‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. S u L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni


Download 6.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/154
Sana20.08.2023
Hajmi6.31 Mb.
#1668618
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
ek 517 7 tayi-3-0002

Ekotizim lar d e g a n d a ta b ia tn in g vaq t ji h a t id a n nisbatan 
barqaror, uzoq evolutsiya jarayonida shakllangan, o'zini o'zi 
m a ’lum d a r a j a d a b o sh q a rib turadiga n va tashqi t a ’sirlarga 
qarshilik k o 'r s a t a olish xususiyatlariga ega b o i g a n m urakkab 
tizim tushuniladi. Uning tashkil etuvchi komponentlari orasidagi 
o ‘z a r o m u n o s a b a t l a r m o d d a v a e n e r g i y a a lm a s h i n u v ig a
aso slan g a n b o i a d i . E k ologiyada ekotizim ga yaqin b o 'lg a n
biogeosenoz (bios - hayot, geo - yer, senoz - jam o a) tushunchasi 
ham q o i l a n i la d i . Hozirgi v aq td a biogeosenoz deganda uzoq 
ev olutsiya j a r a y o n i d a sh a k lla n g a n , fazoviy ch e g a ra g a ega 
bo'lgan, funksional jihatdan tirik organizmlar va abiotik muhit 
bilan o 'z a r o m unosabatdagi, m a ’lum energetik holati ham da 
m o d d alar almashinuviga ega bo'lgan tabiiy tizim tushuniladi. 
K o 'p in c h a ekotizim va biogeosenoz tushunchalari bir-birining 
sinonimi sifatida qo'llaniladi va deyarli bir xil m a ’noni bildiradi. 
E k o t i z i m l a r b i o g e o s e n o z g a n i s b a t a n k e n g r o q t u s h u n c h a
hisoblanadi. H a r qanday biogeosenoz o ‘z navbatida ekotizim 
b o ‘la oladi, a m m o h ar q a n d a y ekotizimni biogeosenoz deb 
b o im a y d i.
Ekotizimda m oddalar aylanishini ta ’minlash uchun m a ’lum 
m iqdorda kerak bo'ladigan anorganik m oddalar zaxirasi boiishi 
va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil 
etuvchi o rg a n iz m la r b o 'lishi zarur. Birinchi guruhga yashil 
o'simliklar kiradi. Ular quruqlikdagi har qanday biosenozning 
asosiy tarkibi va energiya manbaini tashkil qiladi. Bunday aftotrof 
o r g a n i z m l a r p r o d u ts e n tla r  
deb a t a l a d i. P r o d u t s e n t l a r
a s s im ily a ts iy a j a r a y o n i d a t o 'p l a n g a n energiyasini b o sh q a
organizmlarga beruvchilardir. Fotosintez qiluvchi organizmlar 
quyosh energiyasi ishtirokida organik moddalarni sintez qilib, 
yorug‘lik energiyasi bog'langan kimyoviy energiyani to'playdi. 
Suv h a v z a la rid a g i ekotizim larda, y a ’ni dengiz, ok ea n la r va 
k o ' l l a r n i n g y u q o r i q a t l a m l a r i d a y a s h o v c h i f i to p l a n k -
t o n l a r ( m a y d a b i r h u j a y r a li o r g a n iz m la r va suv o 't l a r i )
p r o d u t s e n t l a r sifatida faoliyat k o 'rsa ta d i. Q uruqlikda k atta 
o 'r m o n l a r va yaylovlarni tashkil etuvchi o 'sim lik lar ochiq 
urug'lilar va gulli o'simliklar dastlabki organik m odda to'plashda 
katta o 'rin egallaydi. Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular


o ‘simliklar tom onida n to 'p l a n g a n o rga nik m o d d a n i iste’mol 
qiluvchilar hisoblanadi va konsumenüar deb ataladi. Ular birinchi, 
ikkinchi va uchinchi tartiblardagi konsum entlarga ajratiladi. 1 
tartibdagi konsum entlarga p r o d u ts e n tla r b ila n oziqlanuvchi 
o ‘txo‘r hayvonlar kiradi. Quruqlikda keng tarqalgan II tartibdagi 
konsumentlarga hasharotlarning ko'p chilik vakillari, sudralib 
yuruvchilar, q u s h la rv a sut emizuvchilar kiradi. E n g muhim III 
t a r t i b d a g i k o n s u m e n t l a r g a sut e m i z u v c h i l a r n i n g o ' t x o ' r
guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqlilar xosdir. Tuyoqlilaryaylov 
hayvonlari deb atalishi m um kin. Ularga ot, tuya, q o ‘y, echki va 
qo ra m ollar kiradi. Suv havzalari ek o tizim larig a o ‘tx o ‘r suv 
hayvonlari, o d atd a molluskalar va m ayda qisqichbaqasim onlar 
kiradi. Ularning vakillari suvdagi m ayda suv o ‘tlarini filtrlash 
usuli bilan oziqlanadi. I tartibdagi konsum entlarga o'simliklarda 
parazit holda hayot kechiruvchi organizm lar h a m kiradi. II va 
II I tartibdagi konsumentlar. II tartibdagi k o n s u m en tlar o ‘txo‘r 
hayvonlar bilan oziqlanadi. Bular III tartibdagi hayvonlar bilan 
birga e t x o 'r h a y v o n l a r d e b q a r a l a d i . II va III ta r ti b d a g i 
k o n s u m e n tla r y i r t q i c h l a r yoki p a r a z i t h a y v o n l a r b o 'lish i 
mumkin.
0 ‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadi o ‘zida energiya saqlaydi. 
N obud b o i g a n o'simlik va hayvonlardagi o rg a n ik m oddalar 
m ikroorganizmlar, saprofit holda yashovchi b a k te riy a la r va 
z a m b u r u g 'l a r t a ’sirida p a r c h a la n a d i. B u n d a y o rg a n iz m la r 
re d u tse n tla r d e b a t a l a d i . S h u b i l a n b i r g a k o ‘p c h ilik
zam burug‘larning meva va tanalari jam o ad a g i h ayvonlar uchun 
sevimli ozuqa boiishi h a m mumkin. Bunda ular konsumentlar 
hisoblanadi.
Bakteriyalar birinchi nav b a td a redutsentlar hisoblanib, ular 
organik m oddalarni m in era i m o d d a la r g a p a r c h a la b beradi. 
Demak, yuqorida sanab o ‘tilgan organizmlar guruhi o ‘rtasiga 
keskin chegara q o ‘yib b o ‘lmaydi, chunki k o n su m e n tla r ayni 
vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajarishi m um kin. Epifitlar, 
asosan. produtsentlar hisoblansa ham oziqlanish vaqtida daraxt 
tanasi p o 's tlo g 'id a g i p a r c h a l a n g a n o ‘sim lik q o l d i q la r i d a n
foydalanadi, y a ’ni bir v a q t d a re d u ts e n tl a r v az ifasini ham
bajaradi.


Ekotizim dagi tirik organizm larning bir-biri bilan oziqlanishi 
orqali b o g ‘lanishini trofik yoki ozuqa zanjiri deb ataladi. Bu 
ekotizim da m odda va energiyani qay tarzda aylanishini ifoda 
etadi. O zuqa zanjirida ishtirok etuvchi organizmlar guruhi zveno 
yoki b o ' g ‘inlar hisoblanadi. Z anjirda asosan produtsentlar, 
k o n s u m e n tla r va red u tse n tla rd an iborat zvenolar farqlanadi. 
Trofik zanjir b o ‘g ‘inlarida hosil etiladigan biomassaning vaqt 
birligidagi miqdori har xil b o 'lad i. Bu yerda quyidagi doimiy 
q o n u n iy a tn i ko'rish m um kin, y a ’ni m uayyan b o ‘g ‘inda vaqt 
birligida hosil bo'ladigan biomassa o'zidan avvalgi b o ‘g‘indagiga 
n i s b a t a n k a m b o ‘la d i. E k o t i z i m d a g i p r o d u t s e n t l a r va 
konsum entlarni trofik zanjir tartibida massa yoki unga ekvivalent 
birliklarda p o g ‘onam a-pog‘o n a joylashtirilsa piramida shaklini 
oladi - b u ekologik pircimida yoki piramida qoidasi deb ataladi 
(6-rasm). Bundan kelib chiqib, ekologik piramida ekotizimdagi 
produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarning massa, son yoki 
energiya birliklaridagi nisbatlarini grafik tarzdagi ifodasidir, 
deyish m um kin.
B u q o i d a o r q a li e k o t i z i m d a m o d d a va e n e r g i y a n i n g
jamlanishi, sarflanishi, taqsimlanishi yoki boshqacha aytganda, 
m o d d a va energiya aylanishi qonuniyatlarini inson tahlil etishi 
m um kin. S hunday qilib, inson uchinchi ekologik guruhni tashkil 
qiladi. Inson ekotizim largaxosqonuniyatlarni to ‘g‘ri tushunish, 
ularga a n tropoge n t a ’sirning ilmiy asoslangan yo‘llarini topish 
va ularni boshqarishda m uhim ahamiyatga ega.
6 -rasm . Ekologik p iram ida (M a n b a : A .G .B annikov, 1999-yil).


Y uq o rid a asosan ta b iiy ek otizim lar h a q id a fikr yuritildi. 
Hozirgi paytda, inson omili kuchayishi oqibatida turli s u n ’iy yoki 
a n tro p o g e n ekotizim lar h a m v u ju d g a keldi. B u n g a qishloq 
xo'jaligi sohasida barpo etilgan m adaniy ekin dalalari, o ‘tloqlar, 
o ‘rm onlar, baliqchilik x o 'jalik lari, b o g ‘-ro g ‘larni misol qilib 
k o ‘rsatish m um kin. B u n d a y ekotizim larda inson ta b ia tn in g
tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi va uni boshqarishda yetakchi 
rol o ‘ynaydi.

Download 6.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling