O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoraqalpoq Davlat Universiteti


Erish natijasida elektrolitik dissosiasiya ketish - ketmasligiga qarab, eritmalar 3 guruhga bo’linadi


Download 0.64 Mb.
bet3/17
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1628540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Eritmalarning qaynash harorati

Erish natijasida elektrolitik dissosiasiya ketish - ketmasligiga qarab, eritmalar 3 guruhga bo’linadi:
- elektrolitlar eritmasi - ionlarga dissosialanadigan kislota, asos va tuzlar misol
bo’ladi. Ularning elektr o’tkazuvchanligi erituvchinikidan yuqori bo’ladi.
- noelektrolitlar eritmalari - saxaroza, glyukoza va mochevina misol bo’ladi. ularning elektr o’tkazuvchanligi erituvchinikidan farq qilmaydi.
- amfolitlar eritmasi - kam kislotali, kam asosli birikmalar kabi dissosialanadigan moddalar eritmasidir. Masalan, Al(OH) , glisin eritmalari.
Molekulyar massasi 5000 g/moldan kichik moddalar eritmasi - kichik molekulali moddalar eritmasi, molekulyar massasi 5000 g/moldan yuqori bo’lgan moddalar eritmasi - yuqori molekulali moddalar eritmasi deyiladi.
Agregat holatiga qarab eritmalar:
1. gazsimon (havo) eritmalar
2. suyuq eritmalar (tuzlarning suvdagi eritmasi)
3. qattiq eritmalar (oltin-mis, nikel-mis)bo’lishi mumkin.
Amalda suyuq eritmalar ko’proq ahamiyatlidir; shu sababli biz asosiy e'tiborni suyuq eritmalarga qaratamiz. Ular 3ga bo’linadi:
1. qattiq moddalarning suvdagi eritmasi (q-S)
2. suyuqliklarning suyuqliklardagi eritmasi (S-S)
3. gazlarning suyuqliklardagi eritmasi (G-S)
Eritmaning tarkibi uning konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Eritma yoki erituvchining ma’lum og’irlik miqdori yoki ma’lum hajmdagi erigan modda miqdoriga konsentratsiya deyiladi. Konsentratsiyani turlicha ifodalash mumkin: hajm va og’irlik o’lchamlarida. Hajm birligida ifodalangan konsentratsiyaga-normal,molyar;og’irlik birligida ifodalangan konsentratsiyaga- foiz, mol, mol nisbati (mol foiz) kiradi. molyar konsentratsiya-bu erigan modda miqdorining eritma hajmiga bo’lgan nisbatidir. SI birliklar sistemasida molyar konsentratsiyasining o’lchov birligi mol/m3 yoki mol/l. Molyar konsentratsiyasi-bu erigan modda miqdorining erituvchi massasiga bo’lgan nisbati bo’lib, uni mol/kg da o’lchanadi. Agar n1, n2, ... ni lar 1, 2, 3, …, i moddalarning eritmadagi mol sonlari bo’lsa i komponentning mol nisbati

Demak, bo’ladi.
Agar bo’lsa, mol foiz bo’ladi. Bundan:


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling