Natsional liberallar


Download 59.24 Kb.
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1518046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zahroxon 160-170-betlar

ONA URUG‘I — matriarxat (q.)
OPALA — g‘azab, g‘azabga olish, g‘azab qilish, qahr; qadimgi zamonlarda podshoning birovga g‘azab qilishi va uning g‘azabiga yo‘liqqan kishining jazolanishi. Rus davlatida XV—XVIII-asrlarda biror gunoh qilib qo‘ygan boyar yoki hukmdorga boshqa yaqin kishining qilgan gunohi uchun beriladigan jazo; saroydan chetlatish, martaba va unvonlardan mahrum qilish, uyqamog‘i, hibsga olish, surgunga yuborish, mol-mulkini tortib olish.
OPOLCHENIE — xalq lashkari, xalq navkari, ko‘ngillilardan iborat bo‘lgan qo‘shin; 1 qadim zamonlarda va o‘rta asrlarda urush vaqtida erkin dehqonlar, dvoryanlar, shaharliklardan tuziladigan harbiy qism; ho‘liga qurol ushlashi mumkin bo‘lgan, lekin harakatdagi harbiy xizmatda bo‘lmagan yoki zapaiga o‘tgan kishilardan tashkil topgan (revolyutsiyadan oldin) harbiy rezerv; qadimgi Rus (Qpev) davlatida X-XI-asrlar) va feodal tarqoqligi sharoitida (XII-XIV asrlar) O. ning roli juda katta bo‘lgan; knyaz drujnnasiga yoki muntazam armIyaga madad berish uchun to‘plangan qo‘shin. Aleksandr Nevskiy 1240 y. da shvedlarni va 1242 y. da nemis ritsarlarini tor-mor keltirishida O. behad katta rol o‘ynadi. XIII-asr boshida Nijniy Novgorodda Kuzma Minin va Dmitriy Pojarskiy boshchiligida tashkil topgan O. Moskvada polyak bosqinchilarini tor-mor keltirishda hal qiluvchi kuch bo‘ldi. 1812 y. da Napoleon qo‘shinlarini tor-mor qilishda 324 ming kishidan iborat O. qatnashdi. Rossiya-Yaponiya urushi va birinchi jahon urushi frontida ham O. dan foydalanildi. 1941—1945 y. dagi Ulug‘ Vatan urushi frontlarida ham O. qahramonona jang qildi. XIX-XX- asrlarda turli shakldagi O. Prussiya, Germaniya va Avstriya-Vengriyada ham bo‘lgan. 2 1874—1917 y. da Rossiyada harbiy xizmatdagi kishilarning kategoriyalaridan biri. Ular harakatdag armiyada xizmat qilmovchi, zapasdagi katta yoshli kishilardan tashkil topib, urush vaqtida yordamchi ishlarni bajarishga safarbar etilganlar.
OPPORTUNIZM (fr.-lat.— qulay, manfaatli; 1 muvofiqlashish, murosa qilish; ishchilar harakatida va proletariat partiyalari ichida marksizm-leninizmga dushman bo‘lgan oqim. O. XIX asr oxiri, XX- asr boshlarida ishchilar harakatida burjua agenturasi sifatida vujudga keldi (G‘. Bernshteyn, Q. Qautskiy, Rossiyada menshevizm), 2-Internatsional partpyalarida keng yoyildi 2- Inter- nasional mag‘lubiyatga uchragach, O.hozirgi zamon reformizmi ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. XX-asrning 2- yarimlarida kommunistik harakatda o‘ng revizionizm qiyofasida namoyon bo‘ldi (Yugoslaviyada M. Djilas, Vengriyada I. Nad, Chexoslovakiyada O. Shik, Fransiyada R. Garodi, Avstriyada E. Fisher va boshq.) 2 O. proletariat va barcha mehnatkashlar manfaatlarini burjuaziya manfaatlariga bo‘ysundirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan sotsial-demokratik va o‘ng sotsialistlar mayda burjua partiyalari tomonidan ishchilar harakatida amalga oshiriladigan siyosat. O. siyosati sotsialistik revolyutsiya va proletariat diktaturasi uchun kurashda revolyutsion vositalardan voz kechish, burjua partiyalari bilan murosachilik yoki to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri hamkorlik qilishda o‘z ifodasini topadi. O. ning siyosiy va g‘oyaviy asoslari revizionizm (h.) va reformizm (q.) bilan uzviy bog‘liqdir; 3 O.da o‘ng va so‘l oqimlar mavjud. Ung O. ishchilar harakatining stixiyaliligi oldida sajda qilish, kapitalizm asta-sekin sotsializmga aylanishini targ‘ib etish, binobarin, sotsialistik revolyutsiya va ishchilar tomonidan hokimiyatning qo‘lga kiritilishidan voz kechishni talab etuvchi reformistik g‘oyadan iborat. Ung O. burjualashgan ishchi aristokratiyasi, kapitalistik jami- yat o‘rta qatlamlarining manfaatini ifodalash, o‘ng sotsialistik partiyalar uchun xarakterli xususiyatdir, So‘l O. uyushgan sinfiy kurash olib borishga noqobil xonavayron bo‘lgan mayda mulkchilar, o‘z sinfidan ajragan elementlar manfaatini ifodalaydi, ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini inkor etadi, ishchilar sinfini siyosiy avantyura va ma’nosiz qurbon berishga yo‘llaydi. Ayrim farqlari bo‘lishiga qaramay, o‘ng va so‘l O. lar marksizm-leninnzmga, xalqaro kommunistik va ishchilar harakatiga dushmanlikda bir yoqa- dan bosh chiqaradilar. Munofiqlik bilan sharoitga moslashish, prinsipsizlik qilish va kurashda dushman bilan kelishuvchilik ular uchun xarakterli siyosatdir. Marksizm-leninizm O. ning har qanday ko‘rinishiga qarshi shafqatsiz kurash olib boradi.



Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling