B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar: U.A. Safayev
- UO‘K: 553.98(075) KBK: 35.61ya73
O‘zbekistOn Respublikasi Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi O‘Rta maxsus, kasb-hunaR ta’limi maRkazi B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova NEFT-GAZ SINTEZI АSОSLАRI Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollej lari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «FaylasuFlaR» nashRiyOti tOshkent – 2013 uO‘k: 553.98(075) kbk: 35.61 a-15 © «Faylasuflar» nashriyoti, 2013. O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavri- atura talabalari va o‘qituvchilari ham foydalanishi mumkin. U asosiy organik va neftkim- yoviy sintezi, neft va gazni qayta ishlash sohalari muhandis-texnik xodimlari uchun ham qiziqish uyg‘otadi. Taqrizchilar: U.A. Safayev – TDTU, k.f.n., dotsent; E.U. Teshabayeva – TKTI, k.f.n., dotsent. Abidov B. Neft-gaz sintezi asoslari: o‘quv qo‘llanma/ B. Аbidov, О.G‘. Аzimov, U.А. Ziyamuhamedova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2013. – 176 b. UO‘K: 553.98(075) KBK: 35.61ya73 a-15 isbn 978-9943-4134-0-5 3 Neftkimyo sanoati va uning vujudga kelish tarixi hamda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari Neftkimyo sanoati – kimyoviy sanoatning yangi sohasi bo‘lib, arzon xomashyo hisoblangan neft va gaz uglevodorodlarini qimmatli kimyoviy moddalar – plastmassalar, kauchuklar, sintetik smolalar hamda tolalar, sintetik yuvish vositalari va bir qancha boshqa mod- dalarga aylantirib beradi. Neftkimyo sanoati XX asrning 30–40-yillarida rivojlana bosh- ladi. Neftkimyoviy ishlab chiqarishlar Hamdo‘stlik mamlakatlarida ikkinchi jahon urushi arafasida vujudga keldi. 1936-yil Bokuda eti- lenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilish yo‘li bilan etil spirti ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi sanoat qurilmasi ishga tu shirildi. 1970-yil esa neft xomashyosini piroliz qilish orqali etilen va propi- len ishlab chiqarish qurilmasi birinchi bor ishga tushirildi. Ushbu qimmatli xomashyolarni olish hozirgi paytda ham asosiy usul bo‘lib kelmoqda. Kimyo sanoatini rivojlanish sur’atlari ko‘lamlarini va hatto- ki kimyoviy jarayonlar mazmun-mohiyatini neftkimyo rivoji tub- dan o‘zgartirib yubordi. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish arzon va keng xomashyo manbalari bo‘lmish va kimyoviy sano- atning an’anaviy manbalari bo‘lmish kokskimyo va o‘rmonkimyo sanoatlarini smolalari, mineral xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlarini siqib chiqarayotgan neft va gaz uglevodorodlariga bog‘lanib qol- moqda. Bu esa kimyoviy ishlab chiqarishni tez rivojlanishiga va klassik sintez usullariga taqqoslanganda o‘lchab bo‘lmaydigan dara- jada ko‘proq quvvatga ega bo‘lgan kimyoviy mahsulotlar olishning boshqa usullarini ishlatishni talab qiladi. Neftni qayta ishlash sanoati neftkimyoga xomashyo tayyorlab berganligi sababli neftkimyoviy ishlab chiqarish neftni qayta ishlash zavodlari bazasida yoki unga qo‘shni holida rivojlanadi. Shu bois yirik neftkimyoviy kombinatlar Ufa, Samara, Volgograd, Аngarsk, Оmsk, Sho‘rtan va boshqa shaharlarda qurildi. 4 1- jadval Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling