Natsional liberallar


Download 59.24 Kb.
bet3/11
Sana16.06.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1518046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zahroxon 160-170-betlar

NEPTUN (lat.)—qadimgi rimliklar afsonalarida dastlab buloqlar va daryolar xudosi, keyinroq dengiz xudosi; qadimgi greklar afsonasida — Poseydon.
NEREYDLAR (grek.)— grek afsonasiga ko‘ra dengiz xudosi Nereyning 50 ta qizi bo‘lib, xavfli suzish vaqtlarida dengizchilarga madad ko‘rsatadi.
NESTORIANLIK — xristian cherkovidagi oqim. Qonstantinopol patriarxi (428—431) Nestor nomidan. U Vizantiyaning sharqiy viloyatlarida 5-asrda pando bo‘lgan keyinchalik esa alohida cherkov bo‘lib ajralib chiqqan. N. rasmiy cherkov va pravoslavie aqidalariga qarshi bo‘lib, sharqiy ruhoniylarning mustaqillikka intilishlari va xalq ommasi ijtimoiy noroziligining ifodasi edi. N. Vizantiyadan Eron, Urta Osiyo va Xitoygacha yoyilgan qamda Eron va Urta Osiyoda islom yoyilgan davrgacha davom etgan. Hozirgi vaqtda N. Eron, Iroq va Siriyada mavjud.
NIGILIZM (lat.)—nigilistik ideologiya; ijtimoiy normalarni, prinsiplarni, oldingi avlod yaratgan hamma narsalarni, jumladan, madaniy merosni, milliy madaniyatti, xalqlarning milliy mustaqilligi va shu kabilarni asossiz ravishda inkor qilish; nigilizm yo mayda burjua isyonkorligi, manarxiya shaklida, yoki aynib, inqirozga yuzlangan ekspluatator sinflar idelogiyasi shaklida bo‘ladi. N. dekadentlik (q.), eksiztensializm, (q.) nigilistlar fikrlari, aqidalar; asossiz inkor etish, skeptitsizm (q.).
NIGILIST — inkor etuvchi, nigilizm tarafdori; 19-asrning 60-y. larida Rossiyadagi raznochineslar, nigilizmning tarafdorlari; rus nigilizmi dvoryanlar madaniyatining reaksion an’analariga, krepostniklik ideologiyasiga qarshi ko‘tarilgan bo‘lib, progressiv ahamiyata ega edi.
NIKA — Nika qo‘zg‘oloni, grekcha «Nika»—«G‘olib kel!»—532 y. da Konstantinopolda bo‘lgan katta qo‘zg‘olon.
NIMFALAR (grek.)—qadimgi grek-rimliklar afsonalarida Zevsning qizi, Artemida (q.) va Dionis (q.) ning hamroxi; tabiat kuchlarini mujassamlantiruvchi ikkinchi darajali ma’budalar; nimfalar o‘rmon N. (drepadalar), tog‘ N. (oredalar), daryo N. (noyadalar) va dengiz N. (nereydalar) ga bo‘lingan.
NIOBA (grek.)— grek afsonasiga ko‘ra, Fiva podshosi Amfionning xotini, Tantalning qizi; o‘zining o‘g‘li va qizlari ko‘pligidan (12 yoki 14) faxrlanib, faqat ikkita farzandi (Apollon va Artemidalarning onasi) bo‘lgan ma’buda Letoni masxaralagan; shuping evaziga uni jazolash uchun Letoning farmoni bilan uning bolalari kamondan o‘q otib, N ning qamma bolalarini o‘ldirgan. N. ning o‘zi esa ko‘z yoshi qiluvchi qoyaga aylanib qolgan.
NOBILITET (lat.)—zodagonlar; Qadimgi Rim respublikasidagi quldorlar sinfining hukmron tabaqasi, senat (q.) aristokratiyasi (q.); N. katta yerlarga ega bo‘lib, qullar mehnatidan keng miqyosda foydalangan. N. senat va eng muhim ma- gistratura oliy davlat rutbalarini egallab olgan.
NOVATOR (lat.)—inson faoliyatining biror sohasiga yangi usul, yangilik kirituvchi; yangilovchi, qaytadan quruvchi, ixtiro etuvchi, tashabbuschi, fan, texnika va san’atda yangilik yaratuvchi, ijodkor, biror sohada yangilik kirituvchi kishi; kommunistik mehnat brigadasi a’zosi — ishlab chiqarish N. , paxta dalalari N.
NOZIR (a.)—qarovchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi 1 O‘rta asrlarda o‘zbek xonliklarida saroy ta’minoti va uning SARF qilinishini nazorat qilib turuvchi mansabdor; 2 revolyutsiyadan ilgari Turkustonda merosni saqlovchi homiy, revolyutsiyaning dastlabki yillarida xalq komissari, mudir; 3 Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikalarida savdo va sanoat, harbiy va boshqa xalq N. lari tayinlangan; 4 Misr va ba’zi boshqa arab mamlakatlarida viloyat boshlig‘i.

Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling