O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


Kambagʼallikni qisqartirish borasida amalga oshiriladigan maqsadli koʼrsatkichlar


Download 1.53 Mb.
bet7/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

Kambagʼallikni qisqartirish borasida amalga oshiriladigan maqsadli koʼrsatkichlar
1. Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda 2030 yilgacha kambagʼallik darajasini 2,0 martaga kamaytirish.
2. Kelajak oʼn yilda kambagʼal oilalardagi ishsizlarni tadbirkorlikka jalb etgan holda 500 ming yangi ish joylarini tashkil etish, ishsizlik darajasini 2,0 marta qisqartirish.
3. 2030 yilgacha kambagʼal oilalarni 600 mingta uy-joy kvartiralari bilan imtiyoz asosida taʼminlash, uy sharoitlarin yaxshilash uchun qulay sharoit yaratish.
4. Kambagʼal oilalardagi bolalarni maktabgacha tarbiyalash muassasalaridagi qamrovini 2020 yildagi 10 % dan 2030 yilda 30 % ga koʼpaytirish.
5. Taʼlim, sogʼliqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalarda aholini, jumladan, kambagʼal oilalarni minimal isteʼmol standartlarini davlat tomonidan toʼliq taʼminotini taʼminlash.
6. Kam taʼminlangan oilalar uchun dehqonchilik qilish uchun har yili 30,0 ming gektar qishloq xoʼjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini ajratib berish, tomorqa xoʼjaligidan samarali foydalanish uchun qulay sharoit yaratish.
7. 2030 yilgacha barcha muhtoj kambagʼal oilalarni maqsadli va samarali ijtimoiy himoyasini amalga oshirish.
Аmalga oshirish bosqichlari
Kambagʼallikni qisqartirish kompleks xarakterga ega ekanligini hisobga olgan holda, uni uchta bosqichda amalga oshirish moʼljallangan: birinchi – 2020-2022 yillar, ikkinchi 2023-2025 yillar, uchinchi 2026-2030 yillar.
Birinchi bosqichda asosiy eʼtibor kerakli qonuniy-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqish, kambagʼallikni milliy mezoni asosida uning darajasi va tarkibini obʼektiv aniqlash metodologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qoʼllash, tadbirkorlikni qoʼllab quvvatlash mexanizmlarini shakllantirishga qaratiladi. Ushbu bochqichda kambagʼalchilik bilan bogʼliq barcha yoʼnalishlarda statistika va xisobotni tubdan takomillashtirish koʼzda tutilgan.
Ikkinchi bosqichda kambagʼallikni qisqartirish maqsadida tadbirkorlikni barqaror rivojlanishi, kerakli infratuzilma obʼektlari faoliyatini tashkil etish, ijtimoiy ximoyaning yagona samarali tizimini shakllantirish moʼljallangan.
Uchinchi bosqichda 2030 yilgacha moʼljallangan maqsadli koʼrsatkichlarga erishishga qaratilgan yangi ish joylarini tashkil etish, ijtimoiy, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini talab asosida barqaror rivojlanishini taʼminlash rejalashtirilgan. Аsosiy eʼtibor qishloq joylari va kichik shaharlarda kambagʼallikni qisqartirishni kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
Kambagʼallikni qisqartirish bir tomondan iqtisodiy oʼsishga ijobiy taʼsir koʼrsatadi, ikkinchi tomondan uni amalga oshirish barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bogʼliq.
Oʼzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, bozor mexanizmlariga tayangan holda quyidagi ustuvor yoʼnalishlarga asoslanadi: makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirish; inson kapitali va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish; real sektorni rivojlantirish; innovatsiya faoliyatini va raqamli iqtisodiyotni yuqori surʼatlar bilan amaliyotda qoʼllash; muxandislik kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini taraqqiyotini taʼminlash; investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik uchun keng yoʼl ochib berish; urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish va xududlarni mutanosib rivojlanishiga erishish. Barcha ustuvor yoʼnalishlarni amalga oshirishda kambagʼallikni qisqartirish muxim oʼrin egallaydi.
2030 yilga borib oʼrtacha yillik iqtisodiy oʼsish surʼatlari 6,3-6,5 foiz, kapital qoʼyilmalar 8,0-8,5 foiz, eksport 9,0-10,0 foizni tashkil etadi. Ishsizlik darajasi 2019 yilgi 9,0 foizdan 2030 yilda 5,2 foizga, inflyatsiya esa 15,2 foizdan 4,3 foizga pasayishi koʼzda tutilgan. Iqtisodiy oʼsishning asosiy drayverlari innovatsion texnologiyalarga asoslangan sanoat ishlab chiqarishini 2,0-2,5 marta va xizmatlar sohasini 2,0-2,2 marta oʼsishi xisobiga erishiladi. Shuningdek oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va aholi extiyojlarini qoplash maqsadida agrar sektorni barqaror rivojlanishi koʼzda tutilgan.
Mamlakatda aholi farovonligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish orqali aholi oʼrtacha umr koʼrish yoshini 78-80 yoshga yetkazish, ularni taʼlim, sogʼliqni saqlash, uy-joy, sifatli ichimlik suvi va elektroenergiyaga boʼlgan talablarini toʼliq qondirish belgilangan.
Oʼzbekistonda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan davlat dasturlari orasida “2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari” kambagʼallikni qisqartirishning kelajakdagi asosiy parametrlarini aniqlab beradi.
Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalari 16 ta ustuvor yoʼnalishda aks ettirilgan boʼlib, ularning asosiylari 2030 yilgacha: fuqarolarning oʼta qashshoqlik shaklini bartaraf etish; kam taʼminlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi bolalarning ulushini kam taʼminlashning barcha koʼrinishlarida ikki barobarga qisqartirish; muhtoj oilalarni barchasini toʼliq ijtimoiy ximoya qilinishini taʼminlash; toʼyib ovqat yemaslikning barcha shakllariga barham berish; onalar oʼlimi koʼrsatkichini oʼchdan bir barobarga qisqartirish; yangi tugʼilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha boʼlgan bolalar orasidagi oʼlimni ikki barobarga kamaytirish; energiya samaradorligini ikki barobar oshirish; yalpi ichki mahsulot xajmining aholi jon boshiga nisbatan xisoblaganda ikki barobar oʼsishini taʼminlash; aholini eng kam taʼminlangan 40 foizi daromadlarining mamlakat boʼyicha oʼrtacha darajadan oshishiga erishish va boshqalar.
Kambagʼallikni qisqartirish maʼlum darajada, kam taʼminlangan oilalarning oʼziga bevosita bogʼliq boʼlib, ular kambagʼallik toifasidan chiqib ketish uchun aniq chora-tadbirlarni oʼzlari ishlab chiqib tegishli mahalliy boshqaruv organlariga kiritish, amalga oshirilayotgan dasturlarni samaradorligiga baho berish boʼyicha fikrlarini bayon qilishlari mumkin.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling