Natsional liberallar
Download 59.24 Kb.
|
Zahroxon 160-170-betlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLTIN O‘RDA
OLIMPIYA O‘YINLARI (grek.)— Qadimgi Gretsiyada Olimpiya shahrining «muqaddas» joyi — Alfey daryosi vodiysidagi Altisda mil. av. 776 yildan boshlab har to‘rt yilda bir marta, ya’ni kabisa (q.) yilida besh kun davomida bosh xudo Zevs sharafiga o‘tkaziladigan umumxalq bayrami. O.O‘ . tantanali namoyish, qurbonlik (q.) qilish bilan boshlangan, so‘ngra yugurish, disk uloq- tirish, kurash, aravachalar poygasi va boshqa musobaqalar o‘tkazilgan. O‘yindan so‘ng g‘oliblar sharafiga dabdabali ziyofat berilgan va ular Dafna novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan mukofotlanganlar. G‘oliblarni o‘z vatanlarida milliy qahramonlar sifatida kutib olishgan, ularga qimmatli mukofotlar in’om etishgan. O.O‘ er ning 394 iili Rim imperatori Fodasiy I tomonidan bekor qilingan. 1894 y.da Parijda o‘tkazilgan xalqaro kongress O. O‘. larini tiklash va Uni har 4 yilda bir marta o‘tkazib turish xaqida qaror qabul qildi. O- O‘. lari 1896 y. da Afinada, 1900 y.da Parijda, 1904 y. da Sent- Luis (AQSh) da, 1908 y. da Londonda, 1912 y. da Stokgolmda, 1920 y. da Antiverpenda, 1924 y.da Parijda, 1929 y. da Amsterdamda, 932.y.da Los-Anjeles (AQSh)da, 936 y. da Berlinda, 1948 y. da Londonda, 1952 y. da Xelsinkada, 1956 y. da Melburn (Avstraliya) da, 1960 y. da Rimda, 1964 y. da Tokioda 1968 y. da Mexikoda, 1972 y. da Myunxenda (GFR) da, 1976 y.da Monreal (Kanada)da, 1980 y. da Moskvada, 1984 y. Los-Anjeles (AQSh) da o‘tkazildi. 1924 y. dan boshlab Qishki sport turlari bo‘yicha O. O‘. lari o‘tkazila boshlandi. Sovet ittifoqi sportchilari 1952 y. dan boshlab O. O‘. larda qatnasha boshladilar. 1980 yil iyul oyida O. O‘. lari Moskva shahrida zo‘r muvaffa- qiyat bilan o‘tkazildi.
OLTIN O‘RDA, Jo‘ji ulusi — XIII asrning 40- y. larida Chingizxonning nabirasi Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxon-Sainxon (1208—1255 yy.) tomonidan sharqiy Yevropa bosib olinib, Jo‘ji ulusiga qo‘shilgach, tashkil topgan davlat. O. O‘. ga Quyi Dunay va Fin qo‘ltig‘idan Irtish havzasi va Obning quyi oqimi, Qora, Kaspiy va Orol dengizlari hamda Balxash ko‘lidan Novgorod yerlari- gacha bo‘lgan joylar kirgan. Rus yerlari O. O‘. ga vassal, qaram bo‘lgan. O. O‘. poytaxti dastlab hozirgi Astraxan shahri yaqinidagi Saray-Botu, keyinroq hozirgi Volgograd yaqinidagi Saroy-Berka bo‘lgan. Juda katta territoriya o‘t va qilich kuchi bilan sun’iy ravishda bir markazga birlashtirilgan. O. O‘. davlati feodal munosabatlarining rivojlana borishi va itoatda bo‘lgan xalqlarning mustaqillikka intilishi natijasida inqirozga yuz tutdi. XV-asr- ning 20- yillarida O. O‘. dan Sibir xonligi, Qozon xonligi (1438), No‘g‘ay o‘rdasi (40-yillarda), Qrim xonligi (1443), 60-yillarda Qozoq, O‘zbek, Astraxan xonliklari ajralib chiqdi. 1480 y. da O. O‘. xoni Ahmat Moskva ulug‘ knyazi Ivan III ni o‘ziga qayta itoat ettirishga urinib, muvaffaqiyatsizlIkka uchradi. Rus 1480 yilda o‘z yelkasidan «tatar-mo‘g‘ul zulmining qonli zanjirlarini» uzil-kesil uloqtirib tashladi. Download 59.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling