Natsional liberallar


NEPMAN — SSSRda yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davrida bo‘lgan savdogar, spekulyant-chayqovchi; xususiy korxona egasi. NUEN


Download 59.24 Kb.
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1518046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zahroxon 160-170-betlar

NEPMAN — SSSRda yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davrida bo‘lgan savdogar, spekulyant-chayqovchi; xususiy korxona egasi.
NUEN (mo‘g‘.)—ulug‘roq bek, knyaz; bir tuman (10 ming kishi) qo‘shin qo‘mondoni. O‘tmishda turk va mo‘g‘ul qo‘shinlarida shahzoda va sultonlar N. deb atalganlar. XIV-XVI-asrlarda eng nufuzli amirlar N. deb atalganlar.
0
OBJUVOZ PULI —Buxoro amirligida sholi va suli oqlovchi objuvozdan yiliga 20 tangadan 100 tangagacha (3 so‘mdan 15 so‘mgacha) olinadigan soliq.
OBLOMOVICHILIK (rus.)— mashhur rus yozuvchisi I. A. Goncharovning «Oblomov» romani (1859) qahramoni nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tushuncha, asarda dvoryanlarning ijtimoiy passivligi, faoliyatsizligi, krepostnoulik psixologiyasi tasvirlangan. V. I. Lenin ijtimoiy harakatsizlik, turg‘unlik, jaholat-mutaassiblikka, patriarxal qoloqlikka qarshi qaratilgan nuqtlarida O. terminidan foydalangan; O. yalqovlik, lanjlik, ishyoqmaslik, prodasizlik.
OBRAZ, IKONA — but; budda va xristian dini dasturlariga ko‘ra, ma’budalar, iso, sajda qilinadigan buyumlar rangli bo‘yoqlar bilan tasvirlangan suratlar.
OBROK — feodalizm davrida qaram dehqonlardan mahsulot yoki pul bilan undiriladigan rentaning ruscha nomi. Dastlab O. faqat natura qo‘lda, dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulot bilan olingan. Tovar-pul munosabatlari rivojlangandan keyin O. pul bilan olinadigan bo‘lgan. Dehqon O. ni pul bilan to‘lash uchun o‘z mahsulotining bir qismini sotishi, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi yoki yollanib ishlab pul jamg‘arishi kerak edi. Qora tuproqli bo‘lmagan rayonlarda, poytaxt va katta shaharlarga tutashib ketgan yerlarda feodal O. ni asosan pul bilan olishdan ko‘proq manfaatdor bo‘lgan. 1861 y. da krepostnoy huquqi bekor qilingandan so‘ng O. ham tugatilgan.
OBROCHNIK — obrok to‘plovchi krepostnoy dehqon.
OBSKURANTIZM (lat.)— qorong‘ilashtirish; tugab borayotgan ekspluatator sinflarga xos bo‘lgan reaksionlik, jaholatparastlik. Maorif, ilm-ma’rifatga, taraqqiyotga nisbatan ashaddiy dushmanlik munosabati.

Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling