1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


Download 116.14 Kb.
bet1/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq


Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish (Payariq t)
Kirish
1.Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi.
2.Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili
2.1.Yer resurslari va ulardan foydalanishning holati.
2.2. Mehnat resurslari va ulardan tuman fermer xo’jaliklarida foydalanishning holati.
2.3. Moddiy-texnika resurslari va foydalanishning holati.
3.Paxta yetishtirishni tashkil etish.
3.1.Paxta yetishtirishning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati.
3.2. Paxtachilikda asosiy jarayonlarni tashkil etish.
3.3. Tuman fermer xo’jaliklarida paxtachilikni xozirgi xolati.( ekin maydon, hosildorlik, yalpi hosil, tannarx, sotish bahosi, daromad, foyda, rentabellik)
4.Paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari.
4.1.Hosildorlik va uni oshirish imkoniyatlari.
4.2. Tannarx va paxtachilikda uni pasaytirish yo’llari.
4.3.Xarid baholari va ularni yanada oshirish imkoniyatlari.
4.3.Paxta sotishdan olinadigan foyda summasi va rentabellikni oshirish imkoniyatlari.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH

Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida bozor islohotlarini amalga oshirish jarayonida paxtachilik tarmog’ida xususiy mulk faoliyati ta’min etildi va bunda asosiy o’rinni fermer xo’jaliklari egalladi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov fermer xo’jaliklarini “Qishloqlarimizning tayanch ustunidir” deb bejizga ta’kidlamaganlar.


Mulkni xususiylashtirish natijasida, mahsulot yetishtiruvchilarda yerga,
mulkka, o’z mehnatining natijalariga egalik qilish, sarflanayotgan mehnat, moddiy, tabiiy va ma’naviy resurslar hisobiga ko’proq foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik asosidagi faoliyat yuritishi uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibini diversifikasiya qilish yo’nalishidagi tadbirlar natijasida paxta yakkahokimligi barham topdi va paxta ekin maydonlari hajmi optimallashtirildi. Dastlab tashkil topgan aksariyat fermer xo’jaliklarida yer maydonlari hajmining kichikligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o’sishiga va barqaror foyda olishga to’sqinlik qildi. Shu va bir qator boshqa omillarni inobatga olgan holda, hukumatimiz tomonidan fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini to’liq inventarizasiyadan o’tkazish va ular faoliyatini tanqidiy baholash asosida fermerlarga biriktirilgan yer maydonlarini maqbullashtirish bo’yicha keng ko’lamli, shu bilan birga, puxta o’ylangan ishlar amalga oshirildi
Bugungi kunda qishloq xo’jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohaning barcha tarmoqlarini modernizasiya qilish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy resurs tejamkor agrotexnologiyalarni joriy etish, iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligi va barqarorligini ta’minlaydigan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida 2016 yilda yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan qiyoslama baholarda 6,6 foiz o’sishiga erishildi, paxta maydonlari 30,5 ming gektarga qisqartirilib, ushbu yerlarga ichki hamda tashqi bozorda talab yuqori bo’lgan meva-sabzavotlar, chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi 362-son “Fermer xo’jaliklariga beriladigan yer uchastkalari
maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Natijada 2015 yil yakuniga kelib respublikamizdagi bir fermer xo’jaligiga to’g’ri keluvchi o’rtacha yer maydoni hajmini 43,9 gektardan 36,1 gektarga, shu jumladan, paxtachilik va g’allachilikda 65,1 dan 52,7 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 12,5 dan 8,1 gektarga, bog’dorchilik va uzumchilikda 9,5 dan 6,8 gektarga va chorvachilikda 34,6 dan 31,2 gektarga kamaytirildi. 2020 yilgacha O’zbekistonda paxta yetishtirish hajmi 350 ming tonnaga qisqartiriladi
Paxta yetishtirish hajmini 350 ming tonnaga qisqartirish hisobidan 170 ming 500 gektar sug’oriladigan yer paxtadan bo’shaydi. Bu jarayonda, albatta, avvalo mamlakatimiz bo’yicha paxta hosildorligi gektaridan o’rtacha 26,1 sentnerni tashkil etib turgan bir paytda hosildorligi 12-15 sentnerdan oshmaydigan past bonitetli yerlarni paxtadan bo’shatishga e’tibor qaratiladi. Asosan sho’rlangan, shuningdek, paxta yetishtirishga yaroqsiz bo’lgan tog’oldi yerlariga g’o’za ekilmaydi. 
Paxtadan bo’shagan ekin maydonlarida avvalo, sabzavot va kartoshka, shular qatorida ozuqa ekinlari, yog’-moy olinadigan va boshqa o’simliklar ekiladi, bog’ va uzumzorlar barpo etiladi, deydi birinchi Prezident Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisda.
Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020 yilda boshoqli don yetishtirishni 16,4 foizga oshirib, uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga yetkazish, kartoshka yetishtirishni 35 foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foiz, go’sht yetishtirishni 26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni – 74,5 foizga ko’paytirish, baliq yetishtirishni 2,5 martaga oshirish ko’zda tutilmoqda. 
Samarqand viloyatida paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari
faoliyati tahlil etilganda 2011-2017 yillar davomida viloyatda paxta
maydonlari qisqarganligini ko’rishimiz mumkin. Bu o’z navbatida viloyatda paxta hosiliga ta’sir ko’rsatib, bu ko’rsatkich o’rganilgan yillar mobaynida ekin maydonlari kamayishiga mutanosib ravishda kamayib borgan.
Viloyat miqyosida yalpi ishlab chiqarilgan paxta miqdori 2017 yilda 2015
yilga qaraganda kamaygan. Bunga o’z navbatida paxta ekin maydonlarining kamayishi ta’sir etgan. Yuqoridagi tahlillardan xulosa qiladigan bo’lsak, viloyatda paxta xomashyosi ishlab chiqarish hajmining o’zgarib borishiga ham intensiv, ham ekstensiv omillar ta’sir ko’rsatganligi bilan mamlakat miqyosida amalga oshirilgan tadbirlar asosiy omil hisoblangan: Jumladan:
- birinchidan, respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan
talabini qondirish va don mustaqilligini ta’minlash maqsadida g’alla ekin maydonlarini kengaytirilishi;
- ikkinchidan, ekologik muvozanatni saqlash va tuproq unumdorligini
oshirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida paxta yakka
hokimligiga barham berish yo’nalishida olib borilgan tadbirlar;
- uchinchidan, paxta ekilayotgan maydonlarga solinayotgan mineral o’g’itlarning ilmiy asoslangan nisbati buzilishi va almashlab ekish tizimi izdan chiqishi natijasida tuproq unumdorligini oshirish imkoniyatlari cheklanib qolmoqda va natijada ekin maydonlarining tuproq unumdorligi salohiyatidan foydalanish imkoni pasaymoqda.
Ko’p ukladli bozor iqtisodiyoti sharoitida paxtachilik tarmog’ini rivojlantirishda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushum tarmoq rentabelligini ta’minlash bilan bir qatorda, kelgusi yil uchun
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashi lozim, aks holda
mahsulot ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy mazmunini yo’qotadi

Bugungi kunda paxtachilikda mehnat, moddiy, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hisobiga ko’proq foyda olishga intilmoqda. Buning uchun ularga tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan. Ushbu kurs ishida paxta yetishtirish iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari tahlil qilingan hamda ushbu yo’nalishda muammo va kamchiliklar yoritilib, tavsiyalar berilgan.


Shuning uchun tadqiqotimiz maqsadini mamlakatimizni modernizasiyalash sharoitida paxta ishlab chiqaruvchi tumanlardan hisoblangan Payariq tumani fermer xo’jaliklari misolida paxtachilik tarmog’ini tahlil etib, ilmiy xulosa va takliflar berish sifatida tanladik.
Olib boriladigan tadqiqotlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
- paxta yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyatini o’rganish;
- paxta xom-ashyosini yetishtirish samaradorligini nazariy jihatdan asoslash va adabiyotlar bilan tanishib o’tish;
- tuman fermer xo’jaliklarida paxta xom-ashyosini yetishtirish samaradorligining hozirgi holatini ko’rib chiqish;
- fermer xo’jaliklari paxta xom-ashyosini yetishtirish samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish;
- paxta xom-ashyosini yetishtirish samaradorligini oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.



Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling