Natsional liberallar


Download 59.24 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1518046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zahroxon 160-170-betlar

NOZIRLAR SHUROSI — Komissarlar Soveti; Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalarining oliy ijroiya organi.
NOIB (arabcha.)—o‘rinbosar; yordamchi; o‘rta asrlarda arab xalifaligida, keyinroq boshqa musulmon davlatlarida viloyat hokimi; Oltin O‘rdada, Xorazm kabi yirik viloyatda xonning yordamchisi. Turk sultonligida qozi va mullaning o‘rinbosari, Af- g‘oniston va Eronda harbiy unvon.
NOKAPITALISTIK TARAQQIYOT YO‘LI —ko‘pgina mustamlaka va yarim mustamlakalarga xos bo‘lgan iqtisodiy va sotsial qoloqlik mavjud bo‘lishiga qaramay, kapitalizmni chetlab o‘tish yoki hatto taraqqiyotning kapitalistik bosqichini to‘xtatib qo‘yib, sotsialistik jamiyatga o‘tish shart-sharoitini yaratuvchi revolyutsion jarayon. Iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolgan mamlakatlarning kapitalizmni chetlab o‘tib, sotsializm qurish yo‘liga o‘tishlari, kapitalizmdan sotsializmga o‘tish yo‘llaridan biri.
N. k. t. y. ni birinchi marta K. Marks va F. Engels ilmiy jihatdan asoslagan edilar. Rossiyada sotsialistik revolyutsiya g‘alaba qilgach, bu nazariyani V. I. Lenin har jihatdan rivojlantirdi va asoslab berdi. N. k. t. y. tarixda birinchi marta O‘rta Osiyodagi Sovet respublikalari, Qozog‘iston SSR va Mongoliya (MXR) da amalga oshirildi.
Imperializmning mustamlakachilik sistemasi halokatga uchragan, kapitalizmning
kapitalizmdan sotsializmga o‘tish davrida Kommunistik partiya va Sovet davlatining iqtisodiy siyosati, sotsializm yo‘lida muhim bosqich. Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya davrida amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat — harbiy kommunizm (q.) dan farq qilgani uchun yangi iqtisodiy siyosat deb atalgan. Sovetlar mamlakatida hukumat tomonidan 1921 yildan boshlab vaqtin- cha joriy qilingan yangi iqtisodiy siyosat. Mamlakatni vayronlikdan olib chiqish, sotsialistik ekonomika poydevorini qurish, yirik sanoatni o‘stirish, ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlash ko‘zda tutilgan. N. ning asosiy vazifasi kapitalizmdan sotsializmga o‘tishni ta’minlashdan iborat edi. V. I. Lenin tomonidan ishlab chiqilib, RKP(b) X sezdi ma’qullagan NEP davrida oziq-ovqat razvyorstkasi oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirilishi natijasida kapitalistik elementlarning birmuncha jonlanishiga (xususan, savdoda) yo‘l qo‘yildi, ammo xalq xo‘jaligining asosiy sohalari Sovet davlati qo‘lida edi. Imperialistik urush va fuqarolar urushi davrida vayron bo‘lgan xalq xo‘jaligi 1926 yilga kelib, asosan tiklanib bo‘ldi, qudratli og‘ir sanoat vujudga keltirildi, ka- pitalistik elementlar tugatildi, butun mamlakat xalq xo‘jaligini sotsialistik asosda rekonstruksiya qilish bosqichiga qadam qo‘ydi.
NEP muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgach, partiya mamlakatni industrlashtirish (partiyamizning XIV sezdi, 1925 y.), qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish (partiyamizning XV sezdi 1927 y.) siyosatini amalga oshira boshladi. Industrlashtirish va kollektivlashtirish asosida xo‘jalikning sotsialistik sistemasi shaqarda ham, qishloqda ham hukmron sistema bo‘lib qoldi. Ekspluatator sinflar tugatildi.

Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling