O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

 
 A Mahsulot, sh.b. 
B Mahsulot,sh.b 
Jami, sh.b. 
Sotish qiymati 
40000 
40000 
80000 
Minus Yalpi foyda, 12,5 % 
5000 
5000 
10000 
Sotilgan mahsulot tannarxi 
35000 
35000 
70000 
Minus Alohida xarajatlar 
16000 
24000 
40000 
Kompleks ishlab chiqarish 
xarajatlari 
19000 
11000 
30000 
Bu usuldan foydalanilgandagi yagona gumon (taxmin) shundan iboratki
yakka darajada har bir mahsulot bo‘yicha xarajatlar va savdo hajmi o‘rtasida bir xil 
o‘zaro bog‘liqlik nazarda tutiladi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik ko‘p turdagi mahsulot 
ishlab chiqaruvchi kompaniyalarda kamdan-kam kuzatiladi.
(Mahsulotga taqsimlangan xarajatlar bu usuldan foydalanganda hamisha 
ijobiy bo‘lmaydi. Kompleks ishlab chiqarish xarajatlari ba‘zi mahsulotlarga 
manfiy belgi bilan o‘tadi) 
9.3. Qo‘shimcha mahsulotni hisobga olish 
Kompleks va qo‘shimcha mahsulotlar hamda chiqindilar o‘rtasidagi tafovut 
ularning nisbiy qiymatidan iborat. 
Qo’shimcha mahsulot – bu kompleks ishlab chiqarish natijasidir. Ular 
birgalikdagi mahsulot yoki asosiy mahsulotning sotilgan qiymatiga nisbatan ancha 
past qiymatga ega bo‘ladi. Bunga paxtani qayta ishlash chog‘idagi tola (asosiy 
mahsulot) va chigit po‘yloq (qo‘shimcha mahsulot), benzin ishlab chiqarishda 


132 
kerosin va bitum bunga misol bo‘la oladi.
34
Chiqindilar bilan qo‘shimcha mahsulotlarni aniq chegaralab qo‘yish mumkin 
emas. Qo‘shimcha mahsulot: 
a) chiqindiga nisbatan bozorda katta qiymatga ega; 
b) ko‘pincha keyingi texnologiya jarayonining ob‘ekti bo‘ladi, chiqitlar esa 
darhol sotilishi shart, degan fikrlar bor. 
Qo‘shimcha mahsulotlar va chiqindilarni hisobga olish asoslari bir xil. 
Asosiy mahsulot xarajatlarini qo‘shimcha mahsulotlarning yoki chiqitlarning bozor 
qiymatiga kamaytirish eng yaxshi usul hisoblanadi. 
Qo‘shimcha mahsulot daromadlari yoki sof daromadlari (qo‘shimcha 
mahsulotni sotishdan olingan daromad miqdori minus ajralish nuqtasidan keyingi 
ishlov berishga qo‘shimcha xarajatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan yoki ishlab 
chiqarish qo‘shimcha mahsulot olishga imkon beradigan asosiy mahsulot 
tannarxidan chiqarib tashlanadi. 
Qo‘shimcha mahsulotlarni hisoblashning ikki usuli mavjud: 
1) Sotishdan tushgan sof daromadni qo‘shimcha mahsulotning haqiqatan 
sotilishiga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha mahsulotni sotishdan tushgan 
pul sotish paytidagi daromad sifatida kirim qilinadi. 
2) Sotishdan olingan sof daromadni haqiqatan ishlab chiqarilgan 
qo‘shimcha mahsulotga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha mahsulotdan 
olingan daromad ishlab chiqarishni tugallash paytidagi kompleks xarajatlarni aks 
ettiradigan schetda kirim qilinadi. 
Misol.
A mahsulotni ishlab chiqarish chog‘ida ishlab chiqarish jarayonining oxirida 
V qo‘shimcha mahsulot hosil bo‘ladi. 1 davrda quyidagi ma‘lumot olingan: 
Ikki mahsulot ajralguncha mahsulotga xarajatlar, $ 
60000 
Davrdagi ishlab chiqarish: 
A Mahsulot, birlik 
V Qo‘shimcha mahsulot, birlik 
20000 
4000 
34
Management Accounting for Business Decisions, 2
nd
Edition, by Colin Drury, 2012 р.605


133 
V mahsulot ajralgach qo‘shimcha mahsulotga ishlov berishga xarajat (4000 
b. har biri $ 0,1/b.) 
400 
Davrda sotildi: 
A Mahsulot, 15000 birlik 
V Qo‘shimcha mahsulot, 2000 birlik 
$ 5/b. 
$ 1/b. 
Qo‘shimcha mahsulotning haqiqatan sotilishiga qarab qo‘shimcha 
mahsulotni hisobga olish: 
1. Asosiy mahsulot bir donasining tannarxi qo‘shimcha mahsulot 
sotilmaydigani nazarda tutib aniqlanadi. Buning uchun kompleks chiqimlar asosiy 
mahsulotga o‘tkaziladi: 60000/20000= $ 3/b. 
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot tuzish chog‘ida sotilgan 
mahsulotning tannarxidan qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan sof tushum 
olinadi va shu bilan asosiy mahsulotga o‘tkazilgan xarajatlar kamaytiriladi: 
Qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan sof tushumni hisoblash: 
2000*(1-0,1) = $ 1800 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling