O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


Birinchidan, mamlakatimiz aholisi sarf-harajatlarida qanday tovar mahsulotlar va xizmatlar isteʼmol qilinishini aniqlab olish zarur


Download 1.53 Mb.
bet11/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

Birinchidan, mamlakatimiz aholisi sarf-harajatlarida qanday tovar mahsulotlar va xizmatlar isteʼmol qilinishini aniqlab olish zarur.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va aholi jon boshiga toʼgʼri keladigan YaIM miqdorining (1685 АQSh dollari) kambagʼallikni qisqartirishga boʼlgan imkoniyatini toʼgʼri baholash darkor.
Uchinchidan, aholining iqtisodiy faolligi va biznes muhitining erkinligi faoliyat uchun shart-sharoitlar yaratib berishga qodirligini baholash kerak.
Turtinchidan, ijtimoiy xizmatlar, ularning turlaridan aholining foydalanishidagi oʼzgarishlar qay yoʼsinda kechayotganligini urganib borish lozim.
Beshinchidan, kambagʼallik darajasini shahar va qishloq aholisi turmushidagi farqlar kesimida ularga nisbatan tabaqalashgan tarzda yondoshish kerak. Ushbu taʼkidlangan xususiyatlar aholining kambagʼal qatlamini real vaziyatdan kelib chiqib baholashga va ularga manzilli yordam koʼsatishga imkon beradi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki amaliyot davrida biz o`quv jarayonida o`rgangan nazariy bilimlarimizni amaliyotda o`z ko`zim bilan ko`rish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Amaliyot davrida bizda amaliyot subyekti haqida boshlang`ich tushunchalar paydo bo`la boshlaydi. Kelajakdagi ish faoliyatimizni tashkillashtirish uchun amaliyot poydevor bo`lib hizmat qiladi.
Kambagʼallikni kamaytirishda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini takomillashtirishda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratish zarur:
1.Xorij tajribalarini oʼrganish asosida kambagʼallikni qisqartirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy baza, mezonlar va hududiy hususiyatlardan kelib chiqib baholash uslubiyotini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2.Kambagʼal insonlarning iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solishda ularning sogʼligʼi jiddiy toʼsiq boʼlmoqda. Mablagʼlarning yetishmasligi koʼp jihatdan sogʼlom turmush tarzini olib borish va salomatligini saqlab turish imkoniyatini cheklamoqda. Ilgari bepul boʼlgan tibbiy xizmatlarni qisqarishi, pullik tibbiy xizmatlarning kengayishi kambagʼal qatlamning bu boradagi ehtiyojlari erishib boʼlmas orzuga aylantirmoqda. Davlat ijtimoiy siyosatida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bepul tibbiy xizmat tizimini yaratish.
3.Narxlarning oʼsishi munosabati bilan, eng kam ish haqining indeksatsiyasini taʼminlovchi bosh kelishuvni ishlab chiqish va barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar uchun uni majburiy qilish. Mehnatga haq toʼlash minimumi ishchi kuchining moʼʼtadil jismoniy qayta tiklanishi uchun zarur boʼlgan pul mablagʼlarini, yaʼni tirikchilik minimumini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
4.Taʼlim tizimida kasb taʼlimini toʼla ravishda davlat hisobidan moliyalash, birinchi marta kasb oʼrganuvchilarga yoki bir necha yillik ish stajidan soʼng yangi kasb egallovchilarga oʼqish davri uchun stipendiyalar joriy etish maqsadga muvofiq. Oliy taʼlim toʼla erkinlashtirilishi, davlat grantlarini faqat “Temir daftar” ga kiritilganlar uchun taqdim etilishi, oliy taʼlim hamma uchun pulli boʼlishi, lekin davlat xarajatlarning bir qismini oʼz zimmasiga olishi, oliy taʼlimdagi barcha imtiyozlar toʼla bekor qilinishi lozim va ular kambagʼallarga maqsadga muvofiqdir.
Davlatning ijtimoiy siyosati bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha koʼrinishlarda namoyon boʼlib, davr talablaridan kelib chiqib doimo takomillashib boradi.





Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling