Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Mavzu: Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqidagi tushunchalarni
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Kimyoviy elementlar Oddiy elementlar Metallar Metallmaslar Tuzlar Metallar oksidlari (asosli oksidlar)
- Biri kislorod bo’lgan ikki element atomidan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Asoslar Kislotalar
- Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi.
- Tarkibi (formulasi) va nomi Agregat holati Suyuqlanish temperaturasi rangi
- Metallarning atomlariga o’z o’rnini bera oladigan vodorod atomlari bilan kislota qoldiqlaridan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi.
- Tuzlar – metallarning atomlari bilan kislota qoldiqlaridan hosil bo’lgan murakkab moddalardir
- Tarkibida bitta yoki bir necha gidroksil gruppalar bilan birikkan metallarning atomlari kiradigan murakkab moddalar asoslar deyiladi.
- 35-ma’ruza 97 Mavzu: Galogenlar mavzusini o’rganishda atom tuzilishi haqidagi
Mavzu: Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Ma’ruza rejasi: 1. Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqida tushuncha 2. Oksidlar, asosli, kislotali, amfoter oksidlar haqida tushuncha berish 3. Kislotalar, kislorodli va kislorodsiz kislotalar 4. Asoslar va ularning turlari 5. Tuzlar haqida tushuncha O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Oksidlar, asosli, kislotali, amfoter oksidlar, kislotalar, kislorodli va kislorodsiz kislotalar, asoslar, ishqorlar, suvda eriydigan, kam eriydigan asoslar, tuzlar, nordon, normal, qo’sg, asosli tuzlar Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir bilimlar bilan o’qituvchi kislorod, oksidlar yonish kimyoviy reaksiyalar, vodorod, kislotalar, tuzlar, suv, eritmalar, asoslar mavzularini o’rganish jarayonida dastlab tanishadilar. Ayniqsa o’quvchilar anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir bilimlarni umumlashtirish mavzusida oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar kabi tushunchalar mohiyatini ularning asosiy farq qiluvchi belgilari orqali umumlashtiruvchi mavzularda aniq yorqin shakllana boradi. Avvalo tushunchalarning mohiyati shu bilan birikmalar tarkibini aniq belgilab olish, tushinish orqali amalga oshadi. 92 Kimyoviy tushunchalarni hosil qilish jarayoni o’quvchilarning jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga izchillik bilan o’tishlaridan iborat deb qaraladi. Tushunchalar mohiyati oldin o’rganilgan bilimlar; tayanch tushunchalar mohiyati yangi mavzuni o’rganish jarayonida oldin egallangan bilimlarni yangi sharoitda amaliyotda tadbiq etish katta samara beradi. O’quvchi tushunchalar mohiyatini yoki qoidasini yod olish bilan chegaralanib qolsa-yu, nima sababdan oksid kislota, asos, tuz deb aytamiz degan savolga javob berolmasa demak bu tushunchalar mohiyatining shakllanishi talabga javob bermaydi. Tushunchalarning mohiyatini bir-biridan farqlash uchun ular orasidagi o’zaro bog’liqlik va farq qilish tomonlari mohiyatini o’zlashtirib olish zarur. Anorganik birikmalarning sinflari orasidagi farqni ajratib olish uchun ularning bir-biri bilan ta`siriga yoki kimyoviy xossalariga katta ahamiyat berishni amalga oshirish kerak. Tushunchalar orasidagi aloqalarni anglab yetish, farqlarini ajrata bilish tushunchalar tizimining shakllanishiga olib keladi. O’rganilgan, mohiyati anglangan tushunchalar asosida anorganik birikmalarning ma`lum sinflari sxemasini tuzish tushunchalarning shakllanishini yanada tartibga soladi. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari haqidagi olti turda namoyon bo’ladi. Ikkita oddiy moddalar sinfi, to’rtta murakkab moddalar sinfi. 1. Kimyoviy elementlar yoki oddiy moddalar; a) metallar, b) metallmaslar; 2. Murakkab moddalar; a) oksidlar; b) kislotalar; v) asoslar; g) tuzlar Kimyoviy o’zaro bog’liqlik asosida quyidagi sxemani tuzish mumkin: Tp Kimyoviy elementlar Oddiy elementlar Metallar Metallmaslar Tuzlar Metallar oksidlari (asosli oksidlar) Metallmaslar oksidlari (kislotali oksidlar) 93 Bu sxemada oddiy moddalar, oksid, kislota, asos, tuzlar o’zaro bog’liqligi o’z aksini topgan. Raqamlar orqali esa moddalarning bir birlari bilan o’zaro ta`siri natijasida hosil qilish mumkinligi o’z ifodasini topgan. Ana shu umumlashtirish orqali o’quvchilarda anorganik birikmalarning eng muhim sinflari haqidagi tushunchalar yaqqol ifodalanib shakllanadi. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir tushunchalarni umumlashtirish ikki holatda namoyon bo’ladi; Avvalo har bir tushunchaning hosil bo’lishi, so’ngra esa tushunchalar tizimining shakllanishi natijasida tarkib topadi. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni ularning bir- biridan ajratib o’rganib bo’lmaydi. Bir sinf haqidagi tushunchalar shakllanishi jarayonida ikkinchi sinf haqidagi tushunchalar ham shakllana boradi. Natijada tushunchalar tizimi hosil bo’ladi. Shu sababli o’quvchi har bir tushuncha haqidagi bilimlar yig’indisidan umumiy, shu sinf haqidagi tushunchalar tizimi haqida yakuniy xulosalar chiqaradi. Natijada o’quvchida jonli kuzatishdan abstrakt fikrlash, tafakkur orqali tushunchalar haqida umumlashmalar shakllanadi. Oksidlar. O’quvchilar oksidlar haqidagi dastlabki ma`lumotlarni darslikning 7-sinfida oladilar. Keyin oksidlar haqidagi tushunchalar kislorodning kimyoviy xossalarini o’rganish jarayonida uchraydi. Oksidlar tushunchasining mohiyatini o’quvchilar kislorodning olinishi va xossalari mavzusini o’rganish darsida tushunadilar. O’quvchi oksidlarning tarkibi haqida ma`lumotni kislorodning laboratoriyada olinishi haqidagi ma`lumotlar bilan birga egallaydi. 1. Toza suvni o’zgarmas elektr toki yordamida parchalaganda vodorod va kislorod hosil bo’lishi; 2. Simob oksidini qizdirishda simob va kislorod hosil bo’lishini o’rganib shunday xulosaga kelinadiki, oksidlar ikki elementdan tashkil topganligi, yoki uglerodning kislorod bilan birikishi, oltingugurtning kislorod bilan birikishi; fosforning kislorod bilan birikishi natijalarida oksidlar hosil bo’lishini anglab yetadilar. Natijada shunday xulosaga kelinadiki: Biri kislorod bo’lgan ikki element atomidan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Asoslar Kislotalar 94 O’quvchiga oksidlanish haqida tushuncha berilganda albatta moddalar faqat kislorod ta`sirida oksidlanadi deb xulosa chiqarmaslikni eslatish kerak. O’quvchilar diqqatini darslikdan mazmun mohiyatiga alohida e`tibor berishga qaratiladi. 1. Yonish jarayonida moddalar issiqlik va yorug’lik chiqarib oksidlanadilar. Oqibatda turli moddalarning oksidlari hosil bo’ladi. 2. Oksidlanish jarayonida oksidlanadigan modda va oksidlovchi modda ishtirok etadi. Kuzatilgan tajribalarda uglerod, oltingugurt, fosfor va temir oksidlanadigan moddalar kislorod esa oksidlovchi hisoblanadi. Bu o’rinda “Oksidlanish” tushunchasi haqida o’quvchiga dastlabki ma`lumot beriladi. Natijada o’quvchi oksidlanadigan moddalar qanday modda yoki element, oksidlovchi bu o’rinda faqat kislorod ekanligini anglab yetadilar. Biz bu o’rinda tushunchalar turlari mohiyatini anglab olishga e`tiborni qaratmog’imiz o’rinli. Oddiy modda degan tushunchaning mohiyatini ma`lum bir aniq shaklda quyidagicha ifodalashga o’quvchining diqqati qaratiladi, yani, Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Oksidlar esa- murakkab modda tushunchasini ifodalaydi. Chunki unda oddiy moddanikidek bir xil element atomi emas, har xil element atomidan tashkil topgan. Shu sababli ular kimyoviy birikmalaridir. Tushunchaning aniq mohiyatini aniqlash uchun uning qandaydir belgilarini izlash, unga tayanish muhim. Bunday belgi uning tarkibi tuzilishi asosidagi xossalari bo’lib qolishiga alohida e`tibor berib, tushunchaning mohiyat mazmunini ochib beradi. Biz har xil rangdagi, har xir agregat holatdagi oksidlar namunalarini tarqatma material o’quvchilarga darsda tarqatib kuzatishni taklif etamiz. M: Mis(II)- oksidi; magniy oksidi, temir (III)- oksidi, kremniy (IV)-oksidi, azot (IV)- oksidi, vodorod oksidi (suv). Shu oksidlarning fizik xossalari haqidagi ma`lumotlarni jadval tarzida beriladi. Tarkibi (formulasi) va nomi Agregat holati Suyuqlanish temperaturasi rangi CuO- Mis(II)- oksidi Qattiq 800 0 Cdan yuqori qora Fe 2 O 3 -Temir (III)- oksidi Qattiq 1565 0 C da parchalanadi qo’ng’ir MgO - Magniy oksidi Qattiq 2800 0 C Oq SiO 2 -Kremniy oksidi Qattiq 1680 0 C Rangsiz H 2 O- Vodorod oksidi Suyuq 0 0 C Rangsiz CO 2 - Uglerod (IV)- oksid Gaz -56,6 0 C Rangsiz Oksidlar formulasidan shu narsa ma’lum bo’ladiki, ularning hammasining tarkibida kislorod va yana boshqa elementlar mavjud. Boshqa element metall yoki nometall bo’lishi mumkin. Demak oksidlar ikki elementdan tashkil topgan moddalar binar birikmalar. Oksidlarning tarkib (formulasi) asosida ularni ikki guruhga ajratamiz: Metallar oksidlar, nometallar oksidlari. Suhbat va tushuntirishlar natijasida o’quvchilar bilan shunday xulosaga kelinadi: 95 Metallar oksidlari tarkibida metall elementining borligi uning asosiy belgisidir. Nometallar oksidlarining asosiy belgisi esa uning tarkibida nometall elementlar mavjudligi bo’lib hisoblanadi. Ana shunday asosiy belgilarni ajratib o’quvchilar o’quv faoliyati jarayonida tafakkur kuchi orqali xulosa umumlashmalar chiqarish, xossalarni ma`lum bir tartib asosida sinflash guruhlashga o’rganadilar. Bu holat ta`lim jarayonida o’quvchida tushunchalarni shakllantirish bilan birga tayanch belgilar asosida umumlashmalar, chiqarishni ta`minlaydi. Kislotalar. O’quvchilar vodorodning fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi mavzusida kislotalar haqida ma`lumot oladilar. Kislotalarning tarkibi va nomlanishi mavzusini o’rganish jarayonida kislotalarning ayniqsa sulfat kislotaning magniy metali bilan, xlorid kislotaning alyuminiy metali bilan reaksiyaga kirishib vodorod ajralib chiqishini amaliy mashg’ulotda ko’rib, ishonch hosil qiladilar, natijada o’quvchi darslikdagi qoidalarning kelib chiqishiga ichki ishonch-umumlashma xulosa keltirib chiqaradilar. Metallarning atomlariga o’z o’rnini bera oladigan vodorod atomlari bilan kislota qoldiqlaridan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. O’quvchilarda 1. Kimyoviy reaksiya vaqtida kislota qoldig’i saqlanib qolishi, faqat bir modda molekulasidan ikkinchi modda molekulasiga tarkibiga o’tishi: 2. Kislota qoldig’i valentligi molekulada ular necha atom vodorod bilan birikkanligiga qarab aniqlanishi kabi nazariy tushuncha shakllanadi. Bu o’rinda rus olimi N.N.Beketovning metallarning kislotalar molekulasidan vodorodni va birikmalardan bir-birini siqib chiqarish qatorini tuzganligi va uning mohiyatiga katta e`tibor qaratish lozimligi diqqat markazda bo’lmog’i kerak. Anorganik birikmalar orasidagi genetik bog’lanish hodisasini kislotalarni o’rganish jarayonida ham tadbiq etish imkoni tug’iladi. Biz yuqorida nometallarning oksidlari haqida fikr yuritgan edik. Demak kislotalar nometallarning oksidlariga (kislorodli kislotalar) suv ta`sir etishi natijasida hosil bo’lishi tushunchasi shakllanadi. Bu o’rinda asosiy genetik skeletda nometall element borligi alohida urg’u bilan ifodalanadi. Tuzlar haqidagi dastlabki tushunchalarni o’quvchilar kislotalarning metallar bilan o’zaro birikishini o’rganish jarayonida oladilar. O’quvchilar metallar bilan kislotalar va metallarning oksidlari bilan kislotalar orasida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarda tuzlar hosil bo’lishini bilib oladilar. O’quvchilarda shunday tushuncha shakllanadiki: Tuzlar – metallarning atomlari bilan kislota qoldiqlaridan hosil bo’lgan murakkab moddalardir . Tuzlar haqidagi bilimlar, tushunchalar o’quvchida tuzlarning nomi – metall bilan kislota qoldig’i nomidan kelib chiqishi, tuzlarning formulalarni tuzishda valentlik tushunchasiga katta e`tibor berilishi uqtiriladi. Shu bilan birga 1) tuzning tarkibi yonma-yon yozilish, 2) metall va kislota qoldig’i formulasi ustiga ular valentligini yozish, 3) metall bilan kislota qoldig’ining valentligini ifodalovchi sonlarning eng kichik umumiy ko’paytmasini topish, 4) eng kichik umumiy ko’paytma metallning valentligini ko’rsatuvchi songa bo’linib olingan 96 hosila indeks tarzida qo’yilishi kabi tushunchalar misollar yordamida ilgari olingan tayanch bilimlar tadbiq etilgan holda shakllantiriladi. Tuzlar tarkibida metall, nometall elementlarning mavjudligi birikmalarning genetik uzviyligini ko’rsatadi . Asoslar. Metall oksidlarining suvga munosabatini tushunish natijasida o’quvchida ayrim oksidlar M: Mis oksidi, temir (III)- oksidi suvda erimasligi, ayrim oksidlar M: natriy oksidi suv bilan birikib gidroksid hosil qilishi bilimi shakllanadi. U asosda o’quvchining gidroksidlar bilan tanishuvi boshlanadi. O’quvchi suvning kimyoviy xossalarini o’rganish jarayonida natriy metalining suv bilan o’zaro ta`siri, yoki sundirilmagan ohakning suv bilan reaksiyaga kirishib asoslar hosil qilishini o’rganib oladi. Asoslar metallar bilan gidroksil gruppalardan tashkil topganligi negizida quyidagi ta`rif mohiyati ochib beriladi. Tarkibida bitta yoki bir necha gidroksil gruppalar bilan birikkan metallarning atomlari kiradigan murakkab moddalar asoslar deyiladi. Bu mavzularni o’rganish orqali oksid, kislota, tuz, asos orasida mohiyati belgilar borligi, ularning uzviy bir-biri bilan genetik bog’liqligi kabi umumiy tushunchalar o’quvchida shakllanadi. - Tipik va amaliy jihatidan ahamiyatli moddalar misolida bir xil sinf birikmalari o’zaro tarkibi, xossalari jihatdan tavsifi beriladi. - Xalq xo’jaligida eng ko’p ishlatiladigan birikmalarning olinish usullari va ishlatilishi haqida bilimlar shakllanadi. - O’quvchida shu birikmalar bilan muomala qilish ular bilan tanishish kabi amaliy malaka hosil bo’ladi. - O’quvchi kimyoviy nomenklatura, terminlar, simvolikaning farqlarini anglaydilar. Xossalarni chogishtirish bilimlarni umumlashtirish va tartibga solish orqali birikmalar sinflari haqida tushunchalar shakllanadi. - Moddalarni ma`lum guruhlarga kiritib o’rganish mumkin ekan degan xulosaga olib kelinadi. Davriy qonunni o’rganishga zamin tayyorlaydi. - O’quvchilar anorganik birikmalar orasida genetik aloqalar borligi kabi tushunchaga ega bo’ladilar. Nazorat savollari: 1. Maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida " Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqida tushuncha " mavzusi mohiyatini uslubiy tahlilini qiling. 2. Bu mavzuni o’rganish uchun nimani qaytarish zarur. 3. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing. 4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing. 5. Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz? 35-ma’ruza 97 Mavzu: Galogenlar mavzusini o’rganishda atom tuzilishi haqidagi bilimlarni qo’llash va rivojlantirish. Ma’ruza rejasi: 1. Galogenlarning maktab kimyo kursida o’qitilishining maqsad va vazifalari. 2. Galogenlarning davriy sistemadagi o’rni. 3. Xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi 4. Galogenlarning oksidlovchilik xossalari. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Galogenlarning maktab kimyo kursida o’qitilishining maqsad va vazifalari, galogenlarning davriy sistemadagi o’rni, xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi, galogenlarning oksidlovchilik xossalari, vodorod xlorid va unung xossalari Ma`lumki, o’rta maktab noorganik kimyo kursining ilmiy asosini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va atom tuzilish nazariyasi tashkil qiladi. Shu sababli bundan keyingi mavzularni o’rganishda davriy qonun va atom tuzilish nazariyasi haqidagi bilimlar tayanch qilib olinadi. “Galogenlarning umumiy xarakteristikasi” mavzusida: a). O’quvchilarga galogenlarning davriy sistemadagi o’rni, atomlarining tuzilishi, energetik pog’onalarda elektronlarning joylashishi, ularning kuchli oksidlovchi ekanligi hamda metallar bilan birikib tuz hosil qilishi haqida bilim berish; b). O’quvchilarda galogenlarning davriy sistema va atom tuzilish nazariyasiga muvofiq xossalarini oldindan ayta olish malakalarini shakllantirish. Galogenlar kimyoviy elementlar davriy sistemasining VII guruh asosiy guruhchasini tashkil qiladi. Galogenlar atomlarida elektronlarning taqsimlanishi: Ftor: + 9 F 2e7e 1s 2 /2s 2 2p 5 Xlor: + 17CI 2e8e7e 1s 2 /2s 2 /2p 6 /3s 2 3p 5 3d 0 Brom: + 35 Br 2e8e18e7e … 3d 10 /4s 2 4p 5 4d 0 Yod: + 53 J 2e8e18e18e7e … 4d 10 /5s 2 5p 5 5d 0 Galogenlarning tashqi elektron qobig’ida 7 ta elektron mavjud. O’ziga yaqin inert gaz atom tuzilishi holatini olish uchun galogenlarda bitta elektron yetishmaydi. Galogenlarni shu davrdagi metallar bilan solishtirsak, bularning yadro zaryadi katta, atom radiusida bittadan juftlashmagan elektron mavjud. Shu sababli bitta elektronni tez qabul qilib, o’zining tashqi elektron qavatini sakkiztaga yetkazib oladi. Galogenlar juda kuchli oksidlovchilardir. Ularning oksidlovchilik xossasi atom radiusining kichiklashib borgani sayin kuchayib boradi. Galogenlar kislorod bilan musbat zaryadli birikma hosil qiladi. «Xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi» mavzusida: a). Darsda o’quvchilarga barcha galogenlar ichida ahamiyatlisi, xlor haqida, uning davriy sistemadagi o’rni, olinishi, xossalari, oddiy va murakkab moddalar bilan birikishi, tabiatda uchrashi va ishlatilishi haqida ma`lumot berish, xlorning kimyoviy xossalarini xarakterlovchi reaksiya tenglamalarini tuzishni o’rgatish; 98 b). Laboratoriya ishlarini bajarishda asbob-uskunalardan to’g’ri foydalanish, xlor moddasi bilan tajribalar o’tkazishda ehtiyot choralarini qo’llash kabi xislatlarni tarbiyalash. Mavzuni tushuntirishda D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasidan, ladoratoriyada xlorid kislotadan xlor olishda ishlatiladigan asbob-uskuna va reaktivlardan, xlorning natriy, mis va temir bilan birikishida qo’llaniladigan laboratoriya asboblari va reaktivlardan, xlorning moddalar bilan birikishi va ishlatilishiga doir chizmalardan foydalaniladi. O’quvchilarni xlorning xossalarini uning davriy sistemadagi o’rni, atomlarning tuzilishiga asoslanib, oldindan aytishga o’rgatiladi. Xlorning xossalari, uning birikmalarining xossalarini bashorat qila bilish bundan keyingi elementlar va ularning xossalarini shu metod bilan o’rganish, ya'ni didaktikadagi diduksiya metodidan induksiya metodi tomon borish prinsipiga o’quvchilarni tayyorlashda ahamiyati katta. Bu darsda quyidagi ma'lumotlar o’quvchilarga singdiriladi. 1. Xlor tabiatda xloridlar tarkibida uchraydi. Natriy xlorid, kaliy xlorid, silvinit, karnallit, magniy xlorid hamda yer qobig’ida 0,45 foiz miqdorda uchraydi. 2. Xlorning laboratoriyada olinishi namoyish qilinib ko’rsatiladi va kimyoviy reaksiya tenglamasi yozib, tushuntiriladi; O H CI MnCI O Mn CI H t 2 2 2 4 1 4 3. Xlorning fizikaviy xossalari - oddiy sharoitda sariq yashil tusli, o’tkir hidli zaharli, gazsimon modda, u havodan 2,5 hajm xlor eriydi. Xlor 0,6 atmosfera bosimida uy temperaturasida suyuqlikka aylanadi. U ballon yoki sisternalarda tashiladi. 4. Xlorning kimyoviy xossalari (chizma yordamida, laboratoriyada namoyish tajribalari o’tkazilib, tushuntiriladi), xlorning oddiy moddalar bilan birikishi. Masalan, barcha metallar bilan birikib, tuz hosil qilishi. CI Na CI Na 2 2 2 0 Bunda natriy metali qaytaruvchi - oksidlanadi, xlor esa oksidlovchi - qaytariladi. b). xlor vodorod bilan birikadi: CI Na CI H 2 0 2 0 2 Xlor molekulasidagi kovalent bog’ uzilgach, atom holidagi xlor molekula holidagi xlorni parchalab boraveradi. (Shu o’rinda zanjir reaksiyalar haqida tushuncha berish mumkin). Hosil bo’lgan xlorid suvda eritilib, xlorid kislota hosil qilinadi. Xlorning murakkab moddalar bilan birikishi: a). xlorning suv bilan birikishi: CI 2 + H 2 O → HCI + HCIO x lorid kislota gipoxlorid kislota Gipoxlorid kislota kuchli oksidlovchi 99 HCIO → HCI + O b). xlor ishqorlar bilan birikadi: 2KOH + CI 2 → KCIO + KCI + H 2 O 6KOH + 3CI 2 → KCIO 3 + 5KCI + 3H 2 O v) xlor tuzlardan brom va iodni siqib chiqaradi: 2 KBr + CI 2 → 2 KCI + Br 2 2 KJ + CI 2 → 2 KCI + J 2 Vodorod xlorid. Avogadro qonuni (gazlarning molyar hajmi)" mavzusida: a). O’quvchilarda vodorod xloridning formulasi, molekulyar tuzilishi, sanoat va laboratoriyada olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari, ishlatilishi haqida ma'lumot berish, vodorod xlorid misolida gazlar haqidagi Avogadro qonunining mohiyatini tushuntirish, gazlarning molyar hajmi xususida bilim berish; b), v). Vodorod xlorid bilan ishlashda, uni hosil qilishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, gazlarni hisoblash bo’yicha olib boradigan hisob - kitoblarni amalga oshirish malakalarini tarbiyalash: Darsni suhbatdan boshlab, o’quvchilarni xlorning vodorod bilan birikish imkoniyati, uning borish mexanizmi, xlorning suv bilan birikish reaksiyasi haqida savol-javob o’tkazish, muhokama yuritish kerak. Shuningdek, vodorod xlorid molekulasi hosil bo’lishidagi kimyoviy bog’lanish va kristall panjaralar tipi, vodorod xloridning suvda erishi va hosil bo’lgan eritma haqidagi bilimlarni yuzaga chiqarish lozim. O’qituvchi reja asosida quyidagilarni tushuntiradi: 1. Vodorod xloridning galogen vodorodlar ichida eng muhimi suvdagi eritmasi xlorid kislotadir, uning formulasi HCI elektron (H :CI) qutbli kovalent bog’lanishdagi modda. 2. Vodorodning xlorda yonishi, H 2 + CI 2 → 2 HCI Vodorod xlorid laboratoriyada osh tuziga sulfat kislota qo’shib qizdirish natijasida olinina 3. Vodorod xloridning fizikaviy xossalarini tushuntirishda uning rangsiz, havodan og’ir, o’tkir hidli, suvda juda yaxshi eriydigan gaz ekanligi alohida aytiladi. 4. Vodorod xlorid gazsimon modda bo’lganligi sababli oddiy sharoitda metallar va oksidlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. 5. Vodorod xlorid asosan xlorid kislota hosil qilish, plastmassa va kauchuk ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 6. O’qituvchi vodorod xlorid gazi misolida har qanday gazning bir moli normal sharoitda 22,4 l.hajmni egallashi haqidagi Avogadro qonunining kashf etilishi, uning mohiyati, ahamiyati hamda bu qonun yordamida olib boriladigan hisoblash ishlarini tushuntiradi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling