O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


Download 1.53 Mb.
bet2/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

II Asosiy qism
1. PMTI haqida
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instutining (keying o'rinlarda - Institut) maqsadlari, vazifalari, ish faoliyatini tashkillashtirish va yuritishni belgilab beradi.
Institut davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tizimiga kiradi.
Institut ish faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligiga hisobot beradi.
Institut o'z ish faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5975-son farmoni va “O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-4653-son qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
Institut o'z ish faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining qarorlariga amal qiladi.
Institutning rasmiy nomlanishi:
davlat tilida:
to'liq - “Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti”, qisqacha-PMTI;
rus tilida:
to'liq- “Институт прогнозирования и макроэкономических исследований”, qisqacha- ИПМИ;
ingliz tilida:
to'liq- “Institute of Forecasting and Macroeconomic Research”, qisqacha-IFMR.
Institut manzili-Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 30-uy.
Institut yuridik shaxs bo'lib, alohida mol-mulkiga, mustaqil balansiga, banklarda hisob-kitob, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi va o'z nomi tushirilgan muhri, shtampi, blankalari, emblemasi va ish faoliyatiga zarur boshqa atributika hamda rekvizitlariga ega.
Institut o'z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega bo'lishi, mas’ul bo'lishi, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda da’vogar va javobgar bo'lishi mumkin.
Institut o'zining moliyaviy-iqtisodiy majburiyatlariga bor mol-mulki bilan javob beradi.
Instituting maqsadlari, asosiy vazifalari va funksiyalari
Iqtisodiyotning, tuzilmaviy va institutsional o'zgarishlarning ustuvor yo'nalishlarini axborotlar va tahlillar bilan ta’minlash, tarmoqlar va iqtisodiyot sohalari, hududlarining rivojlanish tendensiyalari, kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalarining chuqur tahlilini o'tkazish, respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarining mamlakat va chet el ekspertlari, tadbirkorlari o'rtasida keng ko'lamli muhokamasini tashkil etish Institut faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
strategik rejalashtirish va makroiqtisodiy parametrlar prognozlarini ilmiy asoslash sohalarida:
strategik rejalashtirish va makroiqtisodiy indikatorlarni yaqin, o'rta va uzoq muddatda prognozlashtirishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish;
zamonaviy bozor mexanizmlariga asoslangan makroiqtisodiy indikatorlarni ishlab chiqish va chuqur tahlil qilish, monitoring tizimini amalga oshirish bo'yicha ilmiy uslublarni tayyorlash.
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
tashqi iqtisodiy faoliyat indikatorlarini ishlab chiqish va tahlil qilishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikning strategiyasi va ustuvor yo'nalishlarini ilmiy asoslash.
v) mamlakatda tadbirkorlikni investitsiya va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish sohalarida:
tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish, uni qo'llab-quvvatlashda va ishbilarmonlilc muhitini yaratishda bozor mexanizmlarini keng qo'llash bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
tadbirkorlikni rivojlantirishning o'rta va uzoq muddatli strategiyasini ilmiy-uslubiy asoslarini tayyorlashda ishtirok etish;
iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta’minlash, uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, uning samaradorligini baholash, o'rta va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish uslublari bo'yicha ilmiy takliflar tayyorlash;
mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va keng ko'lamda innovatsion usullardan foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish.
g) Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini tarkibiy o'zgartirish bo'yicha:
-iqtisodiyotning real sektordagi holatni va tarkibiy o'zgarishlarni baholashning zamonaviy indikatorlarini ishlab chiqish;
-sanoat tarmoqlarini va yirilc korxonalarni isloh qilish va rivojlantirish bo'yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish uslublari bo'yicha takliflar kiritish;
-energiya samaradorligini oshirish va monitoring qilishga qaratilgan uslublarni ishlab chiqish bo'yicha takliflar kiritish

-erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, klasterlarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish;


-agrosanoat lcompleksini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo'yicha ilmiy- amaliy takliflar tayyorlashda qatnashish;
-barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o'sish va eksport salohiyatini oshirishni ta’minlashga qaratilgan infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
demografiya, mehnat bozori va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo'yicha:
asosiy ijtimoiy sohalarni isloh qilish va barqaror rivojlantirish, inson kapitalini yaxshilashga qaratilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqishda qatnashish;
ijtimoiy-iqtisodiy holatni aniqlashda so'rovnomalar uslubiyotini ishlab chiqish bo'yicha takliflar tayyorlash;
kambag'allikni qisqartirish va uni monitoring qilish borasida:
-kambag'allikni qisqartirish bo'yicha strategiya va dasturlarni tayyorlash uslublarini ishlab chiqish;
-kambag'allik darajasini aniqlashning milliy mezonlari va minimal ijtimoiy standartlarni ishlab chiqish uslubiyotlari bo'yicha takliflar tayyorlash;
-aholi turmush darajasini tahlil qilish va prognozlashtirishning zamonaviy uslublarini amaliyotga tadbiq qilishda ishtirok etish;
j) hududlarni kompleks rivojlantirish va salohiyatini oshirish sohasida:
hududlarni rivojlantirishning milliy uslubiyotlari va usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash;
hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan lcelib chiqqan holda ularning nisbiy ustunliklarini aniqlash, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, hududlararo tabaqalashuvni kamaytirish, urbanizatsiyani faollashtirish bo'yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling