1-mavzu. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. ( 4 soat)
Reja:
1. Konseptual asoslarning maqsadi va maqomi. Konseptual asoslarning amal qilish sohasi.
2. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan talabi. Moliyaviy hisobotning maqsadi.
3. Xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyati, moliyaviy holati va moliyaviy holati o‘zgarishlar. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
4. Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash. Moliyaviy hisobot elementlari.
5. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini aks ettirish. Moliyaviy hisobotlardagi elementlarni baholash.
1.Konseptual asoslarning maqsadi va maqomi. Konseptual asoslarning amal qilish sohasi.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 26.07.1998 yil 17-07/86-son bilan tasdiqlangan, О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 475-son bilan davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan]
Konseptual asoslarning maqsadi va maqomi
Ushbu konseptual asos О‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Mazkur konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi о‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta kо‘rib chiqishda;
Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga — BHMS dan foydalanishda;
Auditorlarga — moliyaviy hisobotlarni BHMS mos kelishi bо‘yicha xulosalarni tayyorlashda;
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga — moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |