Natsional liberallar
Download 59.24 Kb.
|
Zahroxon 160-170-betlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ORDEN
- ORIILAR va ARIYLAR
OPRICHNINA — qadimgi Rusda feodalning beva qolgan xotiniga va yetimlariga umrbod foydalanish uchun berilgan yer; qudratli hokimiyatning dushmann bo‘lgan knyazzoda-boyarlar oppozitsiyasiga qarshi kurash maqsadida Ivan IV tomonidan 1565— 1572 yy. lar davomida ko‘rilgan tadbirlar natijasida mamlakat territoriyasi ikkiga: O. va zemshchinaga (q.) bo‘lingan. Markaziy rayonlardagi iqtisodiy va strategik jihatdan muhim yerlar (Mojaysk, Vyazma, Rostov va boshqalar), Shimoliy Dvina bo‘ylaridagi yerlar, Velikiy Ustyug, Kargapol, Moskvadan janubdagi Kozelsk, Peremishl, Belovo, Medin va boshqalar O. ga, mamlakatning chekka o‘lkalari esa zemshchinaga qoldirnlgan. Knyazzoda-boyarlar zemshchina yerlariga ko‘chirilib, boyarlar ommaviy repressiya, qatl etish, yer-mulklarini musodara qilish yo‘llari bilan jazolandi. Ulardan bo‘shagan yerlar oprichniklar va dvoryanlarga taqsimlab berilgan. Boyarlarga qarshi kurashish uchun maxsus qurolli oprichniklar tuzilgan. O. siyosati markazlashgai qudratli samoderjavie hokimiyatini mustahkamlashda muhim va progressiv rol o‘ynagan. Shu bilan birga O. feodal- krepostnoylik zulmini kuchaytirish hisobiga amalga oshirilgan, mamlakatda sinfiy ziddiyatlarning keskinlashishiga, XVII-asr boshlarida dehqonlar urushining boshlanib ketishiga zamin yaratgan. Oprichnik — Ivan IV Vasilevich zamonida O. da xizmat qilgan dvoryan, jangchi; O. qo‘shinida xizmat qilgan askar.
OPTIMATLAR (lat.)— Rim respublikasida g‘oyaviy-siyosiy oqim (er. av. II-I-asr oxirlaridan yangi eragacha) bo‘lib, nobilitet va populyar manfaatini ifodalardi. Qadimgi Rnmda quldor aristokratlar (nobilitet) dan iborat Senatga suyanuvchi siyosiy gruppa bo‘lib, katta yer egalari manfaatlarini ifodalardi. O. xalq majlisida o‘z tayanchiga ega bo‘lgan populyarlarga (q.) qarshi ku- rashardilar. ORDEN (lat.)—1 nishon; davlat va xalq oldida ko‘rsatgan xizmatlari taqdirlanib, ayrim shaxslarga hukumat tomonidan beriladigan nishon; 2 xristian va islom dinida o‘z ustaviga ega bo‘lgan monax va darvishlar uyushmasi; iezuitlar (q.), dminikonlar («.), naqshbandiya (q.), yassaviya (q.), ismoiliya (q.) va boshqa diniy jamoalar o‘zgalar yerini bosib olishda hukmron sinf va reaksion ruhoniylar qo‘lida qurol bo‘lgan; Livon va boshqa shu kabi harbiy-diniy tashkilotlar. O‘RDA (yao‘g‘.)— o‘rda, davlat, podsho, xon yoki oliy martaba egasining harami; qadim zamonlarda turk-mo‘g‘ul xonlarining qarorgohi — saroy; keyinroq bir qancha ko‘chmanchi turkiy qabilalarning xon hokimiyati qo‘l ostidagi davlat ittifoqi nomi; Oltin O‘rda tatar-mo‘g‘ullarining harbiy istibdodi. ORDALIYA (lat.)—o‘rta asrlarda biror jinoyatda gumon qilingan kishi gunohkorligini aniqlashning «tangri sudi» degan vahshiyona usuli, qiynoqlarga bardosh bergan sudlanuvchi aybsiz deb e’lon qilingan. ORIILAR va ARIYLAR—XIX- asr kitoblarida ko‘p ishlatilgan hind-yevropa, hind-fors, grek, italyan, german, slavyan tillari sistemasidagi xalqlarning nomini bildiruvchi hamda o‘sha vaqtda go‘yo bu xalqlarning irqiy va madaniy jihatdan ■birligi haqidagi noto‘g‘ri tasavvurni aks ettiruvchi g‘ayriilmiy ifoda; irqiy, ayniqsa, fashistik adabiyotlarda nemis millati oriylar, ya’ni -«oliy irq» yoki «shimoliy irq»qa o‘xshatilgan, irq namoyandalari deb atalgan. O. termini ko‘pincha qadimgi hind tilidagi «ariya» (aslzoda, zodagonlar) so‘zi bilan bog‘lab tushuntiriladi. Hind va Eron gruppasi hindi-yevropaliklar uchun umumiy shartli nom; hindi-yevropaliklar. Download 59.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling