Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari tipiga
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsni mustahkamlash: Uyga vazifa berish: 2. Ko’nikma malakalarni o’zlashtirish darslari tipiga misol.
- Darsni jihozlash
- Darsning metodi
- Bizga ma`lumki bir soatlik dars yirik bir asardir deyiladi.
- Mavzu yuzasidan nazorat savollari
- 20 - m a’ruza Mavzu: Kimyo o`qitishning ta`minot tizimi Ma’ruza rejasi
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Ekologik, gigiyenik va texnika xavfsizligi
- 21 - ma’ruza Mavzu: Kimyo fanida komp’yuter dasturi. Ma’ruza rejasi
1.Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari tipiga misol: №1-dars. Kimyo predmeti. Moddalar. Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga kimyo predmeti, uning qamrab olgan sohalari moddaning bir - biridan farqi, kimyo fani nimani o`rganishi, uning vazifalari, ahamiyati va boshqalar haqida ma`lumot berish. O`quvchilar tabiatshunoslik, biologiya, fizika va boshqa fanlarni o`rganish jarayonida egallagan zahira bilimlarini eslash, yangi - yangi mavzu mazmunini o`rganishda qo`llashga doir suhbat uyushtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarda shu fanni o`rganishga moyillik hosil qilish, moddalarni bir - biridan farqlash, ajrata olish, malakalarni hosil qilish, kimyoviy reaktiv va moddalar bilan ishlashda ehtiyot choralari va moddalarni avaylab asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishini shakllantirish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilar ilgari egallagan bilimlarini sistemalash, mavzuni boyitish rivojlantirish moddiy borliq haqida bir moddani boshqa moddaga aylantirish mumkinligi haqida aniq tasavvurlar orqali dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish. 52 Dars metodi: ma`ruza ( dominant metod). Darsni jihozlash va o’tkazish joyi. Darsning borishi: Yangi mavzu mohiyati to`liq ochib beriladi. Qilib ko`rsatiladigan laboratoriya, amaliy demonstrasion tajriba, ko`rgazmalardan foydalangan holda mavzu mazmuni tushuntiriladi. Darsni mustahkamlash: Uyga vazifa berish: 2. Ko’nikma malakalarni o’zlashtirish darslari tipiga misol. №33 dars №3 amaliy mashg`ulot. Kislorodning olinishi va xossalari. Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilar kislorodning kimyoviy xossalarini olinishiga doir bilimlarini takrorlaydilar va mustahakamlaydilar. Kislorodni olinishiga va uning xossalari bilan tanishishda zarur bo`ladigan kimyoviy priborlar, reaktivlar bilan muomila qilish jarayonida ularni ishlata bilish ko`nikma va malakalarini o`zlashtirib oladi hamda takomillashtiradi Katalizator tushunchasi mohiyatini o`rganadi. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Asbob va reaktivlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish kabi xislatlarni shakllantirish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. Kislorod haqida olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish o`zi sinab ko`rish orqali bilim, ko`nikma, malakalarni rivojlantirish va takomillashtirish. Darsning metodi: Amaliy mashgulot Darsni jihozlash: Kislorod olish, uni yig’ish va uning xossalari bilan tanishish jarayonida kerak bo`ladigan asboblar reaktivlar yoziladi. Darsning borishi: Darslikdagi amaliy mashg`ulotni o`tkazish ko`rsatmasi asosida olib boriladi. O`quvchi amaliy ishlar uchun tutilgan daftarga quyidagi jadvalni chizib to`ldiradi: Nima qilindi Nima kuzatildi. Xulosa va reaksiya tenglamalari Dars uning maqsadini tushuntirish bilan boshlanadi. Ayrim o`quvchilardan nima ish qilish va qanday bajarishni so`raydi. Ayrim o`quvchiga ishni bajartirib boshqalari kuzatish topshiriladi. Keyin esa o`quvchilar guruh - guruh bo`lib, ishni bajaradilar. O`quvchilarda quyidagi bilim, ko`nikma va malakalar bo`lishi kerak: 1. Kislorodning fizik xossalari. 2. Kislorodning kimyoviy xossalari. 3. Gazlarni olish asboblari: yig`ish malakasi. 4. Kislorod olish va yig`ish malakasi. 5. Laboratoriya shtatividan foydalanish malakasi. 6. Gaz gorelkasidan foydalanish malakasi. 3. Tayanch bilim, o`quv - malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari tipiga misol: Mavzu: Galogenlarning kimyoviy elementlar davriy sistemasi jadvalida joylashgan o`rni va atomining tuzilishi. 53 Darsning ta`limiy maqsadi: Galogenlarning davriy jadvaldagi o`rni, atomlarning tuzilishi, energetik pog`onalarda elektronlarning joylashishi, galogenlarning kuchli oksidlovchi ekanligi hamda metallar bilan birikib tuz hosil qilishi haqida bilim berish va oldin olingan davriy qonun, atomlar tuzilishi haqidagi tayanch bilimlarni qo`llash orqali yanada rivojlantirish. Elektronlarni taqsimlanishi misolida yadro elektronlari haqidagi bilimlarni tadbiq etgan holda rivojlantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: D.I.Mendeleevning fandagi jasorati. Oldin aytilgan xossalarning o`z isbotini topishi misolida tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda ilmiy -materialistik dunyoqarashning shakllanishi, galogenlarning davriy sistemasidagi o`rni va atom tuzilishi nazariyasiga muvofiq xossalarini bashorat qilish malakalarni shakllantirish va rivojlantirish. Darsning metodi: ma`ruza (mustaqil ish ham qo`llaniladi). Darsning jihozi: D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasi, darslikdagi galogenlar atomlarida elektronlarning taqsimlanishi jadval chizmasi, xlor atomi oksidlanish darajasi sxemasi, galogenlar atom radiuslari va nisbiy elektrmanfiyligi ko`rgazmasi. 4. Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari tipiga misol. №92 dars Galogenlarining chog`ishtirma xaraktiristikasi mavzusi misol bo`ladi. Kimyo darslari konspektini tuzish. Darsni o`tkazishdan oldin o`qituvchi o`sha darsning konspektini tuzadi. Dars konspektini tuzishdan oldin o`qituvchi darsning kimyoviy mazmunini o`zi tahlil qilib chiqadi. Shu tahlil jarayonida ta`limiy va didaktik maqsadlarni aniqlab oladi. Tahlil davomida shu mavzuning oldingi mavzu bilan bog`liqlik tomonlariga tayangan holda keyingi mavzuga zamin yaratishi kabilarni albatta hisobga oladi. Bu hol predmetning ichki o`zaro aloqadorligini ta`minlaydi. Dars konspekti tuzishda albatta dars mazmuni o`rganib tahlil qilib chiqilgan shu asosda dars tipi, maqsadi, metodlari yangi mavzuni tushuntirish rejasi, mustahkamlash, uy ishini tekshirish (so’rash) hamda uyga topshiriq berish kabilar albatta hisobga olinadi. Dars mazmuni asosida uning tipini, maqsadini aniqlab, belgilab olish o`qituvchidan katta mahoratni talab qiladi. Bizga ma`lumki bir soatlik dars yirik bir asardir deyiladi. Mazkur metodistlar darsni yirik asar darajasiga ko`tara olish uni tashkil etish o`qituvchining bilimi, tajribasi, ijodiy izlanishi yoki pedagogik mahoratga bog`liq. Shu sababli umuman bir soatlik darsni o`tkazishning va shu darslarda yangi mavzuning mohiyatini o`quvchiga o`tkazishning rejalarini oldindan belgilash didaktik jihatdan katta samara beradi. Hozirgi amaliyotchi o`qituvchilarimiz dars konspektlarida darslarni tiplarga ajratish umuman o`z aksini topmagan. Shu sababli qanday tip dars bo`lishidan qat`iy nazar ta`lim mazmunini bir xil andozada berish natijasida darsning samaradorligi pasayib ketmoqda. Kimyo darslari tahlili. Darsni tahlil qilish uchun avvalo uning predmet mazmuni, tuzilishi, tizimi ta`limiy maqsadi ilmiyligi darslar tartibidagi o`rnini bilish kerak. 54 Darsni tahlil qilish bayonnoma yurgizish orqali bo`lib, bayonnomada quyidagilar yoziladi: 1. Sinf, maktab, smena. 2. O`qituvchining familiyasi ismi, otasining ismi. 3. Sana, hafta kunlari, dars jadvali bo`yicha shu kundagi nechachi dars mavzusi. 4. Dars maqsadi (tahlil qiluvchi maqsad) ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi. 5. Darsning borishi: daftarning o’ng tomoniga mulohazalar + belgisi bilan va - belgisi bilan chizib boriladi. Hamma darsdagi maqsadlar: "Ti"-ta`limiy, "Tb"-tarbiyaviy, "Rv"- rivojlantiruvchi holatlar ko`rsatib yozib boriladi. Tahlil jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar darsdagi bajarayotgan ishlari hisobga olinib yozib boriladi. Darsning tashkil etilishi to`liq yozib boriladi. Bu jarayonda: Darsning kirish qismi, mazmuni berilishi Ti, Tb, Rv funksiyalarga e`tibor, uy ishini tekshirish metodlari, yangi bilimlarni egallashga o`quvchida qiziqish uyg`otish, savol va javoblarning aniqligi, ko`rgazma, TSO, eksperiment va didaktik materiallardan foydalanish o`rinlari to`liq tahlil etiladi. Hozirgi yangi pedagogik va ilg`or texnologiyalardan standart va nostandart dars ko`rinishlaridan foydalanish kabilarga katta e`tibor beriladi. Darsning har bir etapi: Boshlanishi, uy topshiriqlarini so`rash, xulosalash - baholash, yangi mavzu bayoni, uni mustahkamlash, shu jarayonda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, o`quvchilarning javoblari mazmuni, o`quvchilar faolligi bilim, ko`nikma, malakalarning o`zlashtirilganligi, ko`rgazma, didaktik materiallardan foydalanish darajasi muammoli vaziyatlar tashkil etilishi va ularning samara berishi to`liq hisobga olinadi. O`qituvchining darsni o`quvchilar bilan birga mustahkamlashi umumlashmirish va xulosalar chiqara bilishi, dars tiplari, metodlaridan foydalanish o`rni va darajasiga e`tibor beriladi. Darsning to`g’ri tashkil etilganligi uning mazmunini o`quvchi o`zlashtirib olganlik darajasi bilan belgilanadi. Demak, dars jarayonida va tahlilida hech bir narsani ikkinchi darajaga qo`ymasligini anglab yetish kerak. Tahlilda o`quvchi va o`qituvchi faoliyatiga ular munosabati, diologiga yoki qayta aloqaga e`tibor berish lozim. O`quvchilarning darsdagi faoliyati tavsiflanayotganda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim: darsda intizom, o`quvchilarning faoliyat turi (jamoa bo`lib, yakka tartibdagi ishlari, faolligi, diqqati, qiziqishi va h.k.). O`qituvchining o`quvchilar bilimini mustahkamlash etapida: uni o`z o`rnida tashkil etish, (dars tiplari asosida) mustahkamlash turi (savollar asosida, mashq, topshiriq bajarish orqali, kimyo eksperiment o`tkazish yo`li bilan darslik ustida ishlash, darslikdagi savol - topshiriqlarga javob yozish). O`qituvchining vaqtdan unumli foydalanishga alohida e`tibor beriladi. Darsning eng muhim bo`laklaridan qismlaridan biri uyga topshiriq berish va uni izohlashdir. O`quvchi nima ish qilib kelishni aniq bilishi va tasavvur eta olishi lozim. Uning hajmiga e`tibor berish qiyinchiliklar o`quvchini o`qishdan zeriktirib hafsalasini sundirmasin. O`qituvchining nutq madaniyatiga alohida e`tibor berish kerak, ketma – ketlik ko`proq o`quvchini gapirtirish va boshqalar. 55 Agar dars jarayonida laboratoriya tajribasi, amaliy ish bajarilsa quyidagi larga e`tibor qaratish kerak. 1. Sinf xonasining laboratoriya tajribalari o`tkazishga tayyorgarligi, kerakli jihozlarning o`rni o`quvchi va o`qituvchiga yetarligi. 2. O`quvchilar va o`qituvchining ish maqsadini anglab yetish. 3. Ishni bajarishga bo`lgan metodik yo`llar (muammoli, tadqiqot, ko`rgazmali) 4. O`quvchilar mustaqil ishni tashkil etishi, texnika xavfsizlik qoidalariga e`tibor berish, o`quvchilarga ishni bajarish tartibi haqida metodik ishlanmalar yetarligi, kim nima ish qilishi taqsimotiga rioya etilishi. 5. Ishning borishi, o`qituvchi va o`quvchilarning mashg`ulot davomidagi xulqi. 6. Laboratoriya tajribasi yakunlari muhokamasi. 7. Ishni yakunlashni tashkil etilishi ish o`rnilari, tarkibi, tozaligi. 8. Ish yakunlarining o`quvchilar daftarida qayd etilishi. 9. Ish davomida mehnatsevarlik, estetik tarbiyaning amalga oshishi ko`nikma va malakalarning rivojlanishi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari 1. Kimyo darslari tiplarini sanang va izohlang. 2. Darsning maqsadi bilan bilish vazifalari o`rtasidagi farqni ko`rsating. 3. Nima uchun darslarga tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar qo`yiladi. 4. Yangi materialni o`zlashtirish jarayonida induktiv va deduktiv metodlarini qo`llash. 5. Yangi mavzuni tushuntirish rejasida nimalarga e`tibor beriladi? 6. Dars konspektga bo`lgan talablar nimalardan iborat? 7. Kimyodan kalendar - tematik ish reja tuzilishini tavsiflang. 20 - ma’ruza Mavzu: Kimyo o`qitishning ta`minot tizimi Ma’ruza rejasi: 1. Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi. 2. Kimyo darsligi va uning tuzilishi. 3. Maktab kimyo kursi dasturlari. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, o`qituvchi uchun qo`llanmalar, maktab kimyo kabinetini jihozlash, kimyo darsliklari. O`qitish va tarbiyalash manbalariga - o`quvchilarni ma`lumotli qilib tarbiyalash, ular shaxsini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan materiallar va ob`ektlar tizimi misol bo`ladi. Bu tizim funksiyalarining birligini ta`minlaydi. Ta`minot manbalari uchta katta guruhga bo`linadi. Bu bo`linish maqsadi va o`quvchiga ta`sir etishi usullariga ko`ra quyidagilar bo`lib hisoblanadi. 1. O`qituvchi uchun qo`llanmalar. 2. Maktab kimyo kabinetini jihozlash. 56 3. Kimyo darsliklari. O`qituvchi uchun qo`llanmalarga - ijtimoiy - siyosiy, metodik, ilmiy ommabop adabiyotlar misol bo`ladi. Ulardagi mazmun o`quvchiga o`qituvchi orqali o`tadi. Maktab kimyo kabineti bevosita o`quv tarbiya jarayoniga xizmat qiladi. Darslik - shu fan bo`yicha o`quv kitobi bo`lib o`quvchi uchun yoziladi. Undan mustaqil holda o`quvchi maktabda va uyda foydalanadi. Bu uch komponent o`zaro bir - biri bilan doimiy aloqadadir. Maktab kimyo xonasisiz hozirgi ta`lim - tarbiya jarayonini tasavvur etish mumkin emas. Maktab kimyo kabineti o`quv qurollari pribor reaktivlar, jadval va hokazolar maxsus joylashtirilgan xonadan iborat. Kimyo kabineti o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi. Kimyo kabinetiga bo’lgan talablar 4 guruhga bo’linadi. 1. Ilmiy-metodik. Kimyo kabineti kimyo ta`limi mazmuniga, didaktik talablarga, psixologik va tarbiya nazariyasi talablarga javob berishi kerak. 2. Ekologik, gigiyenik va texnika xavfsizligi talablari ya`ni kabinet mehnatining ilmiy asosda tashkil etish, o`quvchilar va o`qituvchi sog`ligini asrash talablariga javob berish. 3. Texnik, texnologik guruh - xona jihozlari oddiy va qo`lay, hozirgi barcha talablarga javob beruvchi mustahkam, arzon materiallardan tayyorlanishi lozim. 4. Maxsus talablar. Kimyo fanini o`qitishga daxldor ta`minot bo’lishi kerak. Maktab jihozlari uchun maxsus Davlat standartlari (GOST) hamda texnik sharoitlar (TU) bo`lishi kerak. Kabinet yuqoridagi talablarga javob beruvchi mos joydan tanlanishi kerak. Kimyo kabineti o’quv jihozlari tizimi: 1. Tabiiy ob’ektlar: reaktivlar, idishlar, probirkalar, instrumentlar, minerallar kolleksiyalari materiallari va boshqalar. 2. Tabiiy ob’ektlarning ko`rinishlari: modellar, maketlar, ekran jihozari. 3. Har xil jadvallar, sxema, grafik, chizmalar. 4. TSO, kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, magnitafon, yozuvlar, programmalar, video yozuvlar. Kabinetda o`qituvchi va o`quvchilarning ish o’rni alohida bo`lishi lozim. O`qituvchining ish o`rni katta stol bo`lib, uning qavatli va yuza qismi demonstasion tajribalar olib borishga mos linoleum qoplanadi. Qilinayotgan tajribalar hamma o`quvchilarga ko`rinarli bo`lishi kerak. Pastki qismida kerakli jihozlar o`qituvchi olishi uchun moslanadi, albatta zaharli gazlar moddalar uchun havo tortar (mo’rili) shkaf bo`ladi. Sinf doskasi 3 shitli bo`lishi talab etiladi. O`quvchilar o`rni texnika xavfsizligiga mos holda ko`nikma va malakalarni rivojlantirishga mo`ljallanishi kerak? O`quvchilar guruh va yakka mustaqil holda ishlashi kerak. Kabinet suv, elektr energiyasi gaz va boshqa barcha kerakli inventar jadval, maketlar bilan to`liq ta`minlanishi kerak. Kimyo kabinetida alohida laborant xonasi bo`ladi. Laborant xonasidan ham sinfga, ham zalga chiqiladi. 57 Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizligiga rioya qilish xalq ta`lim vaziriligi tomonidan tasdiqlangan o`qituvchi uchun mo`ljallangan maxsus yo`l - yo`riq, qo`llanmalari normativ hujjatlari asosida olib boriladi. Albatta, kabinetda texnika xavfsizligi qoidalari bo`lib, laboratoriya demonstrasiya tajribalari va amaliy mashg`ulotlarda unga amal qilish hamma uchun zarur. Kimyo darsligi - maktabda eng muhim adabiyot sanaladi. Darslik muammosi doim dolzarb bo`lib, u o`zining mazmuni gigiyenik xarakteristikasi, tarbiyaviy funksiyasining alohidaligi bilan ajralib turadi. Ta`lim tizimida kimyo darsligi alohida murakkab o`rin egallaydi. Darslikda ta`lim mazmuni maktab ta`limiga mos holda, dasturga asoslanib, Davlat ta`lim standartlariga moslab beriladi. Darslik o`quvchida dunyoqarashini shakllantiradi, unda metodologik bilimlar, falsafiy g`oyalar, o`quvchilarning aqliy rivojlantiruvchi hamda ularda ko`nikma malakalar shakllanishi o`z ifodasini topadi. Unda o`quvchiga yondashishning yalpi usullari aks etgan bo`ladi. Darslik mazmuni tizimi quyidagicha o`qitish maqsadga muvofiq: 1. Kimyo predmeti mazmuni 2. O`qitish metodlari 3. O`qitish ta`limoti 4. O`quv ishini tashkil etish. O`quvchilarning darslik bilan ishlash metodikasi Kimyo ta`limining dastlabki darslarida o`quvchilar darslik bilan ishlashga o`rgatish talab etiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Berilgan mavzuni diqqat bilan o`qib chiqish va unda nima haqida fikr yuritilishini aniqlash. 2. Shu mavzuni oldingi mavzular orasida bog`liqlik mavjudligini topishi. 3. Mavzuni to`liq o`qib chiqib undagi noaniq so`zlarni yozib olishi, chizma va rasmlarni ko`zdan kechirib, uning mazmunini ajratishi lozim. Mavzuni o`rganishning rejasini tuzib, formula va kimyoviy tenglamalarni yozib oling. 4. Tushunmagan so`zlarni yana aniqlang, ularni izohlashga harakat qiling. Ularni kimyoviy lug`atdan izlang. Hamda daftaringizga ular mazmuni va ahamiyatini yozib oling. 5. Mavzu mazmunini yana o`qing. Uni reja bilan solishtirib chiqing. 6. Mavzu oxiridagi savollarga javob bering. Unga o`zingizning javoblaringizni hozirlang. Ularni sinfda o`qituvchi aytgan va darslikdagi mazmuni asosida chog`ishtiring. O`qituvchi o`z o`quvchilarini shu asosda doimiy ishlashga tayyorlab o`rgatish, odatlantirib borish ta`lim jarayoniga sifatli ta`sir etadi. O`quvchilarning uy topshiriqlarini bajarishi daftarlarida o`z ifodasini topishi kerak. 58 Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. 1. O`qitish ta`minoti sifatida foydalaniladigan natural ob`ektlarga misol keltiring. 2. Zavod, agrokimyo laboratoriyasi va boshqa ob`ektlarni kimyodan o`quv ekskursiyasi o`rni deb tanlash mumkinmi? Nima uchun? 3. Uglerod mavzusini o`rganish uchun qanday kimyoviy ta`limotdan foydalanish mumkin. Javobingizni asoslang. 4. Maktab kimyo kabineti uchun xos bo`lgan kimyodan texnik xavfsizlik qoidalarini ko`rsating. 5. VII-VIII sinf kimyo darsligini qaysi mavzulari o`quvchilarning bilim qobiliyatini oshiradi? 6. VII-VIII sinf kimyo darsligini qaysi mavzularini o`quvchilarga mustaqil o`rganish uchun tavsiya etish mumkin? Javobingizni izohlang. 21 - ma’ruza Mavzu: Kimyo fanida komp’yuter dasturi. Ma’ruza rejasi : 1. Umumiy ta’limda kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganishning ahamiyati 2. Kimyo fanining laboratoriya mashg’ulotlarini o’tishda komp’yuterli dasturlarning o’rni 3. Kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganishning afzalliklari. Kasb-hunar kollejlarida bo’lg’usi kichik mutaxassislar kasbiy tayyorgarligiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Kichik mutaxassislar ishlab chiqarish jarayoniga tezkor usulda ko’nikib ketishlari uchun kasbiy tayyorgarligining safarbarlik ko’rsatkichlari yuqori va tezkor xarakterda bo’lishiga erishmog’i lozim. Jumladan, kichik mutaxassislarni kimyo yo’nalishida tayyorgarlik sifatini oshirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zotan, kimyo kabinetlarining yetarli jihozlanmaganligi, kimyoviy reaktivlarning yetarli emasligi har doim ham, frontal o’qitish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham kimyo ta’limining interaktiv metodlaridan biri komp’yuter dasturlari asosida o’qitish hisoblanadi. Bu yerda albatta o’rta umumiy ta’limda kimyo dasturini nechog’lik o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganligi kasb-hunar ta’limidagi kimyo o’qitishni yangi sifat darajasiga ko’tarish imkonini beradi. Kasb-hunar kollejlarida kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganish mantiqiy – strukturasini tuzishdan boshlanadi. Mantiqiy, strukturani tuzish uchun kasb-hunar kollejlarida o’rganilayotgan kimyo kursi mazmuni ayrim bloklarga yoki modullarga bo’linadi. Har bir modulning nomi va nomeri bo’ladi. Shuning bilan birga har qaysi modul qaysi chorakda necha soat davomida o’rganilishi ko’zda tutiladi. Kimyo fanining laboratoriya mashg’ulotlarini o’tishda komp’yuterli dasturlarning o’rni beqiyosdir. Bu yerda o’quvchi komp’yuterdan laboratoriya mashg’ulotining yozma tavsiloti bilan tanishadi, xavfsizlik texnikasi qoidalarini o’rganadi. Keyingi bosqichda laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlarni tanlaydi. Ularning ishga yaroqliligini komp’yuterlardan tekshirib oladi. 59 Galdagi vazifa komp’yuterda laboratoriya jixozlarini yig’ish va ish holatiga keltirish. Laboratoriya jihozlari yig’ilib, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinganidan keyin bevosita laboratoriya ishini komp’yuterlarda bajarishni boshlash mumkin. Buning uchun kerakli moddalar kerakli miqdorda kimyoviy reaksiyaga kiritiladi va kutilgan sifat va miqdordagi kutilgan rangdagi yangi xossalarga ega bo’lgan yangi kimyoviy modda olinadi. Olingan yangi moddaning sifatlari kimyoviy ko’rsatkichlari, laboratoriya mashg’uloti tafsilotida keltirilgan manbalarga solishtiriladi. Agarda, laboratoriya mashg’uloti uchun tayyorlangan yuriqnomadagi ma’lumotlar yetarli bo’lmasa, o’quvchi darsliklarga, elektron darsliklarga murojaat qiladi. Xulosa qilib aytganda, kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganish quyidagi afzalliklarga ega ekanligi bizning tajribalarimizda o’z tasdig’ini topdi. Birinchidan: O’quvchilar kimyodan laboratoriya mashg’ulotini mustaqil bajarishadi. Natijada o’quvchilarda o’z-o’ziga ishonchi, mustaqil fikrlash darajasi ortadi. Ikkinchidan: Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari aniq bajariladi, aks holda komp’yuter o’quv faoliyatini to’xtatishgacha olib boradi. Uchinchidan: Kollej o’quvchilarini kimyo dasturlarini komp’yuter dasturlari asosida o’rganishi jarayonida qimmatli kimyoviy modda va reaktivlar iqtisod qilinadi. To’rtinchidan: O'quvchilarning komp’yuterda mustaqil ishlash bilim va ko’nikmalari aniq misollarda mustahkamlanadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling