Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Sinfdan tashqari kimyodan ishlashning shakl va turlari
- Nazorat savollari 1.
- Bir gramm - molekula gazning hajmi deb, moddaning molekula og’irligiga son jihatidan teng qilib, gramm hisobida olingan miqdoriga aytiladi.
- Tayanch iboralar: Konsepsiyaning bosh vazifasi
- 24 - ma’ruza Mavzu: Umumta`lim maktablari anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o’rganish. Moddaning tuzilishining o`rganishning
Nazorat savollari 1. Maktablarda, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida " Kimyo fanida komp’yuter dasturi " mavzusi mohiyatini uslubiy tahlilini qiling. 2. Bu mavzuni o’rganish uchun nimani qaytarish zarur. 3. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing. 4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing. 5. Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz? 6. Bu mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang. 22 - ma’ruza Mavzu: Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati Ma’ruza rejasi: 1. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning tashkiliy shakllari 2. Maktabda o’tkaziladigan kimyo kechalari, mavzuli anjumanlar 3. O’quvchilarning fan olimpiadalari O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning tashkiliy shakllari, maktabda o’tkaziladigan kimyo kechalari, mavzuli anjumanlar, o’quvchilarning fan olimpiadalari 60 Sinfdan tashqari mashg’ulotlar talabalabalar ehtiyojidan va ijodiy ishga bo’lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o’tkaziladigan dastur materialining kamini to’ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Bunda, o’qituvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. Sinfdan tashqari ishlarga- fakultativ mashg’ulotlar, ijodiy kechalar, to’garaklar, mustaqil ilmiy izlanish, kurs ishi, diplom ishi, referat, olimpiyadada, ko’rik -tanlovlarda qatnashish; ilmiy konferensiyada qatnashish; pedagogik amaliyot, kitobxonlar uyushmasi, bayramlar, mustaqillik bayrami, konsitutsiya kuni, har –xil mavzudagi qiziqarli kechalar; talabalarning sevimli mashgulotlari ustida estafetalar shular jumlasidandir. Ta’lim metodlarini qo’llashni quydagicha ko’rsatish mumkun; talabalarda tashkilotchilik, boshqaruvchilik, mustaqil ilmiy izlanish, o’z fikrini himoya qila olish, bahs yuritish ko’nikmalarini shakillantirishda guruhlar tashkil etib ijodiy topshiriqlar berish, guruhlararo bahs yuritish, aqliy hujum metodi, ebristik metod, klaster metodi kabilardan foydalaniladi. Talabalarda ijrochilik, boshqaruvchilik ular bilimlarini sinab ko’rishda ma’ruza bilan chiqish, muammo qo’yish, muammoli ma’ruza qilish ham yaxshi natija beradi. Talabalarda malaka oshirish, kasbiy qobilyatlarini rivojlantirish uchun rollar ijro etish orqali erishish mumkun. Ularni yangi g’oya yechimini yaratish, ularni shaxsiy tajribaga yoki vaziyatga bog’lash, bahsli g’oyalarni ma’qullashga o’rgatish uchun esa guruhli bahslar, ma’lum bir hoiatlar tahlili, savol –javoblar, so’rovnomalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu boradagi qiziqish quydagi pedagogik talablarga amal qilinganda samarali natijalar beradi; ta’lim jarayonining puxta loyihalanganligi; maqsadlaring aniqligi; talabalarni birlashtira olish, vazifani to’g’ri bilib berish, ishni to’g’ri rivojlantirish; didaktiv talablar, o’quv materialini saralash va tayyorlash, ko’rgazmali qurollar, jihozlar, o’quv materiallarini aniq ishonarli, tarzda yetkazib berish, perispektiv talablar: talabalar ma’naviy dunyosiga kira olish, ularning emotsional holatlarini ob’ektiv kuzata olish, tadqiqotchilik qobiliyati. Pedagogik holatlarini aniqlash va ob’ektiv baholay olish: yuksak pedagogik texnologiyalaridan foydalana olish va h.z. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning 3 shakli: guruh bo’lib ishlash, yalpi ishlash va yakkama-yakka bo’lib ishlash shakllaridan foydalanish. Guruh bo’lib ishlash shakli kimyo to’garagi, o’rta maktabda o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir sinf o’quvchilaridan iborat to’garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg’ulot: kino ko’rsatish , kimyo kechasi , kimyoviy ekskursiyalar , ijodiy konferensiya , olimpiada va hokazo. Yakkama-yakka ayrim bolalar uchun olib boriladi. Sinfdan tashqari kimyodan ishlashning shakl va turlari 61 Sinfdan tashqari kimyodan ishlash shakllari Sinfdan tashqari ishlarning turlari. Yakka Adabiyot bilan ishlash, ma’ruzalar, referatlar yozish, kichik ilmiy izlanish, kimyo kabinetini jihozlash; Guruh Kimyoviy to’garak, devoriy ro’znomalar chiqarish, stendlar tayyorlash. Umumiy Kimyoviy kecha, olimpiada, kimyoviy haftalik, viktorina, kimyo soati, konferensiya, ekskursiya, kimyoviy jamiyat. O’quvchilar ekskursiyalarga juda qiziqadilar. Ma’lumki, o’quvchilarni maktab matbuoti bilan tarbiyalash DTM larning muhim yo’nalishidir. U maktab gazetalari mazmuni va o’quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga oshiriladi. O’quvchilar a mustaqil gazeta chiqarishlari uchun, ularni mavzu va grafik redaktorlari bilan ishlashga o’rgatish kerak. Kecha va konkurslar o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Ular o’quvchilarni ishlashga bo’lgan qiziqishlarini yanada shakllantiradi. Kecha dasturi turli bo’lishi, hamda fan bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quvchilarda har xil konkurslarga qiziqish uyg’otadi. Kimyo fani bo’yicha konkurs sifatida "Nima? Qayerda? Qachon?", "Mo’jizalar maydoni" o’yini musobaqasi" konkurslarini taklif etish mumkin. Kimyo fani bo’yicha olimpiada boshqa fanlar kabi faqat darslardan tashqari tadbirlar butun kompleksning oxirgi etapi bo’lsa, uning foydasi bor. Agar olimpiada o’tilgan mavzularini qaytarmasa, ular o’quvchilarni qiziqtirolmaydi. Olimpiada butun yil yakuni bo’lib qolmay o’tilganlarni rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. O’z oldiga kimyo fani bo’yicha olimpiadaga qatnashish maqsadini qo’yib, o’quvchi kimyo fani bo’yicha olimpiada masalalarini yechishga to’garakka katta xoxish bilan boradi. Olimpiadaning tarbiyaviy vazifalari ham bor: uyushqoqlikka, intizomlilikka, irodani muvstahkamlashga va alohida o’quv jarayonida o’zini tekshirishga o’rgatadi. Kimyo fani bo’yicha olimpiada paydo bo’lgandan beri 2 turda o’tkaziladi.: nazariy va amaliy. Nazariy va hisobli masalalarni yechadilar. Birinchi turning eng yaxshi qatnashchilari, masala yechganlari, natija oladilar. Amaliy turda o’quvchilardan anorganik, analitik va organik kimyo fanlaridan tajriba o’tkazishadi. Nazorat savollari 1. Kimyo fani bo’yicha sinfdan tashqari ishning funksiya va vazifalari qanday? 62 2. Kimyo fani bo’yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkillashtirish prinsiplari qanday? Misol keltiring. 3. Kimyo fani bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning sizga qanday shakllari ma’lum. Ularni ta’riflang. 4. Qanday qilib kimyo fani bo’yicha olimpiadalar tashkillashtirish mumkin. 5. Sinfdan tashqari ishlarning biridagi dasturini misol bilan keltiring. 23-ma’ruza Mavzu: Kimyo ta’limida dastlabki kimyoviy tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari Ma’ruza rejasi: 1. Kimyo ta`limini eng muhim uch funksiya asosida o`rganish. 2. Kimyo kursida atom - molekulyar ta`limotini o`rganish. 3. Mavzu mazmunining tahlili 4. Dastlabki kimyoviy tushunchalarning mazmuni 5. Mavzuning o’rganishning metod va manbalari Kimyo o`qitish nazariyasi va metodikasida maktab kimyo kursi mazmunini uchta funksiya: ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi holatlarda o`rganish eng muhim bosh masala bo`lib hisoblanadi. Maktab kimyo kursi shunday tuzulganki, uning har bir bosqichining o`z nazariy konsepsiyasi mavjud. Bu konsepsiyaning bosh vazifasi: eng muhim kimyoviy tushunchalar, element haqidagi bilimlar, modda, kimyoviy reaksiyalari, kimyoviy ishlab chiqarish, o`quvchilarni element xossalarini bashorat qilishiga o`rgatish kabi bilimlarni shakllantirish, boyitish, nazariy jihatdan rivojlantirishdan iborat. Kimyo o`qitishning aniq masalalarini ko`rib chiqishda quyidagicha ketma - ketlikka asoslanamiz. Avvalo har bir nazariy konsepsiyani o`rganishning metodikasini ko`rib chiqamiz. Keyin, eng muhim kimyoviy tushunchalarni shakllantirish, rivojlantirish, faoliyatga tadbiq etish, ular orasidagi nazariy bog`lanishlar tizimiga kiritishdan iborat. Maktab kimyo kursida atom - molekulyar ta`limot, dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusida o`rganiladi. Maktab kimyo kursining boshlang`ich tushunchalari, kirish qismi aynan shu mavzu bilan boshlanadi. Bu mavzudagi tushuncha qoida, qonun, nazariya faktlari - tayanch bilimlar deb atalib kimyo kursining kelgusi boshqichlarida shu belgilarga asoslanadi. Dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusini o`rganishning maqsadlari quyidagilar: Ta`limiy maqsad: Modda haqida, kimyoviy elementlar, kimyoviy reaksiyalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Atom - molekulyar ta`limotining asosiy qoidalarini ongli holatda egallash. Tarkibining doimiyligi qonuni, modda massasining saqlanish qonuni, mohiyatini o`rganish va ularni qo`llashga erishish; 63 Oddiy kimyoviy asbob- uskunalar va tajribalarni amalga oshirish kimyoviy tajribalarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o`rganish. Tarbiyaviy maqsad: Fizika, biologiya, tabiatshunoslik kabi fanlar bilan aloqadorlikni ta`minlash orqali dialektik - materialistik ishonchini shakllantirish; atom molekulalarning realligi va olamning materiyadan jihatidan birligini shakllantirish; Ilmiy kashfiyotlarning ochilishi qiyinligini ko`rsatish bilan mehnatsevarlikni tarbiyalash, O`zbekiston kimyogar olimlari kashfiyotlari orqali vatanparvarlik tarbiyasini berish. Kimyo faniga qiziqishni shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsadi: Kimyoviy tushunchalar mohiyatini anglab olishda dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusi juda katta rol o`ynaydi. O`quvchining dunyoqarashini shakllantiradi. 1. Mavzu mohiyatini qo`llash orqali o`quvchilarda fikrlash usullari, chog`ishtirish, analiz va sintez qilish kabi tafakkuriy qirralarini takomillashtirish. 2. Kimyo fani metodlari bilan tanishish orqali o`quvchilar kuzatish, xulosa chiqarish, muhokama qilish kabi ko`nikmalarga ega bo`ladilar. 3. Atom va molekula haqidagi tushunchalar, kimyoviy simvolika haqidagi bilimlar orqali o`quvchilarda abstrakt tafakkur rivojlanadi. 4. Normal bo`lmagan bilimlarning shakllanishi va rivojlanishini ta`minlash. Mavzu mazmunining tahlili. Har bir kimyoviy nazariya o`zida o`zaro bog`langan tushunchalarning murakkab tizimdan iborat. Ettinchi sinf kimyo kursining birinchi nazariy mavzusi dastlabki kimyoviy tushunchalar bo`lib hisoblanadi. Unga atom molekulyar nazariya mohiyatining nazariy konsepsiyasi bayon etiladi. Bu mavzuning nazariy konsepsiyasini o`quvchiga birdaniga berish mumkin emas. Avvalo tushunchalar mohiyati shakllantiriladi. Keyin esa nazariy konsepsiya beriladi. Dastlabki kimyoviy tushunchalar tuzilishi va mazmuni o`zaro bog`langan bo`lib, ular o`z ichiga quyidagi tushunchalarni oladi. “Atom molekulyar ta`limot nuqtai nazaridan kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari” bo’limida Italiya olimi Avogadro (1776-1856) qonunini o’rganish nazarda tutilgan. Bu bo’lim quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1. Avogadro qonuni. 2. 1 gramm – molekula gazning hajmi. 3. Gazlarning molekulyar og’irligini topish. 4. Molekulyar formula chiqarish 5. Formulalar orqali reaksiya tenglamasini yozish. Avogadro gazlarning xususiyatiga qarab bir xil sharoitda bir xil hajmdagi har xil gazning molekulyar soni teng bo’ladi. Bir gramm - molekula gazning hajmi deb, moddaning molekula og’irligiga son jihatidan teng qilib, gramm hisobida olingan miqdoriga aytiladi. 1 gramm - molekula gazning og’irligini normal sharoitda shu gazning 1 litr og’irligiga bo’linadi. Masalan: O 2 uchun = l 4 , 22 5285 , 1 32 64 CO 2 uchun = l 4 , 22 9770 , 1 44 Dastlabki kimyoviy tushunchalarning mazmuni 1). a). Kimyoviy element tushunchasi; b). sifat tavsifi-atom; v). miqdor tavsifi - nisbiy atom massa, valentlik; g). simvoli - kimyoviy belgisi. 2). a). Modda tushunchasi; b). sifat tavsifi - molekula oddiy modda, murakkab modda; oddiy va murakkab moddalar aralashmasi, v). miqdoriy tavsifi, nisbiy molekulyar massa, moddada elementning massa miqdori; g). simvoli - kimyoviy formula. 3). a). Kimyoviy reaksiya tushunchasi; b). sifat tavsifi: fizikaviy va kimyoviy hodisalar. Kimyoviy reaksiyalar borishining shart - sharoitlari va belgilari. Kimyoviy reaksiya tiplari; v). miqdor tavsifi: kimyoviy reaksiyalarda moddaning massa nisbati; g). simvolli - kimyoviy tenglamalar. Kimyoviy simvollikani o`rganishda quyidagi ketma - ketlikda boradigan bosqichlarga e`tibor berish kerak: 1. Kimyoviy belgining mohiyatini anglash; 2. Kimyoviy formulani mohiyatini o`zlashtirish; 3. Kimyoviy tenglamalarning mohiyatini o`zlashtirib olish; 4. Qoldirilgan koeffisentlarni tanlash va tenglamani tekshirib ko`rish. 5. Aniq formulalar misolida dastlabki modda va reaksiya natijasida hosil bo`lgan modda aniq bo`lgan holatda kimyoviy tenglamalarni mustaqil tuzish. 6. Kimyoviy valentlikdan foydalanib formula va tenglamalar tuzush, o`quvchilarning kimyoviy belgilarni egallab olishlarida bu tizim didaktik jihatdan maqsadga muofiqdir. Mavzuni o`rganishning metod va manbalari: Mavzuni o`rganishning metod va manbalari mavzuning maqsadi va mazmunidan kelib chiqadi. Metodni shunday tanlash kerakki o`quvchi mavzu mazmunini o`rganib olishi bilan birga tarbiyalansin va rivojlansin. Buning uchun kimyoning dastlabki darslaridan boshlab muammoli o`qitishga e`tibor qaratmoq lozim. Mavzuning mohiyatini o`rganishda o`quvchilarda jonli mushohada qilishni o`rgatishga imkon yaratish, shakllantirish uchun ko`rgazma, demonstrasion eksperiment kabilaridan keng foydalanish. Kimyo darsidagi og`zaki, ko`rgazmali ommaviy metodlarni keng qo`llash ularda politexnik ta`limni amalga oshiradi. 65 O`quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish natijasida ko`nikma va malakalar shakllantiradi. VII sinfda abstrakt tushunchalarining shakllanishi uchun modellar, aplekasiyalar, kimyoviy belgi va sxemalardan keng foydalaniladi. Ikki elementdan hosil bo`lgan modda formulasini tuzishda quyidagilarga e`tibor berish: 1. Ikki element belgilarini yonma - yon yozish. 2. Element belgilari ustiga tegishli valentligini yozish. 3. Ular uchun umumiy bo`lgan valentlik sonini aniqlash. 4. Aniqlangan sonni har qaysi sonni valentiga bo`lish indeksni topish. 5. Topilgan indekslarni element belgisining ung tomon pastki qismiga yozib chiqish. 6. Umumta`lim maktab kimyo kursida D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini o`rganish. Bu mavzuni o`rganishda uchta eng muhim aspekt: ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi holatlarning birligiga qarab chiqish katta samara beradi. Nazorat savollari 1. Umumta`lim maktabi uchun Davlat ta`lim standartlari asosida: a). VII sinf, b). VIII sinf, v). IX sinf uchun tayanch bilimlar tizimini ishlab chiqing. 2. Moddalarning ishlatilishiga asos bo`lgan xossalarini VII, VIII, IX sinf materiallari asosida mavzular ketma - ketligida ishlab chiqish. 3. Kimyoviy element tushunchasining VII - VIII - IX sinf materiallarida rivojlanish dinamikani ishlab chiqing. 4. Maktab kimyo kursining nazariy asosini tashkil etuvchi konsepsiyalarning mohiyati nimadan iborat? 5. Kimyoviy tushunchalar necha bosqichdan iborat? Tayanch iboralar: Konsepsiyaning bosh vazifasi: eng muhim kimyoviy tushunchalar, element haqidagi bilimlar, modda, kimyoviy reaksiyalari, kimyoviy ishlab chiqarish, o`quvchilarni element xossalarini bashorat qilishiga o`rgatish kabi bilimlarni shakllantirish, boyitish, nazariy jihatdan rivojlantirishdan iborat. Analogiya- o’xshash Aspekt- yo’nalish 24 - ma’ruza Mavzu: Umumta`lim maktablari anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o’rganish. Moddaning tuzilishining o`rganishning maqsad va ahamiyati. Ma’ruza rejasi: 1. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi 2. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish 3. Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlari. 66 O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Moddaning tuzilishi - modda haqidagi tushunchalar, moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi: atom tuzilishi haqidagi tushuncha, yadro tarkibi, izotoplar, atomda elektronlar holati: s va p elektron bulutlarning gibridlanishi, elektron qobiqlar. Moddaning tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan muammolar hozirgi zamon kimyosining diqqat markazida turadi. Maktab kimyo kursini shu muammolardan tashqarida o`rganib bo`lmaydi. Kimyoviy elementlar xossalari, kimyoviy jarayonlar barchasi moddaning tuzilishi asosida tahlil etiladi. Moddaning tuzilishi - modda haqidagi tushunchalar, tuzilishlar, bilimlar majmui bo`lib hozirgi vaqtda katta rivojlanish bilan birga - yalpi nazariyaga aylanadi. Bu mavzuni o`rganish o`quvchilar oldiga aniq maqsad qo`yadi. Uning ta`limiy maqsadi - o`quvchilar atom murakkab sistema, kimyoviy bog`lanish turlarining eletron mohiyati kristall panjaralar tipi kabilarning mohiyat mazmunini o`rganishlari lozim. Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati - shundan iboratki elementlar va moddalar tabiatda bir xil mohiyat kasb etib o`quvchilar dialektik - materialistik qarashlari haqidagi tushunchalarini shakllantiradi. Davriylik nazariyasi o`quvchilarda moddlar tuzilishining ichki qonuniyatlari haqidagi bilimlar rivojlanishiga olib keladi. Moddaning tuzilishi haqidagi bilimlarni o`rganish o`quvchilar tafakkurini rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi ta`lim funksiyasi amalga oshadi. Mohir pedagoglarning tajribalarini to`plab, umumlashtirib o`rganish, ko`p yillik shaxsiy tajribalar asosida o`quvchilar tayanch bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish yo`llariga oid muayyan xulosalar vujudga keladi. Bu xulosalarning negizi o`quvchilarni kimyo faniga bo’lgan qiziqishlari, ularning moddiy olamni bilib borish singari oddiydan murakkabga qarab borishni tashkil etadi. Dastlabki kimyoviy tushunchalarni o`rganishga maktab dasturida 24 soat vaqt ajratilgan. O`quvchi tegishli mavzularni o`rganish jarayonida kimyoviy elementlar, qonunlar, tushunchalar haqida ilk ma`lumot oladi va ularda kimyo faniga qiziqish uyg`onib, kimyoviy reaktivlar bilan munosabatda bo`lish malakasi hosil bo`ladi. Biz quyidagi tajribaga tayangan holda, o`quvchilarni asta - sekin davriy qonun va moddalarni tuzilishini o`rganishga tayyorlash uchun o`qituvchi dars davomida nimalarni amalga oshirsa, qanday maqsad va vazifalarni ruyobga chiqarsa ijobiy natijaga erishishi xususida to`xtalamiz. 1. kimyoning predmeti moddalar mavzusida: a) darsning ta`limiy maqsadi - o`quvchilarga kimyoning predmeti, uning qamrab olgan sohalari, moddaning eng muhim fizik xossalari, moddalarning bir - biridan farqi kimyo fani nimani o`rganishi, uning vazifalari, ahamiyati va boshqalar haqida ma`lumot berish: b) darsning tarbiyaviy maqsadi - o`quvchilarning shu fanga qiziqtira bilish, ularda moddalarning fizik xossalari asosida bir - biridan ajrata olish malakalarini hosil qilish; v) darsning rivojlantiruvchi maqsadlari - o`quvchilarning ilgari olgan bilimlarini tartibga solish, ularda moddiy borliq haqida bir moddani boshqa 67 moddaga aylantirish haqida, kimyoning xalq xo`jaligidagi ahamiyati haqida aniq tasavvurlar hosil qilish. 2. Toza moddalar va aralashmalar mavzusida; a) darsning ta`limiy maqsadi - toza moddalar va aralashmalar haqida, bir jinsli har xil jinsli moddalar, moddalarni aralashmalardan tozalash usullari haqida tushunchalarni o`quvchi ongiga singdirish: b) o`quvchilarda moddalarni va tabiatni toza saqlash, aralashmalarni bir - biridan ajrata bilish ko`nikmalarini hosil qilish: v) o`quvchilarda toza va aralashma moddalar haqida tushunchalarni rivojlantirish. 3. Fizikaviy va kimyoviy hodisalar, kimyoviy reaksiyalar mavzusida: a) o`quvchilarda fizikaviy, kimyoviy hodisalar, kimyoviy reaksiyalarning belgilari va ularning sodir bo`lish shart - sharoitlari, fizikaviy va kimyoviy hodisalarning ahamiyati, tirik organizmda sodir bo`ladigan jarayonning mohiyati haqida tasavvur uyg`otish; b) o`quvchilarda fizikaviy kimyoviy o`zgarishlar, hodisalar reaksiyalarining sodir bo`lish shart - sharoitlari haqida tushuncha hosil qilib, shu asosida ularni hayotiy faoliyatga tayyorlash. v) o`quvchilarning fizikaviy, kimyoviy hodisalar, olgan bilimlarini amaliy faoliyatga qo`llash ko`nikmalarini rivojlantirish. Modda haqidagi tushunchalar tuzilishi va tizimi. Maktab kimyo kursining asosiy vazifasi davriy qonun mohiyatini moddaning tuzilish nazariyasi asosida o`quvchilarga o`rgatishdan iborat. Moddaning tuzilish nazariyasi butun kimyo kursi orqali o`tib o`quvchilar bilimini va tafakkurini rivojlantiradi. Natijada o`quvchida moddaning tuzilishi bilan uning xossalari orasidagi bog`liqlik tasavvuri yuzaga chiqadi. Bu mavzu mohiyatini o`rganish o`quvchilarda ma`lum qiyinchiliklar paydo qiladi. Moddaning xossalari uning ichki tuzilishi bilan bevosita bog`liq. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi o`z ichiga quyidagilarni oladi: 1) atom tuzilishi haqidagi tushuncha -yadro tarkibi, izotoplar -atomda elektronlar holati: s va p elektron bulutlarning gibridlanishi, elektron qobiqlar, dastlabki 4 davrda elektron qobiqlari to`la bo’lishi. 2) Kimyoviy bog` va ular turlari haqida tushuncha - kovalent (qutbli, qutbsiz), ion, vodorod, metall bog`lar. 3) Kristall panjaralar haqida tushuncha: -atom, molekulyar, ionli, metall panjaralar. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish. Modda molekula haqidagi dastlabki ma`lumotlarini o`quvchilar atom - molekulyar ta`limoti mavzusini o`rganishda oladilar. Bu tushuncha mavzudan- mavzuga va sinfdan - sinfga o`tgan sayin kengayib chuqurlashib boradi. Atom haqidagi bilimlari - uning ichki tuzilishini, molekula haqidagi bilimlar kimyoviy bog`lanishlarni o`rganish jarayonida yanada chuqurlashadi. Modda haqidagi bilimlar kristall panjaralar tiplari haqidagi bilimlarni o`rganish jarayonida yanada kengayadi. Moddaning tuzilishi haqidagi bilimlar 68 elektrolitik dissosiasiya nazariyasi va organik moddalarining tuzilishi nazariyalarini o`rganishda yanada rivojlanadi. Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlari. Ta`lim jarayonning har bir bosqichida moddaning tuzulishi haqidagi g`oyalar modda va uning xossalarini o`rganishga asos bo`ladi. O`quvchilarda qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida mavzuni o`rgatishda ketma - ketlik, fanlararo aloqadorlik, tayanch bilimlarga tayanish predmetning ichki aloqadorligini ta`minlash samara beradi. Muammoli ta`lim o`quvchilarga faol fikrlashni o`stiradi. Ayniqsa bu holat ham tuzulishi va xossalari, kristall panjaralar tipining xossalarga bog`liqligida yaqqol namoyon bo`ladi. Moddaning tuzulishi haqidagi tayanch bilimlar kimyoning sistematik kursini o`rganish jarayonida qo`llanish orqali yanada rivojlanadi va chuqurlashadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling