O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


yilning 31 may kuni Oʼzbekiston aholining minimal isteʼmol xarajatlari bahosining dastlabki hisob-kitoblari eʼlon qildi


Download 1.53 Mb.
bet10/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

2021 yilning 31 may kuni Oʼzbekiston aholining minimal isteʼmol xarajatlari bahosining dastlabki hisob-kitoblari eʼlon qildi.
MIX hisob-kitobining asosiy maqsadi kambagʼal yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni aniqlash va ularning asosiy ehtiyojlarini taʼminlashdan iborat.
MIXni hisoblash ishlari Jahon bankining xalqaro ekspertlari bilan birgalikda olib borildi.
MIXni hisoblash xalqaro miqyosda tan olingan hisoblash metodologiyasiga asoslangan boʼlib, dunyoning aksariyat mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan kambagʼallikka qarshi kurashishda keng qoʼllaniladi.
Minimal isteʼmol xarajatlarini hisoblash uchun tajriba sifatida Jahon banki koʼmagida 2020 yilda respublikaning barcha hududlaridan tanlab olingan 5 400 ta uy xoʼjaliklarida soʼrovnoma oʼtkazildi.
Bunda soʼrovnomada ishtirok etgan uy xoʼjaliklari xarajatlari miqdori boʼyicha oʼnta guruhga ajratilib, ushbu oilalar orasidan eng kam xarajat (daromad)ga ega boʼlgan 30 foiz uy xoʼjaliklari ajratib olindi.
Soʼrovnoma natijasida olingan maʼlumotlar asosida mazkur oilalarda jon boshiga kunlik isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur boʼlgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal isteʼmol xarajatlar bir oyda kishi boshiga (joriy yildagi narxlar oʼzgarishini inobatga olgan holda) kamida 440 ming soʼmni tashkil etishi hisob-kitob qilindi.
Hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlarining jon boshiga toʼgʼri keladigan yalpi ichki mahsulotga nisbati (YaIM) 26,8 foiz boʼlib, mazkur koʼrsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan 4-20 foizni tashkil etadi.
Oʼzbekistonda MIX darajasi (440 ming soʼm) aholi jon boshiga YaIM darajasining 27% ni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Qozogʼistonda bu koʼrsatkich 11%, Turkiyada 17%, Rossiyada 19% ni tashkil etadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2021 yil 4 iyuldagi PF-6241-sonli farmoni ijrosi sifatida aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʼllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida 2021 yilning 1 iyulidan boshlab belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qoʼshimcha toʼlov joriy etildi. Bunda, ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʼshimcha toʼlovni hisobga olgan holda 256 675 soʼmdan 400 000 soʼmga oshirildi. Jumladan, belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 soʼmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʼyicha pensiyalari miqdori 565 000 soʼmga yetkazildi va zarur ish stajiga ega boʼlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 soʼmdan 400 000 soʼmgacha oshirish choralari ishlab chiqildi.
Boquvchisini yoʼqotganlik uchun pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun qoʼshimcha toʼlov joriy etish va pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 soʼmdan 400 000 soʼmga oshirish hamda keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʼlanishi koʼzda tutilgan. Nafaqasi oluvchi oilalarning barcha aʼzolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori 400 000 soʼm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 150 000 soʼmdan qoʼshilishi belgilandi. Bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslarga esa beriladigan nafaqa oyiga 513 350 soʼmdan 565 000 soʼmgacha oshirildi.
Oʼzbekistonda ehtiyojmand aholini manzilli qoʼllab-quvvatlash orqali kambagʼallik darajasi pasayishi kuzatildi. Аholining ehtiyojmand qismini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarni manzilli qoʼllab-quvvatlash borasida yaratilgan unikal tizim (daftarlar) natijasida kambagʼallik darajasi sezilarli kamayayotgani kuzatiloqda. Majburiy mehnat, jumladan, bolalar mehnatiga butkul barham berildi. Davlat va jamiyat hayotida ayollarning oʼrni va nufuzi oshib bormoqda. Xususan, Parlamentda ayollar oʼrni ikki barobarga yaʼni 16 foizdan 32 foizgacha koʼtarildi. Taʼkidlash kerakki, byudjet xarajatlarining aksariyat qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga yoʼnaltirilmoqda.
Kambagʼallikni darajasini aniqlashning Oʼzbekistonda xos xususiyatlari bir nechta jihatlar bilan dunyo tajribasida qoʼllanilayotgan uslublardan farq qiladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling