Natsional liberallar
Download 59.24 Kb.
|
Zahroxon 160-170-betlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- NEOLIT
- NEOFASHIZM
NEOKOLONIALIZM — yangi mustamlakachilik; imperialistik davlatlar va monopolistik birlashmalar imperializmning mustamlakachilik sistemasi yemirilgan hozirgi sharoitda siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan yosh milliy davlatlarni (Osiyo, Afrika, Latin Amerikasida) o‘z hukmronligi ostida tutib turish uchun juda nozik yo‘llar, hiyla-nayranglar bilan qo‘llayotgan yangicha mustamlakachilik siyosati; xalqlarni asoratga solishning juda ustalik bilan niqoblangan yangi formasi. Ular «yordam berish» niqobi ostida bu mamlakatlarda eski pozitsiyalarni saqlab qolishga va yangi pozitsiyalarni qo‘lga kiritishga, o‘z sotsial tayanchini kengaytirishga, milliy burjuaziyani o‘z tomonlariga ag‘darib olishga, harbiy-mustabid rejimlarni o‘rnatishga, hokimiyat tepasiga itoatgo‘y qo‘g‘irchoqlarni qo‘yishga urinmoqdalar. Imperialistlar milliy va qabilaviy nizolarnnng zaharli qurolidan foydalanib, milliy-ozodlik harakati saflarini bo‘lib yuborishga harakat qilmoqdalar. Mahalliy ekspluatator sinflarning reaksion doiralari imperializmning ittifoqchisi bo‘lib maydonga chiqmoqdalar.
NEOLIT (grek.)—yangi tosh; yangi tosh asri yoki davri (er. av. 8—3 ming yillikdan er av. 1 ming yillikkacha, Uzbekistonda N. er. av. 5—3 ming yillikkacha bo‘lgan davr). Oldin odamlar tabiatda mavjud bo‘lgan narsalarni yeb yashagan bo‘lsalar, keyin oziq-ovqatni o‘zlari ishlab chiqarishni o‘rgandilar (dehqonchilik, chorvachilik). N. davrida kulolchilik, yigirish, to‘qimachilik, haykaltaroshlik paydo bo‘ladi. Odamlar o‘zlariga oddiygina turar joy qura boshlaydilar, qayiq, eshkak, chana, o‘q-yoy, o‘roq, chang‘i yasashni bilib oladilar. N. davrida odamlar ovchilik, temirchilik, baliqchilik bilan ham shug‘ullanishgan. N. ning oxiriga kelib, odamlar metalldan foydalana boshlaganlar. NEOFASHIZM — yangi, hozirgi zamon fashizmi; hozirgi o‘ng, eng reaksion harakatni o‘zida mujassamlashtirgan tushuncha bo‘lib, siyosiy va g‘oyaviy jihatdan 2- jahon urushidan so‘ng tarqatib yuborilgan fashistik tashkilotlarning merosxo‘rlari. yirik monopolistik burjuaziyaning ashaddiy agressiv (q.), militaristik (q.) va shovinistik (q.) doiralari manfaatini ifodalovchi, o‘ta reaksion siyosiy oqim. 20-asr- ning 20—40- yy. laridagi fashizm kabi N. ham davlat-monopolistik kapitalizm mahsulidir. N. Germaniyadagi natsistlar (q.) va Italiyadagi qorako‘ylaklilar kabi o‘z sosial asoslarini mayda va o‘rta burjuaziya, lyumpen proletariat (q.) ichidan topmoqda. N. ning partiya va gruppirovkalari odatda o‘zlari moddiy yordam olib turgan va oqibat natijada ularning xizmatida bo‘ladigan hukmron sinflarning u yoki bu fraksiyasi bilan yaqin aloqada bo‘ladilar. Antikommunizm, millat- chilik, irqchilik, sotsial demogogiya N. ideologiyasi uchun xarakterlidir. N. lar — xalqaro keskinlikni yumshatishning ashaddiy dushmanlari, militarizm, qurollanish poygasining qizg‘in tarafdorlaridir. Siyosiy kurashda ular o‘zlariga qarshi turgan sotsial gruppalar (hammadan burun uyushgan ishchi sinfnga), shuningdek, o‘zlarpning hukmron sinflar manfaatini boshqacha tushunuvchi siyosiy raqiblariga nisbatan zo‘ravonlik va terrordan keng ko‘lamda foydalanadilar. Hozirgi zamon demokratik va progressiv kuchlari N. ga qarshi faol kurash olib bormoqdalar. NEMESIDA (nemezida)—ma’buda; jazo, o‘ch, qasos ma’budasi; qadimgi grek afsonasiga ko‘ra, xudolar o‘rnatgan ma’naviy tartibni buzganlarga jazo beruvchi — qasos oluvchi. Qasos muqarrarligini tasvirlovchi belgi (qilich yoki qamchi) bo‘lgan. Download 59.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling