Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana19.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#134613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)


O`quvchi    eksperimenti  -    mustaqil  ish  turi  bo`lib  hisoblanadi.    Shu  usul 
bilan o`quvchi o`zidagi  bilim  ko`nikma malakalar darajasini ham sinab ko`radi. 
O`quvchi    eksperimenti  maqsadi,  uni  kelgusi  mustaqil  hayotga 
tayyorlashdan  iborat. O`quvchi  eksperimenti  laboratoriya  tajribalari  va amaliy 
mashg’ulotlarga  bo`linadi.   
Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi. 
Laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish 
bo`lib hisoblanadi. 
O`quvchi eksperimenti quyidagi bosqichlarda  amalga oshadi: 
1)  Tajribani maqsadini tushuntirish; 
2)  Moddalarni o`rganish; 
3)  Priborni yig`ish yoki tayyorlashdan foydalana bilish; 

 
35 
 
4)  Tajribani bajarish; 
5)  Natijalar tahlili va xulosalar chiqarish
6)  Olingan natijalarni  izohlash va kimyoviy tenglamalar tuzish. 
7)  Hisobot yoza olish. 
O`quvchi  o`z  oldiga  qo’ygan  muammoning  yechimini  tushunib  yetishi 
kerak. 
Kimyo fanidan o`quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa 
holda amalga oshadi. Laboratoriya mashg`ulot joylari oldindan o`quvchiga ajratib 
qo’yiladi. 
Laboratoriya  tajribalari  yangi  material  mazmunini  tushuntirish  jarayonida 
olib boriladi. 
Amaliy  mashg’ulotlar  -  ma`lum  mavzular  o`rganilgach,  ularning  oxirida 
olingan  bilimlarni  mustahkamlash,  takomillashtirish,  konspektlash  hamda  
ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Kimyodan  amaliy  mashg’ulotlar-  o’quvchi  va  talabalarning  bilim 
ko`nikmalarini  shakllantirishning    asosiy  omilidir.  Amaliy  mashg`ulotlarda  
ko`nikma  va  malakalar    shakllanishiga  katta  e`tibor  beradi.  Amaliy  mashg`ulot  
VII sinfdan boshlab o`tkazila boshlaydi. Har  bir amaliy mashg`ulotni o`tkazishda 
reaktiv,  pribor  va  kimyoviy  asbob-uskunalar  bilan  ishlashning  texnik  qoidalari, 
muomila  qilish  ko`nikmalariga  alohida  ahamiyat  berish,  xavfsizlik  texnikasi 
qoidalariga  amal  qilish  talab  etiladi.  Amaliy  mashg`ulotlar  ikki  xil  ko`rinishda 
bo`ladi: 
berilgan 
instruksiya 
asosida 
o`tkaziladigan 
mashg`ulotlar 
va 
eksperimental masalalar yechish bilan bog`liq tajribalar. 
Instruksiya  -  berilgan  yo`l  -  yo`riq  asosida  o`tkaziladigan  tajribalar. Unda 
tajribaning har bir bosqichi yozma holda berilgan bo`ladi. Ular darslikda yozilgan 
holda mavjud. 
Eksperimental masalalar - instruksiya berilmasdan masala sharti beriladi. 
Shu shartga asosan o’quvchi ijodiy ravishda mustaqil ish bajaradi. Eksperimental 
masala  yechishda  xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  amal  qilgan  holda,  kerakli 
reaktiv priborlar stolga qo`yiladi. 
Tajribalar  yakunida  maxsus  daftarga  hisobotlar  yoziladi.  Hisobotlar  kimyo 
xonasida saqlanadi. 
Hisobot shakli quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1)  sinf.  2)  o`quvchi  f  va  i.  3)  fan.  4)  ishning  mavzusi.  5)  tajribaning  nomi.  6)  
tajribaning maqsadi. 7) bajarish tartibi. 8) pribor chizmasi va kuzatish xulosalari. 
9) xulosa va reaksiya tenglamalari. 
O’qitish metodiga qo’yiladigan talablar: 
Normal tashkil qilingan ta’lim- 
tarbiya  jarayoni  biror  universal  metoddan  emas,  balki  mavjud  metodlarning 
hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi. 
      Har  bir  metod  o’quv  materialining  mazmuni  va  umumiy  xarakteriga, 
talabalarning saviyasiga va tayyorgarligiga, maktabning (kimyo laboratoriyasi bor-
yo’qligiga) qarab tanlanadi. 
 
Tekshiruv savollari. 
1.  VII-VIII sinf mavzularidan qaysilarini: a) ma`ruza, b)  hikoya, v) suhbat, g) 
tushuntirish  metodlarida o`qitish mumkin. Nima uchun? 

 
36 
 
2.  IX sinf darsligidan ma`ruza metodi bilan o`qitiladigan  mavzuni tanlang?  
3.  Kimyoni o`qitishning umumiy metodlari qaysilar? 
4.  Kimyoda demonstrasiyali o`qitishga qanday talablar qo’yiladi? 
5.  O`quvchilar eksperimentning qanday turlari mavjud. 
6.   
Tayanch tushunchalar: 
1.    Monologik  metodlar-  so’zlab  berish,  ma’ruzalarga,    bo`linib,  o`quv  materiali 
mazmunini  o`qituvchining  o`zi  tushintiradi.  Bu  metodda    o`quvchilar  faktlar, 
eksperiment orqali kuzatib o`rganadilar: 
2.  Diologik  metodlar-  bularga  har  xil  suhbatlar,  seminarlar,  misol    bo`lib 
o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi. 
3.    Laboratoriya  tajribalari  –  yangi  bilimlar  olish,  yangi  materialni  o`rganish  
bo`lib hisoblanadi. 
4.  Amaliy  mashg’ulotlar  –  ma`lum  mavzular  o`rganilgach,  ularning  oxirida 
olingan  bilimlarni  mustahkamlash,  takomillashtirish,  konspektlash  hamda 
ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. 
 
 
13- ma’ruza 
Mavzu: Kimyo o’qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari.  
                                       
Ma’ruza  rejasi : 
1.  Kimyoviy masalalar yechishda qo’llanadigan metodlar 
2.  Kimyo o`qitishda masalalarning ahamiyati va  ularning  klassifikasiyasi. 
3.  Kimyoda sifatga doir masalalar yechish tiplari  
4.  Kimyoda hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi 
5.  Hisoblashga doir masalalarning tiplari 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:    Kimyo  o`qitishda  masalalarning 
ahamiyati  va    ularning    klassifikasiyasi,    kimyoda  sifatga  va  hisoblashga  doir 
masalalar yechish tiplari,  hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi. 
 
 
Kimyoviy masalalar yechish politexnika, o`qitishni turmush bilan bog`lash, 
kasb  tanlash,  mehnatsevarlik  maqsadga  intilish,  dunyoqarashni  shakllanishi, 
fanlararo aloqadorlikni ta`minlash kabi hollar katta ahamiyat kasb etadi. Masalalar 
yechish,  o`quvchida  rivojlanish  funksiyalarida  katta  rol  o`ynaydi.  Rivojlanish 
fikrlashning  turli  usullari,  bilimlarning    haqiqiy  qo`llanishi,    o`z-o`zini    nazorat 
qilish,  ko`nikmalarni  hosil  qiladi.    Eng  muhimi  o`quvchida  mustaqillikni 
rivojlantiradi. 
 
Masalalar  yechish  jarayonida  tayanch  bilimlar  tadbiq  etiladi  va  natijada 
moddalar  va  kimyoviy  jarayonlar  haqidagi  bilimlar  mustahkamlanadi  va 
takomillashadi.  Masala  yechish  jarayonida  muammolar  o`z  yechimini  topadi. 
Ayniqsa  bu  hol  sifatga  doir  masalalar  yechishda    ko`proq    qo`llaniladi.  Masala 
yechish jarayoni abstrakt holatlardan aniq yechimlarga olib keladi.  

 
37 
 
Amaliyotda  esa  bu  metodologik  aspektni  o`z  boshidan  kechiradi  va 
abstrakdan  fikrlashga,  undan  amaliyotga  -  oddiydan  murakkabga  beriladi.   
Masalalar yechish turiga  ko`ra masalalar sifatiga va hisoblashga doir bo`ladi.  
Kimyoda  sifatga  doir-  masalalarning    ko`p    qo`llanadigan  tiplari 
quyidagilar: 
1.  Tavsiflangan  va  kuzatilgan  hodisalarni  izohlash.  M:  Nima  sababdan  kalsiy 
karbonat  bilan  sulfat  kislota  orasidagi  reaksiya  kuchli    boshlanadi  -  yu  keyin 
to`xtab  qoladi?  Yoki  nima  uchun  quruq  ammoniy  karbonat  qizdirilganda 
boshqa modda  hosil   bo`ladi?  
2.  Aniq moddaning xarakteristikasi: xlorid kislota qanday moddalar bilan va nima 
uchun reaksiyaga kirishadi. 
3.  Moddalarni  bilish:  Qaysi  probirkada  kislota,  ishqor,  tuz  borligini  aniqlang. 
Qaysi  probirkada  xlorid  kislota,  sulfat    kislota,  nitrat    kislota  berilganini 
aniqlang. 
4.  Moddaning  sifat  tarkibini  isbotlash;  Ammoniy  xlorid  tarkibida  ammoniy  ioni 
va xlor ioni borligini qanday isbotlaysiz? 
5.  Aralashmalarni ajratish va toza modda olish:  Qanday qilib, uglerod (IV)-oksidi 
aralashmasidan kislorodni tozalash mumkin? 
6.  Moddalarni  olish:  Ma`lum  bo’lgan  barcha  usullar  bilan  rux  xloridni  olish. 
Masalani og`zaki, yozma yoki eksperimental holda yechish mumkin.. 
Kimyoda  hisoblashga  doir  masalalar  -  VII  sinf  masalalari  «massa»  tushun-
chasiga moslashgan. VIII sinfda esa kimyoda miqdoriy nisbatlarga mos masalalar 
yechiladi.  O`quvchilarda  shunday  fikr  shakllanishi  kerakki,  moddalar  bir  -  biri 
bilan qat’iy belgilangan miqdorda birikadilar. 
Hisoblashga  doir  masalalar  tiplari  quyidagilar:    VII  sinfda    formulalar 
bo`yicha hisoblash: 
a).  moddaning nisbiy molekulyar massasi bo`yicha hisoblash; 
b).  murakkab modda tarkibida element atomlarining massasini aniqlash; 
v).  elementning moddadagi foiz miqdorini aniqlash
Yechish:  Eritmada erigan moddaning foiz miqdorini aniqlash: 
VIII sinfda formulalar  bo`yicha hisoblash: 
a).  aniq miqdordagi moddaning massasini hisoblash; 
b). gazlarning  massasi va hajmini topish (normal sharoitda); 
v). gazlarning nisbiy zichligini hisoblash 
Yechish: Tenglamalar asosida hisoblash  
a).  reaksiyaga  kirishgan  va  hosil  bo`lgan  modda  yoki  gazlarning  aniq  miqdorini 
hisoblash; 
b). kimyoviy tenglamalar bo`yicha gazlarning hajmiy nisbatini hisoblash; 
v). termokimyoviy tenglamalar  asosida hisoblash. 
IX sinf uchun.  Tenglamalar asosida hisoblash: 
a). reaksiyaga kirishuvchi moddalarning birortasi ortiq olingan taqdirda kimyoviy 
tenglamalar asosida hisoblash; 
b).  nazariy  hisoblashga  qaraganda  hosil  bo`lgan  moddaning  massa  miqdorini 
aniqlash; 
v).  ma`lum  miqdor  qo`shimchalari  bo`lgan  boshlang`ich  moddadan  reaksiya 
natijasida hosil bo`lgan moddaning miqdorini aniqlash. 

 
38 
 
X sinf uchun.  Formulani topishga doir hisoblash 
Gazsimon  moddalarning  molekulyar  formulasini  elementlar  (%  da)  zichligi  va 
massa miqdori asosida hisoblash.       
Kimyoviy masalalarni yechishda bir xil metodik uslubni qo`llash kerak.  
O`quvchilarga  masala  yechishda  tanlashda,  o`qituvchi  ularni  quyidagi 
maqsadlar asosida tanlashi lozim. 
1.  Masala  yechilishi  jarayonida  qanday  tushuncha  qonunlar,  nazariyalar,  faktlar 
yoki  tayanch  bilimlar  mustahkamlanadi.  Moddalarning  qanday  kimyoviy 
xossalari hisobga olinadi. 
2.  Yechishning qaysi usullari hisobga olinadi.  
3.  Masala yechilishi jarayonida qanday tafakkur qirralari rivojlanadi. 
4.  Qanday didaktik funksiyalarni berilgan masala bajaradi. 
Albatta  murakkab  masalalar  ijodiy  yondashishini,  aqliy  faoliyat  
ko`rsatishni, mustaqil ishlashni talab qiladi. 
 
Iqtidorli  o`quvchilar  bilan  ko`proq  ishlab  ularga  albatta  murakkab  va 
muammoli masalalar yechish katta samara beradi. 
 
Nazorat  savollari   
     1.     O`quvchilar eksperimentining qanday turlari mavjud. 
     2.     Eksperimental masalalar yechishning didaktik maqsadi nima? 
     3.      IX  sinfda  kimyodan  amaliy  mashg`ulotlar  o`tkazishda  qanday  malakalar          
shakllanadi. 
     4.      Azot  va  fosfor  gruppachasi  misolida  nazorat  topshiriqlar  variantlariniing      
tuzilishi. Ularni  yechishning metodik yo`llarini asoslang. 
      5.   Bir necha tipga mos sifatga doir masalalarga misollar tuzing. 
      6.    Har bir tipga mos miqdoriy  masalalarga misollar tuzing. 
 
 
 
 
Tayanch tushunchalar 
 
Masalalar  yechish  jarayonida  tayanch  bilimlar  tadbiq  etiladi,  natijada 
moddalar  va  kimyoviy  jarayonlar  haqidagi  bilimlar  mustahkamlanadi  va 
takomillashadi.  Masala  yechish jarayonida muammolar o`z yechimini topadi. 
 
  
14 - ma’ruza 
Mavzu: O’quvchilar bilimini  nazorat  qilishning nazariy asoslari. 
 
Ma’ruza  rejasi : 
1.   Kimyo o`qitish natijalarini nazorat qilishning maqsadi, vazifalari, ahamiyati va 
mazmuni. 
2.   Kimyo fani bo’yicha o’quvchilar bilimini nazorat qilishning turlari. 

 
39 
 
3.  Joriy nazorat turlari: og’zaki, so’roq, uy ishi, o’quvchilarning o’quv faoliyatini 
kuzatish,  laboratoriya  ishi  (amaliy  mashg’ulot)  nazoratning  ijodiy  shakli 
(noan’anaviy)  
4.  Oraliq  nazoratning  funksiyalari,  kimyo  fani  bo’yicha  o’quvchilarning  bilimini  
oraliq  nazorat qilishning  turlari:   kimyo fani bo’yicha diktant, hamda  mustaqil 
ish. 
5.      Kimyo  fani  bo’yicha  o’quvchilar    bilimini    yakuniy  nazorati:  funksiyalari, 
maqsad va vazifalari. Yakuniy nazorat turlari: test  va  yozma ish. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Kimyo  fani  bo’yicha  o’quvchilar 
bilimini  nazorat  qilish  turlari,  joriy    nazorat,  oraliq  nazorat,  yakuniy  nazorat, 
chorak nazorat, yillik nazorat. 
 
O`qitish  natijalarini    nazorat  qilish ta`lim    jarayonining  -  eng    muhim 
sohasi  hisoblsnadi.  Uning  vazifasi  o`qitish  maqsadining  amalga  oshganlik 
darajasini aniqlashdan iborat. Nazorat maktab ta`limida o`qitish xarakterida bo`lib 
uning metodlari  boshqa  metodlar bilan yaqin aloqadorlikda bo`ladi. 
O’quvchi  bilimi  malaka  va  mahoratini  tekshirish    va  baholash  ta’lim 
jarayonining    muhim  tuzilishi,  komponentidir  va  butun  o’quv  yili  davomida  
sistemali  izchillik  va  ta’limning  puxtaligi    prinsiplariga  muvofiq  ravishda  olib 
boriladi. Shu bilan  bilimni  tekshirish va baholash turlari mavjud. 
Ulardan asosiylari: 
-joriy nazorat. 
-oraliq nazorat 
-yakuniy nazorat 
-chorak nazorat 
-yillik nazorat 
- o’tkazish va bitiruv nazorat imtihoni. 
Tekshirish va baholashda asosiy vazifalar:  
Qanday  yechilayotganiga,  ya’ni  o’quvchi qanday bilimga  malaka va mahoratga,  
dunyo  qarashi  va    axloqiy-estetik  qarashlari    ijodiy  faoliyatga    ega  ekanligiga 
e’tibor qaratish muhimdir. O’quvchini  o’qishga  qanday munosabatda bo’lishiga, 
qanday shug’ullanayotgani hokazolarga bog’liq.  
Kimyo  o`qitish  natijalarini  nazorat  qilishning  shakl  va  turlari  har  xil 
bo`lib  o`qituvchining  o`quvchilar  bilan  nazorat  ishlarini  tashkil  etishdan  kelib 
chiqadi.  Didaktikada  nazoratning  yagona  klassifikasiyalangan  shakli  mavjud 
emas.  Misol tariqasida  beriladigan klassifikasiya mavjud. 
Tashkil etish turi:     a)  yakkama-yakka  
                                b)  differensiyalli  
                                v)  guruh-guruh 
                                g)  yalpi 
Informasiyalar berish turi:  
                                a)  og’zaki   
                                b)  yozma 
                                v)  eksperimental 

 
40 
 
Kimyo  o`qitish  natijalarini  og’zaki  nazorat  qilish  metodlari:  yakkama  - 
yakka holda bilimlarni hisobga olish har bir darsda amalga oshiriladi.  
Bu  bilim  nazorat  qilishning  eng  muhim  va  sinovdan  o`tgan  turi  bo`lib 
hisoblanadi. Bu jarayonda nazoratning hamma turlaridan foydalaniladi. 
Bu  turda  o`quvchining  bilimi,  ko`nikmasi,  malakasi,  dunyoqarashi,  nutq 
madaniyati  kimyoviy  formulalar,  tenglamalarni  yoza  olish,  bilish,  materialni 
o`zlashtirganlik  darajasi,  tayanch  bilimlarni  yangi  sharoitda  tadbiq  etish  undan 
foydalana  bilish  darajasi  aniqlanadi.  O`qituvchining  og`zaki  nazoratni  amalga 
oshira olishi katta san`at  bo`lib hisoblanadi.     
Har  bir  o`quvchining  bilimini  o`qituvchi  VII-VIII  sinflarda  2-3  minut, 
yuqori sinflarda 4-5 minut davomida aniqlab olish kerak.  
O`quvchilarga beriladigan savollar qisqa aniq bo`lib, o`quvchi  ha yoki yo`q 
deb  javob bermasdan, o`quvchining fikr yuritishga kengroq  aniq javob berishga 
undash kerak. 
Uyga    berilgan  topshiriqlarga    javob  berish  rejasini    o`quvchiga  berish 
mumkin.  M:    Atom  tuzilish  nazariyasi  o`rganilgach  davriy  sistemada  joylashish 
holatiga muvofiq elementlarga xarakteristika berish rejasi:  
1.  D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasida elementning joylashish o`rni. 
2.  Yadro zaryadi va atomda elektronlar soni. 
3.  Energetik pog`onalar soni. 
4.  Tashqi energetik pog`onada elektronlar soni. 
5.  Element xossalari xarakteri. 
6.  Elementning yuqori musbat oksidlanish darajasi. 
7.  Yuqori oksidining formulasi va uning xarakterli xossalari. 
8.  Yuqori gidroksidining formulasi va uning xarakterli xossalari.  
9.  Elementning  manfiy oksidlanish darajasi (agar bo`lsa). 
10. Uchuvchan vodorodli birikmasining formulasi (agar bo`lsa). 
O`quvchi doskaga chaqirilganda ham shu reja asosida elementlarning davriy 
sistemasidagi holatini xarakterlashi kerak. 
Har  qanday  holatda  vaqtdan    unumli    foydalanishga  katta  e`tibor  berish 
kerak. 
Yalpi  holatdagi  nazorat  suhbati  –  albatta    ko`p  vaqt  olmasligi  kerak. 
Savollar ham javoblar ham aniq va qisqa bo`lishi kerak. Agar baho qo`yish lozim 
bo`lsa, belgilangan o`quvchining javobini hisobga olish kerak. Savol butun sinfga 
berilib, doskaga ham bahosi kam o`quvchi chiqarilishi mumkin. Hozirgi sharoitda 
o`quvchilar bilimning nazorat qilishning reyting test  tizimi ishlab chiqarilgan. 
 Bularning  barchasi  o’quvchilar  bilimini  tekshirish  va  baholashning  turli 
usullarini    qo’llashning  zarurligini    ko’rsatadi.  Kimyo  fani    bo’yicha  bir  davrda 
o’quvchilar  bilimini  joriy  nazorat-  qilishning  turlarini  klassifikasiyasini    ko’rib 
chiqamiz:  og’zaki  so’roq,  uy  ishi,  o’quvchilarning    o’quv  faoliyatini  kuzatish, 
laboratoriya ishi (amaliy mashg’ulot) nazoratining ijodiy shakli. 
O’quvchilarni  bilimini  nazorat  qilishning  qiziqarli  shakllari    sifatida    turli 
referatlar,  krasvordlar, rebuslar taklif qilish mumkin. 
Oraliq  nazorat  -  joriy  nazoratga  qaraganda    ko’proq    nazorat  turi 
hisoblanadi.  Unda    o’quv  dasturlarini    va  aniq  o’quv  fanining  o’ziga  xos 
xususiyatlarini    chuqur      hisobga  olish  imkoniyati  bor.  Oraliq,  joriy  va  yakuniy 

 
41 
 
nazoratning  turli  maqsadlari,      ularning  turli  funksiyalarida  o’z  aksini  topadi. 
Oraliq nazoratning quyidagi funksiyalari bor: O’quv faoliyatida samara darajasini 
(baholash), tekshirish, diagnostik (orqada qolish sabablarini e’lon qilish), tashkiliy 
(qo’llanilayotgan  metodlar  samaralari):  tarbiyaviy  motivasion  (oraliq  nazorat 
natijalari bilan o’quvchilarning o’zlarini o’zlari baholashni mustahkamlash) oraliq 
nazoratining  maqsadi,  o’quvchilarning  o’quv  sohasida  ma’lum  bir  mavzularni 
o’zlashtirilganligini  tekshirish.  Oraliq  nazorat  o’qituvchi    tomonidan   og’zaki va 
yozma  shaklda  o’tkaziladi.    Oraliq  nazorat  o’tkazilishi  oldindan  o’quvchilarga 
aytiladi. Kimyo fani  bo’yicha oraliq nazorat turlarini ko’rib  chiqamiz: 
   
Kimyo  fani    bo’yicha  diktant,  darturli  diktant,  mustaqil  ish.  Kimyo  fani  
bo’yicha  diktant  o’zaro  tematik  bog’langan,  lekin  tekst  4-8  iboralardan  iborat. 
Diktantdagi    gaplar  aniqlik  va  qisqalik  bilan  ajralishi  kerak.  O’quvchi  
eshitayotgan    vazifani  bajarishi  lozim.  Shuning  uchun  ibora  yoki  chalkashlik 
diktantga  to’g’ri kelmaydi. 
Yakuniy  nazorat  -  chorak,  yillik  va    davlat    imtihonlariga  bo’linadi.  U 
yozma ish, og’zaki va test shaklida o’tkaziladi.  
Yozma  ish   yakuniy nazoratning eng ko’p tarqalgan shaklidir. Bu sezilarli 
qisqa  vaqt  ichida    bir  vaqtda  ham  o’quvchi  bilimini  baholash,  ham  baholarning 
xolisligi  imkoniyati  bilan  tushuntiriladi.  Yana  bir  afzalligi: bahoning  pasayishiga 
olib  kelgan  o’quvchi    yo’l  qo’ygan  xatolar  va  nohaqliklar  hamda  munozarali 
holatlarni    hal  qilishga  asoslangan  yondashish.  Bu  usulning    mohiyati  o’qituvchi 
bir-ikki dars o’tgach o’quvchi bilimini tekshirish maqsadida yozma ish o’tkazadi. 
Yozma  ishni    o’tkazishda  qator  didaktik  talablarga  e’tibor  qaratilishi  kerak. 
Birinchidan,  yozma  ish  vaqti  o’tilgan  material    yaxshi  o’zlashtirilganligiga  
o’qituvchining  ishonchi  komil  bo’lsagina  o’tkaziladi.  Ikkinchidan,  yozma  ish 
o’quvchilarga  oldindan  e’lon  qilinishi  kerak  va    tayyor  vazifalari  ishlab 
ko’rsatiladi. Uchinchidan, yozma ish  ichida o’tilgan darslar mazmunini beruvchi 
ijodiy  savollar  bo’lishi    kerak.  To’rtinchildan,  o’quvchilar  mustaqil  ishlab, 
o’qituvchi ko’chirishga  yo’l qo’ymasligi kerak.  Ishni nihoyat o’qituvchi e’tibor 
bilan analiz qilishi kerak.  
 
 
 
 
Tekshiruv savollari: 
1. 
O’quvchilar bilimini nazorat qilishning  maqsad va vazifalari qanday? 
2. 
 Siz o’quvchilar bilimini nazorat qilishning  qanday turlarini bilasiz. Ularni 
ta’riflang. 
3. 
 Joriy nazoratning qanday turlari mavjud. 
4. 
Oraliq nazoratning funksiyasi nima? 
5. 
Oraliq nazoratning qanday turlari mavjud, misol keltiring.  
6. 
 Yakuniy nazoratning funksiyalari  maqsad va vazifalari qanday? 
 
15 -ma’ruza 
Mavzu: Test asosida tekshirish. Komp'yuter asosida test olish uslubi  
 

 
42 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. 
Test asosida tekshirish. 
2. 
Test turlari.. . 
3. 
Kompyuter asosida  test olish uslubi. 
 
O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Testlarni  turlari, eslash va to’ldirish uchun 
testlar, tanlov testlari, alternativ,  ko’p tanlovli va kesishuvchi tanlovli  testlar 
Hozirda  o’quvchilarning  bilimini  sinab  ko’rishda  asosan  –  test-sinov 
usulidan  keng  foydalanilmoqda.  Testli  sinovda  o’quvchilar  faqat  o’zlarining 
bilimlarini tekshirib ko’rishmaydi, balki mazkur fandan  olgan bilimlarini mustaqil 
ravishda takomillashtirishadi va chuqurlashtirishadi. 
  Test    (test)-  inglizcha  so’z  bo’lib,  tadqiq  etish,  tekshirish,  sinab  ko’rish 
degan  ma’noni  anglatib,  diagnostika  metodi  hisoblanadi,  unda  standart  savollar 
beriladi.  
Testli  sinov  va  imtihonlarning  an’anaviy  imtihonlardan  afzalligi  shundaki, 
o’quvchi o’zining chuqur bilimini, keng dunyoqarashini  to’laroq namoyon qilish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.  
Test  sistemasi  o’quvchilarni  baholashning  boshqa  ko’rilgan  uslublariga 
qaraganda  qanday afzallikka ega. Undan foydalanish mohiyati nimada?  
1. 
Barcha  o’quvchilarga  teng  sharoit    yaratiladi  (vaqt  hisobida  ham,  test 
savollarini tanlash hisobida ham) 
2. 
Ma’lum  vaqt  ichida  ham  o’quvchilaring  keng  doirasini  ham  mavzuning 
to’liq doirasini qamrab olish mumkin. 
3. 
Berilgan  savollarda  tasodifiylik  elementlari  kamayadi,  bu  esa  imtihon 
oluvchining noxolisligini  yo’qqa  chiqaradi. 
4. 
Imtihon  oluvchi  va    topshiruvchi  o’rtasida  subyektiv  fikrni  yo’qqa 
chiqaradi. 
5. 
Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o’qituvchi va 
o’quvchi ustida nazoratni  yengillashtiradi. 
6. 
Test  javoblariga  mashina  tomonidan    tezda    statik    ishlab  chiqish 
imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki  savol va javoblar standart shaklga ega. 
 Testlarni bir qancha turlari mavjud. 
-eslash va to’ldirish uchun testlar. 
-tanlov testlari. 
Tanlov  testlari  o’z  navbatida  anternativ,  ko’p  tanlovli  va  kesishuvchi 
tanlovli  testlarga bo’linadi. 
Testlarning bunday xilma-xilligi 1-rasmda ko’rsatilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling