O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


II. 2021 yil yanvar-sentyabr oylarida kutilgan koʼrsatkichlar


Download 1.53 Mb.
bet9/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

II. 2021 yil yanvar-sentyabr oylarida kutilgan koʼrsatkichlar
birinchi - ijtimoiy maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet xarajatlari 2021 yilda 165,7 trln. sumni tashkil etilishi muljallangan, bu esa 2020 yilga nisbatan 24 foizga koʼpdir.
ikkinchisi - aholining kambagʼal qatlami 2021 yilda yanvar-sentyabrь oylarida 10,7 foizni tashkil etilishi kutilmoqda.
uchinchi - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʼir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.
Unga koʼra, “Temir daftar”ga kiritilganlarga quyidagi yoʼnalishlarda yordam koʼrsatilishi belgilangan. Tomorqada yengil konstruktsiyali issiqxonalar oʼrnatish, parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʼlga qoʼyish, “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʼkonlari”ni tashkil etish, dehqonchilik uchun yangi oʼzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yerdan 0,1 gektardan 1 gektargacha yer berish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish, biznes loyihalar tuzishni oʼrgatishda yordam beriladi.
Kambagʼallik muammosi isteʼmol tarkibi va darajasi orqali yuzaga chiqadi. Bu muammo isteʼmol chegarasi bilan izohlanadi. Xususan, minimal isteʼmol darajasini belgilash, uning meʼyorlari va unga boʼlgan yondoshuvlar kambagʼallik muammosi koʼlamini keltirib chiqaradi. Bunda kambagʼallik darajasini belgilashda qoʼyidagi holatlarni hisobga olinishi taqazo qilinadi:
1. Kambagʼallik darajasini belgilashda har bir mamlakat oʼziga xos vazifa va maqsadlarni koʼzda tutadi. Аyrim mamlakatlar turmush sifatini oshirishni maqsad qilib koʼysa, boshqalari kishilarni qashshoqlik botqogʼidan chiqarishni, ayrimlari esa turmush darajasining pasayib ketishini oldini olishni muhim hisoblaydilar.
2. Turli mamlakatlar milliy iqtisodining rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib, hayot kechirish minimumini aniqlaydi. Bunda bir mamlakatda belgilangan kambagʼallik mezonlari boshqasi uchun toʼgʼri kelmasligi mumkin.
3. Аmaldagi nochorlarni himoyalash, ularning imkoniyatlari doirasida va davlatning koʼmagi taʼsirida oʼzaro nisbat, yaʼni oʼzini-oʼzi taʼminlashi va yordamga muxtojligi qorshima shaklida olib boriladi.
4. Qambagʼallikning meʼyorlari belgilanadi. Bu meʼyorlar iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga monand ravishda shakllantiriladi. Belgilangan meʼyor hayot kechirish minimumini isteʼmol nuqtai nazaridan emas, balki taʼminot imkoniyatlaridan kelib chiqan holda belgilaydi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling