Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- M u q o b i l t e s t l a r Kesishuvchi tanlovli testlar Ko’p tanlovli testlar
- 16 - ma’ruza. Mavzu: O’quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi. Ma’ruza rejasi
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Reyting tizimini qo’llash tamoillari
- 17 - m a’ruza Mavzu: Kimyo ta’limining tashkiliy shakli bo’lgan –d a r s, va uning xususiyatlari. Ma’ruza rejasi
- Kalendar tematik ish reja qo`yidagi ko’rinishda bo`ladi
- 18 -19- ma’ruza Mavzu: Dars tiplari va tuzilishini aniqlash Ma’ruza rejasi
T e s t l a r Eslash va to’ldirish uchun testlar Tanlov testlar 43 Kimyo darslarida o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini tekshirish va baholashda test sinovlari muhim o’rin tutadi. O’quvchilardan kimyoviy testlarni olishda ularning o’zlashtirish darajasiga qarab, test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. Test topshiriqlarida nazariy savollar bilan birga kimyoviy masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki o’quvchilar bunday masalalarni yechayotganda o’zlarining nazariy bilimlariga tayanib, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradilar. Guruhdagi har bir o’quvchining bilim va ko’nikmalariga qarab test materiallarini tuzish ularning o’zlashtirish darajasining yanada yaxshilanishiga olib keladi. O’zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo’lgan o’quvchilarning test topshiriqlariga nisbatan murakkabroq masalalardan kiritish bilan ularning bilim saviyasini yanada oshirish mumkin. O’zlashtirish saviyasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga nisbatan engilroq masalalr berib, keyinchalik ular e’tiborini ancha qiyinroq masalalarni yechishga qaratish mumkin. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun o’tilgan mavzulardagi asosiy kimyoviy tushunchalarni o’zida mujassam etuvchi engil masalalar berib, ularni masalalarni yechish usullarini o’rganishga jalb qilish kerak. Buni quyida keltirilgan misollarda ko’rishimiz mumkin; O’zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo’lgan o’quvchilar uchun: Masala: 5% li 50 g bariy gidroksid eritmasiga 5% li 50 g natriy sulfat eritmasi qo’shildi. Natijada necha gramm cho’kma hosil bo’ladi? A. 3, 40 B. 3, 25 C. 2, 25 D. 4, 40 E. 3, 0 O’zlashtirish saviyasi o’rta bo’lgan o’quvchilar uchun: Masala: 60% li eritma tarkibidagi erituvchining massasi uch barobar ko’paytirildi. Hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini hisoblang. A. 20 B. 15 C. 25, 5 D. 33, 3 E. 35, 5 O’zlashtirish saviyasi past bo’lgan o’quvchilar uchun: Masala: Na 2 SO 4 ning 1, 5 mol miqdori necha grammga teng? A.142 B.213 C.284 D.355 E.426 Maktabda kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni ko’rsatib o’tilgan masalalarni yechishga o’rgatish bilan bir qatorda, ularni kimyo fani va uning yutuqlarini xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llash darajasining ortib borayotganligidan xabardor bo’lishga o’rgatishimiz kerak. Eng muhimi, inson zakovatining uzluksiz taraqqiyoti, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli insonning tabiat sirlarini chuqurroq o’rganib borishi hayotiy zaruriyat ekanligini his qilib, maktab o’quvchilarini mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirish uchun, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi sog’lom va barkamol avlod ruhida tarbiyalashimiz lozim. Ammo kompyuterda test olish ko’p jihatdan o’qituvchi va o’quvchi ishida yengillik yaratadi. M u q o b i l t e s t l a r Kesishuvchi tanlovli testlar Ko’p tanlovli testlar 44 Tekshiruv savollari: 1. Test deganda nimani tushunasiz? 2. Testlarning qanday turlari mavjud? 3. Qanday qilib testni to’g’ri tuzish mumkin. Misol keltiring. 4. Kompyuterlarda test olishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor. 16 - ma’ruza. Mavzu: O’quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi. Ma’ruza rejasi: 1. O’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish tamoyillari, asosiy talablar. 2. O’quvchilar bahosini aniqlash tartibi. 3. Baholash tizimi. 4. Nazoratning uslub va shakllarini tanlash. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: O’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish tamoyillari, asosiy talablar, o’quvchilar bahosini aniqlash tartibi, baholash tizimi, nazorat uslub va shakllarini tanlash. Hozirgi kunda mustaqil yurtimizda ilm-fan, texnika va sanoat jadal sur’atda rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytda o’rta maktablarda kimyo fanini o’quvchilarga chuqurroq, yangicha yondashib o’qitish bir tomondan zaruriyat bo’lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabi hamdir. Shu munosabat bilan barcha o’quv predmetlari qatori kimyo ta’limi oldiga ham aniq vazifalar qo’yildi va uning ta’lim standarti ishlab chiqildi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’lim standarti – kimyo o’quv predmetidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o’quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko’nikma va malakalarhajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limi negizini belgilovchi ko’rsatkichlar o’quvchilarning kimyo ta’limidan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. So’ngi paytlarda olib borilayotgan kuzatishlardan shu narsa ko’rinayaptiki, maktab o’quv dasturlarini shunchaki o’zgartirib, ya’ni uni soddalashtirib yoki murakkablashtirib, shuningdek unga qandaydir yangi materiallarni kiritib yoki biror eski materiallarni chiqarib tashlab ko’zlagan maqsadga erishib bo’lmaydi. Har qanday yaratilgan zamonaviy dasturlar kimyo fanida va kimyoviy ishlab chiqarishda erishilgan hamma yutuqlarni aks ettira olmaydi. Demak shunday ekan, kimyodan o’quv dasturining asosiy vazifasi o’quvchilar ayni fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarishni o’rganish, zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan sanoat, qishloq xo’jaligida va kundalik turmushda foydalanishning umumiy yo’nalishlarini aniqlab olishdan iborat bo’lishi kerak. 45 O’quvchilar kimyoning asosiy tushunchalarini va uni o’qitish jarayonida egallanadigan ko’nikmalarni puxta egallashlarini ta’minlash uchun har qanday o’quvchi dastlab o’zi ta’lim-tarbiya berayotgan o’quvchilar guruhida har bir shaxsning xislatlarini, kimyo fanini o’rganishga bo’lgan munosabatini aniqlab olmog’i lozim. Shundagina kimyo o’qitishni tabaqalashtirilgan holda tashkil etish va o’zlashtirishi qiyin bo’lgan o’quvchilarga tegishli yordam yo’li bilan ularga o’zlashtiruvchi o’quvchilar qatoriga qo’yish imkonini beradi. Kimyo darslarini tashkil etish va o’tkazishda har bir o’qituvchi kimyoning nazariy tushunchalari orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni yaxshi aniqlab olmog’i, har bir darsning kimyodan ta’lim-tarbiya jarayonini atroflicha, maqsadga muvofiq tashkil etishdagi o’rni va uning maqsadini mukammal belgilab olmog’i lozim. Shundagina, kimyo fani dasturining darsdan-darsga, mavzudan-mavzuga o’tishi qay darajada bajarilib borilayotganligi haqida fikr yuritushumiz mumkin. O’quvchilarning bilim sifatini nazorat qiluvchi reyting tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 203.13.05.1998 yilgi O’zbekiston Respublikasining umumiy o’rta ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi qarori “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ijrosi asosida kiritildi. Reyting tizimining kiritilishining asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi. O’quvchilarga UO’T DTS talablarini o’zlashtirish uchun barcha sharoitlar yaratish. O’quvchilar bilim sifatini baholashda xolislik va aniqlikni ta’minlash. Ta’lim jarayoni sifat nazoratini xolislashtirish, respublikaning turli regionlarida va turli tipdagi maktablarning o’quv natijalarini solishtirish O’quvchilarning fikrlash faoliyatini aktivlashtirish, o’zaro o’qishda yuqori yutuqlarga erishishlari kabi ijobiy qiziqish tug’dirish, o’quvchilarda o’quv ishida mustaqil bo’lishga intilishni rag’batlantirish, O’qituvchi mehnati natijalarini xolislashtirish, uning yangi zamonaviy axborot texnologiyasi va pedagogik bilimlarni izlashga va ijodiy faoliyatini oshirish O’quvchilarning ta’lim sohasida erishgan yutuqlarini, o’qituvchi ta’lim muassasalarining mehnatini ochiq va oshkorligini ta’minlash. O’quvchilarning individual-psixologik alohida shaxsligiga ta’sir etishga ko’maklashish. Reyting tizimi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: O’quvchilarning ta’lim faoliyatining uzluksiz nazorati, uning natijalari bilan ko’p balli baholash shkalasi qo’llanilishining differensiyasi, ularning barcha o’quv ishlar bo’yicha yig’indisi, shaxsning erishgan yutuqlarini rag’batlantirish. Reyting tizimini qo’llash tamoillari: Tizimlilik, xolislik, ishlatishning oddiyligi, bir ma’nolik va tezkorlik, o’quvchilarning psixo-fiziologik yoshi, tomonlarini hisobga olish, rivojlantirish, shaxsning faoliyatdagi birligi, mustaqillik va faollikni vujudga kelitirish, ta’lim birligi, tarbiyalash va rivojlantirish, ochiqlik va oshkorlik, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida DTS ni rivojlantirishni hisobga olish. Reyting tizimini ishlab chiqishda asosiy talab bu - o’quvchilar bilim sifatini baholashdagi xolislik, o’quvchilarning ta’lim olish faoliyati va o’qituvchilarning mehnatini rag’batlantirish. 46 Reyting tizimida ta’lim sifatini baholash quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Joriy nazorat Oraliq nazorat Yakuniy nazorat Bir chorakdagi nazorat jarayonining miqdori ta’lim sohasining majburiy bilimlarning darajasi malaka va mahorat, davlat tomonidan belgilanadi. Ta’lim sohasidagi standartlar haftadagi soatlar soniga bog’liq. Eng kam va yetarli son nomenklatura 7-8-9-sinflari uchun har bir majburiy fanlar bo’yicha majburiy oraliq va joriy nazorat ishlarining usullari (og'zaki, so’roq, yozma ish, seminar, referat, laboratoriya ishi, test, vazifalar yechish va hokazolar.) odlindan aniqlanadi va O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining ilmiy metodik kengashiining qarori bilan tasdiqlanadi. Reyting tizimi o’z ichiga o’quvchi o’quv faoliyatini uzluksiz nazorat qilish, ko’p ballik baholardan foydalanib, o’quvchi faoliyati natijalarini farqlash, o’quvchilarni o’zlashtirishiga qarab tartiblashtirish, o’quvchilarni erishgan yutuqlari uchun rag’batlantirishni o’z ichiga oladi. Bunday ishni bajarish uchun tayyorgarlikda vazifalar tizimi tuziladi. Butun vazifaga yoki qismlariga ball quyiladi. Nazorat savollari: 1. Nima uchun o’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi kiritilgan? 2. Reyting kiritishda asosiy vazifalar qaysilardan iborat? 3. Reyting nazoratini kiritishda qanday printsiplarga asoslangan? 4. Maktabda kimyo fani bo’yicha reyting nazorati qanday amalga oshiriladi? Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida-chi? Asosiy tushunchalar : O’quvilarning bilim sifatini nazorat qiluvchi reyting tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203.13. 05 1998 yilgi O’zbekiston Respublikasining umumiy o’rta ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi qarori “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning ijrosi asosida kiritiladi. Reyting tizimi - bu bilim sifatini nazorat qilish usuli demakdir. 17 - ma’ruza Mavzu: Kimyo ta’limining tashkiliy shakli bo’lgan –d a r s, va uning xususiyatlari. Ma’ruza rejasi: 1. Dars ta`lim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli. 2. Darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi. 3. Kimyo darslarini rejalashtirish. 4. Dars tizimi jarayoni. 5. Kimyo darslari klassifikasiyasi. 47 O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Dars ta`lim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli, darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi, kimyo darslarini rejalashtirish, yillik va yarim yillik rejalashtirish, tematik rejalashtirish, har bir dars rejasi, dars tizimi jarayoni, darslari klassifikasiyasi. D ars - maktabda ta`lim – tarbiya, yani o’quv ishining tashkil etishning asosiy shakli bo`lib hisoblanadi. Dars bu - didaktik vazifalar: ta`lim beruvchi, tarbiyalovchi, o`quvchilarni rivojlantiruvchi tizim qo`llaniladigan, o`qituvchi tomonidan ma`lum jarayonda ta`lim mazmuni, ta`minoti shakl va metodlarini tadbiq etgan asosiy tashkiliy shakldir. Aniq qo’yilgan maqsad o’qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur faktik materialni tanlab olishiga imkon beradi. Qo’yilgan maqsadga qarab, darsda o’qitiladigan konkret material har xil bo’lishi mumkin. Dars 3 qismga bo’linadi: 1. Kirish 2. Asosiy qism 3. Xulosa Darsning kirish qismida- o’quvchilar bilan tanishish, o’quvchilar e’tiborini ishning o’ziga jalb etish, umuman sinfni o’quv ishiga tayyorgarligini ko’rib chiqish kerak. Darsning asosiy qismida - so’rash va baholash kiradi. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash, uyga topshiriq berish. To’g’ri tashkil etilgan uy topshiriqlari – o’quvchilarda mustaqil ishlash malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir Tipik dars quyidagi sxema asosida tuzilgan. 1. Sinfni o’quv ishiga tayyorlash. 2. So’rash. 3. Yangi materialni bayon etish. 4. Materialni umumlashtirish va puxtalash. 5. Uyga topshiriq berish. Darslar xilma-xil bo’lish mumkin: Har xil dars – o’quvchilarda bilimga havas hosil qilishning va bu havasni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir. Ta’lim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir: ko’zlangan maqsadga va materialning mazmuniga qarab, ta’lim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan tashkiliy formalarni emas, balki jonli, xilma-xil tashkiliy formalarni talab etadi. Darslar- yangi materiallarni o’rganish, amaliy mashg’ulotlar darsi, mashq va masalalar darsi, nazorat darslari va boshqalar. Darsga shu sababli katta talab qo`yiladi. Asosiy talab ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni bajarish bo`lib hisoblanadi. Har bir darsning funksiyasi uning didaktik maqsadlaridan kelib chiqadi. Har bir darsning dars tizimidagi o`rnini aniqlash lozim. Shu dars mavzusi tizimida qanday o`rin egallashini aniqlab olish muhimdir. Kimyo ta`limi dasturi tahlil qilinganda avvalo uning ta`limiy funksiyasi hisobga olinadi. Shu jarayonda eng muhum tayanch bilimlar- kimyoviy 48 tushunchalar, nazariyalar, qonunlar, faktlar, hisobga olinadi. Ana shu tayanch bilimlar o`qitish jarayonining mazmuni, bir - biriga bog`liqligini, ketma - ketligini ochib beradi. Bu jarayonda o`qituvchi o`zi va darslikdagi tayanch bilimlar mazmunini naqadar o`quvchilar ongiga yetkaza bilishi asosiy ish yoki faoliyat darajasining mezoni bo’lib hisoblanadi. Darsda tarbiyaviy funksiyani amalga oshirish shu mavzu mazmuni asosida o`quvchilarda ilmiy - materialistik dunyoqarashni shakllantirish bilan belgilanadi. Darsdagi rivojlantiruvchi funksiya- o`quvchini dars mazmuni asosidagi imkoniyatlar chegarasida logik fikrlash, fanga qiziqtirish, mustaqil faoliyatni ta`minlash kabilar bilan belgilanadi. Har bir dars tizimi rejasini tuzganda ulardagi mavzularning mazmuni asosida darsning maqsadi, uning boshqa fanlar bilan bog`liqligi kabilar hisobga olinadi. Darsga tayyorlanish- og’ir ish bu o’qituvchini o’ziga xos ijodiy laboratoriyasi, lekin yaratish uchun uslubiyot sohasida yaxshi nazariy bilimga ega bo’lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak. Rejalashtirish tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Yillik va yarim yillik rejalashtirish. 2. Tematik rejalashtirish. 3. Har bir dars rejasi. Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni 3 bosqichga bo’lish mumkin: ya’ni o’quv yiliga tayyorlanish, o’quv temasi bo’yicha fanlar tizimiga tayyorlanish, navbatdagi darsga tayyorlanish. Birinchi bosqichda aniq sinf o’quvchilarini nima uchun, nimaga va qanday o’qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunday o’quvchilar o’tgan yili nimani va qanday o’qiganligini ya’ni kelajagini ko’ra bilishi zarur. "Kimyo" fani bo’yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar bu : - O’quv jarayonida kimyo darsnining o’rni. - Uning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi - Tematik reja, odatda xalq ta’limi vazirligini instruktiv hujjati yoki o’qituvchi uchun metodik qo’llanmalari. O’quv yili boshlanguncha o’qituvchi dasturni o’rganib chiqadi, maktab darsligi mazmunini tahlil qiladi, o’qituvchi va o’quvchi uchun alohida adabiyotlar ro’yxatini tuzadi. O’quv yili boshlanguncha kimyo xonasining jixozlari, ularning ishlashi , pedagogik dasturiy ta’minot (PDT) mavjudligi tekshiriladi. O’quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo’yicha o’quv materialini taxminiy bo’lishini o’z ichiga olgan yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi. O’qituvchi darsga tayyorlanishinig asosiysi tematik rejalashtirishdir. Tematik rejalashtirish har bir aniq darsni berilgan mavzu bo’yicha darslarning umumiy zanjirida muhim bug’inday ko’rib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir darsni ahamiyatini oshiradi, o’qish sifatini butunlay yaxshilaydi. kimyo darslarini kimyo xonasida o’tkazishga tayyorlanish va rejalashtirishning ajratib turuvchi xusisiyatlari, dars negizida qo’shilishi kerak bo’lgan pedagogik vositalarnig bo’laklarining barcha, aspektlarni yaxshilab ko’rib chiqish zarur. 49 Shu bilan birga pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanmoqchi bo’lgan darsga tayyorlashda, o’quvchining ratsionalizasiyalash uchun u barcha vositalar kimyo xonasida o’quv- metodik kompleks formada, uning ichida pedagogik vositalar, o’quv jarayonida undan foydalanuvchi bo’yicha metodik tavsiya, pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanish bilan dars o’qitishning metodikasi tasvirlanishi kerak. Ular orasida: - reja maqsadga muvofiq usha yoki boshqa pedagogik dasturiy ta’minotni ishlatish. - tayin vaqtdla pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanishda talab qilinadigan bilim. - o’quvchilarning kimyoviy asboblar bilan ishlashda gigiyenik chegarasi. - pedagogik dasturiy ta’minot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat. Kimyo darsiga tayyorlanish o’qituvchini boshqa darslarga tayyorlanish rejasidan farq qilmaydi, lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki, ularsiz kimyo darsiga tayyorlanish samarasiz va maqsadga muvofiq emas. Kalendar tematik ish reja kimyo dasturi asosida tuziladi. Hozirgi sharoitda umumta`lim maktabi uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib aprabasiyadan o`tkazildi. Bu holat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini ruyobga chiqarishning yorqin misoli edi. Kalendar tematik ish reja qo`yidagi ko’rinishda bo`ladi. № Dars mavzulari Darsning aso- siy ta’limi vazifasi Soat Dars tipi Fanlararo bog’lanis h Ko’rgazmali qurollar O’tilg an vaqt Dars bir butun harakatdagi tizim bo`lib o`qitish va o`rganish orasidagi bog`liqlikni ta`minlaydi. Darsni tashkil etish shartlari quyidagilar: Ijtiimoiy – pedagogik - ijodiy xarakterli, kvalifikasiyali o`qituvchilarning uyushgan inoq jamoasi bo`lishi, darslik o`quv qo`llanmalarining yetarli bo`lishi, yaxshi psixologik muhit yaratilishi kabilar O’qitish shu mavzu mazmuni asosida o`quvchilarda ilmiy - materialistik dunyoqarashni shakllantirish bilan belgilanadi. Psixologik - didaktik: o`quvchilarning o`qishga qiziquvchanligini, didaktik qonuniyatlarga bo`ysunishi, o`quv - tarbiya qoidalarining amalga oshishi hamda o`qitish maqsadiga mos funksiyalarning amalga oshishi. Bular dars tizimi tuzilishini tashkil etadi. Nazorat savollari 1. Darsga qo’yiladigan umumiy talablar nimalardan iborat? 2. Nima uchun darsni ta’lim- tarbiya ishini uyushtirishning asosiy shakli deb ataymiz. 3. Kimyo darsiga tayyorgarlik tizimini izohlab bering? 4. Darsning maqsadi bilan vazifalari o’rtasidagi farqni aniqlang. 50 5. O’quv yiliga tayyorgarlik nimadan boshlanadi? Alohida darsiga tayyorgarlikchi? 6. Kimyo fani bo’yicha darslarni rejalashtirishda qanday boshlang’ich hujjatlarni olish mumkin? 7. Tematik rejalashtirish nimasi bilan har bir dars rejasidan farqlanadi? 8. Dars reja-konspektini umumiy sxemasini keltiring. 18 -19- ma’ruza Mavzu: Dars tiplari va tuzilishini aniqlash Ma’ruza rejasi: 1. Kimyo darslari klassifikasiyasi. 2. Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari 3. O’quv malakalarni qo’llash darslari 4. Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari. 5. Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari 6. Kimyo darslari konspekti. 7. Kimyo darsi tahlili. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Yangi bilimlarni o`zlashtirish darslari, o`quv malakalarini qo`llash darslari, tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari, bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari, bilim, o`quv, malakalarini tekshirish darslari, aralash darslari, kimyo darslari konspektini tuzish, kimyo darslari tahlili. Darsning tashkil etilishi ta`lim mazmuni, sinfning xususiyatlari, dars tipi va metodlari kabi maqsadlardan kelib chiqadi. O`qituvchining o`z fanini chuqur bilishi bilan birga, uni o`quvchilarga yetkaza olishi katta tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. O`qituvchi keyingi darslarga tayyorlanar ekan, o`zining bilimi, mehnat va turmush tarbiyasi, pedagogik mahorati darajasiga, shuningdek maktabning imkoniyatlarini hisobga olib ishga kirishmog’i lozim. O`rganilayotgan har bir ta`lim mazmunini usuliy jihatdan turli variantlarda ishlab chiqib eng ishonchli va samaralisini tadbiq etish maqsadga muofiqdir. Fanni o`zlashtirish, egallash amaliy faoliyatga tadbiq etish ta`lim mazmunidan kelib chiqib, darslarni tiplarga ajratish zaruratini paydo qiladi. Har bir dars murakkab pedagogik jarayon bo`lib, uni chuqurroq tushuntirish uchun uni tiplarga ajratib tavsif qilib olishning ahamiyati katta. Pedagogik adabiyotlarda darslarni tiplarga ajratishning bir qancha turlari berilgan, xususan darslarning a). asosiy mazmuni va maqsadiga ko`ra b). o`qitish jarayoni taxminiga ko`ra v). tuzilishiga qarab tiplarga ajratish ko`p uchraydi. 51 Biz tayanch bilimlarni amaliy faoliyatga tadbiq etishni o`zida namoyon qiladigan ta`lim mazmuni asosiga tuzilgan dars tiplari haqida fikr yuritamiz. Biz ko`p yil pedagogik tajriba va kuzatish xulosalariga asoslanib bilim o`quv va malakalarni yalpi qo`llash darslari tipini "tayanch bilim, o`quv va malakalarni qo`llab rivojlantirish darslari" deb ta`riflashni tavsiya qilamiz. Bundan asosiy maqsad tayanch bilimlar mohiyatini chuqurlashtirish, tartibga solib kengaytirish, ularni faoliyatga tadbiq eta bilish kabi didaktik vaziyatlar e`tiborga olingan holda darslarni tiplarga ajratishdir. Shunday qilib, biz dars tiplarining quyidagi tavsifini tavsiya etamiz. 1. Yangi bilimlarni o`zlashtirish darslari. 2. O`quv malakalarini qo`llash darslari. 3. Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari. 4. Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari 5. Bilim, o`quv, malakalarini tekshirish darslari. 6. Aralash darslar Keyingi vaqtda nostandart dars xillari haqida gaplar ko`p tilga olinadigan bo`ldi. Vaholanki, inson azaldan puxta o`ylab tuzilgan reja asosida ish yuritib, samaradorlikka erishib kelganini unutmaslik kerak. Odatda fan yutuqlari ilg`or tajribalar sinovdan takror - takror o`tgach, amaliyotchi o`qituvchilarga faoliyatga qo`llash uchun tavsiya qilinadi va bu eng ma`qul yo`l hisoblanadi. Biz darslarni asosiy ta`lim mazmuni va maqsadlariga ko`ra tiplarga ajratish tarafdorimiz. Chunki har bir darsning asosiy maqsadi ta`lim mazmunidan kelib chiqadi. Darsning maqsadi ta`lim mazmunini o`quvchiga berish bilan birga shu mazmun asosida uni shaxsini tarbiyalash hamda kamol toptirishdan iborat. Albatta, darsning biz yuqorida tilga olgan tiplari ham metodlari ham nisbiy bo`lib hisoblanadi. Har bir tip yoki metod tanlanganda o`qituvchi ularning shu darsda dominatlik vazifasini bajarishini hisobga olmog`i kerak. Chunki darsda metodlarning bir nechtasidan foydalaniladi. Asosiy maqsad darsning mazmunini o`quvchiga yetkazish tipi va metodiga qaratiladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling