O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


Download 1.53 Mb.
bet4/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

Institut:
har chorakda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga o’z faoliyati to’g’risida ma’lumot berishga, hamda uni o’zining “Internet”dagi rasmiy saytiga joylashtirishga;
kommersiya, xizmat va boshqa qonun bilan himoya qilinadigan sirlari bo’lgan ma’lumotlarning o’rnatilgan tartibda himoyasini ta’minlashga;
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishdaboshqa majburiyatlarni bajarishga majbur.
Institutiling mol-mulki va moliyaviy mablag'lari
Institut mol-mulki quyidagilardan tashkil topgan: asosiy fondlar (binolar, inshoatlar, uslcunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma mablag'lar hamda moliyaviy resurslar va barcha moliyaviy manbalar hisobidan xarid qilinadigan boshqa moddiy boylildar Institut mol- mulkning bahosi uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Institut o'ziga biriktirilgan mol-mulklca egalik qilish, foydalanish va boshqarish huquqini o'matilgan tartibda amalga oshiradi. Institut o'ziga biriktirilgan yerga egalik qilish va foydalanish huquqiga ega.
Barcha tadqiqot materiallari (ilmiy ishlanmalar va hisobotlar, tahliliy ma’lumotnomalar va axborotlar, maqolalar, tadqiqotlar natijalari, prognoz baholashlari, referativ, metodik qo'llanma materallar, programmalash mahsulotlari hamda Institutning ma’lumotlar bazasi va boshqalar), shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan Institut buyurtmasiga ko'ra, ular bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarga asosan bajarilgan tadqiqotlar Institutning intellektual mulki hisoblanadi.
Institutda intellektual mulklca huquqlarning taqsimlanishi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchligi va xalqaro shartnomalariga mos ravishda direktor tomonidan belgilanadi.
Institutning moliyaviy manbalari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Davlatbyudjetidan Institut faoliyat yuritishiga ajratiladigan mablag'lar, xo'jalik faoliyatidan, shartnoma asosida tadqiqotlar o'tkazishdan, xalqaro (xorijiy) moliyaviy va boshqa tashkilotlar grantlaridan hamda qonunchlik bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan tushumlar hisoblanadi.
Institut daromadlari soliqqa tortish ob’ekti hisoblanmaydi.
Xo'jalik, ilmiy-texnik va boshqa xo'jalik hisobidagi faoliyatlardan tushgan daromadlardan shuningdek, homiylik, sponsorlik va beg'araz yordamlar hisobidan tushgan tushumlar hisobidan xarid qilingan mol-mulk va vositalar Institutning mulki hisoblanadi.
Institut ixtiyoridagi qolgan foyda Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va zarur fondlarni tuzishga yo'naltiriladi. Fondlarga ajratiladigan pul mablag'larining normativlari, miqdori va tartibi, Institut direktori tomonidan tasdiqlanadigan fondlar to'g'risidagi Nizomda belgilanadi.
Moddiy rag’batlantirish formalari va tizimi
Xodimlarning huquq va majburiyatlari hamda ularning Institut ma’muriyati bilan o’zaro munosabatlari O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonunchiligi, Institutning ichki ish tartibi, boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi va ushbu Nizom bilan belgilanadi.
Institut xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi Marlcaziy apparati xodimlari uchun o’rnatilgan mehnatga haq to’lash va moddiy rag’batlantirish, shuningdek tibbiy, transport va maishiy xizmat ko’rsatish shartlari tatbiq etiladi.
Institutda ishlovchilar uchun byudjet mablag’lari hisobidan ish haqi fondining 50 foizi miqdorida moddiy rag’batlantirish maxsus fondi ko’zda tutilgan.
Institutning ishda o’zini alohida ko’rsatgan xodimlarini maxsus fondlar hisobidan ikki oylik ish haqi miqdorigacha rag’batlantirish amalga oshiriladi.
Institut xodimlarini mulcofotlash Institut direktori va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Institut ish faoliyatini tashkil etish
Institutni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradi.
Institut direktori maqomi va mehnatga haq to’lash shartlari, tibbiy hamda transport xizmatlari ko’rsatilishi bo’yicha vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi.
Institut direktori barcha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda xorijda Institut nomidan ish yuritadi.
Direktor O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan to’rt nafar o’rinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi o’rinbosarga ega.
Direktor o’rinbosarlari o’zlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javobgar hisoblanadi, direktor joyida bo’lmagan taqdirda birinchi o’rinbosar unga yuklatilgan vazifalarini amalga oshiradi.
Institut direktori va uning o’rinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari
Institut direktori:
Institut faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Institutga yuklatilgan maqsad hamda vazifalaming bajarilishi, ushbu Nizomga amal qilinishi uchun shaxsan javobgarlikni zimmasiga oladi, ish faoliyati zaruriyatidan kelib chiqib, direktor o’rinbosarlari hamda Institut xodimlari orasida majburiyatlami taqsimlaydi, ularning vakolatlarini belgilaydi;
Institut mablag’larini o’rnatilgan tartibda, o’z vakolati doirasida ishonchnomasiz sarflaydi;
Institut nomidan shartnomalar va bitimlar tuzadi, shunday shartnomalar tuzishga ishonchnomalar beradi;
zarurat tug’ilganda, xodimlarning tasdiqlangan soni va ish haqi fondi doirasida Institut tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida, Iqtisodiy taraqqiyot vaziriga tasdiqlash uchun takliflar kiritadi, shartnoma asosida vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot jamoalarini tuzadi;
Institutning tadqiqot va tahliliy dasturlarini, ish rejalarini tasdiqlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga mos ravishda, Institut ilmiy xodimlari bilan ularning ish faoliyati natijalariga bog’liq ravishda uzaytiriladigan yoki bekor qilinadigan ishga yollash shartnoma(kontrakt)larini bir yil hisobidan tuzadi;
Institut xodimlarini ishga qabul qiladi, lavozimdan lavozimga o’tkazadi va ishdan bo’shatadi;
lavozim maoshlariga ustama va qo’shimcha to’lovlarni o’rnatadi, xodimlarga moddiy yordam ko’rsatish bo’yicha qarorlar qabul qiladi;
amaldagi qonunchilikka mos ravishda Institut faoliyatining boshqa masalalarini ko’rib chiqadi va hal qiladi;
o’zining ba’zi funktsiyalarini, ularning bajarilish natijalariga javobgarlikni birgalikda olib borgan holda, direktor o’rinbosarlariga yuklash huquqiga ega.
Direktor o’rinbosarlari:
Institut faoliyatining o’zlari mutasaddi bo’lgan funktsional yo’nalishlari bo’yicha o’tkazilayotgan tadqiqotlarga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshiradilar;
o’zlariga biriktirilgan, Institutning asosiy tuzilmaviy bo’limlari, tadqiqot loyihalarini boshqaradilar;
mutasaddi bo’limlarining tadqiqot programmalari, rejalarini ko’rib chiqadilar va direktorga tasdiqlash uchun kiritadilar;
xodimlarni moddiy rag’batlantirish va taqdirlashning tizimlari, shakllari va miqdorlarini aniqlashda, lavozim maoshlariga ustama va qo’shimcha to’lovlar o’rnatishda ishtirok etadilar;
direktor topshirig’i bo’yicha, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik shaxslar va fuqarolar bilan o’zaro munosabatlarda Institut manfaatlarini ifodalaydilar;
yuklatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Tarkibiga direktor va uning o’rinbosarlari, Institutning yetuk olimlari va mutaxassislari, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda boshqa vazirlilclar, idora va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari kiruvchi Ilmiy kengash Institutning oliy organi hisoblanadi.
Ilmiy kengash:
Institutda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining dasturlari va rejalarini ко’rib chiqadi va ma’qullaydi;
Ilmiy loyihalar rahbarlarining ishlarning borishi va natijalari to’g’risidagi hisobotlarini eshitadi, o’tkazilgan tadqiqotlarning natijalari va sifatiga yil yakuni bo’yicha baho beradi;
hisobot yilida loyihalar faoliyati natijalari baholari asosida, ushbu loyiha doirasida tadqiqotlar davom ettirilishi yoki loyihani yopish to’g’risida qaror qabul qiladi;
Institut Ilmiy kotibi:
Ilmiy kengash faoliyatining koordinatsion va axborot-tahliliy ta’minotini amalga oshiradi;
ilmiy-tadqiqot ishlarining programmalari va rejalari ishlab chiqilishini tashkillashtiradi, tadqiqotlarning o’z vaqtida va sifatli tayyorlanishining joriy nazoratini amalga oshiradi;
Institutning mamlakatdagi va xorijiy tadqiqot muassasalari bilan aloqasini amalga oshiradi;
Institut xodimlari bilan tahliliy va axborot materiallari bilan ishlash metodikasi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilishini tashkillashtiradi;
Ilmiy lcotib maqomi va mehnatga haq to’lash shartlari, tibbiy hamda transport xizmatlari ko’rsatilishi bo’yicha direktor o’rinbosariga tenglashtiriladi;
Ilmiy kotib Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Institutning asosiy tuzilmaviy bo’linmalari bo’lib, Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbarlar tomonidan boshqariladigan loyihalar va bo’limlar hisoblanadi.
Direktor, direktor o’rinbosarlari, ilmiy kotib, loyiha rahbarlari va bo’lim boshliqlari maqomi va mehnatga haq to’lash shartlari, tibbiy hamda transport xizmatlari ko’rsatilishi bo’yicha, mos ravishda, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirining o’rinbosari, departament, boshqarma va bo’lim boshliqlariga tenglashtiriladi.
Institut tarkibida ixtisoslashgan bo’limlar bilan bir qatorda, yordamchi, texnik, ma’muriy va xo’jalik faoliyati bo’linmalari va boshqa xizmatlar faoliyat yuritadi.
Hisob, hisobot va nazorat
Institut o’z faoliyati natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik hisobot yuritadi, hisobot ma’lumotlari va balans hisoblarining ishonchliligini ta’minlaydi.
Yakuniy qoidalar
Institut tugatilishi va qayta tashkil etilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomni buzishda aybdor shaxslar qonunchilikka mos ravishda javobgar bo’ladilar.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling