O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot Kambag’alikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutstrreplkirish II asosiy qism


Institut o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi


Download 1.53 Mb.
bet3/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1318302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abduhakim

Institut o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligini, birinchi navbatda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish, kambag’allikni qisqartirish, hududlarni, real sektorni va ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash;
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi markaziy apparati, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limlari bilan doimiy hamkorlik qilish;
mustaqil yoki Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tizimidagi tashkilotlar bilan birgalikda muassasalarni jalb etgan holda, so’rovnomalar o’tkazish va mos axborotlarni tahlil qilish uslubiyotini ishlab chiqish;
Institut faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha axborot-tahliliy sharhlar va boshqa materiallar tayyorlash hamda chop etish;
real ehtiyojlarni hisobga olgan holda statistik va tahliliy ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi, axborot tizimlarini ishlab chiqadi va dasturiy mahsulotlarni joriy etadi;
raqamli infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiradi, uning axborot va kiberxavfsizligini ta’minlaydi;
xodimlarining raqamli iqtisodiyotga o’tish va rivojlantirish bo’yicha bilim va malakasini muntazam ravishda oshirish hamda ish yuritishda innovatsion mexanizmlarni yo’lga qo’yishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
mahalliy va xorijiy olimlar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarning natijalarini Institutda chop etiladigan “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnalida muntazam yoritib borish;
mahalliy va xorijiy olimlar, mutaxassislar, tadbirkorlar ishtirokida muammoviy-maqsadli diskussiyalar, “davra stollari”, konferensiyalar va simpoziumlar tashkil etish;
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo’yicha xalqaro konferensiya, simpozium va seminarlar ishida ishtirok etish;
iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD) da ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
xorijiy tadqiqot, konsultatsiya va ta’lim muassasalari bilan ilmiy va amaliy aloqalar o’rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash, ular bilan hamkorlik to’g’risida shartnomalar tuzish.
Institutning huquq va majburiyatlari
Institutga o’z Nizomidagi vazifalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
o’z nomidan O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida ko’zda tutilgan huquqiy munosabatlarga kirishish;
o’z vakolatiga kiruvchi, O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi va ushbu Nizomga zid bo’lmagan zarur qarorlar qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish, o’z faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy masalalarini mustaqil hal qilish;
davlat va boshqaruv organlari mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarini, oliy o’quv yurtlari, shu jumladan xalqaro va xorij o’quv yurtlari olimlari va o’qituvchilarini shartnoma asosida, ekspert sifatida tadqiqotlarga jalb etish;
xalqaro va amaliy hamkorlikni amalga oshirish, olim va mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish, xorijlik olimlar, xalqaro jamoat, moliya va iqtisodiyot tashkilotlari vakillarini, xorijiy firmalar, banklar va kompaniyalarni taklif qilish va qabul uyushtirish;
iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (ScD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash faoliyatini yuritish;
belgilangan tartibda noshirlik va poligrafiya faoliyatini amalga oshirish, davriy nashrlar ta’sis etish;
nashriy asarlar va kitob mahsulotlarining tekin beriluvchi, nazorat nusxalarini hisobga kiritgan holda, ilmiy kutubxonani komplektlash;
vakolatli davlat boshqaruv organlaridan tadqiqotlar o’tkazish uchun zarur moliyaviy, soliqqa oid, statistik va boshqa ma’lumotlarni so’rash va tekin olish;
davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga shartnoma asosida konsalting xizmatlari ko’rsatish;
Institut xarajatlarini belgilash va smetasini tasdiqlash, byudjet mablag’larini, shu jumladan xorijiy valyutada, olish va sarflash, iqtisodiy va moddiy rag’batlantirish fondlarini tuzish;
tegishli mol-mulk, intellektual va boshqa mulk, xo’jalik va boshqa faoliyat natijasida olingan mahsulot va foyda, shuningdek qonunda ko’zda tutilgan boshqa asoslar bo’yicha orttirilgan mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va boshqarish;
o’z moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, kapital qurilish va asosiy vositalarni qayta qurishni amalga oshirish, ta’mirlash-tilclash ishlarini bajarish;
bank va boshqa moliya muassasalarida hisob raqami ochish va ular bo’yicha tegishli amaliyotlarni bajarish;
Institut tomonidan yaratilgan mahsulotlar (ilmiy ishlanmalar, xizmatlarjga baho vatariflar o’rnatish;
rasmiy xalqaro yo’ldosh, telekommunikatsiya va kompyuter aloqalarini xarid qilish va foydalanish;
O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanish.
Institut ushbu Nizomning 12-bandida ko’rsatilgan, muassasaning asosiy faoliyati turlariga kiradigan ishlar(xizmatlar)ni shartnoma(pullik) asosida bajarishga va olingan daromadni Institut xodimlarini moddiy rag’batlantirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirishga yo’naltirishga huquqli.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling