Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana19.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#134613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)


 Gomologlar  va  izomeriyalar    haqida  tushunchalar  uch  bosqichda  ochib 
boriladi. 
1.  Har bir tushunchaning eng muhim belgisi va aniqligini ajratib ko`rsata bilish. 
2.  Gomologlar va izomerlar orasidagi bog`lanishni ko`rsata bilish. 
3.  Har xil sinfga oid gomologlar va izomerlarning shakllarini o`rganish; 
 
Izomer va izomerlar, gomolog va gomologlar orasidagi belgilar haqida aniq 
tasavvurga  ega bo`lish. 
Izomeriyalarda mavjud: 
1.  Bir xil  sifat tarkib. 
2.  Bir xil miqdoriy tarkib. 
3.  Har xil kimyoviy tuzilish. 
4.  Har xil xossa. 
Gomologlarda mavjud: 
1.  Bir xil  sifat tarkib. 
2.  Bir xil miqdoriy tarkib. 
3.  O`xshash kimyoviy tuzilish. 
4.  Har xil  fizikaviy  xossa. 
5.  O`xshash kimyoviy xossalar. 
 
Organik kimyoda umumlashmalar 
Organik  kimyodan  olingan  bilimlarni  umumlashtirish  mavzusi  maktab 
kursining    yakunlovchi  mavzusi  bo`lib  hisoblanadi.  Bilimlarni  umumlashtirish 
albatta  olgan bilimlarni rivojlantirish shaklida amalga oshiriladi. 
 
Umumlashtirishda  A.M.Butlerov nazariyasining ikki holati amalga oshadi. 
1.  Atom  va  molekulalar  aniq  ketma  -  ketlikda,  o`zlarining  valentliklariga  mos 
birikkan. 
2.  Moddalarning xossalari  birikish ketma - ketligi va atomlarning o`zaro ta`siriga 
bogliq. 
 
Bu holatlar yakunlovchi umumlashmada  quyidagi  holatlarda o`z yechimini 
topadi. 
1.  Atom  va   molekulalar real mavjud bo`lib, ular tarkibsiz emas aniq va ketma  - 
ketlikda tartib  bilan   joylashgan. 
2.  Atomlarning birikishi ular valentligiga mos holatda amalga oshadi. 
3.  Organik  birikmalarda  uglerod  to`rt  valentli,  uning    atomlari  bir  -  biri  bilan 
normal,  tarmoqlangan va yopiq zanjir hosil qilib birikadi. 
4.  Moddaning  xossalari  sifat,  miqdori,  tarkibi  va  molekulalarning  tuzilishiga 
bog`liq. 
5.  Molekulalarning  kimyoviy  tuzilishi,  moddalarning  tuzilish  formulalari  orqali 
ifodalanadi. Har bir modda bitta tuzilish formulasiga ega. 

 
85 
 
6.  Molekulaning  kimyoviy  tuzilishini  o`rganib  boradi.  Uni  kimyoviy  xossalarini 
o`rganish orqali, bir turdan boshqasiga o`tish  hamda sintez mahsulotlari orqali 
aniqlanadi. 
7.  Bir xil tarkibli moddalar  izomeriyalarining tuzilish formulasi har xil bo`ladi. 
8.  Atomlar  o`zaro  yaqinlashib,  elektronlar  buluti  zichligi  orqali  molekula  hosil 
qiladi. 
9.  Yangi molekulada  atomlar  turlicha xossalar namoyon qiladi. 
10. Molekula turg`un  bo`lmasligi mumkin  ularda ichki harakat mavjud. 
Organik kimyo kursining nazariy asosini moddalar tuzilishining hozirgi nazariyasi 
tashkil etadi. 
 
 Nazorat savollari 
1. Organik kimyoning paydo bo’lish tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
2. A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi haqida ma’lumot  bering. 
3. Izomeriya nima? 
4. Quyidagi o’zgarishlarning kimyoviy reaksiyalarining tenglamalarini tuzing. 
 
      C - CH

- CH
3
CI - C
2
H

- C
2
H
5
CI 
5. Fenoplastlar nima? 
 
 
31-ma’ruza 
Mavzu:  Kimyoviy ihlab chiqarish. 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ahamiyati 
 
2.  O’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish 
 
3. «Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida o’rganilishi 
 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:    Maktabda  kimyoviy  ishlab 
chiqarishning  ahamiyati,  o’quvchilarni  kimyoviy  ishlab-  chiqarishlar  bilan 
tanishtirish,  «Kimyo  fanining  xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati»  mavzusida 
o’rganilishi. 
Maktabda  kimyoviy  ishlab  chiqarishning  ilmiy  asoslarini  o’rganish- 
o’quvchilarga    politexnik  tayyorgarlik  berish  vazifasini  hal  qilish  uchun  eng 
mugim  vositalardan  biridir.  Kimyo  ishlab  chiqarishni  o’rganish  nazariyasi  bilan 
amaliyotni bog’laydi, bilimlarni konkretlashtiradi, chuqurlashtiradi va puxtalaydi, 
yoshlarimizni  maktabni  tugatgandan  keyin  erkin  ravishda  kasb  tanlab  olishlariga 
va mustaqil davlatimizning aktiv ishtiroklari bo’lib, erishishlariga yordam beradi. 
Kimyo  o’qituvchilari  kimyo  darslarida  kimyoning  amaliy  turmushda 
qo’llanilishiga  e’tiborni  jalb  qiladilar,  o’quvchilarni  eng  muhim  kimyoviy  ishlab 
chiqarish  bilan  tanishtiradilar,  mahalliy  sanoatga  ekskursiya  o’tkazadilar, 
texnologik  sxemalar,  jadvallar,  modellar,  diapozitivlar,  kinofilmlar  va  boshqa 
ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanadilar. 
O’quvchilarni  kimyoviy  ishlab-  chiqarishlar  bilan  tanishtirish  jarayonida 
o’qituvchi  oldida  bir  qancha  masalalar  turadi:  jumladan,    kimyoviy    ishlab 
chiqarishni  tanlash,  kimyoviy  ishlab-chiqarish  to’g’risidagi  beriladigan  bilimlar 

 
86 
 
me’yori, kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtirishning   metodik prinsiplari, 
ishlab chiqarishlarini o’rganish  rejasi va boshqalar. 
 
Umumiy  o’rta  ta’lim    maktabi    kimyo  darslarida  xalq  xo’jaligi  jihatdan 
muhum  ahamiyatga  ega  bo’lgan,  o’quvchilar  yaxshi  tushunadigan  va  eng  tipik, 
kimyoviy  nazariya  hamda  qonuniyatlarini  amaliy  hayotda  qo’llanishini  aks 
ettiruvchi kimyoviy ishlab chiqarishlargina o’rganilishi lozim.  
 
 O’rta maktablarning quyidagi siniflarda ishlab chiqarish mavzulari alohida 
o’rganib boriladi. Masalan:  8-sinfda suvni tozalash, ohak ishlab chiqarish,  xlorid 
kislotani sentiz usulda olish, sulfat kislotasi ishlab chiqarish , (kontakt usulda ) . 
 
9-sinfda  ammiak  va  nitrat  kislota  ishlab  chiqarish,  azotli  o’g’itlar  ishlab 
chiqarish, superfosfat  ishlab  chiqarish . 
10-sinfda  alyuminiy    ishlab  chiqarish,  chuyan  va  po’lat  ishlab  chiqarish, 
neftni qayta ishlash, toshko’mirni  koksga aylantirish va boshqalar . 
 
11-sinfda organik moddalarni sentiz qilib olish va boshqalar . 
 
Maktab atrofida joylashgan mahalliy ishlab chiqarishlardan o’quv dasturida 
nazarda tutilgan talablar  me’yoridagina  o’quv maqsadlari uchun foydalaniladi.  
Eng  muhum  ishlab  chiqarishlar  misolida  o’quvchilar  hozirgi  zamon 
kimyoviy  ishlab  chiqarishlari  uchun  umumiy,    tipik    bo’lgan  ilmiy  prinsiplar  va 
ishlab chiqarish asboblari bilan tanishadilar. 
Hozigi  zamon    kimyoviy  ishlab  chiqarishlarining  umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablarida  o’rganilishi  lozim  bo’lgan  umumiy    ilmiy  prinsiplarga  quydagilar 
kiradi.  
1.  Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sifatini  oshirish . 
2.  Issiq,  almashinish. 
3.  Qarshi  oqim; 
4.  Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sirkulyasiyasi; 
5.  Kimyoviy  reaksiya  tezligini  va  yunalishini  o’zgartirish  (katalizator, 
optimal temperatura, bosim va konsentrasiyadan foydalanish). 
 
Kimyoviy 
ishlab 
chiqarishlarni  ratsional  uyushtirish  prinsiplariga 
quydagilar kiradi: 
 
1.   Ishlab chiqarish jarayonining  uzluksizligi va fazalarga bo’linishi: 
           2.  Mexanizasiya va avtomatizasiya. 
           3.  Elektrdan foydalanish; 
           4.  Ishlab chiqarishni kombinirlash; 
           5.  Mehnatni muhofaza qilish; 
           6.  Ishchilarning mehnat unumdorligini  oshirish metodlari; 
 
O’rta  maktab  kimyo  kursiga  kiritilgan  ishlab  chiqarish  materiali  kimyo 
nazariy  asoslarining  normal    o’zlashtirilishi  jarayoniga  xalaqit  bermasdan, 
aksincha, bunga yordam berishi kerak. 
 
Ishlab  chqarishning  ilmiy  prinsiplari    bilan  o’quvchilarni  asta-sekin  va 
ma’lum tartibda tanishtirish zarur. 
 
O’qituvchi kimyoviy ishlab- chiqarish texnologiyasini yetarli darajada to’liq 
va  ravshan  bilmasa,  o’quvchilarga  beriladigan  politexnik  tayyorgarlik,  albatta, 
abstrakt, yuzaki bo’lib qoladi. 

 
87 
 
     
Kimyoviy ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli chiqishi uchun o’qituvchi bilan 
birgalikda o’quvchi ham tayyorgalik  ko’rishi  kerak. 
Bularninig  hammasi  ishlab  chiqarishning  o’rganish  rejasi  asosida  olib 
boriladi.            
Mustaqil  taraqqiyot  yo’lini  bosib  o’tayotgan  mamlakatimizning  kelajak 
vorislari-  yosh  avlodning  bilim  darajasini  oshirishda  umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablari,  kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litsiylarda  o’tiladigan  fanlar 
qatorida kimyo fanining ham munosib o’rni bor albatta. Kimyoviy bilimlar berish 
jarayonida  o’quv  dasturlarida  ko’rsatilgan  mavzularni  turmush  bilan  bog’lab 
o’rganish,  mahalliy    materiallardan  kengroq  foydalanish,    O’zbekiston  zaminida 
mavjud bo’lgan elementlarva ularning birikmalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
boyitgan  holda  bayon  etish-  yosh  avlodni  milliy  mafkura  talablariga  mos  tarzda 
vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  uchun  samarali  xizmat  qiladi.  Bu  vazifalarni 
amalga  oshirishda,  bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 
I.A.Karimovning  «O’zbekiston  buyuk  kelajak  sari»  nomli  kitobida  yoritilgan 
ma’lumotlardan foydalanish yaxshi samara beradi.  Kimyo darslarida O’zbekiston 
zamini  ega  bo’lgan  tabiiy  boyliklar  to’g’risidagi  ma’lumotlardan  foydalanishga 
oid misollar keltiramiz. 
 
«Kimyo  fanining  xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati»  mavzusida  quyidagi 
ma’lumotlardan  foydalanish  lozim  bo’ladi:  “O’zbekiston  o’z  yer  osti  boyliklari 
bilan  haqli  suratda  faxrlanadi.  Bu    hududda  Mendeleev  davriy  sistemasidagi 
deyarli barcha elementlar uchraydi. Hozirga qadar 2,7  mingdan ziyod turli foydali 
qazilma konlari va ma’dan suvlari bor  bo’lgan” istiqbolli  joylar aniqlangan. 
Ular  yuzga  yaqin  mineral  xom-ashyo  turlarini  o’z  ichiga  oladi.  Shundan 
oltmishdan  ortig’I    ishlab  chiqarishga  jalb  etilgan.  900  dan  ortiq  kon  qidirib 
topilgan  bo’lib,  ularning  tasdiqlangan  zahiralari    970  milliard  AQSH  dollarini 
tashkil  etadi.  Bu  xom  ashyolarni    qayta  ishlab  xalq  xo’jaligi  uchun  zarur 
mahsulotlor  tayyorlashda  kimyo  fani  va  sanoatining  katta  hissasi  borligi  
ta’kiqlanadi. 
 
Metallarning  umumiy  tavsifiga  oid  ma’lumotlar  berilganda,  metallarning 
tabiatda tarqalishi mavzusi asosida quyidagi materiallardan foydalanish mumkin.  
O’zbekiston  dunyodagi  juda  katta  oltin,  kumush  va  boshqa  qimmatbaho 
hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar  zahiralariga ega bo’lgan davlatlar 
qatoriga  kiradi.    Hozirgi  vaqtda  40  ta    qimmatbaho  metall  konlari  mavjud. 
Oltinning  asosiy  zahiralari  oltin  konlarining  o’zida-  Markaziy  Qizilqumda 
joylashgan  bo’lib,  tasdiqlangan  zahiralar  bo’yicha  Respublikamizni  dunyoda 
to’rtinchi  o’ringa  olib  chiqadi.  Oltinni  tozalash  uchun  O’zbekiston-  Amerika 
qo’shma  korxonasi  tashkil  etilgan  va  unda  sof  metall  olish    jarayonining  
zamonaviy texnologiyasi joriy etildi. 
O’quvchilar  diqqatini  O’zbekiston  rangli  metallar  –mis,  qo’rg’oshin,  rux, 
volfram  va  shu  guruhga  kiruvchi  boshqa  metallarning  15  dan  ortiq  turi  mavjud 
ekanligi  va  ularning  qazib  olinishi  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  rangli  metallar 
rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashganligini Qalmiqqir 
koni  noyob  konlardan  bo’lib,  bu  konning  rudasini  O’zbekistondagi  eng  yirik 
korxonalardan  biri  bo’lgan  Olmaliq  kon-metallurgiya      kombinatida  qayta  sof 
metallar olinayotganligini ko’rsatib o’tish lozim. 

 
88 
 
 
Ishqoriy  metallarning  tabiatda  uchrashi  o’rganilayotganda  respublikamiz 
tosh  tuzi  konlariga  boyligi,  aniqlangan  5  ta  tosh  tuzi  koni  –Xo’jaikon,  Tubakat, 
Borsakelmas,  Boybichakon  va  Oqalla  konlarida  taxminan  90  milliard  tonna 
xomashyo  borligi,  hozirgi  vaqtda    Borsakelmas  konining  tuzlaridan  kimyoviy 
usulda  soda  ishlab  chiqaradigan  korxona  Qo’ng’irotda  qurilayotganligi 
to’g’risidagi ma’lumotlar o’quvchilarga yetkaziladi. 
Barpo  etilayotgan  soda  ishlab  chiqarish  korxonasida  tabiiy  osh  tuzining 
konsentrlangan eritmasi sovitib turgan holda ammiak bilan to’yintiriladi, so’ngra 
bu  aralashma  orqali  bosim  ostida  karbonat  angidrid  o’tkaziladi.  Bunda,  ammiak, 
karbonat  angidrid  va  suvning  o’zaro  ta’sirlashuvidan  ammoniy  gidrokarbonat 
hosil bo’ladi:  
NH
3
 +CO
2
 +H
2
O = NH
4
HCO

Ammoniy  gidrokarbonat  osh  tuzi  bilan  almashinish  reaksiyasiga  kirishib, 
natriy gidrokarbonat va ammoniy xlorid hosil qiladi: 
NH
4
HCO
3
 + NaCI = NaHCO
3
 + NH
4
CI 
Reaksiyaning 
borishiga 
sovuq 
suvda 
qiyin 
eruvchan 
natriy 
gidrokarbonatning hosil bo’lishi va cho’kmaga tushishi imkon beradi, uni filtrlab 
ajratib  olish  mumkin.  Ajratib  olingan  natriy  gidrokarbonat  angidridga 
parchalanadi: 
2NaHCO
3
 = Na
2
CO
3
 +CO
2
 +H
2

 
Ajralib chiqayotgan CO
2
 ni  ishlab chiqarishda yana foydalaniladi. 
Ammoniy  xlorid  bor  bo’lgan  eritmani  Ca(OH)
2
  qo’shib  qizdirilsa,  ammiak  hosil 
bo’ladi  va uni ishlab chiqarishda qo’llash mumkin. 
        2NH
4
CI  + Ca(OH)
2
 = 2NH
3
 + CaCI
2
 + 2H
2

 
Ammiakli  usul    (Solve  usuli)  da  olingan  soda  tarkibida  kristallizasiya  suvi 
bo’lmaydi.  Soda  ishlab  chiqarish  uchun  kerak  bo’ladigan  ammiak  va  karbonat 
angidridni Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqariladi. 
 
Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar,  o’quvchilarni  O’zbekistonning  ulkan 
mineral  xom  ashyo  zahiralaridan  unumli    foydalanish    va  mamlakatimizni 
dunyodagi  eng  boy  mamlakatlar  qatoriga  olib  chiqadi,  degan  xulosa  chiqarishga 
asos bo’ladi. 
 
Nazorat savollari: 
1.  
Bu mavzuni turli sinflarda o’tkazilishining ahamiyati  nimalardan iborat? 
2. 
Kimyoviy  ishlab  chiqarishlarining  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida 
o’rganilishi lozim bo’lgan umumiy  ilmiy prinsiplarga qaysilar kiradi?  
3. 
Nitrat kislota, azotli o’g’itlar va superfosfat  ishlab  chiqarish mavzusining 
ahamiyatini ayting. 
4. 
Bu mavzu  bo’yicha reja konspekt  yozing. 
 
 
 
32-ma’ruza 
 

 
89 
 
 
Mavzu:  Qishloq  xo’jaligini  kimyolashtirish  asoslari  haqidagi 
tushunchalarni o’rganish.   
Ma’ruza rejasi: 
1. 
Qishloq  xo’jaligini  kimyolashtirish  asoslari  haqidagi  tushunchalarni     
o’rganishning  ahamiyati 
2.  
Kimyo  o’quv  kursida    qishloq  xo’jaligini  kimyolashtirish  asoslarini 
o’zlashtirilishi 
3. 
Kimyo  kursida  ammiakli  selitra  va  superfosfat  ishlab  chiqarish 
mavzularining ahamiyati.  
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Qishloq  xo’jaligini  kimyolashtirish 
asoslari  haqidagi  tushunchalarni  o’rganish,  tuproqning    kimyoviy  tarkibi, 
fotosintez,  mineral  o’g’itlar,  ularning  tarkibi,  ahamiyati  va  ularni  ishlab 
chiqarishning kimyoyiv mohiyati. 
 
Ta’lim to’g’risidagi qarorlar mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlantirish 
munosabati bilan kimyo kursida dars berish jarayonida kimyo o’qituvchisi oldida 
muhim vazifalar turadi: 
 
a).  o’quvchilarni  kimyoning  qishloq  xo’jaligimizda  tutgan  roli  bilan 
tanishtirish- ishlab chiqarishning  kimyolashtirishning ilmiy asoslarini ochish; 
 
b).  o’quvchilarni  bu ishlab chiqarishda zarur bo’ladigan bir qator masalalar 
bilan qurollantirish; 
 
v).  o’quvchilarni  qishloq    xo’jaligi  mehnatiga  muhabbat  qo’yadigan  qilib 
tarbiyalash kerak; 
 
Qishloq    xo’jaligini  kimyolashtirish  tuproq,  ekin    hayvonlarga-  qishloq 
xo’jaligi ekinlarining zararkunandalariga, yovvoyi o’tlar va boshqalarga kimyoviy 
ta’sir    ko’rsatish    yo’li  bilan  ekinlar  hosilini  oshirish  va  qishloq  xo’jaligi 
hayvonlari  mahsuldorligini  oshirishga  qaratilgan  bir  butun  kompleks  tadbirlarni 
o’z ichiga oladi: 
 
O’quvchilar qishloq    xo’jaligini  kimyolashtirish  masalalarining  hammasi 
bilan emas, balki faqat kimyo o’quv kursiga kiritilgan o’quv dasturidan tashqariga 
chiqmaydigan  va  o’quvchilar  uchun  qiyinlik  qilmaydigan  masalalar  bilan 
tanishtiriladi,  chunki  umumiy  o’rta  ta’lim  maktabining  asosiy  vazifasi  kimyo 
asoslarining  o’zlashtirilishini  ta’minlashdan iboratdir. 
 
Kimyo  o’quv  kursida  qishloq    xo’jaligini  kimyolashtirish  asoslariga 
quyidagilar kiradi: 
 
1.   Tuproqning  kimyoviy tarkibi, tuproqqa ohak va  gips solish jarayonlari 
va kimyoviy mohiyatlari
 
2.  Kimyoviy  elementlar:  azot,  fosfor,  kaliy,  kislorod  va  vodorodning 
o’simliklar rivojlanishiga ta’siri. 
 
3.  Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kerak bo’ladigan kimyoviy elementlarni 
tabiatda  eng  ko’p  tarqalgan eng muhim birikmalari. 
 
4.  Qishloq  xo’jalik ekinlari uchun kerak bo’lgan kislorod, azot, uglerod va 
boshqa elementlarning  tabiatda aylanishida o’simlik va hayvonlarning roli. 
 
5.  Fotosintez,  uning  ahamiyati  va  mohiyati,  uglevodlar,  yog’lar  va  oqsillar 
sintezida o’simlik va hayvonlarning roli. 
 
6.  Mineral    o’g’itlar  (ularning  tarkibi,  ahamiyati  va  ularni  ishlab 
chiqarishning kimyoviy mohiyati). 

 
90 
 
 
7.  Qishloq xo’jalik ekinlarida bo’ladigan kasalliklar va zararkunandalarga 
qarshi kurashishning eng muhim kimyoviy vositalari (ularning tarkibi, xossalari va 
organizmga  ko’rsatadigan ta’siri) 
 
8. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va rivojlanishini tartibga soladigan 
kimyoviy vositalar. 
 
9.  O’simliklarda  bo’ladigan  kasalliklar  va  zararkunandalarga  qarshi 
kurashishning kimyoviy usullari: urug’larni dorilash, dudlash, tutun bilan qoplash 
va kimyoviy o’toq. 
 
10. Qishloq xo’jalik  mahsulotlarini qayta ishlash: shakar, kraxmal, gidroliz 
spirt,  sovun  ishlab  chiqarish,  sellyuloza,  yog’lar,  oqsillar  va  boshqalar  qishloq 
xo’jalik  mahsulotlarini qayta ishlashning mohiyati 
 
Kimyo  o’qituvchisi  o’quv  materialini  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishi 
masalalari bilan sistemali ravishda bog’lab boradi – bu ishlab chiqarishning ilmiy 
asoslarini o’quvchilar oldida asta- sekin ocha  boradi. 
 
O’quvchilarni  qishloq  xo’jaligini  kimyolashtirish  asoslari  bilan  umumiy 
sistema  asosida tushuntirib boriladi. 
 
O’quvchilar  tuproqning    kimyoviy  asoslari  bilan  asosan  sinfdan  tashqari 
mashg’ulotlar jarayonida  tanishadilar. 
 
Darslik    o’quvchilarni  amaliy  hayotdan  ajratib  qo’ymasligi  kerak:  u 
o’quvchilarni qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladigan eng muhim moddalar bilan, 
shuningdek,  jahonda  eng  mexanizasiyalashgan  bizni  qishloq  xo’jalik  ishlab 
chiqarishimizni yanada rivojlantirish uchun yangidan-yangi, keng perespektivalar 
ochib beradigan moddalar bilan tanishtirish zarur. 
 
O’quvchilar  dasturda  nazarda  tutilgan  mineral    o’g’itlar  bilan  birin-  ketin 
tanishib chiqadilar. 
 
Kimyo  kursida  ammiakli  selitra  ishlab  chiqarish  hamda  superfosfat  ishlab 
chiqarish mavzulari alohida o’tiladi. 
Anorganik  kimyo  kursida  «Fosfor  va  uning  birikmalari»,  «Fosforli 
o’g’itlar»  kabi  mazkur  asarda  ko’rsatilgan  fosfarit  xom  ashyosi  to’g’risadagi 
ma’lumotlardan  foydalanish  mumkin.Chunonchi  Respublikamizning  fosfaritlarga 
boy  ekanligi,  mamlakatimizda  zahiralari  300  million  tonnaga  yaqin  bo’lgan 
fosforit  konlari  borligini  ko’rsatib  o’tish  kerak.  Qizilqumda    fosfarit  kombinati 
qurilib,  mahsulot  berayotganligi,  va  eng  muhim  fosforli  o’g’itlar-  ammofos  va 
ammoniylashtirilgan  superfosfat  ishlab  chiqaradigan  juda  katta  korxonalar 
(Olmaliq  mineral  o’g’itlar  kombinati,  Samarqand  kimyo  zavodi)  mavjudligini 
ta’kidlab o’tish lozim.Bu kimyo korxonalarida boyitilgan fosforit mamlakatimizda 
(Olmaliq  kon-metallurgiya      kombinati,  Samarqand  kimyo  zavodi,  Qo’qon 
superfosfat  zavodi)  ishlab  chiqariladigan  sulfat  kislota  bilan  qayta  ishlanadi  va 
undan ekstraksion usul yordamida fosfat kislota olinadi: 
Ca
3
(PO
4
)
2
  + 3H
2
SO

=  2H
3
PO
4  
+ 3CaSO
4
 
 
Hosil  bo’lgan  fosfat  kislota  CaSO

cho’kasidan  ajratilib,  ammiak  eritmasi 
(ammiak  Chirchiq  shahridagi  «Elektrokimyosanoati»,  Navoiy  shahridagi 
«Navoiyazot»  va  Farg’ona    shahridagi  «Azot»  ishlab  chiqarish  birlashmalarida 
sintez qilinadi) bilan ishlanib undan ammofos og’iti olinadi. 

 
91 
 
H
3
PO
4
 + NH
4
OH = NH
4
H
2
PO

+ H
2

        NH
4
H
2
PO
4
 +
 
NH
4
OH = (NH
4
)
2
HPO
4
 + H
2

Ushbu  o’g’itjar  (NH
4
H
2
PO
4
  –  ammofos,  (NH
4
)
2
HPO
4
  –  diammofos)  
tarkibida  o’simliklarning  o’sishi  va  rivoshlanishi  uchun  zarur  bo’lgan 
elementlardan  azot  (12-21%)  va  (53-58%  P
2
O
5   
holida)  bo’lib,  ularning  keng 
ko’lamda qo’llanilishi evaziga dehqonchilikda katta muvaffaqiyatlarga erishiladi. 
 
Kimyo  o’qituvchisining  yaxshi  rahbarligida  qishloq  xo’jaligiga  oid 
mavzularda  o’tkaziladigan  mashg’ulotlar  o’quvchilarga  politexnik  tayyorgarlik 
berish  vazifasini  hal  qilish  va  ularning  kelajakda  o’zlari  uchun  kasb  tanlab 
olishlariga imkon beradi.         
 
Nazorat savollari: 
 
1.   Ishlab chiqarishni tanlashda qanday prinsiplar ishlatiladi? 
 
2.   O’rta maktab kimyo kursida qishloq  xo’jaligini kimyolashtirishning 
asosiy masalalari nimalardan iborat? 
 
3.   Respublikamizning fosfaritlarga boyligini qanday izohlaysiz? 
 
4.  Ammiakli  selitra    hamda  superfosfat  ishlab  chiqarishning  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
 
33-34-ma’ruza 
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling