O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


Download 1.53 Mb.
bet1/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim


O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
R E J A

I KIRISH
II Asosiy qism
1. PMTI haqida
2. O'zbekistan Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi
3. Kambagʼallikni aniqlash metodologiyasi va mezonlari boʼyicha loyihaning tahliliy maʼlumoti.
III XULOSA


KIRISH
Men Jo’rayev Abduhakim malakakaviy amaliyotimni Toshkent Moliya Instituti yo’llanmasi asosida O'zbekistan Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida o’tadim. Amaliyot davri mobaynida dastur asosida belgilangan tartibda ishlarni bajara boshladim. Institutning tashkil etilishi, tarkibiy tuzilishi va loyihalarning vazifa va funksiyalarini o’rganishdan boshladim.
PMTIning faoliyatini reglamentlovchi qonunlarni, boshqa huquqiy hujjatlarni va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlarini, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini hamda boshqa qonun osti hujjatlarni o’rgandim.
O’zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Ma’lumki, hozirda mamlakat aholisini turmush darajasini yaxshilash eng oliy maqsadlardan biri hisoblanadi, barqaror o'sish sur'atiga yetish uchun kambag'al aholi qatlamini qisqartirish muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda.
Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 26-martdagi ,,O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish tog'risida"gi PQ-4653-son qarori asosida Vazirlik huzurida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida umumiy belgilangan shtatlar birligi doirasida 21 ta shtat birligidan iborat yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan ,,Aholi turmush darajasini tahlil qilish va kambag'allikni qisqartirish markazi" tashkil qilindi.
Shu maqsadda men Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti faoliyatiga baho berish uchun institutdagi ko’rsatkichlarni to’pladim va tahlil qildim. Shu tariqa to’plangan ko’rsatkichlarni, ularning qanday holatlarda o’zgarishi va ta'sir etuvchi omillarini, sabab-oqibat bog’lanishlarini va kutilayotgan natijalarini aniqlash maqsadida tahlil qildim.
Aholi turmush darajasini yuqori sur’atga olib chiqish va makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni o'sishi mamlakatda muhim o'rin kasb etadi. Bu esa barqarorligni ta’minlashni, yangi yechimlarni izlab topishni, chekka qishloq va tumanlarda sanoat korxonalarini tashkil etish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida ishsiz aholi qatlamini kamaytirishni talab etadi.
Bugungi kunda ,,Temir daftar" ,,Ayollar daftari" va ,,Yoshlar daftari" kabi imtiyozli dasturlar o'z samarasini bermoqda.
PMTI faoliyatida erishilgan natijalar uning keyingi faoliyatini yanada kengaytirish va yuqori natijalariga erishishi uchun zamin yaratadi.
Amaliyot davrida va hisobotni tayyorlash jarayonida PMTI hodimlari menga yaqindan yordam berishdi, to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilishda va yuzaga kelgan savollarga javob berishda o’zlarining qimmatli maslahatlarini ayashmadi.
Amaliyot ob’yektlarining rivojlanish istiqbollarini Hukumat qarorlari, davlat dasturlari va amaliyot o’tish bazasida mavjud bo’lgan ishlanmalar asosida o’rgandim.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling