172-mashq.
Qo’yilgan muammo: Nuqtalar o‘rniga
d
yoki
t
harfl
arini qo‘yib, daftaringizga husnixat bilan YOZING.
Yechim:
tashkilot, e’tiqod, itoat, qad, oid, shod, murod, kut, did,
nutq, ozod, dunyo, oqibat, plastik, ketdim, kutding.
173-mashq.
Qo’yilgan muammo: Tabiat muammolariga bag‘ish-
langan “Orol dardi – millat dardi” matn TINGLAB TUSHUNISH
ko’nikmasini shakllantirish uchun mo’ljallangan. O’qituvchi tomo-
nidan yoki audio shaklda eshittirilishi mumkin. Matn asosida
174-mashqda berilgan savollarga o‘quvchilar javob beradilar.
1. Orol fojiasining sabablari nimada?
2. Orolni saqlab qolish uchun nimalar qilish kerak, deb o‘ylaysiz?
3. Greta Tunberg ko‘targan muammo bilan Orol dengizi fojiasining
qanday aloqadorligi bor?
Matnlar bilan ishlash jarayonida o’quvchilarning og’zaki nutqi-
ga ko’proq e’tibor qaratish kerak. Jurnalistika sohasiga yo’naltirish
mumkin.
175-mashq.
Matnni YOZING, nuqtalar o‘rniga zarur harflarni
qo‘ying. Matn oxiridagi savolga javob bering.
Yechim:
Tengdoshingiz Nigora bir kuni yoz faslining yildan yilga isib
ketayotgani, jaziramaning tobora kuchayib borayotgani to‘g‘risida o‘ylab
qoldi. Nigora Qutb muzliklarining erishi, suv toshqinlari va dovullar,
qurg‘oqchilik, chang bo‘ronlari insonlarning aybi bilan bo‘layotganini
tushundi. Yirik fab rika-zavodlardan chiqayotgan tutunlar ham ekologik
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Orol muammosi ham tabiatga inson
aralashuvining natijasi ekanini ko‘plar qatori Nigora ham anglayapti.
Nigora ham Greta Tunberg singari barchani tabiatni asrashga
chaqirmoqda. Faqat qanday qilib? Siz bunga nima deysiz? (“Gulxan”
jurnalidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |