Natsional liberallar
Download 59.24 Kb.
|
Zahroxon 160-170-betlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLIY MAXFIY KENGASH
OKKUPATSIYa (lat.)—bosib olish, ishg‘ol qilish, egallash, zabt etish; bir davlat territoriyasining yoki uning bir qismining boshqa bir davlat tomonidan qo‘shin yordamida vaqtincha bosib olinishi. 1949 y. da Jeneva konferensiyasida qabul qilingan «Grajdan aholini himoya qilish to‘g‘risida»gi qarorda aholining o‘z davlatiga sodiq qolish huquqi e’tirof etilgan, ularni kollektiv ravishda jazolash, haydab olib ketish man etilgan. O. qilingan yerlar okkupatsion qo‘shinlar harbiy qo‘mondonligi tomonidan idora etiladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—1945) yillarida fashistlar Germaniyasi o‘zi O. qilgan territoriyalarda, ayniqsa SSSR ning O. qilingan qismida O. haqidagi xalqaro qoidalarni qo‘pol ravishda poymol qildi.
OLIGARXIYA (grek.)—ozchilik, ozchilikning hokimiyati; ekspluatatorlik davlati boshqarmasining bir shakli, bunda butun hokimiyat bir to‘da aristokratlar yoki eng yirik boylar qo‘lida bo‘ladi; qadimgi Gretsiya shahar-davlatlarida, Spartada ham harbiy zamindor aslzodalardan hokimiyati, qadimgi Rimda yirik zamindor zodagonlardan tashkil topgan Senat (h.); feodalizm davrida Venetsiya kabi shaharlarda yirik patritsiy (h.) oilalar hukmronligi; bir to‘da kapitalistlarning siyosiy va iqtisodiy hukmronligi, imperializm davrida moliya O. si butun davlat hokimiyatini o‘ziga itoat ettiradi, davlatning ichki va tashqi siyosati yo‘nalishini belgilaydi, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy hukmronlikni amalga oshiradi. Ozchilikni tashkil etgan ekspluatatorlarning hukmronligini zo‘rlik, terror, pora berib sotib olish yo‘llari bilan ish ko‘ruvchi hokimiyat. OLIY MAXFIY KENGASH (OMK)—Rossiya imperiyasida 1726— 1730 yy. da kengashuvchi oliy davlat muassasasi (7—8 kishi). Kengashuvchi organ bo‘lsa ham, muhim davlat masalalarini hal etgan, samoderjaviyni cheklashga uringan. Pyotr I va- fotidan so‘ng qadimgi aslzoda-mansabdorlar Pyotr I ning nabirasi shahzoda Pyotrni taxtga chiqarish tarafdori bo‘lganlari holda, Menshikov boshliq yangi aslzoda-mansabdorlar Pyotr I ning xotini malika Yekaterina Aleksevnani taxtga chiqarishga muvaffaq bo‘lganlar. Senat (h.) Yekaterina Alekseevna nomzodini ma’qullamagach, Menshikov gruppasi tomonidan 7 kishidan iborat Oliy Maxfiy Kengash tashkil etilgan. OMQ a’zolari verxovniklar deb atalgan. OMK rasman kengashchi xarakterdagi organ bo‘lsa-da, haqiqatda Senat va kollegnyalarning faoliyati ham uning nazorati ostiga olingan. Tashqi ishlar, harbiy va admiralteystvo kollegiyalari unga bevosita bo‘ysundirilgan. Bu muassasa tashabbusi bilan Arxangelsk porti yana ochilgan, veksel ustavi ishlab chiqilgan. Pyotr I o‘tkazgan reformalarga qarshi bo‘lgan feodal-aslzodalarga yon berish maqsadida Pyotr I o‘tkazgan ma’muriy reformalarni amalda yo‘qqa chiqarish uchun: ) ba’zi kollegiyalar tamomila tugatilgan yoki bir-biriga qo‘shib yuborilgan; b) kollegiya a’zolaridan 8— 10 kishi o‘rniga 3 kishi qoldirilgan; v) shaharlar va provinsiyalarda voe-vodalar tiklangan va ular gubernatorlarga bo‘ysundirilgan; g) bosh magistrat yopilgan. Tashqi siyosat sohasida ham Pyotr I tutgan siyosatdan chekinilgan; flot bilan armiyaga yetarli e’tibor berilmaganligi xalqaro miqyosda Rossiyaning ta’sirini bo‘shashtirgan. Turkiya va Eronga nis- batan g‘oyat ikkilanuvchi, beqaror yo‘l tutilgan. Pyotr II vafot etgandan so‘ng (1730) OMK a’zolari samoderjavie hokimiyatini cheklashni ko‘zda tutgan «Kondensiya»ga qo‘l qo‘ygan Anna Ivanovnani taxtga o‘tkazganlar. Biroq u gvardiya va dvoryanlarga suyanib, OMQ ni tugatgan (1730 y. 4 mart) hamda senatni tiklagan. » OLIMP (grek.)—Shimoliy Gretsiyadagi eng baland tog‘ massivi, Egey dengizining Termaikos qo‘ltig‘i sohilida — Olimp tog‘i (endilikda Laxo deb ataladi); qadimgi grek afsonalariga ko‘ra, O. muqaddas tog‘, O.— Zevs boshliq xudolar yashaydigan tog‘. Download 59.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling