O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


Download 1.53 Mb.
bet5/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

2. O'zbekistan Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi


3. Kambagʼallikni aniqlash metodologiyasi va mezonlari boʼyicha loyihaning tahliliy maʼlumoti.
OʼZBEKISTONDА KАMBАGʼАLLIKNI QISQАRTIRISh BORАSIDА АMАLGА OShIRILGАN IShLАR
Kambagʼallikni qisqartirish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor yoʼnalishi boʼlib, aholi farovonligini oshirish, barqaror iqtisodiy oʼsishini taʼminlash, inson salohiyatini toʼliq amalga oshirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil qilish, aniq maqsadli ijtimoiy himoyani tashkil qilish, turli ijtimoiy havfsizliklarni oldini olish, mamlakatni jaxon jamiyatidagi oʼrni va mavqeini yanada yuqori darajaga koʼtarishdan iborat.
Kambagʼallikka qarshi kurash, uni qisqartirishga tizimli yondoshuv va aniq chora tadbirlar belgilash masalasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar Oliy Majlisga Murojaatida birinchi marta kun tartibiga quyildi. Unda xalqaro tajribani inobatga olgan holda, kambagʼallikni aniqlash mezonlari va hisoblash uslublarini ishlab chiqish, kambagʼallikka qarshi kurash boʼyicha samarali vositalarni qoʼllash amaliyotini jorish etish vazifasi belgilangan.
Kambagʼallikni qisqartirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi.
Oʼzbekistonda kambagʼallikka qarshi kurashish 2017 yildan boshlab mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʼnalishi qilib belgilangan. Respublika va xududlar miqyosida ehtiyojmand oilalarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida 15 dan ortiq meʼyoriy hujjatlar qabul kilindi.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi – aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlar koʼrsatishning shaffof va odilona tizimi tashkil etildi.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi bu – davlat ijtimoiy yordamini tayinlashda inson omilisiz oilaning ehtiyojmandlik darajasi va qonun hujjatlaridabelgilangan mezonlarga muvofiqligini real vaqt rejimida oʼzi aniqlaydigan, kam taʼminlangan va kam daromadli oilalarga nafaqalarni tayinlab, toʼlovlarni amalga oshiradigan va nazorat qiladigan, xarajatlar hisobini yuritadigan avtomatlashgan axborot tizimi hisoblanadi.
Prezidentning 2020 yil 3 apreldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi qaroriga muvofiq, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlandi.
Ehtiyojmand oilalarning "temir daftar"("temir daftar") roʼyxatlarini shakllantirish orqali hisob tizimi joriy etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligidan maʼlum qilishlaricha, 2020 yil 15-noyabr holatiga koʼra, 2,5 millionga yaqin fuqaro "Temir Daftar" roʼyxatiga kiritilgan boʼlib, bu aholining 7,2 foizini tashkil etadi, ushbu koʼrsatkich 2021 yil 16 avgust holatiga koʼra 2,5 mln.nafar aʼzolarining 668,5 ming nafar mehnatga layoqatli ishsizlari bandligini taʼminlash orqali 564,4 ming oila “temir daftar”dan chiqarildi.
Daftarga kiritilgan oilalarning doimiy daromad manbaini yaratish choralari koʼrildi.
Maʼlumot uchun: 162,4 ming fuqarolar ishga joylashtirildi, 39 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik foaliyatini yoʼlga qoʼydi ish dasturlari doirasida kredit ajratilgan, 382,6 ming nafar fuqarolar oʼzini oʼzi band qilgan, 77,8 ming nafar fuqarolar qishloq xoʼjaligida (takroriy ekin va kooperatsiya) hamda 1,8 ming fuqarolar boshqa yoʼnalishlarda band qilingan.
Shuningdek, 12,6 ming fuqarolar kasb-hunarga oʼqitilgan.
Xotin-qizlar va yoshlar boʼyicha Oʼzbekistonda davlat siyosati mahalla darajasigacha yuritadigan vertikal tizim yaratildi. Bundan tashqari, yoshlar masalalarini hal etishga Prezidentning Xalq qabulxonalari, xotin-qizlar masalalarini hal etishga esa Kasaba uyushmalari biriktirildi. Har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalar roʼyxati, yaʼni “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantiriladi. Buning natijasida ular bilan tizimli, manzilli ish yoʼlga qoʼyildi. Sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar vakillari har bir mahallada holat oʼrganildi, yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilindi, ehtiyojlari, qiziqishlari aniqlandi hamda shu asosda manzilli choralar koʼrildi. Ishsiz yoshlar va xotin-qizlarda motivatsiya uygʼotib, kasbiy koʼnikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy koʼmak berildi. “Ijtimoiy shartnoma” tajribasi keng qoʼllanish uchun normativ bazasi ishlab chiqilib Buxoro viloyatida pilot tarzda qoʼllandi.
“Daftar”lar bilan ishlashda (jazoni oʼtab qaytganlarning ijtimoiy moslashuvi, yoshlar va ayollarni psixologik qoʼllab-quvvatlash, ularni chet tillari va kasb-hunarga oʼqitish boʼyicha) nodavlat notijorat tashkilotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish va hamkorlikni kengaytirish lozim. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq aholini tadbirkorlikka oʼqitish va mikromoliyaviy xizmatlar koʼrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarga yillik 4 foiz stavkada qarz mablagʼlari ajratilmoqda. Chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarni barqaror moliyaviy manbalar bilan taʼminlash zarur.
Ehtiyojmand va ishsiz xotin-qizlarning koʼpchiligi oʼrta maʼlumotli, zamonaviy bilim va hunarlarni egallamaganligini xisobga olgan xolda ularni mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish va munosib ish topish modelini ishlab chiqish zarur. Nodavlat markazlarini jalb qilgan xolda kasb-hunar taʼlim berish va munosib ish topish tizimini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Imtiyozli ipoteka kredit turi ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʼlgan, kam taʼminlangan, farzand(lar)ini toʼliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga beriladi. Davlat dasturi doirasida shaharlardan arzon kvartiralar va qishloq joylaridan bir qavatli uylar ipoteka krediti asosida beriladi. Yashash sharoitlariga yaxshilashga muhtoj ayollar uchun kvartiralarni belgilash tuman (shahar) hokimiyatlarida tashkil etilgan hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5020-sonli qaroriga asosan “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarga ipoteka kreditlari boʼyicha boshlangʼich badalni toʼlab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga:
● noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlashga – 10 milliard soʼmdan;
otasidan ayrilgan, yolgʼiz onasi qaramogʼida boʼlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga – 5 milliard soʼmdan mablagʼ ajratiladi.
Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʼarmadan ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʼlgan shaxslar, nogironligi boʼlgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʼliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlangʼich badalini toʼlab beriladi.
Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʼra, Jahon banki metodologiyasi boʼyicha hisoblangan kambagʼallik darajasi 2016 yildagi 27,5 foizdan 2020 yilda 11 foizgacha pasaygan va pandemiya taʼsirida 11,3 foiga koʼpaygan (1-rasm).


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling