O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoraqalpoq Davlat Universiteti


Har bir suyuq va qattiq modda qandayda bir temperaturada o’ziga hos bug’ bosimiga ega bo’ladi. Moddalarning yuzasida bo’lgan qarshi kondensatlanish jarayoni yuz beradi


Download 0.64 Mb.
bet7/17
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1628540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Eritmalarning qaynash harorati

Har bir suyuq va qattiq modda qandayda bir temperaturada o’ziga hos bug’ bosimiga ega bo’ladi. Moddalarning yuzasida bo’lgan qarshi kondensatlanish jarayoni yuz beradi.
Moddadan ajralib chiqqan bug’ yana suyuq va qattiq moddaga aylanishi mumkin. Temperatura ko’tarilishi bilan bu’gning bosimi ortib boradi va suyiqlikning qaynash temperaturasida uning to’yingan bug’ bosimi atmosfera bosimiga teng bo’lib qoladi. Ikkinchidan, shu modda suyuq va qattiq holdagi to’yingan bug’ bosimlari bir-biriga teng bo’lganda suyuqlik qotib boshlaydi.
Masalan: 00 da muz bug’ining bosimi suvnikidan katta bo’lgan edi, u vaqtda molekulalari muz yuzasidan suv yuzasiga o’tib, suvga aylanishi va muzning hammasi suyuqlanib ketishi kerak edi. Amalda bu hodisa kuzatilmaydi.

Demak kattalik ( yani, muz bug’ining bosimi 00da suyuqlikdan katta ) to’g’ri emas.

Endi, 00 da suv bug’ining bosimi muznikidan katta deb olaylik. Bu holda bug’ molekulalari suv yuzasidan muzga qo’shilib barcha suv muzga aylanib qolishi kerak edi.
Bu hodisaning yuz bermasligi ikkinchi fikrimiz ham to’g’ri emasligini ko’rsatdi. Shuning suvning muzlash temperaturasida muz va suv bug’larining bosimi bir-biriga teng deb qabul qilamiz.
Eritmalarning bug’ bosimini ko’rib chiqishdan oldin uchuvchan bo’lmagan, yani odatdagi temperaturada bug’ hosil qilmaydigan moddalarning
( masalan, qant, tuz va shu kabi) eritmalari bilan tanishamiz. Bunday eritmalarning to’yingan bug’ bosimi hamma vaqt toza erituvchining bug’ bosimidan kam bo’ladi.
Buning sababi suyuqlikda qandayda bir modda eritilsa, erituvchi modda va eruvchi modda molekulalari bir-biriga tasir etishi natijasida suyuqliklarning bu’glanishi qiyinlashadi. Shuning uchun eritma yuzasidan chiqadigan molekulalar soniga qaraganda biroz oz bo’ladi. Alohida olingan suv va eritma bir hil temperaturagacha qizdirilganda ikki moddaning (suv va eritmaning) bug’ bosimi kattalik bilan bir hil emasligi ortadi. Shuning uchun har qanday temperaturada ham eritma bug’ining bosimi toza suyuqliknikidan past bo’ladi. 1000 da suv bug’ining bosimi atmosfera bosimiga tenglashadi, shu sababli suv 1000 da qaynaydi. Biroq eritma bug’ining bosimi 1000 da atmosfera bosimi barqarorlashmaydi, shuning uchun eritma 1000 da qaynamaydi. Eritma qaynashi uchun uning bu’g bosimi atmosfera bosimi teng bo’lishi kerak. Buning uchun uni 1000 dan ortiqroq temperaturada qizdirish kerak.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling