O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


-rasm. Jahon banki metodologiyasi boʼyicha hisoblangan kambagʼallik darajasi. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlari


Download 1.53 Mb.
bet6/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

1-rasm. Jahon banki metodologiyasi boʼyicha hisoblangan kambagʼallik darajasi. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlari.
Kambagʼallikni qisqartirishning bosh omili sifatida ehtiyojmand oilalar uchun doimiy daromad topish manbalarini yaratish va kengaytirishga keng eʼtibor berilgan.
Аholining kambagʼal qatlamini ish bilan bandligini oshirish, ularda bozor koʼnikmalarini shakllantirish va mustahkamlash uchun 3 ta dastak joriy etildi.
Birinchi dastak, ishsiz aholi va ehtiyojmand oilalarning maʼlum bir mehnat turi bilan mashgʼul boʼlishlari uchun boshlangʼich kapitalni shakllantirishni nazarda tutib subsidiyalar, yer uchastkalari ajratildi hamda kredit foizlari boʼyicha imtiyozlar va tadbirkorlik bilan shugʼullanish istagini bildigan ehtiyojmand oilalarga moliyaviy koʼmak berildi.
Ikkinchi dastak, ishsiz va malakasiz aholini «World skills» standartlari asosida kasbga oʼqitish va tadbirkorlik koʼnikmalarini rivojlantirish maqsadida monomarkazlar faoliyati yoʼlga qoʼyildi va bu jarayonga nodavlat oʼquv markazlari keng jalb etildi.
Uchinchi dastak, pademiya sharoitida va uning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida ehtiyojmand oilalarga toʼgʼridan toʼgʼri moddiy va nomoddiy yordam koʼrsatish tizimi joriy etildi. Xususan, kambagʼal oilalarga eng zarur oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari tarqatildi, ularning farzandlari maktabgacha taʼlim muassalariga bepul joylashtirilishi, maktab oʼquvchilarini mavsumiy kiyim bosh bilan taʼminlanishi amalga oshirildi. Natijada, 2020 yili 1 million 195 ming ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam berildi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 2 barobarga oshib, 1,2 million oilalarni tashkil etdi.
Dastlab kambagʼallikni qisqartirish borasida quyidagi ustuvor yunalishlar koʼzda tutilgan:
– kambagʼallikni qisqartirishga qaratilgan maqsadli meʼyoriy – huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish;
– ishga layoqatli kambagʼal aholi qatlamini kasb xunarga oʼrgatish va yangi ish joylarni tashkil etish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotni barcha tarmoqlari va sohalarida (makroiqtisodiyot, sanoat, qishloq xoʼjaligi, xizmatlar, taʼlim, sogʼliqni saqlash, uy – joy qurilishi va boshqalar) kambagʼallikni qisqartirish uchun chora – tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
– aholini eng zaif qatlamlarini (ayollar, bolalar, nafaqaxoʼrlar, nogironlar va boshqalar) aniq maqsadli ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini ishlab chiqish;
– xududlarda, jumladan qishloq joylarda kambagʼallikni qisqartirishda tabiiy – iqtisodiy salohiyat, anʼanalar va oʼziga xos xususiyatlarni, joylardagi aholi talabi va ehtiyojlarini eʼtiborga olgan holda takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish;
– aholi daromadlari, isteʼmoli va moddiy taʼminlanganligidagi tafovutlarni kamaytirish orqali ijtimoiy tabaqalashuvni optimallashtriish, oʼrta sinfni shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
– kambagʼallikni milliy mezonini ishlab chiqish, rasmiy statistika maʼlumotlarini tubdan yaxshilash, doimiy monitoring tizimini ishlab chiqish;
– kambagʼallikni qisartirish chora – tadbirlarini amalga oshirishda barcha davlat va nodavlat tashkilotlarni jalb qilish, kerakli moliya mablagʼlarini shakllantirish;
– ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan davlat dasturlarida kambagʼallikni qisqartirishga qaratilgan aniq tadbirlar va takliflarni aks ettirishni taʼminlash.
Xalqaro tajribada qashshoqlik darajasini turli mezonlar orqali aniqlash yoʼlga qoʼyilgan. Kundalik daromad miqdoriga koʼra (asosan Jaxon banki tomonidan mamlakatlararo taqqoslashda qoʼllaniladi) Oʼzbekistonda qambagʼallik darajasi 2018 yilda bir kunlik daromad 1,9 doll. boʼlganda 9,6 foiz, 5,5 doll. boʼlganda esa 36,6 foiz ekanligi Jaxon banki tomonidan eʼtirof etilgan. Ushbu koʼrsatkichlar Qozogʼistonga nisbatan yuqori, boshqa Oʼrta Osiyo davlatlaridan kamroq.
Rasmiy Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan uy xoʼjaligi soʼrovnomalari orqali 2100 kkal. quvvatga ega oziq-ovqatlar isteʼmoli mezoniga koʼra Oʼzbekistonda kambagʼallik darajasi 2015-2020 yillarda 12,8 foizdan 11,5 foizgacha kamaygan, lekin ushbu koʼrsatkich rasmiy maʼlumotlarda deyarli ishlatilmaydi. (Maʼlumot sifatida 2018 yilda ushbu mezon asosida kambagʼallik darajasi Ozarbayjonda 5,1 %, Belarusda 5,6%, Qozogʼistonda 4,3%, Rossiyada 12,6%, Qirgʼizistonda 22,4%, Tojikistonda 27,4% boʼlgan).
Rivojlangan davlatlarda, jumladan Yevropa Ittifoqida qashshoqlik mezoni sifatida oʼrtacha daromadning 60% kambagʼallik chegarasi sifatida ishlatiladi. Ushbu mezon boʼyicha Oʼzbekistonda qashshoqlik darajasi 66,1 foizga teng boʼlib, nisbatan boshqa davlatlardan yuqori.
Kambagʼallikni yashash minimumi (minimal isteʼmol savatchasi) mezoni orqali aniqlash asosan MDX mamlakatlarida keng qoʼllaniladi. Mamlakatimizda ushbu mezon boʼyicha qambagʼallik darajasi 27,9 % boʼlib, taqqoslaganda nisbatan yuqori miqyosga ega.
Umuman olganda Oʼzbekistonda kambagʼallik darajasi 13-15 foiz boʼlib, 4-5 mln. aholini tashkil etmoqda. Ushbu koʼrsatkich koronavirus pandemiyasi sharoitida deyarli 1,0 mln. kishiga ortgan.
Kambagʼallikning asosiy sabablari, oʼtkazilgan ijtimoiy soʼrovnomalar natijalariga koʼra birinchi oʼrinda oilaviy daromadni nisbatan kamligi (26,3%), va ishsizlarning mavjudligidir (24,4%). Keyingi oʼrinlarda koʼp bolali oilalar (14,9%,), iqtisodiy faoliyati cheklangan, yordamga muhtoj keksalar (1,8%), boquvchisini yoʼqotgan oilalar (7,5%), surunkali nogironligi boʼlgan oilalar (10,1%), oilada tadbirkorlik bilan shugʼullanish uchun mablagʼning yoʼqligi (10,2%), boqimandalik kayfiyati (4,2%).
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining 2015-2019 yillarda oʼtkazgan soʼrovnomalariga muvofiq nafaqa va moddiy yordam olayotgan kambagʼallar qatlamining 33,0 foizini 2 farzandli oilalar, 14,6 foizini 4 ta va undan ortiq farzandlari boʼlgan oilalar, 16,2 foizi oilada pensionerlar borlar,10,3 foizi nogironlar va surunkali kasalligi bor oilalar, 6,2 foizi xorijda mehnat migratsiyasida boʼlgan oilalar.
Bandlik boʼyicha kam taʼminlangan oilalarda mehnatga layoqatli ishlamayotganlar ulushi 75,5% ni tashkil qilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki ushbu ishsizlarning maxsus bilim darajasi nisbatan past. Umumiy soʼrovnomada qatnashgan kam taʼminlangan oilalarda oʼrta maʼlumotga ega boʼlganlar 97,0%ni, oliy maʼlumotlilar 1,4% tashkil etgan. Shu sababli kambagʼal oilalardagi ishsizlarni kasbga oʼqitish, tadbirkorlikka boʼlgan qiziqishlarini uygʼotish muhim masala boʼlib qolmoqda.
Kambagʼallik darajasiga bevosita taʼsir qiluvchi omillar qatoriga kelajakda shakllanadagan aholi soni uning tarkibi va hudularda joylashuvi, mehnat migratsiyasi jarayonlarini koʼrsatish mumkin. Bu oʼrinda aholini qishloq joylarda istiqomat qilishi, oilalar soni va tarkibini eʼtiborga olish ham muhim ahamiyatga ega.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti amalga oshirgan prognoz koʼrsatkichlariga muvofiq 2020-2030 yilda aholi soni 6547,8 ming kishiga koʼpayishi, 2030 yilda 40453,6 ming kishiga yetishi rejalashtirilgan. Ushbu aholini 60% shaharlarda (urbanizatsiyani rivojlantirish hisobiga) va 40% qishloq joylarda istiqomat qiladi. Qishloq joylarda yashayotgan aholi soni 2030 yilga borib 16181,4 mln kishi ni tashkil etadi. Ushbu holat qishloq joylarda kambagʼallikni qisqartirish oʼz dolzarbligini saqlanib qolishini koʼrsatmoqda.
Аholi tarkibida 2030 yilga kelib 15 yoshgacha boʼlgan bolalar 2019 yilga nisbatan 213,6 ming kishiga koʼpayib, 10356,1 ming kishini tashkil etishi kutilmoqda. Ularning aholi tarkibidagi ulushi 25,8% ni, keksalarning ulushi 1806,5 ming kishiga koʼpayib, 4385,1 mingtani tashkil etishi kutilmoqda. Аholi tarkibidagi bolalar ulushi 30,5% dan 25,6% ga oʼzgaradi, keksalarning ulushi 9,0%dan 11,5% ga koʼpayishi kutilmoqda.
Kelajakda aholi sonini shakllanishi va reproduktiv munosabatlarni oʼzgarishii hisobiga 2020-2030 yillarda mamalakatda oilalar soni 911,5 mingga koʼpayishi va 9624,2 mingtaga yetadi. Ushbu muddatda kam taʼminlangan kambagʼal oilalar sonini kamayishini eʼtiborga olgan holda, 2030 yilga borib ularning soni 505,7 mingtani tashkil etishi mumkin. Kelajakda koʼp bolalik va yosh oilalar ulushini nisbatan koʼpayishi kutilmoqda.
2030 yilga kelib Oʼzbekistonning mehnat bozorida ish bilan band boʼlgan darajasi 81.0% ni va ishsizlik 5,2% ni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Ishsizlarning asosiy qismi kambagʼal oilalar tarkibida shakllanishini eʼtiborga olgan holda, kelajakda tadbirkorlikni qoʼllab quvvatlash va yangi ish joylarini tashkil etish dolzarb yoʼnalish boʼlib qoladi.
Kam taʼminlangan oilalar daromadlarini kelajakda oʼsishi umuman mamlakatda barqaror iqtisodiy oʼsishga erishish, daromadlarni oshirish va bandlikni taʼminlashga qaratilgan. Yaqin 10 yilda aholi daromadlarini 2,5-3,0 marta koʼpayishi, eng kam ish haqini yashash minimumi qiymati darajasiga tenglashtirish moʼljallangan.
Kambagʼallikni shakllanishining muhim sabablari sifatida ularni davlat xizmatlari va infratuzilma obʼektlariga boʼlgan ehtiyojlarini qondirilmaganligidir.
Ijtimoiy soʼrovnomalar natijalariga koʼra kam taʼminlangan oilalarda oʼz uyi borlari 86,1%, boshqalar tegishli xonadonlarda yashayotganlar 13,9% tashkil etadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan 46,1% issiqlik bilan 16,1%, gaz bilan 56,0%, kanalizatsiya bilan 21,6%, doimiy elektr energiya bilan 67,9% taʼminlangan.
Kambagʼal oilalarda bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga borayotganlarining ulushi 15,8%. Ularni oʼrta taʼlim maktablariga doimiy bormasligini asosiy sabablari kasallik (58,8%), maktab formasi yoʼqligi (8,8%), mablagʼ yetishmasligi (8,8%).
Sogʼliqni saqlash xizmatlarining sifat darajasi past, kasallikni davolash va dori-darmon uchun qoʼshimcha xarajatlar nisbatan yuqori.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling