi.
O ’zbekistonda sug’oriladigan er maydonlarining kengaytirilishi, m uqarrar 
ravishda, biosfera m uvozanatida suv resurslari balansidagi o ’zgarishlarga sabab 
bo’lmoqda. hozirgi kunda respublika xalq 
xo’jgligida 
suv 
resurslaridan 
foydalanish ehtiyoji 61-65 kubkilom etm i tashkil qiladi. Shundan 85 foizi —
qishloq x o ’jaligida, 12 foizi — sanoatda, 3 
foizi — kommunal x o ’jalikda 
foydalanishga sarflanm oqda. Bu esa, o ’z navbatida, O ral dengizi suv zahiralarining 
keskin kam ayishi bilan 
bog’liq ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik ziddiyatlam i 
kuchaytirib, orolbo’yi xududida barqaror taraqqiyotni izdan chiqarmoqda.
1932-1960 yillarda Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga taxminan 50 
kub km. suv oqib kelardi. Keyinchalik daryolar suvining kamayishi oqibatida Orol 
dengizida suv hajmi keskin pasaya boshladi, y a’ni Orol dengiziga etib kelayotgan 
suv miqdori 1970 yilda 35,2 km. kub, 1980 yilda 10 km. kub, 1983 yilda 3,25 km.
146


kubni tashkil qilgan b o ’lsa, 1986 yildan boshlab A m udaryo va Sirdaryo suvlari 
dengizga deyarli etib kelmayapti.
Dengizning umumiy hajmi 65% ga kam aydi. Suvning sho’rligi 3 marta ortdi, 
uning qurigan maydoni 26 ming kv. km. hududni egallagan bo ’lib, chang va tuz 
manbai hisoblanadi. Undan shamol bilan yiliga 70 mln. tonna tuz va chang havoga 
k o ’tariladi. Umuman olganda, Orol dengizining tubi tuz y ig ’iladigan yirik manba 
b o ’lib, tabiiy atro f m uhitga salbiy ta ’sir ko ’rsatm oqda. Natijada, dengiz va uning 
atrofida jonli m avjudotlar halok bo'lm oqda, iqlim sharoitlari 100-150 km radusda 
keskin o ’zgarm oqda. Xorijiy ekologik xaritalarda bu hudud « o ’lim uchburchagi» 
yoki «Tinch C hem obil» deb atalm oqda.
S og’liqni saqlash tizimi vakillarining m a’lum otlariga k o ’ra, o g ’ir ekologik 
vaziyat ota-onalar organizm iga salbiy ta ’sir k o ’rsatishi natijasida 89% bolalar turli 
irsiy kasalliklar bilan tug'ilm oqda. Ayniqsa, ijtimoiy va ekologik om illar o ’zaro 
b o g ’lanib, bolalar sog’ligiga, hayotiga bevosita ta ’sir k o ’rsatm oqda. 14 yoshgacha 
b o ’lgan bolalar orasida yuqum li kasalliklar bilan kasal b o ’lish ancha yuqori bo’lib, 
30% holatlarda, ulam ing o ’limiga olib kelmoqda.
Oxirgi 20 yil davom ida bu hududda aholining o ’lim darajasi 2 martaga 
k o ’paydi. Q ozog’istonning Orol shahrida, har yili tu g ’ilgan 1000 boladan bir 
yoshgacha 100 tasi nobud b o ’lyapti. Bu k o ’rsatkich Q oraqalpog'istonning 
B o’zatov tum anida 110 bolaga to ’g ’rikelm oqda. Taxm inan 90% bolalarning 
organizm ida zararli tuzlarning k o ’p m iqdorda to ’planganligi aniqlangan.
A tro f muhitning ifloslanishi boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik omillar 
bilan m ushtaraklashib, inson salom atligiga, hayotiga salbiy ta ’sir ko’rsatishi 
natijasida, respublika aholisining o ’rtacha yashash davri 69,3 yilni tashkil 
qilm oqda. Ekologik vaziyati o g ’ir hududlarda o ’pka sili, oshqozon-ichak raki, qon 
aylanish sistemasi, nafas y o ’llari, buyrak va boshqa "ekologik kasalliklam ing" 
k o ’rsatkichlari o ’sish tendensiyasiga ega. Umuman, olim larning xulosalariga k o ’ra, 
respublika aholisining 20 foizdan ortiqroq kasallanishi bevosita ekologik 
vaziyatning yom onlashuvi bilan b o g ’liq b o ’lib qolmoqda.
M ustaqillik yillarida O ’zbekiston Respublikasida tabiiy atro f m uhitga salbiy 
ta ’sirlarni kam aytirish b o ’yicha keskin choralar qabul qilindi. Yangi erlarni keng 
m iqyosda o ’zlashtirish to ’xtatildi, qishloq x o ’jaligi ishlab chiqarish tarkibiy tizimi 
ijtimoiy va ekologik talablar asosida o ’zgartirildi. A trof muhitni q o ’riqlash va 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish b o ’yicha 2050 yilgacha bo’lgan davrga 
m o ’ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, «O ’zbekiston 
Respublikasinig atro f muhitni tozaligi b o ’yicha ishlar Milliy rejasi», «Tabiiy 
xilm a-xillikni saqlab qolish bo ’yicha Milliy strategiya rejasi» ishlab chiqilmoqda. 
Bularda atro f muhitni q o ’riqlash davlat siyosatining maqsadlari k o ’rsatib o ’tilgan, 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, kishilar yashashi uchun qulay tabiiy 
sharoitlar yaratishga y o ’naltirilgan strategiyasining asosiy tamoyil va y o ’nalishlari 
belgilangan. 
Ekologik 
m uam m oning turli 
yo ’nalishlari 
b o ’yicha xalqaro 
ham jam iyat va xalqaro tashkilotlar bilan ham samarali ham korlik ishlari olib 
borilm oqda.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling