bozorida firma yoki marka egallab turgan bozor ulushiga mos ke
ladi.
Shuni tushunish muhimki, birlamchi talab ham firmaning
mahsulotiga bo‘lgan talab kabi reaksiyaning funksiyasi bo‘lib, bu
funksiyaning darajasi talab determinanti deb ataluvchi bir qator
omillarga bog‘liqdir. Ushbu birlamchi talab determinantlari ikki
xil bo‘ladi: nazorat qilib bo‘lmaydigan muhit omillari va marketing
omillari. Marketing omillari — bu bozorda raqobatlashayotgan fir
malar tomonidan qilinadigan marketing harakatlari majmuasi,
ya’ni umumiy marketing bosimidir. Korxonaning bozordagi o ‘z
holatini o ‘rganish uslublariga alohida korxona bozori parametr-
lari, bozor tendensiyalari, undagi m o‘tadillik, segmentlash va
bozomi o ‘zlashtirish kabilar kiradi ( 4 .1 -rasm)
Odatda, talab funksiyasining ,,S“ shaklida boMishi umumiy
marketing bosimi oshib borgan sari reaksiyaning kuchayish tez-
ligi awal ortib borib, so‘ngra pasayishini anglatadi.
Marketing bosimi nolga teng bo‘lganda talab darajasi Q0 eng
kam bo‘ladi; oraliq daraja E(Q) umumiy bosim M sharoitida ku-
tilayotgan talabga mos bo'ladi. Agar umumiy marketing bosimi
ortib borsa, talab ham kuchayadi, biroq uning tezligi kamayib
boradi.
4.1- rasm. Korxonaning bozordagi o‘z holatini o‘rganish uslublari.
63
U m um iy marketing bosim i cheksizlikka intilganda talab
o'zining Qm maksimal darajasiga yetadi. Birlamchi talabning ush
bu maksimal darajasi bozorning joriy salohiyati tushunchasiga
to‘g‘ri keladi.
Birlamchi (global) talab darajasiga faqat bozorda faoliyat
ko‘rsatayotgan firmalarning marketing bosimi emas, muhitning
Do'stlaringiz bilan baham: |