Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Faktlarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo tilini o’zlashtirishga bo’lgan talablar.
- Kimyoviy eksperimentning bajarilishiga bo’lgan talablar.
- Hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablar.
- Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
- 6 - ma’ruza Mavzu: Kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash. Ma’ruza rejasi
- To’rtinchi bosqich
- Tayanch iboralar
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Birinchi savol
Faktlarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar. Kislorod, vodorod, suv molekulasining o’rganilgan oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlarning tarkibini, galogenlarning asoslarini, xlorid kislota, xloridlarning xossalarini hamda ishlatilishini bilish. O’rganilgan moddalarning tarkibi va xossalarini taqqoslashni, kuzatilgan tajribalarning natijalarini analiz qilishni, o’rganilgan nazariya nuqtai nazaridan kimyoviy reaksiyalarni tushintirib berishni, anorganik birikmalarning sinflari o’rtasidagi genetik bog’lanish hamda moddalar tarkibini, xossalari va ishlatilishi o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash. Kimyo tilini o’zlashtirishga bo’lgan talablar. Elementlarning kimyoviy belgilarini (kamida 20 ta) kimyoviy formula va tenglamalarning ma`nosini tushintira olishni bilish. Kimyoviy elementlarning valentliklari bo’yicha olingan bilim asosida ikki elementdan tarkib topgan birikmalarning formulalarini tuzishni, kislota qoldiqlari va metall valentliklari ma`lum bo’lgan tuzlar hamda asoslarning formulasini o’rganilgan oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlarni nomlanishi, o’rganilgan reaksiyalar tuzishni bilish. 19 Dastlabki uch davrdagi elementlarning elektron qobiqlaridagi elektronlar sonini ko’rsatgan holda atomlarning tuzilishi sxemalarni tuzishni, birikmalarning formulalari asosida elementlarni oksidlash darajasini aniqlashni elementlar yuqori oksidlarning hamda tegishli kislota va asoslar formulasini tuzishni, elementlarning davriy sistemada joylashgan o’rniga qarab metallmaslarning vodorodli birikmalarini, o’rganiladigan oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari misolida elektron balans metodi bilan kimyoviy tenglamalar tuzishni bilish. Kimyoviy eksperimentning bajarilishiga bo’lgan talablar. Moddalar va eng oddiy asboblar bilan ishlash qoidalarini bilish. Probirkalar, o’lchov kolbalari, laboratoriya shtativi, spirt lampa yoki gaz gorelkasi bilan ishlashni, qattiq moddalarni eritishni, qizdirishni, tindirishni, filtrlashni, kislota va ishqorlar bilan ishlashni vodorodning tozaligini sinab ko’rishni molyar koncentrasiyali va erigan moddalarning massa ulushi ma`lum miqdorda bo’lgan eritmalar tayyorlashni, tayyor detallardan gaz olish asbob yig’ish va idishlarga havo hamda suvni siqib chiqarish yuli bilan shu gazni to’ldirishni bilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish. Kislorod, vodorod, is gazi, kislota va ishqorlarning eritmalari, yod, xloridlarni aniqlay olishni bilish. Almashinish reaksiyasi orqali vodorod xlorid olish va uni suvda eritishni bilish. Hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablar. Moddalarning nisbiy molekulyar massasini, kimyoviy formulalar asosida hisoblay olish. Eritmadagi moddaning massa ulushini va eritmada erigan moddaning massasini, gazlarning nisbiy zichligini, reaksiyaga kirishayotgan yoki reaksiya natijasida olinadigan moddalardan birining ma`lum miqdoriga ko’ra moddalar massasini yoki gazlarning hajmini (n.sh.da), kimyoviy tenglamalar asosida gazlarning hajmiy nisbatini hisoblashni bilish. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari 1. Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar deganda nlmani tushinasiz? 2. Eritmalar tayyorlashga doir eksperimental masalalar bajarilishiga bo’lgan talablarni ayting. 3. Hisoblashga doir masalalarning yechilishi mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz? 4. Shu mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang. 6 - ma’ruza Mavzu: Kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash. Ma’ruza rejasi: 1. Maktab kimyo kursi asosida tarbiya berish va dunyoqarash g’oyalarini shakllantirish. 2. Dunyoqarash g’oyalarini shakllantirish bosqichi 3. Ta’lim jarayonida o’quvchilarni tarbiyalashga yalpi yondashiash 20 4. Kimyo ta’limi jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi. Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish hamma vaqt ham maktabning muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi. Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya oldiga o’z talablarini qo’yadi. Bizning mustaqil demokratik fuqorolik jamiyatimiz ham shunday talablarni qo’yadi. Bu talablar «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» da o’z ifodasini topgan. Kimyo ta’limining mazmuni ham o’quvchilarda ilmiy- materialistik dunyoqarash g’oyalarini hosil qiladi. Bunga erishish uchun tizimli, fan asoslarini amaliyot bilan bog’lab o’qitish talab etiladi. Maktabda kimyo o’qitishning tarbiyaviy vazifasi o’quvchilarda dastlab mehnatga ongli ehtiyoj sezish, o’z xalqining tarixan shakllangan an’analariga sodiq bo’lish, insonlar qadriga yetish va shu orqali vatanparvar va baynalminal inson bo’lib yetishishi, insonlar yashab turgan muhitni e’zozlash, mahalliy sharoitda mavjud bo’lgan tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish, xalq mo’lkini ko’z qorachig’iday saqlash, kelajakda o’z vatani va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish, shuningdek kimyoviy bilimlar asosida ekologik etiqodni hosil qilishdek istaklarni tarbiyalashdan iborat. Bunda, o’qituvchi kimyo ta’limidagi o’rganiladigan mavzularning mazmunidan kelib chiqqan holda va mahalliy jarayonlarni hisobga olib o’quvchilar ongiga ekologik ta’lim- tarbiyani shakllantirib borishni taqozo etadi. O’rganilayotgan har bir mavzuning fan va qishloq xo’jaligida, o’quvchilarda vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish ahamiyatini ko’rsata bilish lozim. Shu bilan birgalikda kimyo predmeti mazmuni, o’quvchilardagi zahira tayanch bilimga tayanib falsafiy tushunshalar, kategoriyalar; materiya, harakat, miqdor, sifat, xossa, qarama-qarshilik, inkor, sabab, oqibat kabilarnig mohiyatini ochib berish. Kimyo kursidagi har bir mavzuning mazmunidan kelib chiqib uning o’quvchini hamma tomonlama tarbiyalashni amalga oshirish zarur. Kimyo ta’limi jarayonida o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi. O’quvchilar dunyoqarashni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich - Alohida g’oyalar, tushunchalar holatlarning mohiyatini anglash (tayyorgarlik bosqichi) M: Dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusida modda va ularning xossalari haqida tushuncha beriladi. Ikkinchi bosqich - materiyaning kimyoviy harakat shakli haqidagi tushunchalar tartibga solinadi. Davriy qonun va davriy sistema mavzusida atomlarning ichki holatlari, xossalari, ularning xossalaridagi o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlari o’rganiladi. 21 Uchunchi bosqich - VIII-IX- sinflar oxirida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tufayli dunyoqarash tushunchalari g’oyalari chuqurlashtiriladi va yangi material aniq tartibga keltiriladi. To’rtinchi bosqich - dunyoqarash g’oyalari tushunchalarini falsafiy nuqtai nazardan izohlash Beshinchi bosqich - materiyaning kimyoviy harakat ko’rinishlarini tabiiy ilmiy va falsafiy nuqtai nazardan tizimga kiritishdan iborat. Didaktik qonunlar mohiyatini kimyoviy misollar vositasida ochib berish. Jamiyatda ijtimoiy faol, tafakkuri keng, mulohazali mustaqqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga yalpi yondoshish talab etiladi. Tarbiyada bunday yondoshish «Ta’lim to’g’risi»dagi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’z aksini topgan. Tarbiyaga yalpi yondoshishda: vatanparvarlik tarbiyasi, mehnatsevarlik, dialektik materialistik, ekologik, estetik, huquqiy iqtisodiy tarbiya kabilarni unutnaslik kerak. Har bir mavzuni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’rganib chiqish zarur. O’quvchi boshqa fanlardan olgan saboqlarini yangi sharoitda qo’llay bilsinlar. Mustaqil O`zbekistonimiz zaminida D.I.Mendeleev davriy jadvalidagi barcha elementlar mavjud. Prezident I.A.Karimovning "O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida" asarida tabiiy boyliklarimiz ularni o`rganish xalq xo`jaligi taraqqiyoti uchun xizmat qildirish haqida tushunchalar, bilimlar berilsa o`quvchida vatanparvarlik hislari kuchli qaror topadi. Tekshiruv savollari 1. Prezident I.A.Karimovning asarlarida kimyoviy xom-ashyo resurslaridan Vatan taraqqiyoti yo`lida foydalanish g`oyalarining yaratilishi. 2. Kimyo o`quv predmetini tarbiyalovchilik maqsadini tavsiflang. 3. Vatanimiz kimyoviy xom - ashyo resurslari misolida vatanparvarlik tarbiyasi berish yo’llarini ko`rsating. 4. Kimyo ta`limi mazmuni orqali o`quvchilarda dialektik - materialistik dunyoqarashni shakllantirishni xarakterlang. 5. O`zbekiston Konstitutsiyasi materiallaridan kimyo o`qitish jarayonida foydalanish. 6. O`zbekiston kimyogar olimlari va ularning fan - texnikani rivojlantirishdagi faoliyati. Tayanch iboralar: Kimyo o’qitishning tarbiyaviy vazifasi –o’quvchilarda dastlab mehnatga ongli ehtiyoj sezish, o’z xalqining tarixan shakllangan an’analariga sodiq bo’lish kabi vazifalar singdirishdan iborat. 7- 8 –ma’ruza Mavzu: Kimyo o`qitish jarayonida o`quvchilarni bilim va ko’nikmalaini rivojlantirish. 22 Ma’ruza rejasi: 1. Rivojlantiruvchi ta`limning psixo – pedagogik asoslari. 2. Kimyo mazmuni tizimi o`quvchilarni rivojlantirish manbai. 3. Rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashtirishlarning ahamiyati. 4. O`quvchilarni yakkama-yakka munosabat orqali rivojlantirish. 5. Muammoli ta`lim o`quvchini rivojlantirish manbai. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Rivojlantiruvchi ta`limning psixo – pedagogik asoslari, rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashtirishlarning ahamiyati, o`quvchilarni yakkama-yakka munosabat orqali rivojlantirish, muammoli ta`lim o`quvchini rivojlantirish manbai. Rivojlantiruvchi ta`limni vazifasi dastlab o`quvchilarda mustaqil bilim egallash ko`nikmalarini shakllantirish, ularda mehnat qilish uchun o`quv malakalarni shakllantirish lozim. Darsda qo`llanilayotgan moddalar, turli xil jihozlar bilan ishlash ko`nikmasini shakllantirish, ular bilan ishlashda texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilsin. Bo`layotgan kimyoviy hodisalarni kuzata bilish, uning mohiyatini aniqlash, tahlil qilish, taqqoslash, o`z mulohazalarini ayta bilish, darslik, qo`llanmalar ommabop adabiyotlardan foydalanish. Ta`lim jarayonida o`quvchilar yangi bilim o`quv malakalar egallaydilar. Bu juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda o`quvchi bilimlar mohiyatini birinchi marta eshitadi. Bu holda hali bilimlar endi shakllana boshlaydi. Bilimlar mustahkam bo`lmagan sayoz dastlabki o`zlashtirishdir. Biz buni ta`lim jarayonining dastlabki didaktik vazifasi deb bilamiz. Demak materialni chuqur va mustahkam egallab olish uchun qo`shimcha ishlash talab etiladi. Bu talab ikkinchi didaktik vazifadir. Olingan zahira bilimlarni faoliyatga, amaliyotga tadbiq etish orqali ular rivojlanadi, bu esa ta`lim jarayonining uchinchi didaktik vazifasidir. Aynan shu jarayonda bilim, ko`nikma malakalar yoki tayanch bilimlar sayqal topib o`quvchining o`z mulkiga aylanadi. Sayqallanib, shaxsiy mulkka aylangan bilim o`quvchining mustaqil hayot faoliyati davrida – inson uchun yo`lchi yulduzga aylanadi. Rivojlantiruvchi ta`limning asosiy pedagogik qoidalari: 1) Ta`limni yuqori darajada o`rtacha og`irlikda tashkil etish; 2) O`quv materialini tez va o`quvchiga tushinarli holda o`rgatish; 3) Nazariy bilimlar salmog`ini tezda oshirish; 4) Bilimlarni ongli o`zlashtirish bilan ongli holda faoliyatda qo`llash; O`quvchi olgan bilimlarni faoliyatda ongli holda qo`llasagina undagi bilimlar rivojlanadi. Rivojlantiruvchi ta`limning psixologik holatlari; 1) Bilimlarni qo`llaganda, qanday fikrlash hatti – harakat lozimligiga e`tibor berish. Bilimlarning rivojlanishi mustaqil, ijodiy ishlash rivojlanishining asosidir 23 2) Intellektual ko`nikmalar shakllanishi va rivojlanishi; o`quvchiga logik fikrlash xossalarini chog`ishtirish, tahlil qilish, sintezlash ulardan eng muhimlarini ajratib olib xulosa chiqarish, umumlashtirish. 3) O`qish faoliyatini to`g`ri tashkil eta bilish (o`qishni o`rganish.) - O`quvchilar rivojlanishining asosiy manbai kimyo kursi mazmunining o`zi bo`lib hisoblanadi. Sinfdan sinfga ko`chgan sayin bola shaxsi rivojlana boshlaydi. Maktab kimyo kursi dasturi nazariy masalalari rivojlanib, chuqurlashib, murakkablashib borish tartibida tuzilgan. Bu tuzilish tayanch bilimlarning yana yuqori darajada izohlanishi va o`rganishga olib keladi. Natijada o`quvchi shaxsi ham rivojlanadi. - Rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashmalar katta ahamiyat kasb etadi. O`rta maktab kimyo kursida maxsus umumlashma mavzular mavjud M: Anorganik birikmalarni eng muhimi sinflar haqidagi birikmalarni umumlashtirish; Davriy qonun, davriy sistema hamda anorganik birikmalar haqida olingan birikmalarni ham umumlashtiruvchi mavzular berilgan. Kimyo fani o`qituvchisi o`quvchilarda umumlashmalar hosil qilishi haqida bilimlarni ham shakllantirishi kerak. Masalan: a) Kimyoviy reaksiyalar klassifikasiyasi. Klassifikasiyalashning belgilari anorganik va organik kimyodan misollar keltirish; b) Anorganik va organik moddalar orasidagi genetik bog`lanish asoslari haqida; v) Anorganik va organik birikmalar gidrolizi. Umumlashma mavzular yakunida o`quvchi amaliyotga tayangan holda yoki olingan tayanch bilimlarini faoliyatda qo`llash orqali egallangan bilimlar rivojlanadi, sistemaga tushadi va aniqlashadi. Ta`lim jarayonida kimyo fanining rivojlanuvchi faollik xususiyatini yana, 1). Muammoli ta`lim. 2). Ko`rgazma va o`qitishning texnika vositalari. 3). Egallangan bilimlarni doimiy nazorat qilishi. 4). Mo`staqil ishning xilma – xilligi. 5). O`quvchilarga yakkama – yakka yondashuv kabilar yanada oshiradi. - O`quvchilar bilan yakkama – yakka munosabat bo`lish, har bir o`qituvchining individual xususiyati bilim darajasiga mos tuzilgan savollar mashqlar, masalalarni alohida – alohida kartateka, sinov varaqalaridan foydalanish va ularni bajarish darajasini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: elektrolitik dissosiasiya mavzusi asosida: - Quyidagi moddalarning dissosiyalanish natijasida qanday ionlar hosil bo`ladi: a). bariy gidrooksidi. b). fosfot kislotasi. v). mis nitrati. - Quyidagilar eritmasida qanday ionlar bo`ladi? a). kislotalar. b). asoslar. v). tuzlar. - Kislotalarning barchasi o`xshash umumiy xossalarga ega ekanligini qanday izohlash mumkin? a). mis sulfati. b). rux xloridi qanday moddalari bilan birikishi mumkin. Savollar mazmuni jihatidan qiyinlashib boradi. Birinchi savol reproduktiv oddiyroq javob talab qilsa, ikkinchi savolga javob o`zaro chog`ishtirishni talab qiladi: uchinchi savolning javobi tahlil va sabablari bog`lanishni ochish bilan bo`ladi, to`rtinchi savolning javobi ilgari olingan bilimlarni yuqoriroq va kengroq bog`lanishlarda ochib berishni talab qiladi. 24 To`rtala savollarga kim javob bersa a`lo baho qo`yiladi. Xuddi shunday topshiriqlar ham uyga beriladi. Shunday savollarga javob topish uchun adabiyotlarga murojaat qilanadi. Muammoli ta`lim o`quvchini rivojlantirish manbai bo`lib xizmat qiladi. Muammoli ta`limning mohiyati va uni hozirgi ta`lim jarayoniga olib kirishning zarurati nimadan iborat? Hozirgi fanlarning qo`shilib ketishi, ilmiy texnikaning o`sishi sharoitida ta`limning rivojlanuvchi funksiyasi ham o`shib bormoqda. Ta`lim jarayoni o`quvchiga faqat tayyor bilimlarni berish bilan chegaralanmasdan o`quvchida tafakkur qirralarini o`stirish unda dialektik fikrlashni mustaqil ishlash ko`nikma – malakalarni hosil qilish kerak. Zarurat esa ana shu maqsaddan kelib chiqadi. Muammoli ta`lim – rivojlanuvchi o`qitishdir. Insonda qachonki nimaningdir mohiyatini tushinish, anglash ishtiyoqi tug`ilsa shundagina fikr yurita boshlaydi, unda bilim o`rganish egallashga intilish paydo bo`ladi. Bunday intilish muammoli ta`lim jarayonida hosil bo`ladi. O`qituvchi shu jarayonni o`quvchida hosil qilgach va vazifalar nimadan iborat ekanligini anglagach endigi vazifa muammoli ta`limdan qachon va qanday foydalanishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Asosiy vazifa muammoli ta`limni joriy etish jarayonida avvalo ta`lim mazmunini tahlil etib chiqish va undan muammolarni ajratib tushinib olish, keyin esa ularni bir – biriga bo`ysundirish darajasida tartib bilan joylashtirishdan iborat. Bu tartib tizimlilik holatini keltirib chiqaradi, tafakkur rivojlanishi uchun eng muhim sanaladi. M: Moddalarning xossalari ularning tarkibiga bog`liq degan qoida dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusida markaziy muammo sifatida qaraladi. Bu muammo VII sinfda har bir mavzuda xususiy holat kasb etsa VIII – sinfda atom tuzilishi nazariyasi o`rganilgach, elementlarning xossalari ularning tuzilishiga bog`liq degan umumiy nazariyani kelib chiqardi yoki VII sinfdagi tarkib tushunchasi o`rnini tuzilishi tushunchasi to`ldiradi. M: Nima uchun litiyning xossalari natriyga o`xshash, nima uchun elementlarning xossalari davriy ravishda o`zgarib boradi. Yoki atom massalarining ortib borishi tartib buzilishiga qaramay argon bilan kaliy 18 va 19 tartib nomerda joylashgan teskari emas? Demak o`qitishning har bir bosqichda o`zining muammolari mavjud. Ularga o`quvchi o`zining tayyorgarlik darajasi va rivojlanish holatida beradi. Kimyo ta`limida o`quv muammolarini keltirib chiqarish usullari yo`llari mavjud o`quv muammolarini nazariyalar va faktlar, nazariyalar va tushunchalar, alohida tushunchalar orasidagi bog`liqlik orqali tushuntiriladi, hamda ajratib olinadi. M: Nima sababdan ayrim moddalar elektr tokini o`tkazadi yoki elektrolit ayrimlari unday emas. Demak moddalarning eritmalaridagi har xil xususiyatlari ularning o`zaro aloqasi tuzulishi nazariyasi asosida yechim topadi. Moddalar xossalarining ular tuzilishiga bog`liqlik tushunchasi, moddalarning tuzulishi nazariyasi va modda tushunchasi bog`liqligi tushuniladi. Demak ta`limiy muammolar uning mazmunidan kelib chiqadi. 25 Ta`lim muammolarini amaliy jihatdan o`qitishning istalgan bosqichida amalga oshirsa bo`ladi. Ular ta`lim mazmuni va o`quvchilarning rivojlanish holatlariga bog`liq. Muammoli ta`limni amalga oshirish bosqichlari mavjud. O`quv muammolarining ko`rininshlari quyidagilardan iborat: muammoli holatning mavjudligi, sub`ektning izlanishini yechishga tayyorgarligi, bir necha yo`l bilan yechish imkoniyatlari bularni muammoli ta`limni amalga oshirish shartlari deb aytiladi. Muammoli ta`lim bosqichlari quyidagilardan iborat: Birinchi bosqich - Muammoni tushunishga tayyorgarlik. Bu bosqichda bilimlarni faollashtirish, muammoni yechish uchun kerakli bilimlarni eslash fikrlash yechiladigan muammo uchun kerakligini ajratib olish: Agar VII sinf o`quvchisiga nega bir xil miqdor va sifat tarkibiga ega modda har xil xossa namoyon qiladi deb so`ralsa kimyoviy jihatdan eng muhimi bu muammo o`quvchini yechishga undamaydi, chunki ularning bu muammoni yechishga bilim darajalari hali yetarli emas. Ikkinchi bosqich – Muammoli holatni vujudga keltirish. Bu vaziyat muammoli ta`limning eng javobgarligi muhim va murakkab bosqich hisoblanadi. O`quvchi bu bosqichdan o`qituvchi tomonidan o`z oldiga qo`ygan muammoni muhimligini tushinishi yoki o`zidagi bilimlar bilan uni yecha olmasligini anglab yetib, yangi bilimlarga zaruriyat sezishi va shu bilimlar bilan uni yecha olmasligini anglab yetib, shu bilimlarni egalashi lozim. Muammo o`quvchiga aniq bo`lishi uning bu muammoni yechishiga imkon beradi. Uchinchi bosqich – muammoning aniq ifodalanishi kelib chiqqan vaziyat muhitining natijasidir. O`quvchi qanday savolga javob qaytarishiga o`z kuchini qaratsin. Bilimga qaratilgan bu vazifani o`qituvchi o`quvchilar oldiga qo`ya bilishi kerak. Agar o`quvchi doimiy ravishda muammolarni yechib kelgan bo`lsa, muammolar yechimiga o`zi kela biladi. To`rtinchi bosqich – muammolarni yechish jarayoni u bir necha pog`onada amalga oshadi: a) bashoratlarni ilgari surish; b) har bir muammoni tekshirishning rejasini tuza bilish; v) muammoning tasdiq topishi. Beshinchi bosqich – Tanlangan yechim to`g`riligini isbotlash, agar imkon bo`lsa, amaliyotda ko`rsatish. Bunday muammoli vaziyatlarni tashkil etish o`qituvchidan katta mahorat talab etadi. Muammoli vaziyatlar tashkil etish usullari quyidagilardan iborat. 1. O`quvchilarga noma`lum bo`lgan ma`lumotlar faktlarni tushintirish va demonstratsiya qilib ko`rsatish. Ularda yangi bilimlarning kelib chiqishiga imkon beradi M: o`qituvchi elementning shakl o`zgarishlarini (allatropiyasini) tushintirib uning kelib chiqish sabablarini so`raydi, yoki ammoniy xlorid bilan kaliy xlorid aralashmasini qanday bir – biridan ajratish mumkin. (ammoniy xloridni haydash yo`li ajratish mumkinligini hali o`quvchi bilmaydi ). 26 2. Ma`lum faktlar bilan ma`lum bilimlar orasida uyg`unlik bo`lmasligi mumkin. Natijada o`quvchilar noto`g`ri xulosaga kelishi mumkin. M: ohakli suv orqali uglerod (IV)-oksidi o`tkazib tiniq eritma olish mumkinmi? O`quvchilar o`zlaridagi zahira bilimlarga tayanib yo`q javobini beradilar. O`qituvchi esa kalsiy gidrokarbonatning olinishini tajriba qilib ko`rsatadi. 3. Aniq nazariyalarga asoslanib faktlarni izohlashda ham muammoli vaziyatlar kelib chiqadi. M: nima sababdan natriy sulfat eritmasini elektroliz qilganda katodda vodorod, anodda esa kislorod ajraladi. O`quvchilar savollarga kerakli jadvallar, metallarning aktivlik qatori, anionlar qatori, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining elektroliz mohiyati yordamida javob izlab topadilar. 4. Ma`lum nazariyalar yordamida bashorat qilib uni keyin amaliyotda sinaladi. M: sirka kislota boshqa organik kislotalar orqali kislotalarning umumiy xossalarini namoyon etadilarmi? O`quvchilar o`z fikrlarini bildiradilar. 5. Oxirgi maqsad natija va muammoning sharti berilgach, uni hal etishning oson yo`lini topish. M: O`qituvchi eksperimental masala taklif etadi. Uchta probirkada moddalar berilgan, bu moddalarni tezroq va qisqa tajribalar o`tkazib aniqlang. 6. Muammoning shartlari berilgani asosida mustaqil ish tarzda yechimga kelishi. Bu ijodiy masala bo`lib uni yechish uchun dars yetarli emas. O`quvchilarga o`ylash, fikr qilish uchun vaqt beriladi. Uyda esa qo`shimcha adabiyot va kerakli ma’lumotlardan foydalansin. M: Moddalarning xossalarini bilgan holda aniq reaksiya uchun sharoit tanlash va o`rganilayotgan moddani ishlab chiqish jarayoni uchun optimal sharoit haqida fikrlar bildirish. 7. Tarixiylik prinsipi ham muammoli vaziyatlarni yaratadi. M: D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni xulosasiga bir qancha sistemalashlar natijasida kelgan fan tarixi shuni ko`rsatadiki, kimyoviy qonunlar fanning rivojlanib tartibga tushishi bilan kashf etilgan. Muammoli vaziyat xarakter, mohiyat mazmuni jihatidan bir – birini almashtirib borsa o`quvchining tafakkuri rivojlanadi. Muammolarning eng mahsulli davri shundaki, qachonki o`quvchilar o`zlari muammoni shakllantira olsalar, munozarali darslar shulardan kelib chiqadi. - Darsda muammoli ta`limdan foydalanish xususiyatlari ham mavjud. O`qituvchi muammoli ta`limni amalga oshirish jarayonida sinfdagi barcha o`quvchilar faollik ko`rsatsa, tashabbuskor bo`lsa, noto`g`ri bo’lsa ham o`zlarini fikrini bildirsa, boshqa o`quvchilarni munozara, tortishuvi o`z fikrini bildirishga undasa, ta`lim samarali kechadi. O`qituvchining savoli muammoli xarakterda bo`lishi kerak. Bitta darsda muammoli harakatlarning barcha bosqichlarini qo`llash shart emas. Muammoli harakatlarning yoki o`quvchilarni chalg`itib bilimlarining mustahkamligini sinash uchun to`g`ri natijalar ham berishi mumkin. Xullas, o`quvchi muammo sabablarini izohlab berishga o`rgansin. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling