Natsional liberallar


Download 59.24 Kb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1518046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zahroxon 160-170-betlar

OZIQ-OVQAT SOLIG‘I—1921 yil 21 martda RKP(b) X sezdi qarori bilan oziq-ovqat razvyorstkasi (q.) bekor qilingandan so‘ng joriy etilgan qishloq xo‘jalik solig‘i; harbiy kommunizm (q.) dan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ga o‘tish yo‘lida amalga oshirilgan tadbirlardan biri. O. o. s. ning oziq-ovqat razvyorstkasidan farqi shu ediki, O. o. s. majburiyatini o‘tagan dehqon ortib qolgan don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini bozorda erkin ravishda sotishi mumkin edi. Bundan dehqonning shaxsiy manfaatdorligi oshar edi. O. o. s. ning joriy etilishi bilan qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga, shahar bilan qishloq o‘rtasida tovar oborotining kengayishiga, ishchi bilan dehqon o‘rtasidagi aloqaning mustahkamlanishiga, xalq xo‘jaligining tez rivojlanishiga sharoit yaratildi.
«OKTABR MANIFESTI» (1905 y., 17 oktyabr)—«Davlat tartibotini takomillashtirish»— Nikolay II tomonidan 1905 y. Oktabr siyosiy stachkasi kunlarida e’lon qilingan manifest. Manifestda podsho xalqqa «grajdan erkinligining qat’iy asoslari» (shaxs daxlsizligi, vijdon, so‘z, yig‘ilish va ittifoqlar tuzish erkinligi) ni berish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish, barcha aholi tabaqalarini Davlat dumasi saylovlariga jalb qilish, Davlat dumasini qonun chiqaruvchi organ deb tan olishni va’da qilgan edi. Ammo podsho hukumati stachkalarni to‘xtatish, so‘ngra revolyutsiyani tor-mor keltirish uchun «O. m.» dan foydalanishni ko‘zda tutgan edi. Bolsheviklar partiyasi «O.M.» xalqni aldash quroli ekanligini fosh etdi va proletariatni samoderjaviega qarshi qurolli qo‘zg‘olon tayyorlashga chaqirdi. Hayot bolsheviklar pozitsiyasining to‘g‘ri ekanini isbotladi. Podsho «Vitte dumasi» ni tarqatib yubordi, manifestni bekor qildi va revolyutsion ommaga qarshi qonli jazo choralarini qo‘llashga kirishdi.
OKTYABRISTLAR — Rossiyada yirik savdo-sanoat burjuaziyasi va yirik pomeshchiklar faoliyatini ifodalovchi rus o‘ng burjua-monarxist kontrorevolyutsion partiyasi. «17 oktabr Ittifoqi» podshoning konstitutsiya haqida 1905 y. 17 oktyabr manifesti e’lon qilingandan keyin revolyusiyaga qarshi kurashish uchun 1905 y. noyabrida tuzilgan. O. lar «kuchli hokimiyat» tarafdori bo‘lib, konstitutsiyani samoderjaviega moslashtirishni, boshqa millat xalqlariga nisbatan buyuk davlatchilik siyosatini qo‘llashni talab etdilar. 1906 y. kuzidan boshlab O. lar hukumat partiyasiga aylanib, hamma masalalarda chorizmni qo‘llab-quvvatladilar. Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasidan so‘ng O. lar ichki kontrorevolyutsiyaning aktiv tashkilotchilari sifatida huruj qildi- lar.
OKEAN (grek.)— cheksiz; qadimgi grek kosmogoniyasida butun yerni aylanib oquvchi daryo; qadimgi grek mifologiyasida O.— suv stixiyasi; Uran va Geya o‘g‘li; Gomercha O.— xudolar va narsalarning boshlanishi.

Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling