Органик кимё фанидан Ўқув-услубий мажмуа


 Tarkibida oltingugurt bo’lgan aminokislotalarga


Download 29.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/110
Sana07.07.2020
Hajmi29.83 Mb.
#102390
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110

8. Tarkibida oltingugurt bo’lgan aminokislotalarga sistein va sistin kiradi. Sistein havoda 

oksidlanganda sistinga aylanadi:                                                                          

                           

2HOOC–CH(NH

2

)–CH


2

–SH+[O] → H

2

O + 


HOOC–CH(NH

2

)–CH



2

–S–S–CH


2

–CH(NH


2

)–COOH 


9. Serin HO–CH

2

–CH(NH



2

)–COOH.  Serin seritsin deb ataluvchi ipak yelimi gidrolizlanganda 

va oz miqdorda boshqa oqsil moddalar gidrolizlanganda hosil bo’ladi.   

Ishlatilishi. Aminokislotalarning 20 dan ortiq vakillari organizm oqsilini hosil qilishda ishtirok 

etadigan eng zarur moddalardir. Inson va hayvonlar bu moddalarni ovqatdagi oqsillar bilan birga 

iste’mol qiladi. Ularning ko’pchiligi 

- aminokislotalardir. Aminokislotalar juda holsizlangan 

bemorlarga tog’ridan to’g’ri beriladi. Og’ir operatsiyalardan so’ng bemorni qon tomir orqali 

ovqatlantirishda ulardan foydalaniladi. Amin kislotalar ba’zi kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. 

M-n: glutamin kislotadan asab kasalligini, gistidindan oshqozon yarasi kasalligini davolashda 

foydalaniladi. Ayrim aminokislotalar odam va hayvonlarning organizmida sintez bo’ladi. Qishloq 

xo’jaligida hayvonlarning o’sishini yaxshilash uchun ularning ovqatiga ba’zi aminokislotalar qo’shib 

beriladi. Funksional gruppalari molekulaning uchlarida bo’lgan tarmoqlangan aminokislotalar 



bifunksional (molekulasida ikkita funksional gruppa) monomerlar sifatida sintetik tolalar, shu 

jumladan, kapron va enant ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bunday aminokislotalarga 



aminokapron va aminoenent kislotalar misol bo’ladi. Kapron tola olish uchun ishlatiladigan 

polimerning olinishini ko’rib chiqaylik.  

Birinchi navbatda ε – aminokapron kislota  

H

2



N–CH

2

–CH



2

–CH


2

–CH


2

–CH


2

–COOH dan kaprolaktam hosil qilinadi:  

CH

2

–CH



2

–COOH                                CH

2

–CH


2

–CH


                                                                   

H

2

O +  



                                             

C=O    kaprolaktam.  

CH

2

–CH



2

–CH


2

–NH


2                                         

CH

2



–CH

2

–NH 



 

408


 

Kaprolaktam yoki ε – aminokapron kislota qizdirilganda polikondensatlanadi: 

H

2



N–(CH

2

)



5

–COOH + H–NH–(CH

2

)

5



–COOH + H–NH–(CH

2

)



5

–COOH ••• → 

[–HN–(CH

2

)



5

–CO–NH–(CH

2

)

5



–CO–NH–(CH

2

)



5

–CO–]


n

 + nH


2

Olingan polimerning tuzilishini ushbu formula bilan ifodalash mumkin: 



(–NH–(CH

2

)



5

–CO–)n 


Bu polimer smolaga o’xshash ko’rinishda bo’ladi. 

Undagi  makromolekulalar  betartib  joylashgan.  Makromolekulalari  oreintirlangan  holda 

joylashgan  tola  olish  uchun  smolani  suyuqlantirib,  filyeralar  orqali  o’tkaziladi.  Polimer  sovuq  havo 

kirib turgan shaxtaga oqib tushadi va u yerda sovib, ingichka tola hosil bo’ladi. Bu tola har xil tezlik 

bilan aylanadigan disklarda cho’zilib, ip qilib yigiriladi.  

Kapron  smolasidan  mashina  hamda  mexanizmlarning  mustahkam  va  yemirilishga  chidamli 

detallarini tayyorlashda foydalaniladi.  

Bioorganik  kimyo  XX  asrning  ikkinchi  yarimlarida  «Organik  kimyo»  fanida  alohida  bo’lim 

sifatida  ajrala  boshladi.  U  hayot  faoliyati  jarayonlarida  ishtirok  etadigan  organik  birikmalar, 

metabolizm;  biopolimerlar  (oqsillar,  polisaharidlar,  nuklein  kislotalar),  bioregulyatorlar  (fermentlar, 

garmonlar,  vitaminlar  va  x.k.);  sintetik  biologik  aktiv  birikmalar  (dori-darmonlar,  o’stirish  vositalari, 

gerbidsidlar va x.k.) larni o’rganadi. Tabiiy va sintetik biologik aktiv birikmalar, ularning tuzilishi bilan 

biologik faoligi o’rtasidagi bog’liqlik, ularning tana ichidagi va tashqarisidagi kimyoviy o’zgarishlarni 

o’rganish  bioorganik  kimyo  vazifasiga  kiradi.  Bu  vazifalar  –  oraliq  birikmalarni  ajratish,  tozalash  va 

tuzilishlarini tekshirishning hozirgi zamon usullari yaratilgandan so’ng hal qilindi. 

Bioorganik  kimyo  yutuqlari  biologik  va  fiziologiya  fanlarining  rivojlanishi  bilan  bog’liqdir. 

Bioorganik kimyo biokimyo, biofizika va boshqa fanlari bilan bevosita bog’liqlikda rivojlanadi. 



OQSILLAR 

Organik  moddalar  ichida  shunday  birikmalar  ham  borki,  ular  tarkibi,  tuzilishi,  xossalari 

jihatadan biror organik modda sinfiga tegishli bo’lmay, alohida turni tashkil etadi. Bular oqsillardir. 

α-aminokislotalarning polikondensatsiyalanishidan hosil bo’lgan va polipeptid bog’lari 

saqlagan tabiiy yuqori molekulyar moddalar oqsillar deyiladi. 

Peptidlar deb — oqsillarning asosini tashkil etuvchi, ikki yoki undan ortiq aminokislotalarning 

polikondensatlanishidan  hosil  bo’lgan  moddalarga  aytiladi.  Ular  ikki  aminokislota  qoldig’idan  tashkil 

topgan bo’lsa – dipeptiduchtadan – tripeptidto’rttadan – tetrapeptid va hokazo deyiladi.  

Har  qanday  peptidlarning  molekulalari  uzun  zanjirdan  tashkil  topib,  ikki  uchga  ega,  birinchi 



uchi amino gruppa – NH

2

 hisobiga azot bilan tugaydi, ikkinchi uchi esa karboksil gruppa – COOH 

hisobiga uglerod-C bilan tugaydi. 

Peptidlarning  nomi  ularni  tashkil  etgan  aminokislotalarning  nomidan  kelib  chiqib, 

aminogruppadan  boshlangan  aminokislotalarning  nomlaridan  «in»  qo’shimchasi  o’rniga  «il» 

qo’shimchasi  qo’shib  o’qilib,  hosil  bo’lgan  nomlarga  oxirgi  karboksil  gruppa  bilan  tamomlangan 

aminokislota nomini qo’shib o’qish bilan hosil bo’ladi. M-n:  

H

2



N−CH

2

−CO−NH−CH



2

−CO−NH−CH

2

−COOH 


glitsil – glitsil – glitsin. 

Peptidlarning  qo’shilishidan  polipeptidlar, polipeptidlardan pentonlar  va  pentonlardan oqsil 

moddalar hosil bo’ladi.  



Peptid – polipeptid – pepton – oqsil. 

Demak,  oqsillar  α  -  aminokislotalarning  qoldiqlaridan  tashkil  topgan  yuqori  molekulyar  murakkab 

organik birikmalardir. 

Aminokislotalar  soni  100  tagacha  bo’lgan  yuqori  molekulyar  birikmalar  peptidlar  (10 gacha 



bo’lganlari oligopeptid, undan yuqorilari polipeptid), 100 dan ortiqlarini shartli ravishda oqsillar deb 

atash qabul qilingan.   



Tabiatda  uchrashi.  Oqsillar  barcha  o’simlik  va  hayvonlar  organizmi  uchun  juda  zarur 

moddalardan  biridir.  Oqsillar  o’simlik  protoplazmasining  asosini  tashkil  etadi.  Ular  hayvonlarning 



qoni, suti, muskuli va tog’ayi tarkibida bo’lib muhim hayotiy rol o’ynaydi. Oqsillar soch, tirnoq, teri, 

pat, jun, ipak tarkibiga ham kiradi. Shuningdek, tuxumning asosiy qismini tashkil etadi. 

 

409


Oqsil  nomi  tuxum  oqi  so’zidan  kelib  chiqqan.  Ilmiy  adabiyotlar  «birinchi»,  «eng  muhim» 

degan ma’noni anglatadigan protein termini bilan atash qabul qilingan. Oqsil moddalarni o’simliklar 

tuproqdagi  tuzlar  tarkibidagi  azot,  dukkakli  o’simliklar  esa  atmosfera  azoti  hisobiga  sintez  qiladi. 

Hayvonlar oqsil sintez qila olmaydi. Ular o’simlik yoki hayvonlarni yeb, oqsillarni tayyor holda oladi. 

Hayvon  va  o’simliklar  a’zolarida  oqsillar  turli  funksiyalarni  bajaradi.  Ko’pchilik  garmonlar, 

enzimlar, fermentlar, antibiotiklar va toksinlar oqsil moddalardan tashkil topgan. Ko’p hollarda oqsillar 

hayvon  hujayralari  qobig’ini  hosil  qiladi  va  modda  almashish  jarayonida  hujayralarning  o’sishida 

muhim rol o’ynaydi. 

Oqsillar  tabiiy  sharoitda  organik  va  anorganik  moddalar  bilan  juda  murakkab  aralashmalar 

holida uchraydi. 

Oqsillar tirik organizmlar hayotini taminlab turuvchi asosiy moddalar bo’lib, ularning tuzilishi 

juda murakkabdir. 

Ayrim oziq – ovqat mahsulotlaridagi oqsil moddalarning miqdori ( % hisobida ): Go’shtda – 

12.9-14;  jigarda – 18-19;  buyrakda – 16-17;  tuxumda – 12;  kartoshkada – 2;  no’xatda – 22;  

sutda – 3.4;  sholida – 8;  makkajo’xorida – 8. 

Tarkibi va tuzilishi. Oqsillar trarkibida besh xil element – C, H, O, N va S, ba’zi eng muhim 

oqsil  moddalar  tarkibida  esa  P  ham  bo’ladi.  Bu  elementlar  oqsillar  tarkibida  o’rtacha  quyidagi 

miqdorda bo’ladi: C – 50-52-55% ;  H – 6.6-6.8-7.3-7.7% ;  O – 19-24% ;  N – 15-18% ;  S – 0.5-2-

2.4% .  

Ayrim  oqsillarning  tarkibida  S  mutlaqo  bo’lmasligi  ham  mumkin.  Masalan,  baliq 



spermatozoidlaridagi  oqsillarda  S  bo’lmaydi.  Bunday  oqsillar  protaminlar  deyiladi.  Qon  oqsili  – 

gemoglabinda  temir  ham  (0.3-0.5%)  uchraydi.  Nihoyat,  yod  yoki  boshqa  galoidli  oqsillar  ham 

mavjud. 


Oqsillarning  molekulyar  og’irligi  ancha  katta.  Ularning  molekulyar  og’irligi  5000-15-20  mln. 

gacha bo’lishi mumkin. Chunonchi, odam qoni zardobi albuminining molekulyar og’irligi 61500 ga, 



qon  zardobi 

-globulinining  molekulyar  og’irligi  153000  ga,  tovuq  tuxumi  tarkibiga  kiruvchi 

oqsilning  nisbiy  molekulyar  og’irligi  36000  ga,  go’shtdan  olingan  bir  oqsilning  nisbiy  molekulyar 

og’irligi 300000 ga, tuxum albumini 46000 ga, ot gemoglabini 68000 ga, odam gemoglabini 160000 

ga, tok shilliqqurti gemotsianini 660000 ga teng.      

Oqsillar yoki proteinlar – murakkab, yuqori molekulali organik birikmalar bo’lib, o’zaro amid 

bog’ bilan bog’langan aminokislotalar qoldiqlaridan tuzilgan.  

Inson, hayvon va o’simliklar tanasida oqsillar turli xil vazifalarni bajaradi. Ular tomir, pay, teri, suyak 

va  boshqalar  asosini  tashkil  qiladi,  modda  alamshinish  va  to’qimalar  ko’payishida  muhim  vazifani 

bajaradi.  Garmonlar,  enzimlar,  pigmentlar,  antibiotiklar,  toksinlar  oqsil  birikmalar  bo’lib 

hisoblanadilar.  

Bir xil oqsil tarkibiga turli xil aminokislotalar kirishi mumkin. Oqsil to’liq gidrolizga uchraganda 

α-aminokislotalar  hosil  bo’ladi.  Oqsillarning  gidrolizi  natijasida  ko’pincha  20-22  xil  α-

aminokislotalar olinadi. Agar oqsil molekulasi tarkibiga 20 xil aminokislotalarning har biridan faqat 

bittadan  molekula  kirsa,  bu  molekulalar  bir  –  biri  bilan  birikkanida  hosil  bo’ladigan  turli 

kombinatsiyalarning umumiy soni 2.4ꞏ10

18 

dan ortib ketadi. Ana shuning uchun ham oqsil molekulalari 

o’zining tuzilishi jihatidan xilma – xil va murakkabdir.   

Bunday aminokislotalarning ba’zilarini keltiramiz: 



Oqsillarda topilgan 

- aminokislotalar 

                                     Aminokislota 

formulasi 

Aminokislota 

nomi 

Qisqartirilgan 

nomi 

H

2



N  – C H

2

– C O O H



C H

3

– C H  – C O O H



N H

2

( C H



3

)

2



C H  – C H  – C O O H

N H


2

( C H


3

)

2



C H  – C H

2

– C H  – C O O H



N H

H

2



N  – C H

2

– C O O H



C H

3

– C H  – C O O H



N H

2

( C H



3

)

2



C H  – C H  – C O O H

N H


2

( C H


3

)

2



C H  – C H

2

– C H  – C O O H



N H

H

2



N  – C H

2

– C O O H



C H

3

– C H  – C O O H



N H

2

( C H



3

)

2



C H  – C H  – C O O H

N H


2

N H


2

( C H


3

)

2



C H  – C H

2

– C H  – C O O H



N H

N H


Glitsin 

 

Gly 

Alanin 

 

Ala 

Valin 

 

Val 

Leytsin 

Leu 

 

410


 

Izoleytsin 

 

Ile 

Fenilalanin 

 

Phe 

Asparagin 

 

Asn 

Glutamin 

 

Gln 

Triptofan 

Trp 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

Fenilalanin, valin, leysin, lizin, izoleysin, treonin, triptofan tirik organism uchun juda muhim 

ahamiyatga  ega.  Bu  aminokislotalardan  inson  bir  sutkada  ovqat  orqali  21-31  grammgacha  iste’mol 

qilishi kerak. Aminokislotalar qanday qilib oqsil molekulasini hosil qiladi? Bu savolga 1888 – yilda rus 

biokimyogari  A.Y.Danilevskiy  javob  berdi.  Uning  fikricha,  oqsillarda  aminokislotalar  bir  molekula 

kislotaning  karboksil  gruppasi  va  ikkinchi  molekula  aminokislotaning  aminogruppasidan  bir 

molekula suv ajralib chiqishi natijasida hosil bo’lgan amid bog’lari orqali bog’langan. Amid bog’lari 



−NH−CO− peptid bog’ ham deb ataladi. M-n: 

H

2



N−CH

2

−COOH + H−NH−CH(CH



3

)−COOH → H

2

O +  


                            glitsin                          alanin 

H

2



N−CH

2

−CO−NH−CH(CH



3

)−COOH 


           Birinchi  dastlabki  modda  –  glitsin  –  hayvonlarning  pay,  teri,  tuyoq  kabi  organizmlaridan 

tayyorlanadigan  yelimni  gidroliz  qilish  orqali  hosil  qilinadi;  ikkinchi  dastlabki  modda  –  alaninni 

deyarli har qanday oqsildan tayyorlash mumkin.  

H

2



N−CH

2

−CO−NH−CH(CH



3

)−COOH + H−NH−CH(CH

2

−SH)−COOH → H



2

O + 


H

2

N−CH



2

−CO−NH−CH(CH

3

)−CO−NH−CH(CH



2

−SH)−COOH   tripeptid 

 

Trionin 

Tirozin 

Oksiprolin 

Sistein 

Sistin 

Metionin

Aspargin 

kislota 

Glutamin 

kislota

Lizin 

Arginin 

Gistidin 


 

411


Bu  misoldan  ko’rinib  turibdiki,  ikkita  bir  xil  yoki  har  xil aminokislotaning  o’zaro  birikishidan 

dipeptid, uchtasidan tripeptid, to’rttasidan tetrapeptid hosil bo’ladi. Bunday birikmalar polipeptidlar 

deb ataladi.  



A.Y.Danilevskiy  taxminini  Gofmeyster  va  E.Fisher  1902  –  yilda  isbotlab  berdi  va  oqsillar 

uchun  polipeptidlar  nazariyasini  taklif  qildi.  Bu  nazariyaga  ko’ra  oqsillarning  molekulalari  peptid 



(amid) bog’lar bilan bog’langan aminokislotalar qoldiqlarining uzun zanjiridan iborat.  

XX asrning boshlarida aniqrog’i 1907-yilda olmoniyalik olim E.Fisher va boshqa tadqiqotchilar 

o’z molekulasi tarkibida bir – biri bilan peptid bog’lar orqali birikkan 18 ta aminokislotalar qoldig’idan 

iborat  birikmani  sintez  qilishga  muvaffaq  bo’ldilar.  Bu  polipeptidlar  ba’zi  xossalari  bilan  oqsillarni 

eslatgan. 

Oqsillar  tuzilishining  polipeptid  nazariyasi  hozirgi  kunda  hamma  e’tirof  qilgan  nazariya 

hisoblanadi. Oqsillarning tarkibiga turli sonli 22 xil α-aminokislota qoldiqlari kiradi. M-n: insulin – 51, 

mioglabin  –  140  ta  aminokislota  qoldig’idan  iborat  bo’lsa,  qon  gemoglabinining  tarkibi 

(C

738

H

1166

O

208

N

203

S

2

Fe)

4

  bo’lib,  4  ta  –  2  ta  α  –  va  2  ta  β  –  gemoglabin  birikmasidan  iboratdir  



Mr=4×16312=65248 ). 

Kimyo  va  zamonaviy  fizik  –  kimyoviy  usullarning  yaratilishi  oqsillarning  tuzilishini  o’rganish 

imkoniyatini  berdi.  Hozirgi  vaqtda  ko’plab  murakkab  bo’lmagan  oqsillar  aminokislotalar  tarkibini 

aniqlaydigan usullar mavjud. Bular orasida xromatografiya alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadqiqot 

usullarining  natijalari  asosida  oqsillar  birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi  va  to’rtlamchi  tuzilishlarga 

ega ekanligi aniqlangan.  



Oqsil molekulalarining birlamchi tuzilishi 

Oqsillarning  kimyoviy  tuzilishi  bo’lib,  oqsil  peptid  bog’lari  orqali  bog’langan  ko’p  sonli  α-



aminokislotalar qoldiqlaridan iborat uzun zanjirli molekulalar ekanligini ko’rsatuvchi tuzilishdir.  

Oqsil molekulalarining polipeptid zanjirida turli aminokislota qoldiqlarining navbat bilan 

ketma – ket kelishi oqsil molekulasining birlamchi strukturasi deyiladi va u har bir oqsil uchun 

o’ziga xos, individual va betakror bo’ladi.   

Bir  aminokislotadagi  karbosiklik  guruh  qo’shni  aminokislotaning  aminoguruhi  bilan 

ta’sirlanib,  amid  hosil  qiladi.  Alohida  peptid  qismlari  bir-birlarida  –  NH  –  CO  –  CHR  –  dagi  yon 

zanjirdagi guruh (R) lar bilan farq qiladilar: 

N

H

H



C

H

R



C

O

N



H

C

R’



H

C

O



N

H

C



H

R’’


C

O

N



H

C

R’



H

C – OH


O

N

H



H

C

H



R

C

O



N

H

C



R’

H

C



O

N

H



C

H

R’’



C

O

N



H

C

R’



H

C – OH


O

 

100  gacha  aminokislota  qoldig’i  saqlagan  birikmalar  peptidlar  100  tadan  ortiq  aminokislota 

qoldig’i saqlagan birikmalar oqsillar deb ataladi. 

Aminokislotalarning  birikish  tartibi  ularning  ikki  tarafida  molekulalarni  ajratib  olish  bilan 

aniqlanadi. Buning uchun aminokislotalar gidrolizga barqaror bo’lgan birikmalarga aylantiriladilar. Shu 

usul bilan ko’pchilik oddiy oqsillar insulin, mioglobin, ribonukleazalar va boshqalarning tuzilishlari 

aniqlangan. 

Juda ko’p oqsillar uchun aminokislotalarning qaytarilish tartibi aniqlangan.  

Oqsillarning birlamchi tuzilishini Nobel mukofotining laureati, ingliz olimi F.Senger 1951-53-

yillarda kashf etgan. 

Birlamchi  tuzilishni  tashkil  etgan  polipeptid  zanjirini  rentgen  tuzilish  usuli  bilan  o’rganish 

natijalari  asosida  L.Poling  (1930-yilda)  oqsil  konformatsiyasi  (oqsil  molekulasi  tarkibidagi 

atomlarning fazoviy joylashuvi) to’g’risida dastlabki quyidagi aniq xulosalarga keldi: 

—  Oqsillarning  xossalari  polipeptid  zanjiridagi  aminokislotalarning  tarkibi  va  ularning  o’zaro 

ketma–ketligiga bog’liqdir;   

— Peptid gruppasi «qattiq» tekis (planar) tuzilishli bo’lib undagi C−N bog’i qisman qo’shbog’ 

tabiatiga ega. Unda karbonil gruppasi kislorodi va amid gruppasi vodorod atomi o’zaro trans holatda 

joylashgandir;  

—  Peptid  gruppadagi  r

C-N

=1.32

0

A  bo’lib,  bu  qiymat  birlamchi  bog’  uzunligi  r

C-N

=1.47

0

A  dan 

kichik, lekin haqiqiy qo’shbog’ r



C-N

=1.27

0

A dan kattadir. 

 

412


— Peptid gruppasi bilan bog’langan C

a

−C va N−C



a

 bog’lari haqiqiy birlamchi bog’lar bo’lib, bu 

bog’lar  atrofida  atomlar  (yoki  atomlar  gruppasi)  erkin  aylanishi  yoki  o’z  holatini  o’zgartirish 

imkoniyatiga ega bo’lib, oqsil molekulasining bukiluvchanligini ta’minlaydi.  



Download 29.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling