O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


I. 2021 yil I yarim yillik yakunlari


Download 1.53 Mb.
bet8/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

I. 2021 yil I yarim yillik yakunlari
Mamlakatimizda kambagʼallikni qisqartirishning institutsional asoslari yaratilib, ushbu masalalarni muvofiqlashtiruvchi vazirlik (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida PQ-4653-son 26.03.2020) hamda shu yoʼnalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy markaz tashkil etildi. (Markaz Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 29 avgustdagi 526-sonli “2020-2021 yillarda iqtisodiy oʼsishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohatlarni davom ettirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 46-son va 17 sentyabrdagi 52-son buyruqlariga muvofiq tashkil etilgan). Kambagʼallikni qisqartirish davlat siyosati darajasiga koʼtirildi va tizimli ishlar amalga oshirildi.
a) Аsosiy erishilgan koʼrsatkichlar:
birinchidan - aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʼallikni qisqartirish jarayonining shaffofliligi, manzilliligi va natijadorligini taʼminlash maqsadida davlat ijtimoiy xizmat va yordamlarini raqamlashtirilgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali taqdim etish amaliyoti joriy etildi.
ikkinchidan - joriy yilning yanvarь – may oylari davomida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga 156,6 milliard soʼmlik yordamlar koʼrsatilgan. Jumladan, 19,2 milliard soʼmlik oziq-ovqat mahsulotlari, 30,4 milliard soʼmlik pul mablagʼlari, 6,5 milliard soʼmlik dori-darmon vositalari, 3,5 milliard soʼmlik chorva mollari, 12,7 milliard soʼmlik parranda, tadbirkorlik qilish uchun 27,6 milliard soʼmlik asbob-uskunalar va 56,4 milliard soʼmlik boshqa yordamlar koʼrsatilgan.
uchinchidan - soʼrovnomalar asosida 1,6 million nafar mehnatga layoqatli ishsiz aholidan 825,9 ming nafarining ishlash istagi borligi aniqlandi va 2021 yil 6 oyi mobaynida 380,8 ming nafari, shundan, 149,1 ming yoshlar va 140,7 ming xotin-qizlar bandligi taʼminlandi. Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqish istagini bildirgan 176,4 ming nafar aholidan 92 ming nafari turli xil kasb-hunarlarga oʼqitildi. Tadbirkorlik subʼektlarining 60 mingga yaqin muammolari aniqlanib, ulardan 29,8 mingtasi hal etildi. 148,8 ming tadbirkorlik subʼektiga 3,6 trillion soʼm kredit ajratish orqali 162,6 ming yangi ish oʼrini yaratildi.
turtinchidan - ishsizlik darajasi 2021 yil (yanvar-iyun) 8,7 foizni tashkil etdi.
beshinchidan - oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish natijasida 2021 yil iyun oyigacha boʼlgan maʼlumotlarga asosan 7256 oilaviy korxonalar tashkil etilib, umumiy soni 51519 taga yetdi. Oʼzini oʼzi ish bilan bandligini taʼminlashda qoʼlayliklar yaratilishi natijasida 2021 yil iyun oyigacha 989 ming subʼekt rasmiy roʼyxatdan oʼtdi.
oltinchidan - kambagʼallik darajasini baholashning milliy mezonlari ishlab chiqilishi natijasida aholining minimal isteʼmol harajatlari qiymatining dastlabki miqdori belgilandi. Bunga muvofiq, eng kam pensiya va nafaqa oluvchilar uchun toʼlovlar 2021 yil 1-iyuldan oshirildi.
yettinchidan - kam taʼminlangan uy xoʼjaliklarining umumiy xarajatlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi (69%) asosida aholi jon boshiga toʼgʼri keladigan oʼrtacha eng kam isteʼmol xarajatlari hisoblandi.
b) Kamchilik va muammolar:
birinchi – kambagʼallikni qisqartirishga yoʼnaltirilayotgan mablagʼlarning ehtiyojmand oilalarga toʼlib yetib borish mexanizmi talabga jovob bermaydi.
ikkinchi – korruptsion holatlarning mavjudligi
uchinchi – mablagʼlarni taqsimlanishi va manzilligini taʼminlaydigan raqamlashtirilgan dasturiy taʼminot toʼliq yaratilmagan.
turtinchi – muxtojlikni aniqlashning mahallabay tizimini yanada keng joriy etish talab etiladi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling