77
Kislorodli (aerob) nafas olishning sxemasi odatda quyidagicha izohlanadi.
S
6
N
12
O
6
+ 6O
2
=6SO
2
+ 6N
2
O + 674 kkal
Nafas olishning
biologik roli shundan iboratki, u meva va sabzavotlar tirik
to‘qimasini hayot faoliyati uchun zarur bo‘ladigan energiya bilan ta’minlaydi.
Nafas olish jarayoniga qand va boshqa moddalarning sarf bo‘lishi natijasida meva
va sabzavotlarning massasi kamayadi va bu kamayish
tabiiy kamayish deb
yuritiladi. Bu yo‘qotishni nafas olish va suvning bug‘lanish jarayonlarini
boshqarish
orqali kamaytirish mumkin,bu esa katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Nafas olish jarayoni juda murakkab hisoblanadi, bu jarayonda ko‘plab fermentlar
ishtirok etadi.
Yuqorida keltirilgan formuladan ko‘rinib turibdiki, nafas olish jarayonininng
oxirgi mahsuloti karbonat angidrid gazi va suv hisoblanadi. Shunday qilib 1
gramm-molekula geksozlar oksidlanganda 674 kkal yoki 2824 kDj energiya ajralib
chiqadi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Meva va sazavotlarni saqlaganda qanday fizikoviy jarayonlar ro‘y beradi?
2. Fizikoviy jarayonlarning borishi meva va sabzavotlarning
sifatiga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
3. Haroratning o‘zgarishi meva va sabzavotlarning sifatiga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
4. Meva va sabzavotlarni saqlaganda qanday fiziologik va biokimyoviy
jarayonlar ro‘y beradi?
5. Meva va sabzavotlarning nafas olish jarayonining
mohiyatini tushuntirib
bering.
6. Nafas olish jarayonining tezligi meva-sabzavotlar sifatiga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: