O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoraqalpoq Davlat Universiteti


Hamma vaqt erish bilan birga kristallanish kam sodir bo’ladi. Erish bilan kristallanish bir-biriga teskari jarayonlar bo’lib, bir-birisiz mavjud emas


Download 0.64 Mb.
bet2/17
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1628540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Eritmalarning qaynash harorati

Hamma vaqt erish bilan birga kristallanish kam sodir bo’ladi. Erish bilan kristallanish bir-biriga teskari jarayonlar bo’lib, bir-birisiz mavjud emas.
Kristallanish - erigan modda molekulalarining birlashib, eritmadan ajralishi (cho’kishi). Erish va kristallanish hodisalari eritmalarda doimiy bo’lib turadi. Moddalarning eruvchanligi - ma'lum temperaturada 100g erituvchida erib, to’yingan eritma hosil qilgan erigan moddaning gramm miqdori; odatda eruvchanlik koeffisienti deyiladi. Eruvchanligiga qarab moddalarni quyidagicha sinflash mumkin:
100 g suvda: 10 g va undan ko’p erisa - yaxshi eriydigan
0,001 g dan - 10 grammgacha erisa - kam (yomon) eriydigan
0,001 g dan kam erisa - amalda erimaydigan turlarga bo’linadi.
Ko’pchilik qattiq moddalar suvda yaxshi eriydi, gazlar esa kam eriydi. Eruvchanlik haroratga bog’lik. Qattiq moddalarning eruvchanligi haroratga to’g’ri proporsional (qarorat ortishi bilan ortadi). Gaz moddalarning eruvchanligi haroratga teskari, bosimga to’g’ri proporsional (harorat ortishi bilan kamayadi, bosim ortishi bilan ortadi). Masalan: shakar issiq suvda ko’proq, sovuq suvda kamroq eriydi.
Eritmalar erigan modda miqdoriga qarab:
1) To’yinmagan eritma - ayni haroratdada erituvchining ma'lum miqdorida eruvchanlik koeffisientidan kam erigan modda erishidan hosil bo’lgan eritma. To’yinmagan eritmada erish tezligi kristallanish tezligidan katta bo’ladi.
2) To’yingan eritma - ayni haroratda erituvchining ma'lum miqdorida eruvchanlik koeffisientiga teng erigan modda erishidan hosil bo’lgan eritma. To’yingan eritmada erish tezligi kristallanish tezligi bilan teng bo’ladi.
3) O’ta to’yingan eritma - to’yingan eritmaga yana erigan modda qo’shib, harorat sekin ko’tarilib tayyorlangan eritma. O’ta to’yingan eritmada erish tezligi kristallanish tezligidan kichik bo’ladi. O’ta to’yingan eritma beqaror bo’ladi, ozgina mexanik ta'sir natijasida ortiqcha erigan modda kristallanib cho’kadi va bu qayta kristallanish deyiladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling