Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

4. Imorat kursisi (13-modda). Bino kursisi baland bo‘lishi kerak. Shunda 
bino hashamatli va salobatli ko‘rinishga ega bo‘ladi.


132 
5. Devorlar haqida (8-9-moddalar). Bino devorining eni poydevori enidan 
kamroq bo‘ladi. Birinchi qavatning oxirigacha devor qalinligi bir xilda qolsa, 
ikkinchi qavat devorlarining qalinligi pastki qavatdagi devorga nisbatan ozroq 
kamaytiriladi. Bunda devor qalinligini kamaytirish usuli keyingi qavatga 
ko‘tarilgan sari nazarda tutiladi. Devor burchaklarini shunday biriktirish kerakki, 
toki undagi g‘isht birikmalarida hosil bo‘lgan izlar ko‘rinmasin.
6. Ustini yopish (7-14-moddalar). Imorat shipidagi to‘sinlar soni toq bo‘lishi 
kerak, chunki juft son yomon belgi deb hisoblangan. Imorat tomi mustahkam va 
suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.
7. Imorat rejasi va mutanosibligi (3,5,6,12-moddalar). Xonaning balandligi 
uning kengligiga muvofiq tushushi kerak. Masalan, agarda yo‘lak yoki yopilgan 
yo‘lning kengligi 4 gazga teng bo‘lsa, uning gumbazi yoki tomining balandligi 4 
gazdan ko‘proq bo‘lishi kerak. Aks holda nomutanosiblik vujudga keladi va 
binoning ko‘rinishi yomon taassurotga ega bo‘ladi. Xonaning maydoni 
to‘rtburchak bo‘lganligi ma’qul, aks holda ichki qismi foydalanish uchun noqulay 
bo‘lib qoladi. Xonaning yo‘nalishi qaysi tomonga qaragan bo‘lishiga qaramasdan, 
bo‘yi eniga qaraganda keng bo‘lishi kerak. Imoratning tashqi darvozasini 
hovlining bo‘yiga nisbatan parallel joylashgan devoriga qurish kerak, shuningdek 
darvozaning old tomonini janubga qaratmaslik kerak, bu go‘yoki baxtsizliklarni 
to‘solmas emish. Yopiq yo‘llardagi darvozalarni keng va baland qilib qurish 
kerak. Imoratga kirish uchun qurilgan asosiy darvozani esa ichki eshiklarga 
nisbatan keng va baland qilish kerak, chunki imoratning qadr-qiymati asosan 
tashqi darvozaning go‘zalligi va salobatida namoyon bo‘ladi. Past darvoza haddan 
tashqari yomon taassurot qoldiradi.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling