Natsional liberallar


Download 59.24 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1518046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zahroxon 160-170-betlar

«OBUXOV MUDOFAASI»—Peterburgdagi Obuxov zavodi ishchilarining 1901 y. 7 mayda politsiya va podsho qo‘shini bilan qonli to‘qnashuvi; 1 May mayovkasida qatnashgan 26 ishchining ishdan bo‘shatilganligiga javoban ishchilar uyushtirgan ish tashlash to‘qnashuvga sabab bo‘ldi. Politsiya va qo‘shindan o‘zlarini mudofaa qilgan ishchilar barrikadalar orqasidan olti soat davomida toshbo‘ron qilib, hujumni qaytardilar. Bir qancha ishchi o‘ldi va og‘ir yarador bo‘ldi. Podsho hukumati tomonidan «O. M» qatnashchilaridan 800 ishchi qamoqqa olindi. Ularning ko‘pchiligi Peterburgdan surgun qilindi, 29 ishchi katorgaga yuborildi. «O. M.» butun mamlakatda ishchilar harakatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
ODNODVORESLAR — yakka hovlililar. Rossiyada davlat dehqonlarining bir gruppasi bo‘lgan O. lar hukumat tomonidan janubiy rayonlarni Qrim yoki Astraxan tatarlari hujumidan himoya qilish uchun joylashtirilgan mayda xizmatchilarning avlodlari. O. XVI-XVII- asrlarda mayda xizmatchilar bo‘lib, dvoryanlar bilan dehqonlar oralig‘idagi o‘rinni egallaganlar. O. lar xizmatlari uchun yer olganlar, ba’zan krepostnoy dehqonlari ham bo‘lgan, dehqonlar qatori soliq to‘laganlar. O. lar foydalanadigan yerlar o‘zlariniki bo‘lmay, davlat yerlari hisoblangan. O. larning asosiy ommasi Oryol, Qursk, Voronej va Tambov guberniyalarida joylashgan edi. Muntazam armiya tuzilgach, O. lar ning avvalgi ahamiyati yo‘qolib, davlat dehqonlari gruppalaridan biriga aylangan.
OZIQ-OVQAT RAZVYORSTKASI — yosh Sovet respublikasining markaziy qismi interventlar va oq gvardiyachilar tomonidan eng muhim oziq-ovqat rayonlaridan ajratib qo‘yilgan 1918 y. da amalga oshirilgan iqtisodiy tadbir. O. o. r. qishloq aholisi qo‘lidagi ortiqcha don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini majburan va qat’iy bahoda davlatga o‘tkazishdir. O. o. r. 1919 y. 11 yanvarida XKS Dekreti bilan Sovet Rossiyasining barcha territoriyasida, keyinroq Ukraina, Belorussiya (1919), Turkiston va Sibirda (1920) joriy etildi. 1919—1921 yy. da 579,5 mln. pud don va yem-xashak mahsulotlari yig‘ib olindi. Harbiy kommunizm siyosati deb nomlangan bu tadbir frontlarda jang qilayotgan Qizil Armiyani va shahar mehnatkashlarini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni xom ashyo bilan ta’minlash zarurati tufayli amalga oshirilgan edi. Fuqarolar urushi tamom bo‘lgach, O. o. r. talabga javob bermay qoldi. RQP(b) X sezdining qarori bilan O. o. r. 1921 y. martda bekor qilinib, oziq-ovqat solig‘i (q.) bilan almashtirildi.

Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling